Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Gol mashinalari joylashgan guruh

Baho:
+ | -1
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Yevropa Chempionlar Ligasining qiziqarli kvartetlari bilan tanishtirib o‘tishda davom etadi. Bugun e’tibor markazimizda "D" guruhi!

«Liverpul» (UYEFA reytingida 10-o‘rin)

Murabbiy: Yurgen Klopp

Yozdagi yo‘qotishlari: Salah o‘z do‘sti Deyal Lovren bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, yosh Bryuster ham boshqa klubga tajriba to‘plash uchun ketdi. Umumiy hisobda 26 million yevro foyda.

Kimlar safga qo‘shildi: Portugaliyalik Diogo Jota va Tiago Alkantaralar «mersesaydliklar»ni yanada qudratli bo‘lishi uchun turtki bo‘lgani aniq. Shuningdek, Simikas ham Gresiyadan Angliyaga ko‘chib o‘tdi. Endi Trend Aleksander biroz dam olish imkoniga ega.

Jamoa yetakchilari: Klopp, van Deyk, Alisson, Milner, Salax, Xenderson.

Kuchsiz tomonlari: Afsuski, jarohatlar «Liverpul»ga pand berib qo‘yishi mumkin. Alisson va Virjilning yo‘qligi, muhim uchrashuvlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Kuchli tomonlari: Jamoa xarakteri va Kloppning g‘oyalari. Sifatli qanot futbolchilariga suyangan pressingni sevuvchi jamoa. Maydon markazida Alkantaraga topshirilgach, klub yanada rang-barang futbol namoyish etishni boshladi.

Optimal tarkib: (4-3-3): Alisson – Aleksander-Arnold, Gomes (Matip), van Deyk, Robertson – Xenderson, Fabinyo, Alkantara – Salax, Firmino (Jota), Mane.

"Atalanta" (UYEFA reytingida 48-o‘rin)

Murabbiy: Jan Per Gasperini:

Yozdagi yo‘qotishlari: Ikki mavsumdan beri klub o‘z tarkibidagi futbolchilarni hech qayerga qo‘yib yubormayapti. Grand klublar "Atalanta« futbolchilari boshqa klubda »mo‘’jiza« ko‘rsatishga qodir emas deb hisoblashmoqda. Kastanning »Lester«ga o‘tgani deyarli ahamiyatisiz yo‘qotish. »Atalanta" natija berayotgan jamoaning suyagini butun saqlab qoldi.

Kimlar safga qo‘shildi: Aleksey Miranchuk, Sem Lemmars, Muratore va Romero. Bu nomlar orasida Miranchuk yaqqol ajralib turibdi. Rus futbolchisi Gasperini qo‘l ostida chinakam progress namoyishi etishi kutilmoqda. Shuningdek, PSVdan taklif etilgan Sem Lemmars ham juda iqtidorli futbolchi. Qolganlar esa, «Yuventus»da baxti ochilmagan futbolchilar.

YECHLdagi eng yaxshi natijasi: Chorak final 2019/20

Jamoa yetakchilari:  Gomes, De Ron, Ilichich, Sapata, Gosens.

Kuchsiz tomonlari: Ochiq futbol tomoshabob bo‘lishi mumkin, biroq bu bilan yuz foiz natijaga erishishning imkoni yo‘q. Ba’zida ayyorlik namoyish etish ham talab etiladi. Afsuski, "Atalanta" 90 daqiqa ochiq futbol namoyish etishdan boshqasini uddalay olmaydi.

Kuchli tomonlari: Futbolchilar uzoq muddatdan beri birga to‘p surishmoqda. Boz ustiga, murabbiyning g‘oyasi allaqachon o‘yinga singib ketgan. Romantik futbol namoyish etgani bois, jamoa ba’zida muhim uchrashuvlarni boy berib qo‘yadi. Shunday bo‘lsada, "Atalanta" bu guruhdan ortiqcha muammosiz chiqishi turgan gap.

Optimal tarkib: (3-4-1-2): Gollini — Djimsiti, Palomino, Toloy — Xatebur, de Ron, Pashalich, Gosens — Gomes, Malinovskiy (Al. Miranchuk) – Sapata (Ilichich).

"Ayaks" (UYEFA reytingida 21-o‘rin)

Murabbiy: Erin Ten Xag

Yozdagi yo‘qotishlari: Ziyesh «Chelsi» bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Van De Bek «MYU»ga o‘tib ketdi. Shuningdek, Dest «Barselona» sharafini himoya qilish uchun Kataloniyaga yo‘l oldi.

Kimlar safga qo‘shildi: Braziliyalik Entoni «San Paulo»dan taklif etildi. Shuningdek, «Verder»dagi Devi Klassen ham ortga qaytarildi.

YECHLdagi eng yaxshi natijasi: 4 karra chempion: 1970/71, 1971/72, 1972/73, 1994/95.

Jamoa yetakchilari: Tadich, Blind, Promes, Talyafiko.

Kuchsiz tomonlari: Afsuski, jamoa tarkibida stabillik yo‘q. Yangi futbolchilar ko‘zga tashlanishi bilan Yevropaning grand jamoalariga transfer qilinadi. Yangi kelganlar esa, biroz o‘zini ko‘rsatishi bilan yana transferga qo‘yiladi. Shu omil sababli, "Ayaks" yaxlit bir jamoa sifatida 10 yildan beri ko‘zga tashlanmayapti.

Kuchli tomonlari: Gollandiya klubi super hujumkor futbolni targ‘ib etadi. 4-3-3 sxmasi sababli jamoaning deyarli 7 ta futbolchisi hujumda faol ishtirok etadi. Shu bois, o‘zi singari jamoalar bilan "Ayaks" ortiqcha bosimsiz to‘p tepishga qodir.

Optimal tarkib: (4-3-3): Onana – Mazraui, Shuurs, Blind, Talyafiko – Alvares, Klassen (Martines), Promes – Entoni, Labiad (Xuntelaar), Tadich.

«Midtyulland» (UYEFA reytingida 102-o‘rinda)

Murabbiy: Brain Priska

Yozdagi yo‘qotishlari: Hech qanday yo‘qotishlari yo‘q. Jamoa «oltin tarkib»ni to‘liq saqlab qoldi.

Kimlar safga qo‘shildi: Janjalkash vinger Sisto «Selta»dan taklif etildi. Shuningdek, Luka Pfayffer bilan ham shartnoma imzolandi. Klub yozda transferlar uchun 3 million yevro sarf etdi.

Kuchsiz tomonlari: Daniyaliklar guruhdagi har bir o‘yinda jang taklif qilishlari mumkin, biroq klass borasida raqiblardan ancha orqada qolib ketishgan. Ijrochilar effekti sababli ularda guruhdan chiqish uchun deyarli imkon yo‘q.

Kuchli tomonlari: Ayni damda jamoa bosh murabbiyi Brain Priskadan boshqa hech qanday joker qartani ko‘rsata olmaymiz. Yosh va hali tanilmagan murabbiy jamoasini ortiqcha muammosiz chempionlik sari yetakladi. Uning ba’zi «uy vazifalari» guruhda ochko to‘plash uchun imkon yaratadi. Uzog‘i borsa, 3-o‘rin uchun kurashib ko‘rishlari mumkin.

Optimal tarkib: (4-3-3): Xansen – Andersson, Svyatchenko, Shols, Paulinyo – Kayuste, Ogochukvu, Evander – Mabil, Kaba, Sisto.

Guruhning o‘ziga hos fishkasi

- "Ayaks" qatorasiga ikkinchi bor APL grandi bilan bir guruhdan o‘rin olmoqda. O‘tgan mavsumda Erik Ten Xag shogirdlari «Chelsi» bilan kuch sinashgan edi. Endi esa, «Liverpul» ularni sinovdan o‘tkazadi.

- Bu guruhdan chinakam gol mashinalari jam bo‘lgan. "Atalanta« o‘tgan mavsumda 98 ta gol kiritdi. »Liverpul« esa, ichki musobaqada 85 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. »Ayaks" esa, 25 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib (Gollandiyada pandemiya sababli ichki birinchilik o‘yinlari erta yakunlandi) 68 ta gol urgan. Daniya klubi esa, bu borada maqtana olmaydi.

- Guruh favoriti sanalgan «Liverpul»ning ochko yo‘qotishi aniq. Sababi, ushbu klub doimo dramatik voqealar evaziga pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan. O‘tgan mavsumlarda Klopp shogirdlari «Sirvena Zvezda», «Napoli» PSJga guruh bosqichida imkoniyatni boy bergan. «Sevilya» bilan esa, ikki bor durang qayd etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu kvartet tomoshabob uchrashuvlarga boy o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:10, 19.10.2020. O'qildi: 10424 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик