Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldagi inqilobga 50 yil to‘ldi!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz kuni kecha o‘zining futboldagi 50 yillik «to‘yini» nishonlagan penaltilar seriyasi va uning tarixi bilan yaqindan tanishtirib o‘tadi.

Tanga tashlash?

Ushbu sport tarixidagi eng birinchi xalqaro rasmiy uchrashuv 1872 yilning 3- noyabr sanasida tashkillashtirilgan. Bundan 148 yil ilgari! Shunga qaramay, uzoq muddat davomida futbol mutaxassislari uchrashuv durang bilan yakunlanganda g‘olibni qay yo‘sinda aniqlash borasida bosh qotirishda davom etishgan. Ayniqsa, bu kamchilik katta musobaqalarning hal qiluvchi uchrashuvlarida sezilib qolar, yechim izlash esa davom etar edi.

Vaziyatdan chiqish maqsadida 19 asr boshida va durang bilan yakunlangan o‘yinlarni qayta tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Sekin-asta kubok bahslarida g‘olib aniqlash oson bo‘lishi uchun mehmonda-uyda formati o‘ylab topildi. Bu ham naf bermagach, tang tashlash orqali g‘olib aniqlashini boshlandi. Ilk bor shu uslubdan 1873 yilda foydalanilgan. Aynan o‘sha yili ingliz klubi yigitlari kubok bahsidagi 4 ta durangdan charchagach, mehmonxonada yig‘ilishadi va tanga tashlash yo‘li bilan g‘olibni aniqlashadi. «Shropshir» va «Sheffild» futbolchilari charchoq sababli shunday qarorga kelishadi va tanga «Sheffild»ni keyingi bosqichga olib chiqdi. E’tiborlisi shundaki, Angliya kubogi bahslarida tanga orqali g‘olib nomi aniqlangan uchrashuv sifatida ushbu bahsga tarixdan o‘rin egallagan.

Chempionlar kubogida esa, bu holat deyarli odat tusiga kirgan edi. Ko‘plab futbolchilar sardorlarining tanganing qaysi tomonini tanlashlarini tomosha qilishga asablari dosh bermas, o‘girilib olar edi. Sardorlar esa, birgina qaror bilan 90 daqiqalik mehnatning samarasini ko‘rsatishlari, yoki barchasini chippakka chiqarishi mumkin edi.

Ochig‘i, g‘olibni aniqlashda bu yo‘ldan foydalanish adolatdan bo‘lgan deb bo‘lmaydi. Shu bois, futbol olamining turli o‘lkalaridagi mutaxassislar o‘zgacharoq yechim o‘ylab topish maqsadida bosh qotirishni boshlab yuboradi.

1968 yildagi Yevropa chempionati yarim finalida aynan tanga tashlash yo‘li bilan g‘olib aniqlanadi. Sobiq Sovet termasi Italiyaga qarshi 90 daqiqa teng o‘yin ko‘rsatadi va qandaydir tanganing bir tomoni sababli musobaqani yakunlaydi. Aynan o‘sha voqeadan so‘ng, butun futbol olami yangi reformalar davri kelganini chuqur his etadi.

Futbol tarixidagi ilk ceriya

1970 yilning 4 noyabr sanasida Yevropa chempionlar kubogi doirasida «Everton» va «Borussiya D» o‘rtasidagi ikkita bahs ham 1:1 natijasi bilan yakunlangach, ilk bor musobaqa tarixida penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. Aslida, penaltini 1890 yilda irlandiyalik sportchi Uilyam MakKram o‘ylab topgan endi. Keyinroq, penaltilar seriyasidan foydalanish borasida ilk eksperimentni 1952 yilda Yugoslaviya kubogida sinab ko‘rishadi.

1970 yillarda Italiya, Boliviya va Shveysariyada hali-hamon tanga uchrashuv g‘olibini aniqlashda davom etayotgan edi. Vaziyatga Yusuf Dagan aralashgach, FIFA yangi reformalar haqida bosh qotirishga majbur bo‘ladi. Isroil terma jamoasi futbolchisi Olimpiadadagi tanga sababli uchralgan mag‘lubiyatni hazm qila olmagach, shu mavzu asosida juda katta maqola yozadi. Uning faktlarga asoslangan maqolasi asosida FIFAga 1969 yilda katta xat jo‘natiladi. Aynan o‘sha yili FIFAga Malayziya, Singarpur, Fransiya singari davlatlardan penalti borasida yakuniy qaror qabul qilish haqida takliflar yuboriladi. Ular orasida nemis hakami Karl Veldning bor ekanligi, ishning katta masshtab olishiga ko‘mak berdi.

Shunday qilib, 1970 yilning 27 iyun sanasida FIFA rasman o‘yin g‘oliblarini aniqlash uchun penaltidan foydalanish lozimligini tasdiqladi. Shunday qilib, butun futbol olami vakillari g‘olibni aniqlash yo‘lida foydalanilgan adolatsiz qarorlardan xolis bo‘ldi.

1970 yilda qaror qabul qilingach, birinchilardan bo‘lib yangilikni inglizlar sinab ko‘rishdi. Futbol tarixidagi ilk rasmiy penaltilar seriyasidan gol kiritgan futbolchi bo‘lish baxti afsonaviy Jorj Bestga nasib etdi. Ilk bor bu nuqtadan foydalana olmagan futbolchi nomi esa yana bir afsona Dennis Louga topshirildi. O‘yin g‘olibini aniqlovchi penaltilarni ilk bor bartaraf etgan darvozabon ham Angliya klubi a’zosi. «Xal Siti» kipperi Yan MakKechni bunday baxtga sazovor bo‘ldi. Xalqaro maydondagi ilk seriya esa, Kubok egalari kubogiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda, «Gonved» Aberdin bilan 4:4 durang o‘ynagan, biroq hal qiluvchi lotereyada vengerlarning qo‘li baland kelgan edi (5:4)

Oradan besh hafta o‘tgach, Yevropa chempionlar kubogi doirasidagi o‘yin sodir bo‘ldi. Yuqorida eslab o‘tganimiz : «Everton va »Borussiya D" o‘zaro kuch sinashgan uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi. E’tiborlisi shundaki, ilk seriya nemis va ingliz klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu videoni tomosha qiling! Penaltidan gol kiritgan futbolchilar golni qanday nishonlashmoqda?! Maydondagi ortiqcha insonlarning ko‘p ekanligi?! Umuman boshqacha atmosferani his etasiz. Keyinroq inglizlar bir necha bor nemislarga lotereyada mag‘lub bo‘ldi, ammo ilk duel ularning foydasiga hal etilgani tarixda abadiy qoladi.

Eng mashhur seriyalar tarixi

Futbol olamida ushbu yangilik tezda o‘z o‘rnini topdi va uning ajralmas bo‘lagiga aylandi. Ko‘plab yulduzlarni g‘alabadan, sovrindan mahrum qildi. Kimlarnidir afsonaga aylantirdi. 1970 yilda qabul qilingan qaror sababli hali-hamon Badjo va Trizegelar kechalari yaxshi uxlay olishmaydi. Balki, hamyurtimiz Marat Bikmayevda ham shunday holat kuzatilar?! Keling, endi ushbu seriyaning eng mashhurlarini yodga olamiz.

Birinchilardan bo‘lib hayolimizga 1982 yildagi JCH yarim finali kelishi turgan gap. O‘shanda, sayyoramizning eng kuchli futbolchisi Mishel Platini boshchiligidagi Fransiya yarim finalda FRG bilan to‘qnash kelgan va o‘yin 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan edi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida esa, nemislar g‘alaba qozonishadi Platini esa, hayotidagi eng muhim sovrinni qo‘lga kiritish baxtidan mosuvo bo‘ladi.

Yaqin o‘tmishda ham penaltilar seriyasining tutgan o‘rni beqiyos Istanbuldagi final yodingizdami? O‘sha oqshom hatto Maldini ham gol kiritgan, biroq yakunda «Milan»ni «Liverpul» 120 daqiqa to‘p surishga majbur qilgan edi. Keyin Yeji Duddek o‘z hayotidagi eng muhim 15 daqiqani o‘tkazadi va «Milan» finalni «mersisaydliklar»ga boy beradi. Shunchaki dahshatli ssenariy!

Penaltilar borasida so‘nggi yillarda ingliz futbolchilarining omadi kelmayapti desak, adashmagan bo‘lamiz. Keling Moskvada o‘tgan finalni ham yodga olamiz. «Chelsi» «Manchester Yunayted»ga qarshi. So‘nggi hal qiluvchi zarba. Agar Jon Terri vaziyatdan foydalansa, Ronaldu o‘yinning anteqahramoniga aylanadi. London klubi esa, o‘z tarixida ilk bor YECHLda zafar quchadi. E’tibor bering, penalti qay darajada futbolning ajralmas bo‘lagiga aylanib ketgan. Terri vaziyatdan foydalana olmadi va seriyada «qizil iblislar» g‘alaba qozonishdi. «MYU» chempion, Ronaldu o‘zining ilk «oltin butsa»sini qo‘lga kiritmoqda.

Endilikda, FIFA va UYEFA mehmondagi gol qoidasini olib tashlash haqida bosh qotirmoqda. Sababi, bo‘m-bo‘sh stadionlarda kiritilgan gol mehmonlarga ustunlik berishi o‘yin manerasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 90 daqiqalik o‘yindan so‘ng, 15 daqiqalik ikkita taymni bekor qilish fikri ham yo‘q emas. UYEFA va FIFA bu 30 daqiqalik futbol muxlislarni zeriktirib qo‘yishi mumkinligini anglab yetgan. Mayli bu endi boshqa masala.

Muhimi shundaki, bundan 50 yil avval o‘ylab topilgan penaltilar seriyasi futbolga nimadir bera oldi. Seriya kurashuvchan, xarakterga ega jamoalar uchun g‘alaba qozonishning bir yo‘liga aylanib bo‘ldi. Bugungi kunda muxlislar va ekspertlar 11 metrlik zarbalar seriyasini lotereya deb atashadi. Vaholanki, tanga tashlash orqali aniqlangan g‘oliblarni lotereyada yutgan desak, adolatdan bo‘ladi.

YA.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:31, 06.11.2020. O'qildi: 6700 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик