Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchilik chog‘ida JCHda g‘olib chiqqan murabbiylar (ramziy jamoa)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolchilik chog‘ida mundial oltin medallarini qo‘lga kiritgan va keyinchalik murabbiylik sohasida ham o‘zini ko‘rsata olganlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Andrea Pirlo yaqindagina “Yuventus” bosh murabbiyiga aylandi va futbol olamidagi yangi bosqichga start berdi. Uning futbolchilik faoliyati kishi ko‘zini qamashtirishi bor gap. Qahramonimiz “Milan” bilan birgalikda YECHLda zafar quchgan bo‘lsa, Italiya terma jamoasi bilan 2006-yilda JCH g‘olibiga aylangan. Uning murabbiylik faoliyati qanday ko‘rinish olishi noma’lum. Bugun mundial oltin medallarini qo‘lga kiritganlarning yangi ampluada o‘zini yaxshi namoyish etganlardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etamiz.

Darvozabon Dino Zoff (Italiya 1982)

80-yillarning eng kuchli kiperlaridan biri sanalagan Dino deyarli 15 yil davomida Italiya terma jamoasi darvozasini munosib himoya qildi. Qahramonimiz nafaqat JCH (1982), balki 1968-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ham g‘alaba qozongan. Dzoff qo‘lqoplarini mixga ilgach, ko‘p o‘tmay “Yuventus”da murabbiy sifatida ish boshladi. Avvaliga “zebra”larni mamlakat chempionligiga boshlagan Zoff,ko‘p o‘tmay UEFA kubogida ham zafar quchdi. Keyin, “Lasio”da bir muddat ishladi va yana tanaffus oldi. Uni Italiya terma jamoasi postiga taklif qilishgach, yana futbolga qaytdi. Qahramonimiz 2000-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatiga boshlab bordi va musobaqaning finaliga qadar yetib bordi. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda Viltor Italiyani qit’a chempionligidan mahrum qilgan bo‘lsa, Trizege “oltin gol” kiritgancha Zoffning Italiyasini taslim etdi.

Himoyachilar

Karlos Alberto (Braziliya 1970)

Braziliyalik himoyachini bugungi avlod muxlislari yaxshi tanimasligi mumkin, biroq 1970-yildagi jahon chempionati Albertoni juda mashhur qilib yuborgan edi. Braziliyaning chempionligi bilan yakunlangan turnir yakunida FIFA Karlosni dunyoning eng kuchli 100 ta futbolchisidan biri deb rasman e’lon qiladi. Keyinroq, Karlos murabbiylik faoliyatiga asos soldi. To‘g‘ri, super muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lgani yo‘q, lekin ikki bor Braziliya chempioni bo‘lishni uddaladi. “Flamengo” va “Fluminense” klublarini chempionlik sari yetaklagan Karlos Alberto “Botafogo” jamoasi bilan KONMEBOL kubogida zafar quchadi.

Loran Blan (Fransiya 1998)

Bartezning peshonasidan bo‘sa olishi bilan muxlislar e’tiborini tortgan Blan ham futbolchilik faoliyati borasida istalgan yulduz bilan bahslasha oladi. O‘z uyida bo‘lib o‘tgan JCH va 2 yildan so‘ng Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Blan murabbiylikda ham “nimagadir” erisha oldi. Ayniqsa, uning “Bordo” bilan chempionlikni qo‘lga kiritgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Keyinroq PSJ bilan bu tryukni takrorlagan Blan bir muddat Fransiya terma jamoasida ham faoliyat olib bordi va yana tanaffus oldi.

Frans Bekkenbauer (Germaniya-1974)

Futbolchilik faoliyatida deyarli barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘targan Bekkenbauyer murabbiylikda ham juda samarali ish olib bordi. Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” safida juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan Bekkenbauer “Marsel” bilan UEFA kubogida ham zafar quchadi. 1990-yilda esa, Germaniya terma jamoasini mundial oltin medallarini qo‘lga kiritishida juda katta rol o‘ynadi. Ufutbol tarixidagi buyuk murabbiylar qatoridan o‘rin oladi.

Berti Fogts (Germaniya 1974)

Germaniyaning oltin davridagi tarkibining yana bir vakili ham o‘z yurtiga murabbiylik ortidan katta sovrinlar olib kelishni uddalaganlardan. Bekkenbauerdan so‘ng “nemis mashinasi” tepasiga kelgan Fogts Germaniyani 1996-yilda Yevropa chempionligiga boshlab bordi. Unga qadar, 10 yil davomida Germaniya yoshlar terma jamoalari bilan katta musobaqalarda zafar quchdi.

Yarim himoyachilar

Didye Desham (Fransiya 1998)

Desham 1998-yilda Fransiya tarkibida jahonda tengiz bo‘lishni uddalagach, klublar miqiyosida ajoyib faoliyat olib bordi. Murabbiylikka qo‘l urgach, birin-ketin finallarni boy berdi. Hatto Ronaldusiz qolib ketgan Portugaliyaga Yevropa chempionati finalida ham mag‘lub bo‘ldi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda esa, ehtiyotkor futbol bilan fransuzlarni chempionlik sari boshlab bordi.

Jennaro Gattuzo (Italiya 2006)

Gattuzo faoliyatini yaqinda boshlagan bo‘lsada, “Napoli” bilan Italiya Kubogida zafar quchdi. Aynan shu sovrin sababli bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin oldi. Uning murabbiylikdagi ilk yillarida barcha uni oddiy motivator deb hisoblayotgan edi, biroq Gattuzo ko‘z oldimizda murabbiy sifatida shakllanib bormoqda.

Zayniddin Zidan (Fransiya 1998)

Futbolchi sifatida butun dunyoning mehrini qozongan Zidanga murabbiylikda ham omad keldi desak, adashmagan bo‘lammiz. Qandaydir 5 yil ichida Zizu “Real” bilan 11 ta sovringa ega chiqdi. 3 bor ketma-ket YECHLdagi chempionlik esa, uning nomini murabbiy sifatida ham tarixga muhrlab qo‘ydi.

Hujumchilar

Yup Xaynkes (Germaniya 1974)

Yup o‘z davrining eng chaqqon hujumchilaridan biri edi, biroq uning 40 yillik murabbiylik faoliyati yorqinroq o‘tgan. Xaynkes “Bavariya” bilan chempionlikni qo‘lga kiritgach, “Real”ni 32 yillik tanaffusdan so‘ng yana Yevropa taxtiga qaytaradi. Murabbiylik faoliyatining so‘nggi mavsumida esa, “Bavariya” bilan trebl qayd etdi va boshini baland ko‘targancha futbol olamini tark etdi.

Mario Zagalo (Braziliya 1958,1962)

Ikki bor Braziliya bilan Jahon chempionatida zafar quchgan Mario 1970-yilda Braziliya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi va o‘sha yildayoq jamoasini Mundialda g‘olib chiqishini ta’minlaydi. 1994-yildagi Jahon chempionati oldidan “oltin Mario”ni futbolchilar g‘alaba tumori sifatida o‘zi bilan musobaqaga olib ketishni talab qilishadi. Bu taklifga jon deb rozi bo‘lgan Zagalo terma jamoa sport direkotori sifatida AQSHga tashrif buyuradi. E’tiborlisi shundaki, o‘sha mundial ham Braziliya uchun oltin medallar bilan yakunlanadi. Shunday qilib, Zagalo Braziliya qo‘lga kiritgan 5 ta chempionlining 4 tasiga o‘z ulushini qo‘sha olgan.

Rudi Fyoller (Germaniya 1990)

1990-yilda bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligining 5 ta o‘yinida 3 ta gol kiritgan Rudi oradan uch yil o‘tib “Marsel” bilan Yevropa chempionlar ligasida ham zafar quchadi. Butsalarini mixga ilgach, “Bayer” jamoasining sport direktori sifatida ish boshlaydi. 4 yildan so‘ng, Germaniya terma jamaosini bosh murabbiy sifatida qit’amizda bo‘lib o‘tgan mundialga boshlab boradi. “Nemis mashinasi”ni finalga qadar yetaklab brogan Fyoller hal qiluvchi o‘yinda Ronaldoga imkoniyatni boy beradi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:02, 28.08.2020. O'qildi: 6127 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.