Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropa Chempionlar ligasining omadsizlari (Top 7)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz ozini YECHLda namoyish eta olmaydigan va bu sovrinni biror marotaba boshi uzra ko‘tarmagan super yulduzlarni yodga oladi.

Eden Azar

“Azar” «Chelsi»ga kechroq keldi. U kelganida, jamoa allaqachon Myunhendagi g‘alabani nishonlab bo‘lgan edi. Eden «Chelsi» safida YECHLda juda faol to‘p surgan. Gollar kiritgan, ammo bu uning g‘oliblik shoxsupasiga chiqishi uchun yetarli bo‘lmagan.

U aslida, shu maqsad sari intildi va «Real»ga o‘tdi. Afsuski, uning bu qarori futbolchining kubogini boshi uzra ko‘tarish imkoniyatini yanada kamaytirib yubordi. Kutilganidek, Azar ikkinchi Ronaldu bo‘la olmadi. Agar «Real» guruhdan chiqqan taqdirida ham Azarning bugungi formasi bilan musobaqada g‘alaba qozonishga da’vogarlik qila olmaydi. To‘g‘rirog‘i, birgina Azar effekti bilan chempionlikni nishonlay olmaydi. Afsuski, Ronaldusiz «Real» «Siti»dan yengiladigan jamoaga aylanib qoldi. Ha aytgancha, «Siti» maydonida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida Azar asosiy tarkibda edi…

Antuan Grizman

Afsuski, amaldagi JCH g‘olibi «Barselona» tarkibiga biroz kech keldi. U kelganida, uzoq yil qala singari turib bergan tarkib «sochilib» ketishni boshlagan edi. Otgan mavsumdan so‘ng, bu jamoa deyarli o‘z suyanchig‘larini yo‘qotdi. Grizman esa, bir yil avval “Atletiko”ga sodiq ekanligi haqidagi filmda suratga tushishgan bo‘lsada, «Barsa» bilan shartnoma imzoladi.

Bu qaror yakunda o‘zini umuman oqlagani yo‘q. Grizman uchun «Barselona» 100 million yevrodan ko‘proq pul sarf etdi. Bu investisiya o‘zini umuman oqlamadi. Ayni damda, birorta klub Antuan uchun 100 million yevor sarf etmaydi. Uning o‘zi bilmagan xolda ichki muhitga ta’sir ko‘rsatishi esa vaziyatni yanada yomonlashtirib yubordi. Antuan «Barsa» safida 11 ta o‘yinda ishtirok etdi va atigi 2 ta gol kiritdi xolos. Qahramonimiz autsayderlar darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin, ammo unga ham pley-offda ishonib bo‘lmaydi. Kataloniya klubining barcha ishonch kreditlari hali-hamon Leo Messiga tegishli!

Serxio Aguyero

«Shaharliklar» allaqachon YECHLning omadsiz klubiga aylanib bo‘lishdi. Pep Gvardiolaning kelishi esa, bu muammoning yechimi bo‘la olmadi. Qahramonimiz Pellegrini davrida jamoaning asosiy snayperi edi. Uning hal qiluvchi uchrashuvlardagi faolligi ko‘p bor musobaqada «Siti»ga qo‘l kelgan Afsuski, Aguyero singari super hujumchisi borligiga qaramay, «Manchester Siti» «Lion», «Monako» «Liverpul» va «Tottenhem»lar to‘sig‘idan o‘ta olmayapti.

Vaqt o‘z so‘zini aytishi turgan gap. Bu mavsumda Kun Aguyeroning tezligi birmuncha pasayib qolganini barcha angladi. Boz ustiga, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch ham biroz kamaygan. Amalga oshirilmagan penalti bunga isbot bo‘la oladi. Katta ehtimol bilan, Aguyero uchun YECHLda zafar quchish uchun imkoniyat beruvchi so‘nggi mavsum davom etmoqda.

Pol Pogba

Yevropa Ligasi g‘olibi, JCH g‘olibi, birinchi bo‘lib transferi uchun 100 million yevro sarflangan futbolchi ham YECHL oltin medallarini orzu qilishdan charchamayapti. Uning maydondagi mahoratiga hech qachon hech kimda shubha bo‘lmagan, ammo doim professionallik borasida unga doimo savollar bo‘lgan. Vaholanki, Pol maydonda hamma narsa qilishga qodir. U to‘p uchun kurash olib borishi, kuchli zarba berishi, hujumchi ortida harakat qilishi mumkin.

Terma jamoa safida Pogbaning erkin harakat qilishini Kante ta’minlab bermoqda. Klubda esa, Fernandesh bilan bu tryukni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Tan olish lozim, «qizil iblislar» muxlislari Pogbaning klubni yangi darajaga olib chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarga ishonmay qo‘ygan. Ularning endilikda yangi qahramonlari bor. Fernandesh Pogbadan kutilgan vazifani hozircha mohirlik bilan uddalamoqda. Vaziyatlar rivoji qanday ko‘rinish olishini esa tomosha qilishda davom etamiz.

Rahim Sterling

Beyl va Modrich «Real» safida YECHL oltin medallariga ega chiqa oladigan darajada osishga erishdi. Vaholanki, ular «Tottenhem» safida bu ishga qodir emas edi. Sterling bir paytlar tark etgan «Liverpul» o‘sdi va YECHL darajasiga ko‘tarildi. «Siti» esa, «Tottenhem» tushgan ahvolda. Pul bor, ijrochilar yetarli, kuchli murabbiy. Afsuski, bu omillar negadir turnirda g‘alaba qozonish uchun kamlik qilmoqda. Barcha tanqid ostiga oluvchi PSJ ham hech yo‘q musobaqa finalida to‘p surdi. Hatto, Pochettinoning ekonom «Tottenhem»I ham finalda kurash olib bordi. Sterling esa, deyarli barcha hal qiluvchi Yevropa chempionlar ligasi o‘yinlarida vaziyatlarni havoga uchirish bilan band.

Killian Mbappe

Yaqindagina Kilian Yevropa chempionlar ligasi oltin medallarisiz «oltin to‘p»ni yutib bo‘lmasligi haqida gapirgan edi. Agar futbolchi o‘z orzusini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, oldinga qadam tashlashi lozim. Sababi, YECHLda zafar quchish uchun Tomas Tuxelning tajribasi yetmay qolishi mumkin. Afsuski, Mbappe Parij klubi safida final o‘yinida yo‘qolib qoldi.

Tan olish lozim, Kilianda boshqalardan ko‘ra bu sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘proq. U yosh va barcha grandlar e’tiborida. Boz ustiga, uning Parij klubi bilan shartnomasi ham tez orada yakunlanadi.

Kevin De Bryuyne

Grizman va Azardan farqli o‘laroq, qahramonimiz ushbu sovringa ega chiqish uchun haqli futbol namoyish etmoqda. U har jabhada yetakchi. Unga klub Messini olib kelishi yoki olib kelmasligining ham qizig‘i yo‘q. O‘z kuchiga ishonch borasida belgiyalik futbolchiga hech qanday shubha yo‘q. Ichki musobaqalardagi muvaffaqiyat ham unga begona emas, biroq klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqa borasida unga sira omad kelmayapti. Vaholanki, u bu sovringa ega chiqish uchun 100 foiz haqli. Agar Pep oxir-oqibat o‘z niyatiga yetsa, Kevin mavsum so‘nggida «oltin to‘p» bilan taqdirlanishi ham hech gap emas. Kilian Mbappe aytganidek, YECHLsiz «oltin to‘p» haqida hayol surmasa ham bo‘ladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:47, 25.11.2020. O'qildi: 10015 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.