Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • 0:0
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
      • 17.06.2026 03:00
      • Iroq
      • -:-
      • Norvegiya
      • 17.06.2026 06:00
      • Argentina
      • -:-
      • Jazoir
      • 17.06.2026 09:00
      • Avstriya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 17.06.2026 22:00
      • Portugaliya
      • -:-
      • Kongo DR
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 1 1
2 Kabo-Verde 1 1
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis
1-тур Ispaniya 0-0 Kabo-Verde

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.06.2026

      06:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      08:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Ботафого".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Минейро".
      04:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Гёзтепе".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.06.2026

      05:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      10:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      12:50 "Формула-1. Гаснут огни".
      13:15 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      13:45 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия.
      17:45 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:25 "Вопреки всему".
      20:55 LIVE Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия. Прямая трансляция.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Индивидуальное первенство.
      01:10 "Непобедимый".
      01:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP TCR.
      02:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 2.
      03:15 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Ostrava Golden Spike в Остраве, Чехия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.06.2026

      05:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия. Прямая трансляция.
      08:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Саудовская Аравия - Уругвай.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:50 Футбол. Чемпионат мира 2026. Иран - Новая Зеландия.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Франция - Сенегал. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Ирак - Норвегия. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 5 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      09:30 Снукер. German Masters в Берлине. Финал. Сессия 2.
      11:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      12:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      13:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      15:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 Велоспорт. Женщины. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      19:30 Велоспорт. Гонка "Копенгаген Спринт" в Дании.
      20:30 Велоспорт. "Велошоу".
      21:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира по классическому троеборью в Друскининкае, Литва. День 1. Прямая трансляция.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      01:00 Автоспорт. Ралли-рейд. Чемпионат мира. Этап 3. "Desafio Ruta 40 YPF" в Аргентине. Обзор.
      02:00 Фехтование. Чемпионат Европы в Антони, Франция. Рапира. Женщины. Финал; Сабля. Мужчины. Финал.
      04:00 Велоспорт. "Велошоу".
      04:30 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"El klasiko"larda yomon start olgan murabbiylar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"El klasiko" larning barchasi o‘zgacha tarixga ega, alohida nomlar bilan eslanadi. Ushbu bahsning mavqeyi shu qadar baland nuqtaga yetib ulgurganki, u maydonda harakat qiluvchi futbolchilardan tortib murabbiylar shtabigacha alohida mas’uliyat yuklaydi. Bugungacha o‘tkazilgan har bir uchrashuvga nazar soladigan bo‘lsak, o‘yinlarning so‘nggi natijasi jamoa bosh murabbiylari kelajagini ham qat’iy belgilovchi hukmga aylanib kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Zero, "klasiko"da qoqilgan klubning mavsum davomidagi keyingi ishtirokini taxminiy baholash qiyin bo‘lmay qoldi. Ko‘rinib turibdiki, bu safar har ikkala klub murabbiylarining "El klasiko"dagi eng omadsiz debyutlari xususida to‘xtalib o‘tamiz.

5. Ernesto Valverde (1:3 - 2017)

Ispaniyalik ushbu mutaxassis Katalonlar shtabida unchalik ham yomon taassurot qoldirmagan. 2016/17 yilgi mavsum yakunlangach iste’foga chiqarilgan Luis Enrike o‘rniga olib kelingan Valverdedan klub mutasaddilarining umidi katta edi. Tengsiz hujum triosiga ega klubning Neymardan ajralishi butun Kataloniyani xavotirga solib qo‘ygani ko‘pchilikka sir emas. Yangi mavsumdan faoliyatini boshlagan Ernesto ushbu katta bo‘shliqning o‘rnini to‘ldirib bermaslaridan turib ish boshlashi qiyin edi. O‘zi ham buni chuqur tushungan mutaxassis mavsum kutilganidek juda og‘ir kechishini bilib turardi. Bartomeu esa o‘tgan mavsumdagi barchasining kompensasiyasi uchun birgina Dembele xaridi bilan murabbiylar shtabini aldab qo‘ya qoldi. Dastlabki jiddiy "Klasiko"sida "Kamp Nou"da tor-mor etilish Valverde uchun katta bosim bo‘lib, muxlislarning endi hafsalasi pir bo‘layotgan paytlari edi. Lekin Ernesto muhim pallada o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. 1:3 ning og‘ir yuki mavsumoldi rejalarga jiddiy ta’sir etgan bo‘lsa-da, keyingi qarama-qarshilikda har qalay mag‘lub bo‘lmadi. To‘g‘ri, "Barselona"ning YECHLni erta tark etganida murabbiyning qator kamchiliklarini yashirib bo‘lmaydi. Biroq, 93 ochko jamg‘arib jamoasi bilan mamlakat chempioniga aylangan Valverde mavsum davomida azaliy raqibini hatto ikkinchi o‘ringa ham yaqinlashtirgani yo‘q. Shunday ekan, "Klasiko"da imkoniyatni boy bergan murabbiyning birinchi mavsumining o‘zidayoq jamoasini qayta shakllantira olganini ham alohida e’tirof etgan holda reytingimizga ispaniyalik mutaxassisni omadsiz murabbiylar ichidan omadli a’zo sifatida joylashtiramiz.

4. Kike Setyen (0:2 - 2020)

"Barsa"ning ham "klasiko"lardagi muvaffaqiyatsizliklari "qaymoqranglilar"nikidan aslo kam emas. Klub Gvardiola jamoani tark etganidan so‘ng Luis Enrike davridagina uzoq kutilgan treblni qo‘lga kiritdi. Undan so‘ng murabbiylik postiga kelgan Ernesto Valverde faoliyati ham unchalik yomon kechgani yo‘q. Har qalay mamlakat chempionliklari qo‘lga kiritildi. Lekin, Messi va rahbariyat, shuningdek rahbariyat va jamoa a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar boshqa bir shaxs, Kike Setyen davrida avjiga chiqa boshladi. Albatta, "Betis" darajasidagi murabbiyning Katalonlar qo‘yayotgan talablarni bajarishiga deyarli hech kimning ko‘zi yetmasdi. Lekin o‘sha yarim yilning o‘tishi ham "Barsa" uchun juda og‘ir kechdi. Butun jamoa to‘liq rahbariyat bilan teskari tarafga aylanib olgan va Messi individual mahorati evazigagina qutqarib yurgan o‘yinlari bilan klub yevromaydonlarda uzoqqa bora olmas edi. Joriy yilning 2-martida o‘tkazilgan "el klasiko" ham turnir jadvalidagi holatni biroz bo‘lsa-da "Real"ga og‘dirgani holda klubdagi Bartomeu bilan bog‘liq ishonchsizliklarni yana bir marotaba suv yuziga qalqitib chiqardi. Bu rolda bosh murabbiyning ham aybi kam emas. Setyen faoliyati davomida muhim uchrashuvlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ayniqsa, "Santyagu Bernabeu"da kechgan bahsda Breytueyt bo‘yicha qilgan qarori juda ko‘pchilik tomonidan tanqid qilinib, mag‘lubiyatga asosiy sabab sifatida ko‘rsatildi. Umuman olganda, Zidanning chempionlik yo‘lida klubini tiklab borayotgan qadamlari Setyenning jar yoqasiga kirib borayotganligi bilan teskari proporsianal edi. Agar ispaniyalik mutaxassis o‘zaro qarama-qarshilikda balki yutkazmaganida, o‘z po‘stidagi sovuq haroratni biroz yumshatgan bo‘larmidi?!


3. Xulen Lopetegi (1:5 - 2018)

Ha, "Real"ning o‘zaro o‘yinlardagi yirik mag‘lubiyatlari raqibga solishtirganda biroz ko‘proq. Omadsiz start boshlab olgan murabbiylar qatorida Xulen Lopategi nomi ham bor. To‘g‘ri, ispaniyalik mutaxassisning bugungi kunda qayd etayotgan natijalari uni bunday salbiy qiyofada shakllantirmasligi ham mumkin. Aslida buni xolislik jihatidan to‘g‘ri holat sifatida baholasak ham bo‘ladi. Lopategining birgina aybi qaror chiqarishda biroz shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yganligi va o‘z yo‘lida sobit tura olmaganligi bo‘lsa kerak. Terma jamoalar bilan ishlashda Yulenga tan bermasdan iloj yo‘q. Mamlakatning U-19 hamda U-21 yoshlarini qit’ada tengsiz qilgan murabbiy mahoratini ortiqcha izohlab o‘tirish shart emas. Shundan so‘ng JCH oldidan milliy termani qabul qilib olgan Lopategiga musobaqada qatnashish nasib etmadi. Atrofidagilarining bildirayotgan ortiqcha takliflariga ko‘nib murabbiysiz qolgan "Real"ni boshqarishni tanlagan inson o‘zini bundan keyin nimalar kutayotganligini tasavvur ham qilolmagan bo‘lsa keak. Mana shu hodisadan keyin klub boshiga yaqin o‘n yillik ichidagi eng musibatli kunlar kela boshlaydi. O‘z bazasidan asosiy yulduz va to‘purar Ronaldu hamda ketma-ket 3 marotaba Yevropa taxtini zabt etgan, jamoaning ich-ichiga ruhiy singgib ketgan Zidanning yo‘qligi ustiga kelgan yangi murabbiydan rahbariyat nimalarni kutayotganligini tasavvur qilavering. Usiz ham terma jamoa muxlislaridan turli tan’a va malomatlarni qabul qilib olayotgan Xulen uchun katta missiya qiyinchilik tug‘dirdi. Ketma-ket uchralayotgan mag‘lubiyatlar va kundan kun yangilanayotgan turfa antirekordlar ketidan belgilangan "El klasiko" ushbu murabbiyga har tomonlama kuchli bosim berdi. O‘yin davomida total mag‘lubiyatga uchragan Madrid jamosida endi har qanasiga Lopategini ushlab qolish uchun sabablar qolmagan edi. 1:5 esa barcha muammolarni ochiq holda yuzaga chiqarib yubordi. Ispaniyalik tajribali murabbiyning barcha davrlardagi faoliyatiga hurmat saqlagan holda aytishimiz mumkinki, "Real" darajasi milliy terma jamoa darajasidan tubdan farq qiladi, kerak bo‘lsa bir bosh ustun ham turishi mumkin. Shunday ekan, klub ustidan jiddiy qaror chiqariladigan muhim pallada murabbiy bilan bog‘liq shoshma-shosharlik katta fojialarga olib kelishi mumkinligiga bitta jamoa misolida guvoh bo‘ldik. Tan olish kerak, Lopategi davridan so‘ng yemirilgan klubni Zidanning o‘zi ham shakllantirishga qiynalmoqda.

2. Rafael Benites (0:4 - 2015)

"Klasiko"lar tarixidagi "Real"ning yana bir yirik mag‘lubiyati Rafa Benites qo‘l ostidagi davrlarga to‘g‘ri keladi. Ushbu natija murabbiy darajasi va tarkib e’tibori bilan Mourinyo qayd etgan ko‘rsatkichdan sira ham farq qilmaydi. Lekin ikkisining ham o‘xshash jihati - mag‘lubiyat "Barselona"ning trebl qayd etganidan so‘ng sodir bo‘lganligida. Shunga qaramay Benitesning Messisiz qolgan jamoaga qarshi bahsini har qanaqasiga oqlashning iloji yo‘q. Tarkib borasidagi tanlovda ham ispaniyalik mutaxassis jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi. O‘sha mavsumlardan boshlab markazda mustahkam bog‘ichga aylanib borayotgan Modrich, Kazemiro hamda Kross uchligidan braziliyalik pleymeyker kutilmaganda tushib qoladi. Muhim uchrashuv oldidan amalga oshirilgan bunday rotasiya albatta, ko‘pchilik muxlislarga manzur kelmadi. O‘zi uchun noodatiyroq hisoblangan 4-2-3-1 sxemasida harakat qilgan "qaymoqranglilar" "Santyagu Bernabeu"da barcha imkoniyatlar bo‘yicha ham azaliy raqiblaridan ortda qolishdi. Amalda esa o‘tkazib yuborilgan javobsiz 4 ta to‘p farqi Benites kursisining qimirlay boshlaganiga ogohlik qo‘ng‘irog‘i sifatida jarangladi. Undan keyingi uchrashuvlardagi ketma-ket takrorlanuvchi muvaffaqiyatsizliklar "Real"ning ahvolini tobora yomonlashtirib borayotgan edi. Natijada, yil boshiga kelib baribir rahbariyat ispaniyalikka iste’fo berishga majbur bo‘ladi. Uning o‘rniga olib kelingan tajribli Karlo Anchelotti qancha mehnat qilmasin Benites qoldirib ketgan kemtiklarni to‘laqonli yopishga kuchi ham vaqti ham yetmas edi. Madrid jamoasining katta farq bilan chempionlik kurashidan chiqib ketishida kuzdagi o‘zaro bahsning asorati anchayin jiddiy bo‘lgan deb ayta olamiz. O‘yin amaliyoti biroz kamroq bo‘lgan Karlo otaning esa klubini YECHL finaliga olib chiqishiga menimcha muxlislarning o‘zi ham ishonishmagan bo‘lsalar kerak.

1. Joze Mourinyo (0:5 - 2010)

Biz Mourni o‘zi boshqargan turli klublaridagi o‘zgacha g‘alabalari bilan kashf etib bo‘lganmiz. Ayniqsa, portugaliyalik mutaxassisning "Chelsi" hamda "Inter" jamoalarida erishgan yutuqlari alohida tahsinga sazovor. Uning "Real"dagi faoliyatini ham yomon davom etgan deb bo‘lmaydi. Lekin ilk "klasiko"sida emas. Qisqa qilib aytganda, klub rahbariyatining o‘ziga qo‘ygan katta mas’uliyatini Joze yetarlicha his qila olmadi. Zero, o‘shanda madridliklarda endigina yangi avlod shakllanayotgan, rekord summadagi qimmat transferlarga imzo chekilgan hamda yangi tarkib uchun stabil formadagi kuchli murabbiy izlanayotgan davrlar edi. Parallel tomondan Mourinyo o‘sha payt uchun "qaymoqranglilar" tanloviga ayni mos tushadigan darajada edi. U va qo‘l ostidagi "nerradzuri"larni 2010-yilda to‘xtatishning iloji topilmadi, asta-sekinlik bilan Yevropani zabt etgan Mour uslubi Peresga yoqa boshladi. Yuzaga kelgan mantiqni qarangki, Madrid klubiga Ispaniyada kun bermayotgan samoviy "Barselona"ni ham katta o‘yinda tor-mor etgan inson aynan Jozening o‘zi edi. Bu tomondan Peresni murabbiy transferi borasida xatoga yo‘l qo‘ydi deb ayta olmaymiz, albatta. Rekord summa evaziga Madridga olib kelingan mutaxassis ustidan klub prezidenti endi jiddiy talablar qo‘yishiga yetarlicha asoslar bor edi. Birinchi galda murabbiyning o‘zi uchun ruhiy tomonlama xotirjamlikni his etib olish, shuningdek butun ommaga o‘z mahoratini ko‘rsatib qo‘yish uchun ham 29-noyabr sanasi Joze uchun g‘oyat ahamiyatli sanalardi. Buning ustiga, o‘tgan mavsum treblga erishgan va bu yil ham o‘sha missiya tomon ildam odimlayotgan "Barsa" ustidan qozonilajak g‘alaba allaqachon orzuga aylanib borayotgan va bajarilishi shart bo‘lgan yumush edi. "La Masiya" yigitlaridan qo‘rqinchli tarkib yasab olgan "ko‘kanorranglilar"ni to‘xtatib qolish Mour uchun balki chempionlik poygasida kutilmagan imkoniyat yaratib berar edi. Lekin u buning uddasidan chiqa olmadi. Buyog‘iga esa yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, markaziy bahsda g‘oliblikka erishgan jamoa mavsum so‘nggini ham bir xil tempda yakunlab qo‘ya qoldi. Tablodagi 5:0 hisobi butun Madrid uchun tushirilgan alamli tarsaki edi. So‘nggi dekadada qayd etilgan ushbu eng yirik mag‘lubiyat aynan Mourinyodek diqqanafas insonning peshonasiga yozilgani bir tomondan uning uchun juda katta saboq bo‘lsa, boshqa tomondan ochilmagan eshikni ochish uchun qayta berilgan imkoniyat edi. Portugaliyalik mutaxassis endi buyog‘iga o‘tkazilgan "Klasiko"larni yondirib tashlashi lozim edi. U va Pep hamda Ronaldu va Messi o‘rtasidagi kurash intrigasi kelasi yillar keskin oshib ketdi. O‘sha davrlar miqyosida mamlakat chempionligi har ikkala jamoa uchun har qanday xalqaro sovrindan ham ko‘ra yuqori planga aylandi. Muxlislar "oltin to‘p" uchun kechadigan jiddiy raqobatni bitta turnirda ko‘rishga ham o‘rganib qolishdi. Katta urinishlar evaziga qo‘lga kiritilgan 2012 yilgi LaLiga chempionligi Mourinyo siymosini yanada yuqoriroqqa olib chiqishi mumkin. Lekin eng qimmat tarkibi bilan quturgan Ronaldusi bo‘la turib ham ilk debyutdagi sharmandali mag‘lubiyat Jozeni har qanaqasiga oqlay olmaydi. Zero, bundan keyingi o‘zaro prinsipiallik qay suratda davom etganligi barchamizga ma’lum.


Yusufbek tayyorladi

Kiritildi: 15:45, 23.10.2020. O'qildi: 4019 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик