Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Miklyayev: «O‘zbekistondagi eng yomon stadionda o‘ynadik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A

Superliga 14-turi doirasidagi «Andijon» — «Lokomotiv» jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Hozirda o‘zgarishlar davri ketmoqda. Tarkibimizda yosh yigitlar juda ko‘p. Shu boisdan ularning o‘zlariga kelib olishlari uchun vaqt kerak. Yigitlarga katta rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi. Hatto 10 kishi bo‘lib qolganlarida ham taslim bo‘lishmadi.

— Jahongir Abdumo‘minov bilan bog‘liq qanday muammo bor?

— Hozircha bilmayman. Libos bo‘yicha muammo bo‘lishi mumkin. Buni keyinroq bilib olaman. Libos bo‘yicha muammo bo‘lgani sababli u zaxirada qoldi.

— Oldingi safar «Loko»da ishlaganingizda tarkibda yulduzlar o‘ynardi. Hozir esa tarkib o‘zgarib ketdi. 2 yillik o‘zgarishlar haqida nima deya olasiz?

— Mavsum boshidan inobatga olsak, 9 nafar futbolchi jamoani tark etdi, ayrimlar horijga yo‘l oldi. Klub oldimizga tarkibni yoshartirish vazifasini qo‘ydi. Biz ham yoshlarimizga, o‘rinbosarlar tarkibimizdan asosiy tarkibga futbolchilarni jalb qilishga harakat qilyapmiz.

— Jarohatlanganlar bormi?

— Tarkibimizda 6 nafar jarohatlangan futbolchilar bor. Shu boisdan ularning xizmatidan foydalana olmayapmiz.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilib ketmoqchiman. Bugun maydonning holati yaxshi emasdi, shu boisdan jamoa biz, muxlislar kutgan futbolni namoyish qila olmadi. Aytishim mumkinki, ayni damda bu stadion biz o‘ynagan eng yomon stadion. Yaqindagina Andrey Kanchelskis tanqid qilgan TTYMI stadioni bilan esa farq yer va osmonchalik. Bu stadionda yarim yil o‘yin bo‘lmadi. Shu boisdan o‘yinda futbolchilar maydonga qarshi kurashdi. O‘t o‘sib ketgan, o‘rilmagan, to‘p yurmayapti. Qum to‘kib qo‘yilgan joy esa changib ketmoqda. Bunga qarash og‘ir. Agarda stadion yaxshi bo‘lsa, muxlislar ham kiritilsa, bugun boshqacha o‘yin bo‘lardi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:05, 10.09.2020. O'qildi: 4516 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик