Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidanga berilishi lozim bo‘lgan 5 ta savol

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Madridning «Real» jamoasi ustozi Zayniddin Zidan olib borayotgan o‘yin falsafasi va rotasiya haqida turli qarashlar mavjud. Kimdir, Zizuda zaxira g‘oyasi yo‘q deb hisoblasa, yana kimdir uni super mutaxassis deb hisoblaydi. Yana kimlar uchundir u shunchaki kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo‘lib qolgan omadli murabbiy. Afsuski, so‘nggi o‘yinlarda «qirollik klubi» o‘yinida biroz pasayish kuzatilmoqda. Shu bois, jamoa bosh murabbiyiga savollar yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ajab emas. Bugun stadion.uz o‘zini qiziqtirgan savollar bilan sizlarni tanishtirib o‘tadi. 

Isko qoladimi? Uni Zidan kechiradimi?

Ispaniyalik futbolchi «Kadis»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, oav markaziga tushib qoldi. Sababi, uning zaxiraga olinganidan so‘ng, aytgan so‘zlari qiziquvchan jurnalistlar tomonidan keng yoyildi.

" Agar meni maydonga tushirsa, 50-daqiqadan so‘ng almashtiradi. Agar zaxirada qoldirsa, faqat 80 daqiqada o‘yinga tushiradi.«

Uning bu so‘zlarni aytayotganini kameralar suratga olgani bois, futbolchi hammasini tan oldi. Zidan esa, buni normal holat ekanligini ma’lum qildi. Eng qizig‘i shundaki, ushbu hodisa tezda unutilib ketdi, biroq ichki muammolar paydo bo‘layotgani hammaga ma’lum bo‘ldi. »Real Madrid« so‘nggi yillarda ichki muhit borasida dunyoning istalgan klubidan yaxshiroq imkoniyatga ega jamoa edi. Endi esa, vaziyat biroz o‘zgacha ekanligini ko‘rinib turibdi.

Endilikda, Zidan o‘z imijini biroz bo‘lsada yerga urgan voqeaga qanday javob qaytarishi juda qiziq. Murabbiy oldida ikkita yo‘l bor. Birinchisi, iqtidorli bo‘lsada, biroz »erkatoy" Iskoni qishda sotib yuborish, yoki uni zaxiradagi joker qarta sifatida tarkibda olib qolish. Florentina Peres klub futbolchilarini ayab o‘tiradiganlardan emas. O‘z vaqtida, Raul, Ronaldu, Kasilyas singari futbolchilar bilan juda xunuk xayrlashgan prezident bu ishni takrorlashi hech gap emas. Zidan bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi juda qiziq. Isko biroz formasini yo‘qotgani rost, biroq uni endi foydasiz deb bo‘lmaydi. Endigina 29 yoshga qadam qo‘ygan futbolchini tarkibda olib qolish yoki boshqa klubga ravona bo‘lishi murabbiyning qo‘lida qolgan qaror. 

Vinisius endi kerakmi?

Tan olish lozim, «Real Madrid»ning Germaniyadagi uchrashuvi Vinisius uchun omadli keldi deb bo‘lmaydi. Sababi, braziliyalik futbolchi bir necha bor o‘z driblingi qurboni bo‘ldi. Xatto Karim Benzema uni «o‘zimizga qarshi to‘p surayotgan futbolchi» deb atadi. 

E’tiborlisi shundaki, Benzema yosh futbolchini klubga kelganida o‘z otalig‘iga olgan, uni himoya qilgan edi. Endi esa, bir yumalab uni deyarli «xoinga» chiqarib qo‘ymoqda. Uning ikkinchi bo‘lib oldidan aytgan so‘zlari kameraga tushib qolgan bo‘lsada, futbolchi qaysi jamoadoshining ismini aytgani sir bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, hujumchi Vinisiusni nazarda tutgan. Bu so‘zlar amalda ham o‘z isbotini topdi. Karim ikkinchi bo‘limda biror marotaba jamoadoshiga pas bermadi va uni deyarli hujumda yakkalatib qo‘ydi. To‘g‘ri, yakunda «Real» mag‘lubiyatdan qutilib qoldi, biroq bu epizod muxlislar yodida qoldi. Vinisiusning taqdiri qanday kechishi endi Zidanga bog‘liq. Boz ustiga, Eden Azar sog‘ayib safga qaytmoqda. Balki, murabbiy Benzemaga muammo tug‘dirayotgan vingerni Azarga almashtirar. Balki, Karim va uning munosabatini yaxshilashga urinar. Buni bizga qorong‘i, ammo murabbiy nimadir qilishi lozimligi fakt. Sababi, ichki muhitning ichidan zil ketmasligi uchun har qanday muammoni o‘z vaqtida hal etish lozim. 

Luka Yovich

Yovich Madrid klubining asosiy muammolaridan biriga aylanib bormoqda. 60 million yevrolik futbolchi «Borussiya M» jamoasiga qarshi uchrashuvda Zidan uchun qay darajada keraksiz futbolchi ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. O‘yinning so‘nggi 15 daqiqasi ichida «Real» to‘liqligicha to‘pni ikkinchi qavatdan raqib jarima maydonchasiga yo‘llashga intildi. Hujumda Ramos, Varan va hatto Kazemiro ham paydo bo‘ldi, ammo Yovich bilan hech kimning ishi yo‘q.

Benzema uchun raqobatchi bo‘lishi, hujumdagi rang-baranglikni ta’minlashi kerak bo‘lgan hujumchiga negadir bu mavsumda ham ishonch bildirilmayapti. «Roma»ga ijaraga ravona bo‘lgan Mayoral nima uchun olib qolinmadi? Zidan Yovichga ishonch bildirmaslikka ahd qilgan bo‘lsa, nega serbni Rimga jo‘natib ispaniyalik hujumchini tarkibda olib qolmadi? Zaxirada o‘tiruvchi, rotasiya uchun juda muhim bo‘lgan markaziy himoyachini tarkibda olib qolishdan maqsad nima? Savollar juda ko‘p, ammo javob noma’lum. Ko‘plab mutaxassislar Lukaning psixologik muammolari sababli asosiy tarkibdan o‘rin olmayotganini ma’lum qilsa, boshqalar uni Zidanning uslubiga mos emasligini aytishmoqda. Umuman oldanda, Yovichga yozda bir nechta takliflar bor edi. Deyarli barchasi kuchli beshlikda baobro‘ klublar. Negadir jamoa uni tarkibda olib qoldi. Zidan esa, buning sababini hali-beri ma’lum qilmoqchi emas shekilli?!

YECHL g‘olibi ham kerak emas

Alvaro Odrisola «Bavariya» safida o‘rtacha mavsum o‘tkazdi, biroq yo‘qolib qolgani yo‘q. Qanot himoyachisi sifatida allaqachon progress namoyish etgan futbolchiga negadir Zidan ishonch bildirishni istamayapti. Hatto, Dani Karvaxalning jarohat olishi ham vaziyatga o‘zgartirish kiritmadi. 

Zidan Odrisolaga ishonch bildirish o‘rniga, Lukas Vaskesni qanot himoyachisiga aylantirishni afzal ko‘rdi. Buni murabbiy qanday izohlashi juda qiziq. Qo‘l ostingizda Ispaniya yoshlar jamoasining yetakchisi va juda iqtidorli Odrisola turganida, 30 yoshli vingerni ortga surishdan nima naf? To‘g‘ri, Alvaroning ayni damdagi sport formasi maksimal daraja emas, biroq Zidan uni aynan Karvaxal bilan rotasiya qilish uchun ijaradan qaytib olgan edi. Afsuski, Odrisola katta ehtimol bilan Zidanning rejalaridan o‘rin egallamagan. Sababi, tez orada Nacho va Danilar jarohatdan forig‘ bo‘ladi. Bu esa, qanot himoyachisi uchun deyarli butun mavsum davomida o‘yin amaliyoti taqdim etilmasligidan dalolat. Buni murabbiy qanday izohlashi esa, noma’lum. 

Zidan ikkinchi Fegyuson bo‘la oladimi?

Madridning «Real» jamoasi prezidenti Florentina Peres Zidanni «Real»ning Ser Aleksci bo‘lishini bashorat qilgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Bunga ishonish mumkin. Sababi, Zizu jamoa bilan deyarli yutish mumkin bo‘lgan barcha musobaqada g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Uning jamoada qancha muddat ushlanib qolish faqat Zidanning o‘zigagina bog‘liq bo‘lgan masala. Natijalar borasida biror narsa deyish noo‘rin. Tez orada «Real»da avlodlar almashinuvi boshlashini lozim. Asosiy tarkibning deyarli 65 foizi 30 yoshdan oshgan futbolchilardan tashkil topgan. Bu esa, Zidanni oldinda juda og‘ir mehnat kutib turganini bildiradi. Zayniddin futbolchi sifatida nimalarga qodir ekanligini barchaga isbotlab bo‘lgan. Unga hech kimda hech qanday shubha yo‘q, ammo murabbiyning o‘zi qanday fikrda? U Ser Aleks singari butun umrini birgina klub ravnaqi va uning yuksalishi uchun sarflashga tayyormi? Ushbu savollarning javobi sizni ham biroz qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, ajab emas. Futbol shunisi bilan boshqa sportdan keskin farq qiladi. Undagi kutilmagan burilishlar sababli muxlislar soni tobora ortib bormoqda. Shunday ekan, voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:00, 30.10.2020. O'qildi: 6730 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик