Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL.Bugun tunda bizni qanday uchrashuvlar kutib turibdi?! Prevyu

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz bugun tunda start oluvchi Yevropa Chempionlar ligasi uchrashuvlari tartibi bilan tanishtirib o‘tadi.

Bugun «Barselona», «Yuventus», PSJ, «Chelsi», «Manchester Yunayted» singari grandlar turniridagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Shuningdek, «Krasnodar», «Renn» kabi klublar uchun ham bugun o‘zgacha kun. Ular o‘z tarixida ilk bor YECHLda debyut qilishlari kutilmoqda. Xo‘sh, uchrashuvlar qanday tarkibda boshlanadi? 

E guruhi. «Renn» : «Krasnodar» (00:00)

Yuqorida zikr qilinganidek, ushbu jamoalar musobaqadagi o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Fransiyada bo‘lib o‘tuvchi bahsda ikki jamoaning ham imkoniyatlari bir xil, biroq «Renn» biroz favoritdek ko‘rinmoqda. Shunday bo‘lsada, Murad Musayev shogirdlari turnirda ishtirok etish uchun saralash bosqichida qanday o‘yin namoyish etganini unutmaslik lozim. Umuman olganda, ikki debyutant o‘rtasidagi o‘yin qiziqarli o‘tishi aniq. To‘g‘ri, mashhur nomlar yo‘q, ammo chiroyli futbol kafolatlangan.

E guruhi. «Chelsi» : «Sevilya» (00:00)

Guruhda birinchi o‘rin uchun asosiy da’vogarlar o‘rtasida bahs qiziqarli o‘tishi turgan gap. ingliz va ispan klublari to‘qnashuvi doimo tomoshabob futbolni taqdim etgan. «Chelsi» o‘zining yangilangan ko‘rinishida amaldagi YEL g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. "Aristokratlar«ning chempionatda ishlari yaxshi emas, ammo bu musobaqa startidagi eng muhim bahsda unutilishi lozim. Umuman olganda, "E" guruhining markaziy uchrashuvini o‘tkazib yubormang.

Taxminiy tarkiblar

«Chelsi»: Kepa Arrisabalaga - Ris Jeyms, Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Ben Chiluell - Ngolo Kante, Jorjinyo, Hakim Ziyesh, Kay Xavers, Meyson Manunt - Timo Verner (4-5-1).

«Sevilya»: Yassin Bunu - Xesus Navas, Serxi Gomes, Diyego Karlos, Markos Akunya, Joan Jordan, Ferando, Ivan Rakitich, Suso, Lyuk de Yong, Lukas Okampos (4-3-3).

F guruhi. «Zenit» : «Bryuge» (21:55)

Rossiya klubi vaqt tafovuti sababli bugungi o‘yinlar seriyasini birinchilardan bo‘lib boshlab beradi. Semak shogirdlari Belgiyalik uyushqoq jamoaga qarshilik ko‘rsatishi lozim. Dzyuba va Azmun tandemi bugun iqtidorlarga to‘la Belgiya klubini mag‘lub eta oladimi? Buni bir necha soatlardan so‘ng boshlanishi kutilayotgan uchrashuvda bilib olishimiz mumkin.

F guruhi: «Lasio» - «Borussiya» Dortmund (00:00)

Bu bahs «burgutlar» yetakchisi Chiro Immobele uchun juda muhim. Sababi, o‘z vaqtida italiyalik hujumchi Dortmundda o‘z o‘yinini topa olmagan va faoliyati xavf ostida qolgan edi. Endi esa, u yana o‘z darajasiga ko‘tarilib oldi. o‘tgan mavsumda 36 ta gol bilan «oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan futbolchidan rimliklarning umidi katta. «Borussiya D» esa, yoshartirilgan tarkibi bilan guruhda asosiy favorit bo‘lib turibdi. Bugun Sancho, Reyna va Xoland uchligi maydonda «mo‘’jiza» ko‘rsata oladimi? Barchasiga tez orada javob olishimiz mumkin.

Taxminiy tarkiblar

«Lasio»: Tomas Strakosha - Patrik Gabarron, Franchesko Acherbi, Uesli Xudt - S. Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Muhammad Fares, Marko Parolo, Luis Alberto - Chiro Immobile, Xoakin Korrea (3-5-2).

«Borussiya»: Roman Byurki - Lukash Pishchek, Mats Xummels, Tomas Delayni - Tomas Mene, Jud Bellingem, Aksel Visel, Rafael Gerreyru, Marko Roys - Sancho, Xoland (3-5-2).

G guruhi: «Dinamo» Kiyev - «Yuventus» (21:55)

«Zenit» singari «Dinamo Kiyev» jamoasi ham Toshkent vaqti bilan ertaroq maydonga chiqib keladi. Luchesko shogirdlari saralash bosqichida deyarli muammoga uchragani yo‘q. Bugun esa, Chempionatda biroz oqsayotgan Pirlo shogirdlari bilan to‘qnash kelishi kutilmoqda. Ayni damda, «Dinamo» deyarli iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan. To‘g‘ri, klubning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari yaxshi emas, ammo bu yosh futbolchilarni reklama qilish uchun ajoyib imkoniyat! «Yuve» esa, Ronaldusiz maydonda harakat qilishga majbur. Bu ularning o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Bu bahsda «Yuventus» favorit, ammo «Dinamo»dan ham hamma narsa kutish mumkin.

G guruhi: «Barselona» - «Fenerbaxche» (00:00)

Kataloniya klubi uchrashuvga futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun akademiyaga murojaat etdi. Ayni damda, 3 ta futbolchi klub safida YCHLda debyut qilish imkoniga ega. Ronald Kuman uchun juda muhim sinovga aylanadi bugungi uchrashuv. Gollandiyalik murabbiy «La Liga»da «Xetafe»dan mag‘lub bo‘lgach, bugun o‘z g‘oyalariga sodiq qoladimi? Vengriya klubi ustozi Rebrov o‘z vaqtida «Barselona» darvozasini 3 bor ishg‘ol qilishni uddalagan. Murabbiylikda ham bu tryukni qaytara oladimi?!

H guruhi: PSJ - MYU (00:00)

Bugungi uchrashuvlar orasidagi eng markaziy bahs! Ushbu kvartetni bejizga «qasos» guruhi deb atamadik. O‘tgan mavsumda musobaqa finalida o‘ynagan Parij klubi g‘alaba uchun asosiy da’vogar, ammo ingliz klublarini erta kurashdan chiqarish mumkin emas. Sulsherning kursisi qimirlab qolganini inobatga olsak, bugungi bahsning qadri juda baland. «Qizil iblislar»ning pley-offga yo‘llanma olishi guruhdagi barcha uchrashuvlarda ochko jamg‘arish lozim.

Taxminiy tarkiblar:

PSJ: Keylor Navas - A. Florensi, Abdu Diallo, P. Kimpembe, Kurzava - Idrissa Gee, A. Errera, Rafinya - Di Mariya, Mbappe, Neymar (4-3-3).

MYU: De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Tuanzebe, Telles - Maktominey, Pogba, Mata, Fernandesh - Reshford, Marsyal (4-4-2).

H guruhi: «Leypsig» - «Istanbul Bashakshexir» (00:00).

«Buqalar» Turkiyaning amaldagi chempionlarini sinovdan o‘tkazadi. Afsuski, «Istanbul» bu bahsga biroz tushkun kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Jamoa Super ligada so‘nggi pog‘onada bormoqda. Boz ustiga, Klishi va Robinolar endi tarkibda emas. «Buqalar» esa, o‘tgan mavsumda musobaqaning yarim finaliga qadar yetib keldi. Bugun turk klubiga oson bo‘lmasligi aniq.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:40, 20.10.2020. O'qildi: 6525 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик