Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messining «Barselona»ni tark etishiga beshta sabab

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «Barselona» jamoasi yetakchisi Leo Messining boshqa klubga o‘tishga undovchi omillar bilan tanishtirib o‘tadi.

Yangi boshqaruv?!

Afsuski, ayni damda jamoa boshqaruvi kimning qo‘liga o‘tishi katta savol ostida turibdi. Boz ustiga, yangi prezident yangi murabbiy xizmatiga murojaat etishi ham hech gap emas. Boz ustiga, Bartameu sababli paydo bo‘lgan krizis qachon klubi to‘liq tark etishi noma’lum. Messi «Barselona»da qolgani bilan jamoani kelajakda nimalar kutayotganini bilib bo‘lmaydi. Jamoaning pandemiya chog‘ida og‘ir moliyaviy ahvolda ekanligi sababli katta transferlardan umid ham qilmasa bo‘ladi.

G‘alati uslub

Afsuski, Kuman «Barselona»ning o‘z g‘oyasidan xabardor emas. Murabbiy targ‘ib etayotgan futbol hozircha tushunarsiz. Shu bois, Kuman qo‘l ostida «Barselona» qaysi tomonga qadam tashlayotganini bilib bo‘lmayapti. Ba’zi o‘yinlarda Leo jamoa uchun ortiqchadek tuyulayotgan bo‘lsa, ba’zan u zaxiradan o‘yinni boshlamoqda. Kuman Kataloniya klubi tarkibini yoshartirishga urinmoqda, biroq yoshlar tez orada natija berishiga ishonish mushkul. Katta o‘yinlarda suyagi qotgan Vidal, Rakitich singari futbolchilar esa deyarli tekinga qo‘yib yuborildi. Kuman jamoa tepasidagi kelganiga ancha bo‘ldi, ammo «Barselona»uchun yangi o‘yin modelini yarata olmadi. Afsuski, shu omil sababli «Barselona»ning muqim bir uslubi mavjud emas. Leo esa, tavakkal qilishni istamasligi aniq. Sababi, Kuman o‘z uyida «Real» oldida ojiz qolganini hamma ko‘rdi. Vaholanki, «el-klasiko»ga qadar «Real»ning tinimsiz qanotdan uzatilayotgan to‘pni kulgiga sabab bo‘layotgan edi. O‘zaro o‘yinda esa, Zidan targ‘ib etayotgan o‘yin modeli «Barselona»nikidan ancha kuchliroq ekanligini ko‘rinib qoldi.

Imkoniyat berish lozim

Leoning «Barselona»safida bo‘lishi, yangi avlod uchun o‘z imkoniyatlarini namoyish etishiga to‘sqinlik qilayotgani bor gap. Afsuski, bu haqiqat. Agar Leo tarkibda bo‘lsa, klub to‘liq yangi o‘yin uslubiga o‘tishga qiyinchilik tug‘diradi. Leo deyarli pressingda ishtirok etmaydi. Uning maydon markazida erkin to‘p surishi lozim. Shu bois, butun jamoa 4-3-3 da to‘p surishga majbur bo‘ladi. Bu omil Grizman, Dembele va Ansu Fati singari futbolchilari o‘zi uchun noqulay pozisiyada to‘p surib kelmoqda. E’tiborlisi shundaki, «Barselona»da yangi jamoa shakllantirish uchun kadrlar yetarli. Pedri, Fati, Trinkao, De Yong, Dest, Arauxo, Puch, Dembelelar atrofida yangi jamoa qurish mumkin. Agar saylovlarda Bartameu g‘olib chiqsa, u katta ehtimol bilan yangi «Barselona»ni yosh va iqtidorli futbolchilar atrofida quradi. Agar Leo qayta-qurish chog‘ida klub safida bo‘lishni istamasa, unda tezroq bosha klubga o‘tish borasida yakuniy qarorni qabul qilish lozim. Avlodlar almashinuvi jarayonini boshidan o‘tkazayotgan «Barselona» bilan qandaydir sovrin yutish juda mushkul.

Leo o‘zgarishni istamaydi

Kuman Leodan unumli foydalanmoqchi edi. Afsuski, bu kutilgan natijani bermadi. Leo o‘zgarishni istamadi. Ming afsuski, endi Messi o‘zi istaganidek chap qanotda reydlar uyushtirishga qodir emas. Boz ustiga, uning raqiblarni aldab o‘tish borasida tezligi ham avvalgi darajasida emas. Kuman uni maydon markaziga joylashtirgan edi, biroq Leo bu vazifani bo‘yniga olishni istamadi. U ko‘proq to‘pni o‘zida ushlab qolishga o‘rgangani uchun Kuman o‘ylagan reja ish bermadi. To‘g‘ri, ba’zan Messi juda yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda («Betis»ga qarshi uchrashuvda), biroq bunday temp bilan butun mavsum to‘p surishning imkoni yo‘q. Leoga stabillik yetishmayapti. Uning reydlari va zarbalari avvalgidek effekt bermayotgan bo‘lsada, u o‘z o‘rgangan uslubda harakat qilishda davom etmoqda.

Moliyaviy ahvol Messiga «totrmaydi»

Ayni damda, «Barselona» qolgan klublardan ham qiyinroq ahvolda ekanligini barcha sezib turibdi. Jamoa pandemiya va Bartameuning mas’uliyatsizligi sababli juda katta summadagi pullarni havoga uchirib yubordi. Oqibatda, o‘z futbolchilaridan maoshlarni olib qolishgacha bordi. Leo shu kunga qadar dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchisi sifatida to‘p surib keldi. Endi esa, «Barselona» unga yangi shartnoma taklif etishi lozim. Xo‘sh, juda og‘ir ahvolda qolgan jamoa yiliga necha million yevro taklif eta oladi? Shartnoma necha yilga tuziladi? Messiga qanday bonuslar mavjud? Gap shundaki, agar Kataloniya klubi Leoni tekinga qo‘yib yuborsa, bu katta yo‘qotish bo‘ladi. Katta ehtimol bilan Messi qishda shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu shunchaki rasmiyatchilik sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish xolos. Faqat shu yo‘sindagina «Barselona»uning transferidan 100 million yevro ishlab olishi mumkin. O‘z vaqtida Luis Suares ham «Barsa»ga o‘tishdan avval «Liverpul» bilan shu tryukni amalga oshirgan edi. Bu tryukdan hech kim zarar ko‘rmaydi. Messini istaganlar uni qo‘lga kiritadi, «Barselona» o‘z yetakchisi ketsada, 100 million yevro ishlab oladi. Futbolchi ham hech qanday ruhiy bosimsiz Kataloniyani tark etadi. Shunday bo‘lsada, hali bu ish amalga oshishi borasida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Katalononiya klubi Messiga rasman yangi shartnoma taklif etganicha yo‘q. Vaziyat hozircha katta so‘roq ostida turibdi.

P.S

«Barselona» Messiga qadar buyuk klub edi. Undan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Leo barchaga barcha narsani isbotlab bo‘ldi. Uni endi kuch bilan Kataloniyada ushlab qolish mumkin emas. U o‘z nomini «Barselona» klubining shonli o‘tmishiga oltin harflar bilan bitib qo‘ydi. Endi faqat birgina narsa qoldi. So‘nggi, final epizodi! U liq to‘la «Kamp Nou» arenasiga so‘nggi bor «Barsa» libosida chiqib kelishi va barcha bilan xayrlashishi… Qachonlardir shu haqida yozaman deb o‘ylamagan edim. Afsuski, boshlangan narsaning doimo yakuni bo‘ladi. Argentinalik futbol afsungari va Kataloniya mushti – «Barselona»ning sarguzashtlari tobora poyoniga yetib kelayotganga o‘xshab bormoqda. Faqat o‘sha so‘nggi uchrashuv oqshomida «Barselona» jamoasi muxlislari g‘alati ahvolga tushib qolishlari turgan gap. Ular suyangan, ular ishongan, ular butun vujudi bilan qo‘llab-quvvatlagan Messi «Barselona»ni tark etmoqda. Buni tasavvur qilish ham mushkul. Biz esa, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:10, 08.11.2020. O'qildi: 6755 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.