Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma.

  • OChL-2
      • 18.09.2025 15:00
      • Tay Po
      • 2:1
      • Makartur
      • 18.09.2025 15:00
      • Selangor
      • 2:4
      • Bangkok Yunayted
      • 18.09.2025 15:00
      • Kaya–Iloilo
      • 0:3
      • Tampines Rovers
      • 18.09.2025 17:15
      • Beyjing Guoan
      • 2:2
      • Kongan Hanoi
      • 18.09.2025 17:15
      • Persib
      • 1:1
      • Lion Siti Seylors
      • 18.09.2025 17:15
      • Pathum Yunayted
      • 0:1
      • Poxang Stilers
  • Superliga
      • 18.09.2025 18:30
      • Surxon
      • 0:0
      • Mash’al
      • 19.09.2025 18:30
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 19.09.2025 19:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Paxtakor
      • 20.09.2025 17:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 20.09.2025 18:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Navbahor
      • 20.09.2025 19:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Dinamo
  • ECHL
      • 18.09.2025 21:45
      • Bryugge
      • 4:1
      • Monako
      • 18.09.2025 21:45
      • Kopengagen
      • 2:2
      • Bayer
      • 18.09.2025 23:59
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Napoli
      • 18.09.2025 23:59
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 18.09.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Qayrat
      • 18.09.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 19.09.2025 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Kalyari
      • 20.09.2025 18:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Jenoa
      • 20.09.2025 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Yuventus
      • 20.09.2025 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 20.09.2025 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 20.09.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Levante
      • 20.09.2025 19:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Espanyol
      • 20.09.2025 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.09.2025 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Sevilya
      • 21.09.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • APL
      • 20.09.2025 16:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
      • 20.09.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 20.09.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 20.09.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 20.09.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Lids
      • 20.09.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Chelsi
      • 21.09.2025 00:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 21 42
3 Paxtakor 21 39
4 Bunyodkor 21 38
5 Dinamo 20 38
6 OKMK 21 37
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 21 26
9 Surxon 22 25
10 So‘g‘diyona 21 24
11 Mash’al 22 22
12 Andijon 20 21
13 Qo‘qon-1912 21 21
14 Xorazm 21 19
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

22-тур Surxon 0-0 Mash’al

Navbatdagi o'yinlar.

19/09/25 OKMK - Bunyodkor
19/09/25 Sho‘rtan - Paxtakor
20/09/25 Xorazm - Qo‘qon-1912
20/09/25 Buxoro - Navbahor
20/09/25 Neftchi - Dinamo
21/09/25 Andijon - So‘g‘diyona
21/09/25 Qizilqum - Nasaf

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4467 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Коринтианс".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Мирасол".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Крузейро".
      14:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Коринтианс".
      18:00 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Галатасарай".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Мирасол".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ". Прямая трансляция.
      00:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Аланьяспор".
      02:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      04:00 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.09.2025

      06:35 Д/ф "Олег Григорьев. Народный чемпион".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Финал.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 6 в Карловых Варах, Чехия. Женщины.
      12:40 "Страна спортивная".
      12:55 "Взойди на свой Олимп".
      13:30 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 7. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 1.
      20:00 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Комбинированная пирамида. Мужчины. 1/2 финала.
      21:30 "Тайны звёзд спорта".
      22:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 6 в Карловых Варах, Чехия. Женщины.
      00:05 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 7. Вечерняя сессия.
      02:50 "Взойди на свой Олимп".
      03:25 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 8. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Женская борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 6.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:25 Новости.
      13:30 Есть тема! Прямой эфир.
      14:55 LIVE Фигурное катание. Олимпийский отборочный турнир в Китае. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      18:55 Новости.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:40 LIVE Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 7. Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Греко-римская борьба. Чемпионат мира в Хорватии. День 7. Прямая трансляция.
      22:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Бетис" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      02:00 Евротур.
      02:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 7. Вечерняя сессия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.09.2025

      06:00 Велоспорт. Тур Словакии. Этап 2.
      07:30 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 2.
      09:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Раунд 2.
      11:30 Велоспорт. Тур Словакии. Этап 2.
      12:30 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 2.
      13:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 7. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 7.
      22:30 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 12 эп.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      02:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 7. Обзор.
      03:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 7.
      03:30 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 8. Сессия 1. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Begonalar ichidagi "o‘zimizniki" yohud "o‘zimiznikilar" ichidagi begona

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Kataloniyaning «Barselona» jamoasi sardori va yetakchisi Leonel Messi tushib qolgan vaziyat haqida fikr almashadi. «Barselona» muxlislari uchun qanchalar og‘ir bo‘lmasin, bugun shu mavzuga to‘xtalib o‘tamiz.

Leonel Messining hozir qanday ahvolda ekanligi haqida deyarli barcha nashrlari o‘z versiyasini taqdim etdi, biroq negadir futbol sharhlovchisi va bugungi kunda blogerlik bilan shug‘ullanayotgan Vasiliy Utkinning so‘zlari vaziyatga oydinlik kirish uchun eng qulayidek ko‘rinmoqda. Kelin, uning so‘zlariga quloq solamiz.

“Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri Messi ekanligidan xabaringiz bormi? Bilasizmi, men hech qachon u va Ronalduni solishtirishni istamaganman. Ronaldu – supermen! U atlet va motivasiyaga boy inson. U istalgan jamoaning hujum chizig‘ida xanjar singari harakat qilishi mumkin. Krish «qon ko‘rgan» va istalgan uchrashuvga 100 foiz konsentrasiya bilan tusha oladi. Messi esa, futbol dahosi! U qurol emas. U kayfiyati yo‘q chog‘larda o‘z kuchini yo‘qotadi. Unda hech kim oldida aybdor emasligiga ishonch bor. Sababi, u hech kimga hech narsa qarz emas. U aslida qanday futbolchi ekanligini barchaga isbotlab bo‘ldi. Futbol dahosi deganda, statistika, mushaklar yoki boshqa omillar haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Futbol dahosi ilhom parilari kelganidagina «ijod» qiladi va ular amalga oshirgan «san’at» namunasi 100 yil davomida xotirlanadi. «Barselona» Messi bilan o‘rtadagi shartnomani saqlab qoldi, uning jismini saqlab qoldi, uning oyoqlarini saqlab qoldi, ammo dahoning erkinligini qo‘ldan boy berdi. Ijodkorlar uchun doimo chegarasi yo‘q erkinlik lozim. Afsuski, Messini aynan shu narsadan mahrum qilishdi. Agar, unga «ijod» qilishi uchun kerakli erkinlik taqdim etilsa, yana maydonda «san’at» asarlarini tomosha qilishimiz mumkin.”

Utkin qisqa so‘zlar orqali, Messining ayni damdagi ruhiy holati haqida ajoyib tushuncha berib o‘tdi. Xo‘sh, nima Messini bu qadar g‘amga botishiga sabab bo‘lmoqda? Aslida, u hayotda qanday inson? U bilan suhbatlashgan jurnalistlar, uning do‘stlari va jamoadoshlarining aytishicha, Leo hayotda juda ham kamtarin, oddiy, xotirjam va yaxshi inson.   Shuningdek, uning kamgapligi va o‘z qobig‘ida yashashi haqidagi fikrlar ham yo‘q emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, Leo o‘z olamida istiqomat qiluvchi insonlar sirasiga kiradi. Messi singari insonlar o‘z oldiga hammani ham yaqinlashtiravermaydi. U sizga ishonishi uchun yillar kerak bo‘ladi. Balki, yillar ham kamlik qilar. Agar o‘ylab qarasak, o‘tgan 15 yil davomida Messining birorta do‘sti haqidagi xabar omma yuzini ko‘rgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, barchasi sekin-astalik bilan o‘zgarib bordi. Bu Messi birdaniga media odamga aylandi degani emas albatta. Shunchaki, uning olamida o‘zi singari ijodkorlar paydo bo‘lishni boshladi. Xavi va Inyesta!

Ular ham Leo singari tinchlikni va xotirjamlikni barcha narsan ustun qo‘yuvchi super iqtidor egalari edi. Ortiqcha gap-so‘zlarsiz ham maydondagi vazifasini «san’at» darajasiga olib chiquvchi yigitlar bilan Messi o‘zini maydonda ancha erkin va ishonchli his etishni boshladi. Bu esa, darrov uning natijalarida va «Barselona»ning sovrinlarida aks etdi. Boshqacharoq qilib aytganda, daho erkin ijod qilishni boshladi. Shuningdek, unga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa personajlarni ham unutmaslik lozim. Gvardiola, Pike, Pinto, Puyol, Buskets va Dani Alves. Aynan ularning ta’sir doirasi ostida qahramonimizning xarakterida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishni boshladi. Boz ustiga, bu yigitlar Messining «ijodini» hurmat qilishar, uning erkinroq bo‘lishi uchun maydonda ko‘proq harakat qilishga intilishar edi. Gvardiola esa, Messining «ijod» qilishi uchun Ibrahimovichni Italiyaga qaytarib yuborishdan tap-tortgani yo‘q. Futbolchilar ahil jamoa emas, Gvardiola boshchiligidagi yakdil mexanizm darajasida rivojlanishni boshlashdi. Shu bois, Messi yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilar orasida o‘zini erkin his etar, ular bilan maydondan tashqarida ham bosimsiz aloqa qilar edi. Ularning barchasi qaysidir ma’noda uning do‘stlariga aylanib borishdi.

Shunday bo‘lsada, sekin-astalik bilan! Messi hech biriga birdaniga yaqinlashish uchun imkon bergani yo‘q. Agar ular bilan «La Masiya»da birga katta bo‘lmagan bo‘lsa. Pep qo‘liga qanday «olmos» tushib qolganini darrov fahmladi va uni ishga solish yo‘llarini o‘ylab chiqdi. Shu tariqa, butun jamoa bo‘lib futbolchilar Messini tashqi ta’sirdan himoya qilish uslubida harakat qila boshladi. Pep «olmos»ni tashqi bosimdan himoya qilibgina qolmay, uni sayqallab bordi. Bu «olmos» esa, ko‘p o‘tmay butun dunyo mehrini qozondi. «Barselona»ga esa, uzoq yillik orzuga aylangan «oltin davr»ni qaytarib berdi.

Oradan yillar o‘tishni boshladi. Jamoada yangi futbolchilar paydo bo‘la boshladi. O‘z olamida istiqomat qiluvchi qahramonimiz esa, odatlarga sodiq qoldi. Kimnidir yuragiga yaqin oldi, kimgadir yaxshilik qilishga urindi va yana kimlar bilandir shunchaki jamoadosh bo‘lishga qaror qildi. Aynan shu omil unga Pep ketgach o‘z qobig‘ida qolishga ko‘mak berdi. Hatto, uni tashqi omildan himoya qilgan ichki olamidan o‘rin egallagan futbolchilar klubni tark etganida ham Messi o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Sababi, u o‘zi uchun to‘liq chegaralarni yaratgan va aynan o‘sha chegaralar ortida hayot kechirishni boshlagan edi. Afsuski, qahramonimiz o‘z do‘stlarini, o‘z olami vakillarini birin-ketin yo‘qotishni boshladi. Uning o‘rnini maydonda to‘ldirish maqsadida tashrif buyurganlar esa, Messi o‘zi uchun belgilab olgan chegaralardan uyog‘iga o‘ta olmadi. Boshqacharoq qilib aytganda, Leo ularni o‘z olamiga qabul qilmadi. Uning bu qarorini tushunish mumkin. Shu onda ikki xil tabiatga ega Janubiy Amerikalik yigitlar uning chegaralarini buzib kirishdi.

O‘yinqaroq Neymar va katta qiyinchilik ko‘rgan Suares. Mentalitet yaqin bo‘lgani uchun ham ular Messining chegaralarini osonlik bilan hatlab o‘tishdi. Ular jamoaga tashrif buyurganida, Messi allaqachon super yulduz maqomida edi. Neymar vaziyatga tezda moslashdi va hech qachon 1-raqam bo‘lishga intilmadi. Suares esa, Messining eng yaqin do‘stiga aylandi. Buning uchun urugvaylik futbolchiga ko‘p vaqt talab etilmadi. Leo o‘z olamida kirib kelgan 2 ta futbolchi bilan birgalikda erkin harakat qila boshladi. Qarabsizki, «Barselona» yana trebl qayd etmoqda! Do‘stlik va hurmat ustiga qurilgan munosabatlar sababli Leo ularga mehr qo‘yishni boshladi. Bu mehr esa, tobora ortib bordi va qalin do‘stlikka aylandi. Bu yigitlar Ibrahimovich yoki Vilya singari Messiga qarshi chiqishgani yo‘q. Ular Leoga moslashishga harakat qilishdi. Mana shu omil yakunda MSN triosini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Keyin esa, ketma-ket yo‘qotishlar ceriyasi boshlandi. Eski maktab a’zolari, bolalikdagi do‘stlar Messini tark etishni boshladi. Xavi, Alves, Neymar, Inyesta, Valdeslar jamoani tark etishdi. Bir zumda Leoning shovqin-suronga boy ichki olami huvullab qoldi. Messi o‘zi uchun yaratgan olamda eskilardan Buskets, Alba, Suareslargina qoldi xolos. Qahramonimiz maydon tashqarisida deyarli faqat shu yigitlar bilan aloqa qilar, yangilarni o‘z olamiga yaqin ham yo‘latmas edi.

Bunday vaziyatda, Suaresning ketib qolishi Messi uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Qolganlardan Pike, Alba va Busketsar uning o‘z olamida u qadar katta o‘rin egallamagan insonlar edi. Shu bois, ijodkor yakkalanib qoldi. Boshqacharoq qilib aytganda, jamoa ichida o‘zini begonadek his eta boshladi. Afsuski, Bartameu Messining atrofini «begonalar» bilan to‘ldirib tashladi. Asosiy vaqtini video o‘yinlar uchun sarflaydigan Dembele, hech narsani jiddiy qabul qilmaydigan Grizman, noilojlikdan xarid qilingan Bretueytlar Messi o‘zi uchun belgilab olgan chegaraga yaqin ham kelgani yo‘q. Uning o‘zinikilar ichida o‘zini «begona» his etishi jamoaning natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Boz ustiga, yangi murabbiy – Ronald Kumanning jamoa tepasiga kelishi futbolchini ruhiy bosim ostida qolib ketishiga sabab bo‘ldi. Gollandiyalik murabbiy Leo va uning oilasi uchun juda yaqin bo‘lgan insonni klubdan ketkazib yubordi. Bu esa, Messning jahlini chiqardi. U endi, hech qachon Kumanni kechira olmaydi. Bu aniq. Shu bois, ruhan Messi juda yolg‘izlanib qoldi. Uning maydonda ko‘zlari yonmay qo‘ydi. U endi avvalgidek o‘zini himoyalangandek his etmayapti. Shu bois, maydondagi «san’at» asarlaridan darak yo‘q. So‘nggi mavsumlarda bu omil o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa, joriy mavsumda Messini safdan chiqardi hisob!

Aynan shu vaj yuzasidan u «Barselona»ni tark etmoqchi edi. O‘ziga ishonch, «himoya» bera olgan Pepning oldiga qaytmoqchi edi. Yoki begonalar safini tark etib Aguyero bilan birgalikda «Siti»da yangi do‘stlar orttirmoqchi edi. Uning rejasi bo‘yicha futbolchi yana erkin nafas olishga qodir jamoaga o‘tishi va aytilmagan so‘zlarini qattiq-qattiq maydonda aytishi lozim edi. Leoning o‘zini o‘z klubida begona his qilishi qanday ahvolga olib kelishini ko‘rib turibmiz. Xo‘sh, bunday vaziyatda «Barselona» uchun eng yaxshi yechim nimada? Yangi tuzilayotgan rahbariyat kamida 3 yil davomida Messini himoya qilishi lozim. Unga erkinlik berishi, hech qanday yuklamalarsiz, mas’uliyatni his etmay, shunchaki lazzat olish uchun to‘p tepishiga imkoniyat yaratib berishi kerak. O‘z vaqtida, Leoni terma jamoadagi omadsizliklari ko‘p tanqid qilinar edi. Bunga sabab sifatda tepadagi so‘zlarni keltirishimiz mumkin. Leo o‘zini erkin his etmasa, penaltilarni havoga uchirib yuboraveradi. Gap shundaki, Messi argentina libosini kiyishi bilan, undan Maradonaning natijasini takrorlashini talab qilishadi. “Albaseleste”ning har qanday omadsizligiga albatta Messining loqaydligi ro‘kach qilinadi. Bunday atmosferada qanday qilib erkin ijod qilish mumkin? Endilikda, vaziyat 160 gradusga o‘zgardi. Messi, eski qadrdonlariga aylanib qolgan Aguyero, Di Mariyalar bilan o‘zini yaxshi his etmoqda va termaning o‘yinlarida muntazam ishtiyoq bilan to‘p tepmoqda. Boshqacharoq qilib aytganda, u o‘zini terma futbolchilari ichida erkin va ruhiy himoya ostida ekanligini to‘liq anglab yetdi. U klub ixtiyoriga kelar ekan, yana o‘sha jism harakat qilmoqda xolos. Agar ko‘zlar yonmasa, yurakda olov bo‘lmasa hech qanday ijodkorga ilhom kelmaydi. Klubdagi atmosfera sababli Leoni ilhom parilari bir muddatga tark etdi. Ayniqsa, «Bavariya»dan uchralgan 8:2 batamom ishtiyoqning so‘nishiga sabab bo‘ldi. Umid qilamizki, biz tez orada yana Messining «Barselona» safida jilmayib turganini ko‘ramiz.

Uning klubda qolishi jamoa muxlislari uchun juda muhim. Sababi, «Siti»ning Messi yozuvi tushirilgan futbolkalariga tikilish Kataloniya jamoasi muxlislariga juda og‘ir botishi turgan gap.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:43, 25.11.2020. O'qildi: 9101 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 13
2 Насаф Husayn Norchayev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.