Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Beyl ortga qaytmoqda. Bu «Tottenhem»ga qay darajada naf keltiradi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Uels terma jamoasi sardorining Londonga qaytishi haqida fikr almashadi.

«Tottenhem» jamoasiga Garet 17 yoshli paytida tashrif buyurgan. «Shporlar» «Sautgempton» jamoasiga Garet uchun 5 million funt to‘lab bergan. 2013 yilda esa, «Tottenhem» Beylni «Real»ga 85 million funt evaziga pullagan. Ayni damda, bu transfer futbol olamidagi eng qimmatlari orasida 10-o‘rinni egallab turibdi. 7 yil ilgari esa, bu summa mutlaq rekord edi. Shunday bo‘lsada, Beyl britaniyalik futbolchilar orasidagi eng qimmat va eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi. Uning Ispaniyadagi faoliyatini omadsiz deb bo‘lmaydi. Qahramonimiz «qirollik klubi» libosida «La Liga»ning 171 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, 80 ta gol va 40 ta assistga mualliflik qilgan. Barcha musobaqalarni hisobga olsak, Beylning o‘yinlari soni 251 tani tashkil etadi. Gollari soni esa, 105 ta. Sovrinlar borasida ham Beyl istalgan futbolchi bilan bahslasha oladi. 4 YECHL, ikkita Ispaniya chempionligi, bitta Ispaniya kubogi, 3 ta Yevropa super kubogi va 3 klublar o‘rtasidagi JCH oltin medallari Beylning kolleksiyasidan o‘rin egallagan.

“Ortga qaytish juda yoqimli. Men uchun «Tottenhem» o‘zgacha klub bo‘lib qolaveradi. Aynan shu yerda men mashhurlikka erishganman. Endi, sport formamni tiklab olib jamoamga yordam berish niyatidaman. «Shporlar» bilan sovrin yutish niyatidaman. Ochig‘i, Londonni tark etayotganimda, klubga katta ishtiyoq bilan qaytib kelishimni bilgan edim.”

Beyl «Real»dan ketishiga hech kim shubha qilmagan bo‘lsa, kerak. Sababi, ichki muhit buzilgan, murabbiy bilan o‘rtadagi munosabatlarga putur yetgan, hatto uni o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonda ko‘rinmay qolgan Beylda boshqa variant yo‘q edi. Uni jamoada saqlab qolishga intilgan Florentino Peres qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, ammo Beyl juda katta maosh oluvchi befoyda insonga aylanib qoldi. Vaziyat og‘irlashgach, «Real» Beylni kichik talofat ko‘rish evaziga bo‘lsada boshqa klubga qo‘yib yuborishga qaror qildi.

«Real»ning Beyl bilan bunday xayrlashishi kimning hayoliga kelibdi deysiz? Futbolchi Madrid klubiga kelgach, 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. Unga ko‘ra, uelslik vingeri haftasiga 300 ming yevro maosh olishi lozim edi. 2016 yilda, klub u bilan o‘rtadagi shartnomani yana 6 yilga uzaytirdi va Beylning maoshini ikki barobar ko‘paytirdi. To‘g‘ri, ayni damda Beylning «Tottenhem»da qo‘nib topishini katta savol ostida turibdi, biroq Britaniyalik muxlislar unga ishonishmoqda. 2020 yilning boshida o‘tkazilgan so‘rovnomada, Beyl britaniyalik futbolchilar orasidagi eng yaxshi legioner maqomini qo‘lga kiritdi. Afsonaviy Devid Bekxamdan ikki barobar ko‘proq ovoz to‘plgan Garet BBC talqiniga ko‘ra, eng yaxshi legionerga aylandi.

Ochig‘i, Beylning so‘nggi yillarda jamoa bilan munosabatlari ancha sovuqlashib ketgan edi. Futbolchi buni yashirib o‘tirmadi. Xitoy klubiga ketmoqchi bo‘lgan futbolchini, «Real» kuch ishlatib bo‘lsada jamoada olib qolgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. «Real» Beylni saqlab qolish va yana avvalgi darajasiga olib chiqish uchun juda ko‘p urindi, lekin bundan hech qanday naf chiqmadi. Keyinroq, «Uels, Golf, Madrid» (Bu mavzu haqida yaqinda e’lon qilingan maqolamizda atroflicha tushuncha berib o‘tganmiz) banneri paydo bo‘lgach, «qirollik klubi» muxlislari g‘azab otiga minishdi. Vaziyat og‘irlashgach, Beyl «Manchester Siti»ga qarshi avgust oyidagi uchrashuvda ishtirok etmaslikni Zidandan iltimos qildi. Keyinroq Garet o‘z qarorini quyidagicha izohladi:

“Men Angliyaga uchishni istamadim. Sababi, har qanday vaziyatda ham maydonga tushmasligimni juda yaxshi bilar edim”

Uzoq tanaffusdan so‘ng, «Real» chempionlikni qo‘lga kiritgan kun ham Beyl yolg‘iz qolishni istadi. Qahramonimiz g‘alabani bir chetda bir o‘zi nishonladi va kiyinish xonasiga kirib ketdi. Balki, shu sababli hech kim bilan xayrlashmay Londonga uchib ketgandir?! «Real» va Beyl shu qadar bir-biridan zerikib ketdiki, hatto rasmiyatchilik uchun ham xayrlashishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi.

Tan olish lozim, Beyl «Tottenhem»ga faoliyatini qayta ishga tushirish maqsadida tashrif buyurmoqda. Shu o‘rinda, «Tottenhem» uchun ham Beyl o‘zini tiklab olish uchun imkon yaratishi ko‘zda tutilgan. «Everton» bilan o‘yinni mag‘lubiyat boshlagan Joze o‘zining Londondagi ilk mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish niyatida. Maur klub tepasiga o‘tgan mavsumning o‘rtasida kelgan edi. Pochettinyo Beyln ortga qaytarish borasida ish olib borgan bo‘lsada, futbolchini portugaliyalik murabbiy qo‘lga kiritdi.

Kelishuvga to‘xtalib o‘tsak. Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, «Tottenhem» Beyl olayotgan maoshning 40 foizini to‘lab berishi lozim. Bir qarashda kam tuyulishi mumkin, ammo ushbu foizlar 260 ming funtni tashkil etadi. Jamoadagi Xarri Keynning maoshi esa, 200 ming funtni tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qahramonimiz endilikda «shporlar»ning eng katta maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. E’tiborlisi shundaki, «Tottenhem» Keynni jamoada saqlab qolish maqsadida 2018 yilda maoshini 200 ming yevroga ko‘tarib qo‘ygan edi.

Katta ehtimol bilan, Beylning «Tottenhem»ga qaytishi Joze uchun taktik ustunlik bermaydi. Shunga qaramay, ruhiy ustunlik taqdim etishi aniq. Endilikda, top darajadagi ijrochisi bor jamoaga raqiblarning munosabati ham tamomila o‘zgaradi. Keling, Beyl sport formasini tikladi deylik. Agar bu ish amalga oshsa, «shporlar»ning oldingi chizig‘ida Keyn, Beyl va Son uchligini ko‘ramiz. Tan olish lozim, bu istalgan klub muxlisi orzu qilishi mumkin bo‘lgan hujumchilar. Eng muhimi, Beylning maydonda bo‘lishi har qanday raqibni ehtiyotkor to‘p surishga majburlay oladi. Bu omilning o‘zi Joze uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin. Bu imkoniyatlardan qanday foydalanish esa, «benazir»ning o‘ziga bog‘liq.

Beylning transferi ortida boshqa muammolar ham hal etilishi mumkin. O‘zining «ziqna»ligi bilan dong taratgan Daniel Levi Beylni ortga qaytarishda «jonbozlik» ko‘rsatdi. «Tottenhem» krizis chog‘ida Angliya markaziy bankida 175 million funt kredit olgan bir paytda, Beylning transferi qanday qilib Levining «ko‘ngliga sig‘di» deb hayron bo‘lmang. Ishbilarmon, Beylning transferi orqali klubning xorijdagi muxlislarini ko‘paytirish, marketingni rivojlantirish va media sohasida oldinga qadam tashlashni reja qilgan. Boz ustiga, Beyl jamoaga uzoq kutilgan sovrinni (qanday sovrin bo‘lishining farqi yo‘q) qo‘lga kiritishda yordam berishi mumkin. Bu esa, unga sarf etilgan pullar mavsum so‘nggida o‘zini to‘liq oqlashi mumkin degani. So‘nggi ikki omadsiz mavsumni inobatga olgan taqdirimizda ham, Beyl top futbolchi! U o‘z nomini Londonda to‘liq oqlashiga umidvormiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:52, 20.09.2020. O'qildi: 3637 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик