Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kannavaro: “Jahon chempionati — bu butunlay boshqa daraja”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uznft/murabbiy
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro FIFA Series doirasidagi Venesuelaga qarshi bahsdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis o‘yin sifati, tarkibdagi o‘zgarishlar va Jahon chempionati oldidan ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida gapirdi.

O‘yin sifati va vaziyatlar haqida

“Bugun maydonda juda mazmunli o‘yin guvohi bo‘ldik. Garchi ko‘plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsak-da, bahs davomida ustunlikni o‘z tomonimizda saqlab qoldik. Raqibga tinimsiz bosim o‘tkazganimiz meni quvontirdi. Venesuela kabi jiddiy raqiblarga qarshi o‘ynash doim murakkab kechadi, biroq shogirdlarim bugun o‘zlarining irodali ekanini isbotlashdi. Men yigitlarga kiyinish xonasida ham aytdim: endi boshqa o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lmaydi, har bir bahsga rasmiy o‘yin sifatida qarashimiz shart”.

Himoya chizig‘i va jamoaviy harakat

Gabon bilan o‘yindagi kamchiliklar haqida to‘xtalar ekan, murabbiy himoya chizig‘ining o‘sishini e’tirof etdi:

“Bugun himoyachilarimiz raqibga deyarli bo‘sh joy qoldirishmadi. Shuni tushunish kerakki, himoyalanish faqat to‘rt nafar o‘yinchi emas, balki butun jamoaning vazifasidir. Yarim himoya va hujum chizig‘i birgalikda harakat qilgandagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Bugun biz aynan jamoaviy himoyalanishni ko‘rsata oldik”.

Standard vaziyatlar va futbolchilarning holati
“Standard vaziyatlar ustida ishlash uchun vaqtimiz kam bo‘lsa-da, bunda ham o‘sish bor. Jamoamizda Otabek Shukurov va Azizbek G‘aniyev kabi uzoq masofadan kuchli zarba bera oladigan ijrochilar borligidan unumli foydalanishimiz kerak”.

Murabbiy, shuningdek, futbolchilarning jismoniy holatiga to‘xtalib, mavsum hali boshlang‘ich pallada ekanini eslatdi:

“Superligada endigina 4-tur yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda bir oz toliqish sezilgani tabiiy hol. Mavsum o‘rtalariga borib, jismoniy tayyorgarlik darajasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi”.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik va yangi rejalar
“Mundial — bu butunlay boshqa daraja. U yerdagi sur’at va muhit o‘rtoqlik o‘yinlaridan tubdan farq qiladi. Biz doimo oldinga intilyapmiz. May oyida rejalashtirilgan yig‘in orqali tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqamiz. Futbolchilarning ovqatlanishi, dam olishi va mashg‘ulotlariga e’tibor qaratish orqali ularning faoliyatini uzaytirishni ko‘zlaganmiz. Jamoamizning tibbiy shtabini kuchaytirganimiz ham jarohatlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hamda Venesuela o‘rtasidagi bahsnining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. G‘olib nomi esa penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Kannavaro jamoasi 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, FIFA Series g‘olibiga aylandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:18, 31.03.2026. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик