Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omadsiz yoki omadli? «Siti»ning yangi davri qachon boshlangan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / moliyaviy hisobotlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz«Manchester Siti»ni superklubga aylantirish uchun birinchi urunishni yodga oladi.

90 yillar va yangi asrning ilk yillarida «shaharliklar» «Manchester Yunayted»ning shonli g‘alabalariga bir chetda turgancha havas qilishar edi. «Qizil iblislar» birin-ketin sovrinlarga ega chiqayogan paytda, «Siti» moliyaviy muammolarga o‘ralashib qolgan autsayder klub edi.

«Shaharliklar» « chempionship»ga tushib ketar, biroz ko‘rinmay yana APLga qaytuvchi odiy ingliz klubi edi. A yniqsa, jamoa egasi Devid Bernstayn «Siti of Manchester» arenasini qurishni boshlagach, klub moliyaviy juda qiyin ahvolda qolib ketdi. Yuqori darajadagi ijrochilar uchun klub maosh to‘lay olmas, yangi kelganlarni esa, boshqa klublar tezda ilib ketar edi. O‘sha davrlarda klub muxlislarini Derbilardagi g‘alabalardan boshqa narsa xursand qila olmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. 2007 yilga kelib barchasi birdaniga o‘zgarib ketdi...

2006 yilda Tailand davlatidagi to‘ntarilish sababli Britaniyaga qochib kelgan sobiq bosh vazir Taksin Chinnavat o‘zini biznesga urishga qaror qildi. Ko‘p o‘tmay, qahramonimiz mavsumni 14-o‘rinda yakunlagan «Manchester Siti»ning aksiyalarini sotib oldi. Klubga katta pullar kelganini bilgan muxlislar yangi « Siti»ning qurilishi orziqib kuta boshladi.

Yangi «boshliq» ishni katta qilib yubordi. Birinchi bo‘lib o‘sha davr uchun ancha taniqli sanalgan Sven-Goran Erkison murabbiy etib tayinlandi. 2006 yilda Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan murabbiy katta ishtiyoq bilan « Siti»ni qabul qilib oldi. Janjalkash Bartonning «Nyukasl»ga sotib yuborilganini inobatga olmasa, deyarli tarkib « tozalanadi». Jarohatlarga o‘ralashib qolgan Niki Uiver, Trevor Sinklar, Silvin Distin, Usman Dabo, Hatem Trabelsi va yana 10 ga yaqin taniqli bo‘lmagan futbolchilarga chiqish eshiklari ko‘rsatib yuborildi. Transferlar uchun tailandlik ishbilarmon 40 million yevo sarf etishga qaror qildi. Shu tariqa, Vedran Chorluka, Xaver Garrido, Jeovani, Elano Martin Petrov, Jelson Fernandeshlar, Valeriy Bojinov va Rolando Byankilar«Shaharliklar» safiga kelib qo‘shildi.

Yangi mavsum oldidan shvesiyalik murabbiy o‘zi uchun asosiy tarkibni aniqlab oldi. A slida, Issakson darvozani qo‘riqlashi lozim edi, biroq uning jarohat olishi Jo Xart uchun imkoniyat taqdim etdi. O‘ng qanot himoyasida Vedran Chorluka, chap qanotda Maykl Boll. Markaziy himoyada Mika Richards va Richard Dannlar. Tayanch zonasida Ditmar Hamann va Jelson Fernandeshlar harakat qilgan bo‘lsa, qanotlarda Stivn A yrelnd va Martin Petrov. Hujumchi ortida Elano va markazda Darrius Vassel. Shu o‘rinda, superklub bo‘lishi taxmin qilingan jamoaning zaxira o‘rindig‘iga e’tibor qarating: Xaver Garrido, Nedum Onuoxa, Sun Chjixay, Maykl Jonson, Jeovanni, Kelvin Etuxu, Neri Kastilyo, Rolando Byanki,Emil Mpenza, Valeriy Bojinov, Yorgos Samaras va juda yosh Deniyel Starridj.

Bir qarashda taniqli nomlar yo‘q, ammo o‘sha davrdagi eng iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Bu futbolchilar 2-3 yil ichida ajoyib shakllangan jamoaga aylanishi va 5 yil ichida chempionlik uchun kurash olib borishi ko‘zda tutilgan edi.

Barchasi rejadagidek start oldi. « Siti» APLning ilk uchta turida 3 ta g‘alabaga erishdi. A vvaliga Londonda «Vest Hem» mag‘lub etilgan bo‘lsa, keyin «Derbi Kaunti» ustidan g‘alaba qozonildi. 3-turda azaliy raqib - «Manchester Yunayted»minimal natijada taslim etildi. 3 ta turdan so‘ng, turnir jadvalini boshqarib turgan «Manchester Siti» kutilmaganda ketma-ket ikki bor mag‘lubiyatga uchraydi. A vvaliga “Arsenal”, keyin «Blekbern» Eriksen shogirdlarini ochkosiz qoldiradi. Shunga qaramay, «Manchester Siti» 4 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etgancha oktyabr oyida musobaqa jadvalining uchinchi pog‘onasidan muqim o‘rin egallaydi.

Avgust oyidagi uchta g‘alaba izsiz ketani yo‘q. Mika Richards va Sven Goran Eriksenlar APLda oyning eng yaxshilari deb e’tirof etiladi. Eng muhimi bu emas. A sosiysi qayta qurilayotgan «Siti»ning o‘yinlarida o‘sish kuzatila boshlandi. Jamoa tezkor va zamonaviy futbolni targ‘ib qilishni boshladi. Bu esa, klub muxlislari tomonidan juda iliq kutib olindi.

Birinchi davra oxirlarida « Stemford Brijd»da mehmon bo‘lgan «Manchester Siti» javobsiz 6 ta gol o‘tkazib yuboradi. Bu voqea jamoani sindirishi taxmin qilingan edi, ammo «shaharliklar» o‘zida kuch topa oldi va oldinga qadam tashlashda davom etishdi va mavsumning birinchi qismini 5-o‘rinda yakunlashadi.

Jamoa mavsumning ikkinchi qismida vaziyatni qo‘ldan chiqarib yuboradi. A vvaliga «Tottenhem»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat ularni «Liga Kubogi» dan mahrum qilgan bo‘lsa, keyinroq kamtarin «Sheffild» A ngliya kubogi musobaqasida « Siti»ni mag‘lub etadi. Jamoa qishda ekvadorlik Kaysedo va Bendjanini o‘z safiga qo‘shib olgan bo‘lsada, 19 ta o‘yinning atigi 5 tasida g‘alaba qozondi xolos. E’tiborlisi shundaki, ushbu g‘alabalarning biri «Old Trafford»da qo‘lga kiritilgan. Vassel va Bendjanilar kirigan gol Eriksen shogirdlari uchun 3 ochko keltiradi. Achinarlisi shundaki, jamoa birinchi davradan so‘ng jismonan toliqib qolgani ma’lum bo‘lib qoldi. Ikkinchi davrdagi uchrashuvlarda futbolchilar jismonan raqiblardan ancha kuchsiz ko‘rinishdi. Ayniqsa, So‘nggi 3 ta turdagi ketma-ket mag‘lubiyat vaziyatni og‘irlashtirib yubordi. So‘nggi turda « Midlsbro» bilan uchrashuvda 1:8 natijasidagi alamli mag‘lubiyat muxlislarning hafsalasini pir qildi.

Yakunda klub uchun odatiy 9-o‘rin. Mavsum boshida muxlislar, Eriksen va Chinnavat kutganidek «Siti» kuchli to‘rtlikka kira olmadi. Klass darajasida ham yuqoriga o‘sish kuzatilmadi. To‘g‘ri, «Manchester Yunayted» ikki bor mag‘lub etildi, biroq bu natija «Manchester Siti»ning brend darajasiga ko‘tarilishi uchun kamlik qildi.

Oqibatda, 2008 yilda Taksin Chinnavat klubni Shayx Mansurga 200 million yevro evaziga sotib yubordi. A ynan o‘sha kundan boshlab, «Manchester Siti» tarixidagi «oltin davr» boshlandi. Chinavvatdan so‘ng, klubni Eriksen ham tark etdi. «Siti» tepasiga «Old Trafford» afsonasi Mark Xyuz egalladi. Hatto klub stadioni nomi ham o‘zgarib ketdi.

Chinnavatga Britaniya hukumati fuqarolik berishdan bosh tortgach, ishbilarmon Chernogoriyaga ko‘chib ketdi. Bugungi kunda o‘sha yerda istiqomat qilmoqda.

Aksariyat muxlislar «Manchester Siti» uchun yangi imkoniyatlar eshigini Shayh Mansur ochgan deb hisoblaydi. Bu qaysidir ma’noda to‘g‘ri, ammo klub tarixidagi inqilobga birinchi bo‘lib Tailandlik sobiq bosh vazir – Taksin Chinnavat qo‘l urgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:56, 13.09.2020. O'qildi: 3791 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик