Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. "Qizillar" "Etihad"dagi qora an’analariga barham bera oladilarmi?! - Prevyu

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy mavsum APL hali ham barchani ajablantirishda davom etadi. Mana, uzoq yo‘lning deyarli 3/1 qismi ortda qolibdi hamki, turnir jadvalida hali muxlislar kutganichalik holat ko‘zga tashlanmayapti - grand jamoalar hali ham o‘z yo‘llarini topa olmay ovora. Jumladan, bugungi bahs vakillari "shaharliklar" ham. Garchi, "Siti" markaziy bahsga 10-pog‘onadagi holati bilan tashrif buyurayotgan bo‘lsa-da, aynan mana shu uchrashuvning prinsipiallik jihatlari juda ko‘p.

Avvalo, ochkolar nisbatiga qaraydigan bo‘lsak, ko‘pchilik bu klublarning o‘rtasidagi tafovutda yana 9 ta jamoa mavjud elanligiga ishonmasalar ham kerak. Lekin, agar Klopp shogirdlari bugungi uchrashuvda o‘z ishonchli yurishlarini davom ettira olmasalar, o‘rtadagi farq 2 ochkogacha qisqarshi mumkin va Manchester jamoasida plyus bitta zaxira o‘yini ham bor ekanligini unutmaslik kerak. "Siti" va "Liverpul" yaqin 2-3 yil ichidagi APL bosh sovrini uchun kurashuvchi azaliy raqiblar sanalishadi. Shu sababli ularning o‘zaro o‘yinlari ko‘p jixatdan chempionlik masalasini hal qilib kelgan. Zero, bugungi onlayn jadval ham shuni tasdiqlab turibdi: mezbonlarning g‘alabasi bizga poygadagi intrigani qaytarib bersa, mehmonlar qo‘lga kiritilajak 3 ochkosi bilan chempionlik finishi sari dadil qadam tashlashi ko‘zda tutilmoqda. Agar durang qayd etiladigan bo‘lsa, tig‘iz joylashuv sababli o‘rtamiyona klublar keyinchalik bo‘lajak chempionga jiddiy boshog‘riq yaratib berishlari ham bor gap. Demak, 6 ochko uchun kechadigan jang diqqat markazimizda.

"Manchester Siti"

"Shaharliklar" markaziy o‘yinga ancha ijobiy kayfiyatda yetib kelmoqdalar. Ular Chempionlar Ligasi bahsida "Olimpiakos"ni yirik hisobda taslim etishgan. Buning ustiga, ular ayni paytda ketma-ket 9 ta bahsdan beri saqlanib kelinayotgan mag‘lubiyatsiz seriyani ham qayd etishmoqda.

Shuningdek, Gvardiola shogirdlari bemalol o‘zlarining mustahkam himoya chiziqlari bilan maqtana oladilar: ketma-ket 3 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan ajoyib "quruq" seriya. Ta’kidlab o‘tish ketakki, ushbu natija o‘tgan mavsumning sentabr oyidan beri qayd etib kelinayotgan eng yaxshisi hisoblanadi. Har qalay bu yerda yaqin yillar ichida aynan orqa chiziq vakillariga sarflangan millionlar sarfini ham unutmaslik kerak. Lekin manchesterliklar hujum chizig‘ida yetarlicha muammolar ko‘zga tashlanmoqda. Buni Aguerosiz o‘ynayotgan jamoaning oxirgi 6 o‘yinda atigi 9 ta gol urganidan ham bilib olish qiyin emas. Ushbu ko‘rsatkich klubning Premyer Liga doirasidagi 2008 yildan beri qayd etib kelinayotgan eng yomon natijasi hisoblanadi. Buning ustiga so‘nggi 4 ta uchrashuvdagi gollar soni ham negadir "shaharliklar"da bittadan oshmayapti. Bu har qalay o‘tgan mavsum eng ko‘p gol urgan jamoa uchun yarashiqli hol emas. Lekin "Manchester Siti"da "Liverpul" va o‘zi umuman amaldagi chempion jamoalarga qarshi o‘zaro statistikalar shu paytgacha ijobiy darajada bo‘lib kelgan.

"Shaharliklar" ketma-ket ikkinchi mavsumida ham bosh titulni qo‘lga kiritishi ko‘zda tutilgan raqiblaridan 10 ta o‘yinning 9 tasida ustun kela olganlar. Shuningdek, "Siti" mavsum davomida qanday formada bo‘lishidan qat’i nazar har doim "Etihad"da yuqori kayfiyatda o‘ynashga o‘rganib qolgan. "Lester"ga qarshi bahsni hisobga olmaganda ular o‘tgan yilning dekabridan beri o‘z uylarida yutkazmay keladilar. Shuningdek, Gvardiolaning Klopp jamoasiga qarshi o‘zaro statistikasi yomon emas: u oxirgi 4 bahsning 3 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. Ushbu faktorlarning o‘zi ham uchrashuv oldidan biroz bo‘lsa-da "Siti"ga ustunlikni yuklashi mumkin, albatta ba’zi istisno holatlar bilan birga. Tarkib borasida esa klub uchun xushxabarlar yetarli. Jumladan, Fernandinyo va Benjamin Mendilar safga to‘liq qaytishgan. Lekin Gvardiola baribir muhim o‘yin oldidan ular bilan tavakkal qilmasa kerak. Katta ehtimol, bugun Mendi o‘rniga "Olimpiakos"ga qarshi bahsda o‘zini har tomonlama ko‘rsatgan Kanseluga imkon berilsa kerak. Shuningdek, Jesus ham yana yorqin formasiga qaytgan. Butun mavsum davomida deyarli markaziy hujumchisiz o‘ynashga majbur bo‘layotgan Pep muammo yechimini balki, aynan braziliyalik futbolchi orqali qidirib ko‘rar.

Taxminiy tarkib: Ederson; Uoker, Dias, Lyaport, Kanselu; De Byuyne, Rodri, Gyundogan; Mahrez, Jesus, Sterling.

"Liverpul"

"Qizillar" ham ushbu bahsga optimal kayfiyatda yetib kelishmoqda. Avvalo, turnir jadavlidagi peshqadamlik, shuningdek, xalqaro maydonlardagi muvaffaqiyatli yurishlar va turfa rekordlar bularning barchasi endi Kloppni faqatgina oldinga undashi talab etiladi. To‘g‘ri, dastlabki turlardanoq "Everton"ning gigamonligiyu, "Aston Villa"dan uchralgan alamli mag‘lubiyat muxlislarning mersisaydliklarga bo‘lgan ishonchni biroz bo‘lsa-da tushirgan bo‘lishi mumkin. Biroq jamoa jiddiy yo‘lda o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q va tezda yana o‘sha "eski "Liverpul"ga aylanib oldi. Biroq APL chempionligi uchun kurashda bularning barchasi unchalik ham muhim emas. Asosiysi, prinsipial raqibni o‘zaro o‘yinlarda yutib olish. Bu omil o‘z navbatida kelasi turlardagi klubning ishonchini yanada mustahkamlaydi. Shundan kelib chiqib bugun maydonda Klopp tomonidan amalga oshirilgan aqlli va murakkab qarorlarga guvoh bo‘lsak kerak. Har qalay u Pepga qarshi qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi anglab yetgan. Shu narsa faktki, germaniyalik mutaxassis o‘z hamkasbini umumiy hisobda 8 marta yengishga muvaffaq bo‘lgan. Bu rekord natija hisoblanib, ispaniyalik murabbiy hali hech kimga bunchalik ko‘p yutqazmagan. Lekin, shunga qaramay, "Liverpul"da bu mavsum biroz stabillik yo‘qolganday nazarimizda. Jamoa o‘tkazilgan 8 ta turda allaqachon 15 ta gol o‘tkazib yubordi. Ushbu ko‘rsatkich esa 64/65 yilgi mavsumdan beri qayd etib kelinayotgan eng yomon natija hisoblanadi.

Darvoqe, "Liverpul" azaldan kuchli to‘rtlik vakillariga qarshi uchrashuvlarda doim xam qiynalib kelgan. Buni klubning chempionlikni tantana qilgan mavsumida ham kuzatganmiz. APL grandlariga qarshi kechgan 12 ta bahsda 26 ta to‘p o‘tkazib yuborish Klopp uchun aslida ham juda yomon natija hisoblanadi. 38-turdan keyin jiddiy pand yeb qolmasliklari uchun ham mersisaydliklarga "Siti"ni taslim etish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun murabbiylar shtabining o‘yinda qanday sxemadan foydalanishi barchaga qiziq. Lekin ko‘rinishidan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar yo‘qdek tuyulmoqda. Van Deyk, Fabinyo hamda Aleks-Oksleyd Chemberlen hali ham jarohatdan to‘liq tiklanishmagan bo‘lsalar, Tiagoning maydonga tusha olmasligini Kloppning o‘zi shaxsan tasdiqlagan. Qizig‘i, Matip yana safga qaytdi. Markazda bugun so‘nggi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatib borayotgan Uilyams yoki tajribali Gomeslardan birinini ko‘rishimiz ham mumkin. Old chiziqda esa deyarli o‘zgarish ko‘zga tashlanmaydi. Diogu Jotaning sof hujum zonasiga chiqqani holda "trio"ning biroz orqaroqda harakat qilishi ko‘pchilik tomonidan taxmin qilinayotgan variant. Shunda Kloppning 4-2-3-1 sxemasidan foydalinish ehtimoli mavjud.

Taxminiy tarkib: Alisson; Aleksandr-Arnold, Matip, Gomes, Robertson; Henderson, Veynaldum; Salah, Firmino, Mane; Jota.

Umuman olganda, qarama-qarshilikning barcha tomonlari bizga kutilmagan va qiziqarli futbol taqdim etishga va’da bermoqda. Shubhasiz, bu mavsum o‘yiniga ham aylanib ketishi mumkin.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:31, 07.11.2020. O'qildi: 5891 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик