Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • 0:2
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • 3:1
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • 2:1
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 1:0
      • Milan
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:0
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:1
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Tottenhem
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • 2:1
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • 5:2
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • 1:1
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Osasuna
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Levante
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Qora qit’a"ning eng kuchli futbolchisi kim? (top 5)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz (o‘z versiyasiga ko‘ra) ayni damda Afrika qit’asining eng kuchli futbolchilaridan tashkil topgan kuchli beshlikni taqdim etadi. Ushbu ro‘yxat futbolchining futbol olamidagi o‘rni va o‘tgan mavsumdagi statistikasi asosida tuzilgan.

5-o‘rin. Riyad Marez

Ochig‘i, kuchli beshlikni Kalidu Kulibali ochib berishi lozim edi. Yevropaning barcha grandlari e’tibor markazidagi himoyachi o‘tgan mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazdi, ammo biz «Manchester Siti» vingeri Riyad Marezni undan biroz ustunroq hisobladik. Gap shundaki, jazoirlik futbolchi Pep Gvardiola qo‘l ostida o‘z o‘yinini yanada kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, uni «shaharliklar»ning asosiy tarkib futbolchisi deb bo‘lmaydi, biroq Marezning «Siti»da o‘z o‘rni bor. APLdek shiddatli musobaqada ketma-ket uch bor chempion bo‘lgan futbolchi “A seriya”da aytarli hech narsa erisha olmagan Kulibalidan biroz balandroqdan o‘rin egallashi adolatdan bo‘ladi. Qahramonimiz o‘tgan mavsumda APL bahslarining 33 tasida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ydi.

4-o‘rin. Ashraf Hakimi

Yangi mavsumni Milanning «Inter» safida boshlagan Hakimi haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Qisqa fursat ichida super progressni namoyish etgan Ashraf Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Ikki mavsum davomida Dortmund klubi safida rekordlar o‘rnatgan qahramonimizga «Real» asosiy tarkibdan joy ajratib bera olmadi. Bunga Dani Karvaxalning super stabilligi sabab bo‘ldi. Zidan Hakimini yanada tajribaliroq bo‘lishi uchun Milanga qo‘yib yuborishga qaror qildi. Uning transferidan «Real» 40 million yevro daromad olgan bo‘lsada, qayta sotib olish bandini shartnomaga kiritishni yoddan chiqarmadi. Hakimini nafaqat tezkor, balki juda sermahsul qanot himoyachilari sirasiga kiradi. Ashraf o‘tgan mavsumda Bundesliganing 33 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, 5 ta gol kiritishni ham uddaladi. Shunchaki, fantastik natija.

3-o‘rin. Pyer-Emerik Obameyang

Gabon terma jamoasi va “Arsenal” sardori kuchli uchlikni ochib beradi. Yevropaning ko‘plab nashrlari ayni damda sayyoramizning eng kuchli markaziy hujumchisi sifatida Obameyangni ko‘rsatadi. Darhaqiqat, qahramonimiz o‘tgan mavsumda “Arsenal”ni juda qiyin ahvoldan olib chiqib ketdi. Mikel Arteta shogirdlari APL uchrashuvlarida omadsiz ishtirok etishdi, biroq mavsumni sovrin bilan yakunlashdi. 31 yoshli hujumchi bilan «Barselona» uzoq muddat qiziqish bildirdi, ammo gabonlik futbolchi uchun ularda pul topilmadi.

Gabon terma jamoasining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi sanaluvchi Obameyangning o‘tgan mavsumdagi statistikasiga e’tibor qarating. APLning 36 ta o‘yinida maydonga tushgan qahramonimiz o‘z hisobiga 22 ta gol+ 4ta assistni yozdirib qo‘ygan. Aynan u o‘tgan mavsumda kuchli beshlik doirasida eng sermahsul «qora qit’a» vakiliga aylandi.

2-o‘rin. Sadio Mane

Ayni damda Sadio nafaqat Afrikaning, balki butun dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Uning  mehnatkashligi, pressingdagi faolligi, hujumdagi chaqqonligi «Liverpul»ga sovrinlar yutishda qo‘l kelmoqda. Qahramonimiz, o‘zining super jismoniy imkoniyatlar egasi ekanligini allaqachon barchaga isbotlab qo‘ydi. Senegal terma jamoasi yetakchisi katta futbolgacha bosib o‘tgan yo‘li insonni hayratda qoldirishi turgan gap.

E’tiborlisi shundaki, Mane «Sautgempton» safida shunchaki chaqqon futbolchi edi xolos. Yurgen Klopp uni taktik va nazariy bilimlarini yuqori darajaga olib chiqdi. Aynan shu omil evaziga, Mane qisqa muddatda «Liverpul» uchun katta effekt berishni boshladi.

«Liverpul»ning chempionligi bilan yakunlangan mavsumda Mane 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 18 gol+9 ta assistni yozdirib qo‘ydi.

1-o‘rin. Muhammad Salah

Salah zamonaviy «Liverpul»ning yetakchisiga aylanib ulgurdi. Buni hamma anglab turibdi. Jamoaning YECHLdan erta chiqib ketganiga qaramay, «Liverpul» sayyoramizning eng qudratli jamoasi bo‘lib turibdi. Ushbu klubning yetakchi futbolchi esa, Misr terma jamoasi a’zosi Muhammad Salah!

Salah ham endi 28 yoshga qadam qo‘ydi. Uning futbolchilik faoliyati yanada yuqoriroq nuqtaga ko‘tarilishi mumkin. Bugungi kunda uning ismi Neymar, Mbappe, Ronaldu va Messi singari ijrochilar bilan bir o‘rinda tilga olinadi. 

Qahramonimiz o‘tgan mavsumda APL bahslarining 34 tasida ishtirok etdi. 19 ta gol va 19 ta assistga mualliflik qildi. Eng muhimi esa, «Liverpul» muxlislari 30 yil kutgan sovrinni – APL chempionligini taqdim etishda bosh rolni ijro etdi. Shunday ekan, Salahni ayni damda Afrika qit’asidagi eng yaxshi futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:18, 29.09.2020. O'qildi: 4781 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.