Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Everton» hamda «MYU» libosida harakat qilgan mashhur futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Everton" va "Manchester Yunayted" klublari hududiy jihatdan bir birlariga juda yaqin masofada joylashishgan. Har ikkala jamoa ham Angliyaning shimoli-g‘arbiy qismidan xisoblanib, o‘z navbatida futbolchilarning o‘zaro transfer siyosatida ham o‘xshash jihatlarga ega. Biz esa quyida har ikkala klub safida faoliyat olib borgan mashhur futbolchilardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

 

Tim Hovard

Amerika diyoridan Yevropadagi faoliyatini sermahsul yakunlagan nomdor futbolchilar nisbatan kamroq yetishib chiqqan. Lekin ularning orasida mamlakati nomini butun ko‘hna qit’aga munosib tanitgan mashhur yulduzlardan biri bu Tim Hovard. U "Manchester Yunayted"ga 2003 yilda ko‘chib o‘tgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bu transferning amalga oshishida Aleks Fergyusonning xizmatlari juda yuqori. "MLS"da faoliyatini davom ettirayotgan paytlari Timga asosiy tarkibdan hadeganda joy tegavermagan. Garchi u klubda ijara asosida o‘ynashiga qaramay, atigi bitta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Lekin ziyrak skautlar uning mahoratini o‘z vaqtida payqay olishgan va 4 million funt evaziga Hovardning transferini amalga oshirishgan. U klubga kelishi bilanoq ishonchli o‘yinlar namoyish etishni boshlaydi va Bartesdan 1-raqamli posbon unvonini tortib oladi. Tim uchun debyut mavsumi ancha omadli keladi, mavsum sarhisobiga ko‘ra yil ramziy terma jamoasiga ham kiritiladi. Lekin hali yosh bo‘lganligi uchunmi u o‘ziga tushayotgan muxlislar va rahbariyatning og‘ir bosimiga bardosh bera olmaydi. Natijada, oddiy vaziyatlarda qilingan qo‘pol xatolar Hovardda o‘yindan o‘yinga ko‘payib bordi. Ayniqsa, Angliya kubogi bahslarida amerikalik posbon tushirgan ba’zi bir "qovunlar" "Yunayted"ga rosmana qimmatga tushadi. Oqibatda, tarkibdagi o‘rnini irlandiyalik hamkasbi Roy Kerollga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, Hovard "MYU"da nisbatan o‘xshamagan mavsumlarini o‘tkaza-o‘tkaza 2006 yilgacha faoliyat olib bordi. Nihoyat, jamoa Van der Sar xaridini amalga oshirgandan so‘ng, u "Everton"ga ijaraga berib yuboriladi. U "qizil iblislar" safida 3 ta mavsum o‘tkazib, 77 ta bahsda maydonga tushadi va bitta Angliya kubogiga ham ega chiqqan.
Lekin biz Hovardning Mersisayd klubiga ko‘chib o‘tishi uning uchun chinakamiga omadli qaror bo‘ldi desak yangilishmaymiz. Uni aynan "Everton"da o‘ynab yurgan paytlari Premyer-Liganing eng kuchli darvozabonari ro‘yxatiga kirgazishgan. Tim ham o‘zi uchun qulay bo‘lgan klubida naq 10 mavsum faoliyatini olib bordi. Asosan milliy termadagi yutuqlari bilan maqtana oladigan ushbu kiper "irischilar" safida individual mini sovrinlarni yutish bilan kifoyalanib yurdi. Lekin shunga qaramay, u klubidagi eng muhim futbolchilardan biri edi, eng kerakli paytda amalga oshirilgan super seyvlari bilan o‘z muxlislari audotoriyasini yetarlicha kengaytira oldi. O‘zi harakat qilib kelgan deyarli har bir mavsumida u Premyer-liganing eng kuchli posbonlaridan deya tan olingan. Masalan, 09/10 yilgi mavsumda u eng ko‘p "quruq" seriya o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini yangilagan. 2012 yilda Tim hatto, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘lgan edi. Uning sevimli jamoalari ro‘yxatida "Everton" shubhasiz, birinchi pog‘onada turadi. Hovard o‘z intervyularida ham buni bir ikki marta ta’kidlab o‘tgan. O‘z gaplarining ramzi sifatida amerikalik mashhur posbon bugungi kunda "Everton" uchun xalqaro elchi sifatida ishlab keladi.

 

Ueyn Runi

Angliyalik mashhur forvard ham ko‘k va qizil futbolkalarda harakat qilgan nomdor futbolchilar sirasiga kiradi. Lekin uning faoliyati Hovardnikidan farqli o‘laroq, bosqichma-bosqich ko‘tarilib borgan. Ya’ni "Everton" libosida o‘zini ko‘rsatib boshlagan yulduz keyinchalik qizil formada o‘z darajasidagi eng cho‘qqi nuqtaga chiqishini hali tasavvur ham qilolmagan edi. Runi aslida Mersisayd klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Unga 16 yoshidayoq asosiy jamoada o‘ynash imkoniyati berilgan. 2 yil ichida Runi "irischilar"safida 67 ta bahsda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Angliyalik vunderkindning faoliyati bu yerda juda qisqa yakunlanganligi sababli muxlislar sovrinlarga boy Runini yaxshi eslasholmaydi. Futbolchi ushbu klubda faqatgina BBC talqini bo‘yicha eng yosh iqtidor egasi sifatida bir marotaba taqdirlangan xolos.
Runi 2004 yilda "MYU"ga 20 million funt evaziga ko‘chib o‘tadi. Endi futbolchi uchun o‘zi o‘sa oladigan haqiqiy kelajak yo‘li ochilgan edi. Runi "qizil iblislar" safida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirgan. U 441 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 214 marta ishg‘ol qilgan. Angliyalik futbolchining Manchester klubidagi yutuqlarini sanab adog‘iga yetish qiyin. U 20 dan ziyod turli tuman individual sovrinlar hamda bir necha marta qo‘lga kiritilgan Premyer-liga kuboklari sohibi hisoblanadi. Runi o‘z vaqtida Aleks Fergyusonning eng ishongan futbolchilaridan biri bo‘lgan.

 

Maroan Fellaini

Fellaini yuqoridagi har ikkala jamoa safida harakat qilgan eng omadsiz futbolchilardan biri desak ko‘pchilik hagron qolishi mumkin. O‘sha paytdagi muhit uchunmi, yoki bo‘lmasa murabbiylarning turli darajasi tufaylimi Fellainining yorqin iste’dodi juda erta so‘nib ketgan. Maroan "irischilar" safiga 2008-yilda "Standart"dan kelib qo‘shiladi. Kelishilgan summa ham har qalay o‘sha davr uchun chakki emas edi - 15 million funt. Fellainiga kelgan dastlabki mavsumidan boshlaboq eng umidli vunderkind sifatida qarashgan. Buni klubning o‘sha paytdagi ijrochilaridan biri Rober Elston quyidagicha izohlaydi: "Ushbu transfer klub uchun katta yangilik bo‘ldi. Biz jamoamizda ayni paytdagi dunyoning eng iqtidorli futbolchilaridan biri o‘ynayotganidan xursandmiz. Ishonamizki, bu yigitcha hali yaqin yillar oralig‘ida jamoamizga eng qimmatli sovrinlarni olub keladi". Darhaqiqat, belgiyalik iqtidor klub bazasiga kelib qo‘shilganidanoq o‘zini har tomonlama ko‘rsatishni boshlab yubordi. Yuqoridagi gaplarni munosib oqlashga astoydil harakat qildi. Qilgan mashaqqatli mehnatlari samarasi o‘laroq u "Everton"ning 2008-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deya tan olindi. Keyinchalik ham o‘z sport formasini oydan oyga mukammallashtirib borishdan sira ham to‘xtab qolmagagan. Maroan 2012 yilda Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Albatta, o‘rtamiyona klub o‘yinchisi uchun bu juda katta rag‘bag edi. Lekin "Everton" muhiti Fellaini singari futbolchilar darajasida belgilanmaganligi bois uning ham ro‘yxatimizdagi qolgan yulduzlar qatori jamoaviy sovrinlarni yutishda omadi chopmagan. Maroan klubdagi 5 yillik faoliyati davomida jami 177 o‘yinda maydonga tushib 33 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.
Uning "Manchester"dagi faoliyati yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘laqonli omadsiz yakunlangan. Klubda Fergyuson erasi tugab u qurgan ulkan tizim parchalana boshlagan paytda jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchi Devid Moyesning kashfiyoti bo‘lishi kerakligi kutilgandi. Lekin belgiyalik kashfiyot bo‘lish uyoqda tursin bir ikki mavsum o‘tgach o‘zining eski darajasini ushlab qolishning-da uddasidan chiqa olmadi. Hatto, bir yili u "Teltegraph" tomonidan tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra, Premer-ligada mavsumning eng yomon o‘yinchisi "unvoni"ni ham qo‘lga kiritdi. Fellaini yomon balansdagi futbolchi emas. Lekin "Yunayted"dagi "murabbiylar o‘yini"da u shunchaki qolgan sheriklariga yetarlicha singishib ketolmadi.

 

Andrey Kanchelskis

Ro‘yxatimizdagi yana bir vakil o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan muxlislarga juda yaxshi tanish bo‘lgan inson Andey Kanchelskis. Rossiyalik mashhur mutaxassis yaqingacha Namanganning "Navbahor" klubida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan. Futbolchilik faoliyatini juda ko‘p klublarda o‘tkazgan. Tabiiyki, o‘zini ommaga mashhur qilgan jamoalari qatoriga "Everton" hamda "MYU" ham kiradi. Kanchelskisning yuqoridagi ikki klub bilan bog‘liq vaziyatini ikki xil baholash mumkin. U "irischilar" tarkibida nisbatan personal tarzda yaxlit figura bo‘lib ajralib chiqqan bo‘lsa, "qizil iblislar" safida ko‘proq jamoaviy titullarning qo‘lga kiritilishida jonbozlik ko‘rsatgan. Lekin "MYU"da u o‘ziga berilgan qisqa imkoniyatlardan ham maksimal darajada foydalana olgan. Xususan, jamoaning asosiy lideri Erik Kantona jarohatlari sabab 94/95 mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan payti u klubning asosiy to‘purariga aylangan. Bir nechta bahslarda jamoasi uchun chempionlik gollarini urishda asosiy rolni bajargan. Kanchelskis "Yunayted" bilan ikki marta Premer-liga g‘olibligini, shuningdek, bir martadan Angliya kubogi, Liga kubogi va UEFA super kubogini ham qo‘lga kiritgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Andrey "Everton" safidagi sovrinlari bilan maqtarli darajada emas. Uning hisobida 96-yilgi oyning eng yaxshi futbolchisi unvonidan tashqari aytarli tuzuk natija yo‘q.

 

Yusufbek tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:17, 07.11.2020. O'qildi: 3187 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик