Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu o‘zining 14 yillik rekordini takrorladi - Hafta yakunlari raqamlarda

Baho:
+-1 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

10000

"Liverpul" joriy mavsum muhim futbolchilarining kutilmaganda olayotgan jarohatlari sabab o‘z g‘alabalarini katta qiyinchiliklar evaziga qo‘lga kiritmoqda. Klubning ishongan a’zolarini o‘rnini to‘ldirish maqsadida murabbiylar shtabi endi jiddiy bosh qotirishlariga to‘g‘ri keladi. Lekin jamoa muxlislari bundan jiddiy tarzda tashvishlanmasalar ham bo‘laveradi. Chunki, Klopp shu paytgacha transferlar bozoridan eng kerakli va to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirishda deyarli adashmagan. Ushbu aqlli tanlovlardan biri bu shubhasiz, Diogo Jota. Portugaliyalik yosh yarimhimoyachi klubga kelib qo‘shilganidan buyon asosiy tarkibga munosib o‘yinchi ekanligini doimiy ravishda isbotlab kelmoqda. Asosan zaxiradan maydonga tushayotgan Diego o‘zi o‘ynagan 5 ta bahsning allaqachon 3 tasini gol bilan tugatishga muvaffaq bo‘ldi. Milliy termada ham uning ishlari yomon emas. 7 ta uchrashuvda maydonga tushib xuddi shuncha golni o‘z hisobiga yozib ulgurgan. Lekin Jota va uning klubi uchun o‘tgan hafta boshqa bir o‘ta muhim voqea bilan tarixga yoziladigan bo‘ldi. Chempionlar Ligasi doirasida "Mityulland" ga qarshi maydonga tushgan portugaliyalik debyut o‘yinidayoq gol urishga erishib, jamoasining g‘alabasini mustahkamlash bilan birga "Liverpul"ning umumiy hisobdagi 10000-goliga ham mualliflik qildi. Albatta, bu katta natija, tarixiy voqelik. Eslatib o‘tamiz, klubning dastlabki golini Jok Smit 1892 yili sentabrda kiritgan edi. Iste’dodli Jotada jamoadagi liderlik salohiyati bir maromda shakllanib borishi uchun yetarlicha o‘yin amaliyoti talab etiladi.


260

Tomas Myuller o‘z darajasini tushirmay o‘ynashda davom etadi. Shu yil hisobidan unga ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda deya ta’rif berilayotgani bejiz emas. O‘z klubidagi yangicha tizim, yangicha jamoadoshlar va ishonchli murabbiy qo‘l ostida Tomas qo‘lidan kelgancha maksimal xarakat qilyapti. Bundesliganing atigi 5 ta bahsida maydonga tushgan Myuller o‘z hisobiga 4 gol va yana shuncha assistni ham yozdirib qo‘ygan. Umuman olganda biz germaniyalik futbolchini muhim o‘yinlarda katta sahnaga chiqishiga ko‘nikib qolganmiz. Shu bilan birga u borgan sari klub va terma jamoa miqyosidagi turfa rekordlarni ham yangilashda davom etmoqda. O‘tgan shanba oqshomida "Bavariya" "Kyoln" ustidan minimal hisobda ustun kelganidan xabaringiz bor. O‘sha o‘yinda hisobni ochgan Tomas Bundesligada klubi safidagi 260-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu borada u mashhur posbon Oliver Kanning rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumot uchun, "qizillar" safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Zepp Mayer hisoblanadi. Agar Myuller mana shunday sport formada o‘ynashni davom ettiradigan bo‘lsa, kim bilsin, balki vatandoshining natijasiga yetish nasib qilar.


126

O‘tgan uikend barcha futbol ishqibozlari uchun qiziqarli va kutilmagan natijalarni hadya etdi. Ularning ichida bizningcha ham, muxlislarni manzur etgan eng muhim yangilik shubhasiz, Ronalduning koronavirusdan xalos bo‘lib, yana mashg‘ulotlarga qaytgani bo‘ldi. Tan olish kerak, portugaliyalik yulduz asosiy tarkibda ko‘rinish bergan o‘yinidayoq "Yuventus"ning ishlari olg‘a yura boshladi. Ayniqsa, "bankonerilar" postiga yangi va nisbatan tajribasizroq bo‘lgan murabbiy kelgach, Krishning jamoaga bog‘liqlik faktori keskin oshib ketmoqda. O‘z o‘rnida portugaliyalik ham buni chuqur anglagani holda zimmasiga tushayotgan og‘ir mas’uliyatni a’lo darajada ado etmoqda. "Spesiya"ga qarshi kechgan bahsning 57-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu atigi 126 soniya o‘tar o‘tmas o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Birmuncha vaqt o‘tgach u dublni ham rasmiylashtirib qo‘ydi. Bu bilan Roni o‘zining 2006 yildagi natijasini takrorladi. 3 ta bahs - 5 ta gol. Ushbu statistikani portugaliyalik yulduz 16/17 yilgi mavsumlar oralig‘ida "qirollik klubi"da takrorlagan edi. Agar "Yuventus" maydondagi ichki bog‘lamlar ustidagi muammolarini bartaraf etmas ekan, klubning asosiy lideriga barcha ish qolib ketaveradi. Unga motivasiya ulashib turadigan omil ham shu aslida.

105

"Selta" La Liganing yoqimtoy jamoalaridan biri, ba’zida chiroyli g‘alabalar ham qayd etib turadi. Lekin har doim nimadirlar sodir bo‘lib, o‘sha g‘alabalarni ushlab qolish nasib etavermaydi. Shunga qaramay, klubda asosiy lider shakllanib ulgurgan - bu Yago Aspas. Har bir uchrashuvning "sehrli tayoqchasi" ham aynan ispaniyalik futbolchiga ishonib topshiriladi. Kecha, klub o‘z maydonida "Real Sosyedad"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygan oqshom vigoliklar uchun qayg‘uli xotima topdi, lekin Yago uchun emas. Chunki u o‘sha kuni klub miqyosidagi o‘zining 105-golini kiritdi hamda bu borada mutlaq to‘purarga aylanib oldi. Lekin g‘alabaga o‘z hissasini qo‘sha olmagan bu gol mezbonlar uchun o‘sha kuni shunchaki taskin vazifasini o‘tab berdi, xolos. Ta’kidlab o‘tish kerak, ushbu dovon bungacha faqat Manuel Ermida tomonidan bosib o‘tilgan edi. Yago barcha uchrashuvlarda o‘ziga yuklatilgan vazifani maksimal bajarishga harakat qilib keladi. Umuman olganda, Oskar Garsia boshliq shtab sal vaziyatga jiddiyroq munosabat bildirmas ekan, jamoani bundan buyog‘iga Yago singari bir-ikkita yigitlar ham halokatdan qutqarib qololmasliklari mumkin. Zero, 17-pog‘ona "Selta" uchun yarashiqli nuqta emas.


7

"Agar sen Zlatanni xarid qilsang, o‘zingni Ferrari olgandek his qilaver", - degan edi shvesiyalik futbolchi o‘zi haqida bir intervyusida. Maydon tashqarisida biz Zlatanning xurmacha qiliqlari-yu, g‘alati gaplariga qanchalik ko‘p uchramaylik, ularning barchasi qulog‘imizda sof va ijobiy tarzda jaranglayveradi. Yoshi 40 ga qarab ketayotgan shvesiyalik maestro haligacha o‘z sport formasini yuqori darajada ushlab kelishi barchani hayratga solishda davom etadi. Faoliyatini o‘zi uchun qadrli klubida yakunlashga qaror qilgan Ibragimovich joriy mavsumni yuqori haroratda o‘tkazmoqda - 4 ta o‘yin 7 ta gol. Ayniqsa, "Udineze" darvozasiga yo‘llagan oxirgi goli bilan u barchaning diqqat-markaziga tushdi. Futbolchining havoda muallaq turgan holda bergan chalqancha zarbasi o‘sha kuni jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi. Bu natija esa "A" Seriya dagi umumiy oltinchisi hisoblanadi. O‘zining 8 yil avvalgi rekordini qayta takrorlagan Zlatan bu borada akrobatik zarbalarning foydalilik koeffisiyenti jihatidan turnirda yaqqol peshqadamga aylanib oldi. 40 yoshdan oshib ham futbol o‘ynayveradi shekilliya bu ketishda.

1

O‘z yo‘lini turli grand klublardan izlab yurgan Moyze Kin nihoyat o‘zi uchun qulay va muqim bo‘lgan joyni topgan ko‘rinadi. "PSJ" tarkibiga kelib qo‘shilganidan buyon italiyalikning debyut o‘yinlari muxlislarda yomon taassurot qoldirgani yo‘q. Ichki chempionatda ham o‘zi tushgan uchrashuvlarning deyarli barchasida gol urayotgan Kin xalqaro maydonlarda ham parijliklarning asosiy xaloskoriga aylanishni boshlab yubordi. Hafta o‘rtasida "Istanbul"ga safar uyushtirgan Tuxel shogirdlari mehmonda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi (0:2). O‘yinda har ikkala golga ham mualliflik qilgan Moyze o‘z klubida debyut uchrashuvidayoq dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. YECHLda parijliklar rosmana murakkab guruhdan joy olishgan. Neymarning uzoq muddatli orttirilgan jarohatini hisobga olsak, Kinda asosiy tarkib uchun kurashda yaxshigina imkoniyat paydo bo‘ldi. Endi hammasi uning o‘zigagina bog‘liq.

Yusufbek tayyorladi.

Kiritildi: 23:43, 02.11.2020. O'qildi: 9290 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик