O‘zbekiston boks federasiyasidan yangi tanlov!

Siz surat chizishga qiziqasizmi? Unda ushbu tanlovimiz aynan siz uchun! O‘zbek bokschi va murabbiylariga bag‘ishlangan ajoyib suratlar chizing va maxsus sovg‘a egasiga aylaning.

Siz o‘zbek boksi yulduzlariga bag‘ishlangan suratni chizib, Instagram hamda Feysbukdagi sahifangizga #boxinguzbekistan xeshtegi bilan joylashtiring! Instagramga qo‘yilgan videoda @boxinguzbekistan_official akkauntini belgilab qo‘ying!

G‘olib O‘zbekiston boks federasiyasining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi, aniqrog‘i birinchi o‘rin egasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Tokio Olimpiadasiga borish imkoniyatiga ega bo‘ladi!

Eng yaxshi o‘rinni O‘zbekiston boks federasiyasining maxsus komissiyasi aniqlaydi.

Tanlov 1 noyabrga qadar davom etadi!