Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ishonish qiyin, ammo bu fakt! Rus va ukrain klublari «Real» kushandasi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz «Real Madrid» bilan bog‘liq qiziq bir statistik ma’lumotni e’tiboringizga havola etadi.

Aslida, Madrid superklubi YECHLda raqib tanlab o‘tirmaydiganlar sirasiga kiradi, ammo ushbu jamoa uchun noqulay mintaqa vakillari mavjud. Misol uchun Sharqiy Yevropa - rus va Ukraina klublari so‘nggi yillarda «qirollik klubi» uchun muammo tug‘dirishda davom etishmoqda. Jamoaning ushbu mintaqa klublari bilan o‘tkazgan 30 ta o‘yining 9 tasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan. Shuningdek yana 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan. Faqat 14 ta o‘yindagina jamoa o‘z statusiga loyiq natija ko‘rsatgan. Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, «Real» guruhdagi imkoniyatlarini ancha yomonlashtirib qo‘ydi. Endi jamoa hal qiluvchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Biz esa, «qaymoqranglilar»ning sharqiy Yevropa klublaridan qabul qilib olgan mag‘lubiyatlarini yodga olamiz.

1.UYEFA kubogi 1992/93, 2-raund

«Torpedo» - «Real» - 3:2

Gollar: Talalayev 11; Tishkov 62; Murashov 76 — Samorano 9; Yerro 56.

Sobiq sovet hukumati tarqagach, «Real Madrid» ustidan g‘alaba qozongan ilk sharqiy Yevropa klubi unvonini kamtarin «Torpedo» egallagani tahsinga sazovor. Natija kishi ko‘zini quvontirishi mumkin, ammo yakunda bu hech narsa bergani yo‘q. Sababi, ikki hafta oldin ushbu klub Madridda 5:2 natijasi bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Oqibatda, musobaqani «Real Madrid» davom ettiradi.

2.ECHL 1998/99, guruh bosqichi

«Spartak» - «Real» - 2:1

Gollar: Simbalar 71; Titov 77 — Raul 64.

E’tiborlisi shundaki, o‘sha mavsumda Madrid klubi musobaqaning amaldagi chempioni sifatida Moskvaga tashrif buyurgan edi. Murabbiylar shtabida Gus Xidding. O‘yin kutilganidek super kurashlar ostida o‘tdi, ammo «Spartak» o‘sha oqshom «mo‘’jiza» ko‘rsatdi. Yup Haynkesni almashtirgan Gus esa, o‘zining ilk mag‘lubiyatini aynan «Spartak»dan qabul qilib olishga majbur bo‘lgan edi.

3. YECHL 1998/99, Chorak final

«Dinamo Kiyev» — «Real» — 2:0

Gollar: Shevchenko 63, 80.

Xiddingning omadsiz ishtiroki sababli jamoa Jon Toshakni taklif etadi. Kutilganidek, murabbiylar rokirovkasi ham «Real»ga yordam bergani yo‘q. Ular musobaqaning chorak finalida Shevchenkosi bor «Dinamo» bilan to‘qnash kelishdi. «Santiyago Bernabeu»da Myatovich va Shevalar kiritgan golni durangni ta’minlagan bo‘lsa, Kiyevda faqat Sheva gol kiritdi. Bu Shevaning «Milan»ga o‘tishidan avvalgi mavsumi edi.

4. YECHL 2000/01, Guruh bosqichi

«Spartak» — «Real» — 1:0

Gol: Jeremi 47 (avtogol).

«Spartak»ning «Real» ustidan qozongan ikkinchi g‘alabasi haqida aytarli hech narsa deb bo‘lmaydi. Rekashetdan kiritilgan gol va qorli oqshomda o‘tgan 90 daqiqa. Tan olish lozim, Visente Del Boske o‘sha kuni o‘zining asosiy futbolchilarini Madridda qoldirgan edi.

5. YECHL 2001/02, Guruh bosqichi

«Lokomotiv» — «Real» — 2:0

Gollar: Buznikin 30; Cherevchenko 50.

Oradan bir yil o‘tgach, «Real» ustidan g‘alaba qozonish Rossiyaning «Lokomotiv» jamoasiga keldi. Guruh bosqichi doirasida Moskvada bo‘lib o‘tgan bahsda, «temir yo‘lchilar» deyarli 90 daqiqa ustunlik qilishadi va haqli g‘alabani qo‘lga kiritishadi.

6 va 7. YECHL 2018/19, Guruh bosqichi

SSKA — «Real» — 1:0

Gol: Vlashich 2.

«Real» — SSKA — 0:3

Gollar: Chalov 37; Shennikov 43; Sigurdsson 7

"Armiyachilar« qilgan ish »Real"ni ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi desak, adashmagan bo‘lamiz. Avvaliga klub Moskvada nomdor raqibni mag‘lub etdi. Vlashichning tezkor goli o‘yinga nuqta qo‘yib bo‘lgan edi. Oqibatda, Lopategining iste’fosi ancha tezlashib ketdi. Madridda esa, uning o‘rnini egallagan Solarining jamoasi yirik hisobda mag‘lub etildi. Oqibatda, u ham mavsum so‘nggiga qadar «etib borgani yo‘q».

8 va 9. YECHL 2020/21, guruh bosqichi

«Real» — «Shaxter» — 2:3

Gollar: Modrich 54; Vinisius Junior 59 — Tete 29; Varan 33 (avtogol); Solomon 42.

«Shaxter» — «Real» — 2:0

Gollar: Dentinyo 57 , 2: Solomon 82 .

Kecha tunda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Real» juda qiyin ahvolda ekanligini barcha ko‘rdi. Maydon markazidagi qo‘pol xato o‘yinga nuqta qo‘ydi desak, adashmagan bo‘lamiz. Umuman olganda, «Real» transferlarsiz kerakli pozisiyalarni kuchaytirib olishni uddalay olmadi. Boz ustiga, Ramosning safdan chiqishi «Real»ni ancha qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Ukraina klubi esa, bu g‘alabadan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatlarini to‘liq saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:05, 02.12.2020. O'qildi: 8144 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.