Italiya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan «Inter» - «Fiorentina» o‘yini nafaqat gollarga boy bo‘ldi, balki ssenariy bo‘yicha dramatizm janriga tortib ketdi.
Jamoalar butun o‘yin davomida hisobda quvlashmachoq o‘ynashdi. Bahs boshida Kuame mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, taym so‘ngida Martines muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshidagi avtogol esa "Inter"ni oldinga olib chiqdi.
Keyin esa porlash navbatida "Fiorentina" keldi. Jamoa 57 va 63-daqiqalarda "neradzurri" darvozasini ishg‘ol qilib oldinga o‘tib oldi.
O‘yin so‘ngida esa milanliklar nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki bir daqiqa oralig‘ida 2ta gol urib, g‘alabani ilib ketishdi.
Shu tariqa, "Inter" mavsumni irodali g‘alaba bilan boshlamoqda.
Italiya A seriyasi, 2-tur
Inter – Fiorentina 4:3 (1:1, 3:2)
Gollar: 0:1 – 3 Kuame, 1:1 – 45 Martines, 2:1 – 52, avtogol Chekkerini, 2:2 – 57 Kastrovilli, 2:3 – 63 Kyeza, 3:3 – 87 Lukaku, 4:3 – 89 D`Ambrozio.
Inter – Xandanovich, Yang (Xakimi, 65), Kolarov, Bastoni, D`Ambrozio, Barella (Nainggolan, 74), Brozovich (Vidal, 75), Eriksen (Sensi, 64), Perishich (Sanches, 78), Martines, Lukaku.
Fiorentina – Drongovski, Kaseres, Chekkerini, Biragi, Milenkovich, Kastrovilli, Amrabat, Bonaventura (Valero, 61), Riberi (Kutrone, 83), Kyeza (Lirola, 69), Kuame (Vlaxovich, 61).
Ogohlantirishlar: Barella (7), Chekkerini (32).