Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • 1:1
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • 3:0
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 0:1
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 27 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 27 31
16 Alaves 28 28
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Habib bugungi mashg‘ulotda kimni kutdi? O‘zbek sportchilari uchun qimmatli maslahatlar yoxud afsonaviy jangchi ishtirokidagi matbuot anjumani qanday o‘tdi?

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/mma
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun UFC bo‘yicha mutlaq jahon chempioni, taniqli jangchi rossiyalik Habib Nurmagomedov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Taniqli sportchi dastavval MOQ muzeyini tomosha qilib, o‘zbek sportining shonli tarixi bilan yaqindan tanishdi va faxriy mehmonlar kitobiga o‘z dil-izhorlarini yozib qoldirdi.

Shundan so‘ng, martabali mehmon ishtirokida qiziqarli savol-javoblardan iborat matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Habib Nurmagomedovning shaxsiy murabbiyi Xavyer Mendes, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va MOQ rahbariyati, yurtimizning taniqli sportchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Anjumanni qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi.

Dastavval MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov taniqli sportchinini yurtimizga tashrifi bilan qutlab o‘tdi.

Sizni Milliy olimpiya qo‘mitasida ko‘rib turganimizdan bag‘oyat xursandmiz. Temir intizom bilan o‘z orzu-maqsadlaringiz ortidan shunday natijalarga erishdingiz. Siz nafaqat yurtingizda, balki O‘zbekistonda ham ko‘plab yoshlarning qahramonisiz. So‘nggi jangingizda ham ko‘plab hamyurtlarimiz Sizga va unda ishtirok etgan sportchimizga muxlislik qilib, qo‘llab-quvvatlab turishdi. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham sportni alohida qadrlaydi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning biri ham aynan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan. Davlat miqyosidagi e’tibor natijasida Rio Olimpiadasida 206 mamlakat orasida 21-o‘rinni egallaganmiz. O‘z o‘rnida mamlakatimizda aralash jang san’ati turlari ham rivoj topmoqda. Sizning tashrifingiz yoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Shuningdek, tadbir davomida Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda sportga, xususan, aralash jang san’ati turlariga e’tibordan benihoya mamnun ekanini ta’kidlab, o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik muxlislarimga e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. BAAda jang qilganimda ham ular bevosita borib, tomosha qilganidan xabarim bor. Yurtingizda aralash jang san’ati turlari ham jadal rivojlanyapti. Sportchi uchun o‘z davlati bayrog‘ini nufuzli bellashuvlarda himoya qilish sharaf. O‘zbek jangchilarining xalqaro maydondagi chiqishlarini kuzatib boraman. O‘ylaymanki, ularni yirik g‘alabalar kutmoqda. Mamlakatingizda dzyudo, kurash, boks kabi yakkakurash yo‘nalishlari rivojlangan. Shu jihat o‘zbekistonlik sportchilarning kelajakdagi g‘alabalariga zamin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Ayniqsa, Otabek Umarovning O‘zbekistonda MMA sportiga qo‘shayotgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman”, – dedi UFC chempioni.

Shundan so‘ng jurnalistlar ishtirokida savol-javob qismiga o‘tildi.

– O‘zbekistonlik sportchilarga yirik janglar oldidan to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

– Aralash jang san’atida bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘rishdagi eng yaxshi yo‘l – sparring janglarini to‘g‘ri tashkil qilish. Bunda kerak bo‘ladigan barcha qo‘shimcha inventarlar, sparring raqibni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Boisi bu bo‘lajak jang avvalida jarohat olmaslik kabi salbiy jihatlarning oldini oladi. Shuningdek, ungacha bo‘ladigan voqeliklarda ham o‘zini boshqara olish muhim ahamiyatgi ega. Katta janglar oldidan OAV va boshqa tomonlardan tashqi bosim bo‘ladi. Bunda to‘g‘ri yo‘l tanlay olish o‘ta muhim.

– O‘tgan yili mamlakatimizda GFC turniri bo‘lib o‘tgan edi. Kelajakda yana bu kabi turnirlarni tashkil qilish rejasi bormi?

– Albatta, bizda bu borada katta reja bor. Pandemiya sabab bir qator rejalarimiz amalga oshmayapti. Yana bir bor aytib o‘tishim mumkin, O‘zbekistonda aralash jang san’ati rivoji uchun katta imkoniyat bor. Har qanday sportchi jang qilishni orzu qiladigan ulkan sport arenasi, hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va boshqa bir qator omillar yetarli. Epidemiologik vaziyat yaxshilanib qolsa, albatta, biz muxlislar uchun bunday kechalarni tashkil qilamiz.

– MMAni Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha ushbu tashkilot oilasi qanday ish olib boryapti?

– Albatta, aralash jang san’atining Olimpiya o‘yinlariga kiritilishini ushbu sport vakillarining aksariyat qismi qo‘llab-quvvatlaydi. Parij-2024 uchun kech qolgan bo‘lishimiz mumkin. Biroq 2028 yil Los-Anjelesda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirish uchun harakat bor.

– O‘zbekistonlik sportchilar uchun xorijlik mutaxassislar bilan yig‘inlar tashkil qilish va tajriba almashish qanchalik foyda beradi?

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash hamisha o‘z samarasini bergan. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham yuqori saviyada tashkil qilinsa, albatta, o‘z natijasini ko‘rsatadi. Zalimiz o‘zbekistonlik sportchilar uchun doimo ochiq. Hozir ham bir qator hamyurtlaringiz u yerda o‘z tajribalarini orttirib kelishmoqda.

– Sportdan tashqari qanday xobbingiz bor?

– Ko‘pchilik qatori futbolni alohida kuzatib boraman va qiziqarli o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Shuningdek, yana bir qator shaxsiy qiziqishlarim bor.

– Sambochilardan savol: Jangovor sambo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni hisoblanasiz. Ushbu sport turi bilan shug‘ullanadigan atletlar uchun qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz?

 Jangovor sambo aralash jang san’atiga eng yaqin sport hisoblanadi. O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, ushbu sport MMAga o‘tishimga tramplin vazifasini o‘tab bergan. Bizning Dog‘istondan bu yil 2 sambochimiz jahon chempioni bo‘lishdi. Avvalo, har qanday holatda ham kuchli raqiblar bilan mashg‘ulot o‘tash katta foyda beradi. Fursatdan foydalanib, sizlarni ham Dog‘istonga taklif qilamiz.

– Habib, senga savolim shundan iboratki, terma jamoa vakillari uchun tartib-intizom va kun tartibi qanday ahamiyatga ega? (Ilias Iliadis, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

– Menda ham senga savol bor. Bugun “Befit”da seni kutdim. Nega kelmading? (kuladi) Savolingga keladigan bo‘lsak, avvalo, o‘z vaqtida uxlash juda katta ahamiyatga ega. Intizom esa sendagi maqsadga qarab keladi. Agar o‘z maqsading yo‘lida astoydil harakatda bo‘lsang, intizomga qattiq rioya qilasan. Yengil qarasang, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishingga to‘g‘ri keladi. Chempionlikni maqsad qildingmi, boshqa narsalarga chalg‘imasdan, faqat shunga intilishing kerak. Shunday maqsad qo‘ydingmi, jarohat, kezi kelganda, qoqilishlar bo‘ladi. Bularni mardona yengib o‘tish kim ekanligingni ko‘rsatadi.

– O‘zbekistonlik sportchilardan kimlarni kuzatib borasiz?

 Oxirgi Olimpiada va jahon chempionatlarida bokschilaringiz ishtirokini alohida kuzatib bordim. Yekaterinburgdagi JCHda Bahodir Jalolov, Olimpiadada yengil vazndagi yigitlariningiz ishtiroki yoqqan. Umuman, o‘zbekistonlik ko‘plab yaxshi sportchilar borligidan xabarim bor. Sportchi uchun qulay sharoit yaratib berilsa, yangi nomlar chiqib kelaveradi. O‘ylaymanki, bu borada mamlakatingizda yaxshigina imkoniyatlar bor. Yaqin kelajakda yanada nomdor sportchilar yetishib chiqishiga ishonaman.

Sizlarda taekvondo, dzyudo va boks bo‘yicha kuchli sportchi va murabbiylar bor. Qolaversa, hukumatning qo‘llab-quvvatlashiga ham guvoh bo‘ldim. MMAga o‘tish bo‘yicha to‘g‘ri qadam tashlansa, O‘zbekistondan ham taniqli UFC jangchilari yetishib chiqishiga ishonaman”, – dedi murabbiy Xavyer Mendes.

Tadbir yakunida Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik sportchi va mutaxassislar bilan hamkorlikka doimo tayyor ekanligini bildirib, atletlarimizga omad va zafarlar tilab qoldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:17, 01.12.2020. O'qildi: 11834 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.