Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kuchli beshlikda» kimlar chempion bo‘lishga yaqin?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Yevropaning futbol bo‘yicha eng kuchli chempionatlarida kim g‘olib bo‘lishi borasida fikr almashadi.

Angliya: «Liverpul» 30 yilda erishganini hech kimga bermoqchi emas!

Bu yil «Liverpul» 30 yillik orzusiga erishdi va dam olmay turib uni himoya qilishga tushib ketdi. Ortda qolgan 14 ta turdan so‘ng, «Liverpul» 31 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda. Ularning ortidan kambeklarni amalga oshirishdan charchamayotgan «MYU» quvib kelmoqda. Shuningdek, kutilmaganda paydo bo‘luvchi kutilgan raqib - «Lester» ham bor. Shuningdek, pistirmada Jozening «Tottenhem»i, Karlo otaning «Evertoni» pusib turibdi.

Gvardiolaning «Siti»si ham istalgan daqiqada jangga kirishi mumkin. To‘g‘ri, Pep shogirdlari 13 ta o‘yinning atigi 6 tasida g‘alaba qozonishgan, ammo bu ular chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi degani emas.

«Liverpul» o‘tgan mavsumda 14 turgan kelib, 13 ta g‘alaba va bitta durang qayd etgan edi. Bu mavsum starti esa, ancha og‘ir boshlandi. Jarohatlar sababli majburiy o‘zgarishlar qilishiga to‘g‘ri keladi. E’tiborlisi shundaki, Virjil singari yetakchisi yo‘q bo‘lsada, tig‘iz taqvimda «Liverpul» yetakchilik qilmoqda. Bu jamoaning ichki birinchilik uchun katta e’tibor qaratayotganidan dalolat. Klub to‘liq mexanizmga aylanib bo‘ldi. Endi, uni bir meyorda ishga solish qoldi xolos.

Ispaniya: «Atletiko» va Suares orzu qilmoqda!

So‘nggi 16 ta chempionatning 10 tasida «Barselona» g‘alaba qozondi. 5 tasida esa, «Real»ning qo‘li baland keldi. Atigi bir marotabagina «Atletiko» bu kurashda yengib chiqdi. 2013/14 yilgi mavsumda Simeone shogirdlari Ispaniya chempioni bo‘lgan edi. O‘sha paytlari, klub «Real» va «Barsa»ning omadsiz davridan unumli foydalanib qolgan edi.

Tan olish lozim, «Atletiko Madrid» idial darajada start oldi. 12 ta uchrashuvdan 29 ochko olgan «matraschilar» chempionlik uchun hozirda asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Madrid klubi «qirollik klubi»ga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, o‘rtada 6 ochkolik farq mavjud. Bu hal qiluvchi tur o‘yinlarida qo‘l kelishi mumkin.

Shunday bo‘lsada, unutmaslik lozim. Zidan doimo o‘z shogirdlarini mavsumning ikkinchi qismiga kelib 100 sport formasini tiklab olishini rejalashtiradi. Shu bois, «Real Madrid» mavsumning so‘nggi qismini juda yaxshi o‘tkazadi. Agar, jarohatlar to‘sqinlik qilmasa, «Real Madrid» ketma-ket g‘alabalar bilan «Atletiko»ni chetga surib tashlashi hech gap emas. Shunday bo‘lsada, ayni damda chempionlik uchun asosiy da’vogar «Atletiko Madrid» bo‘lib turibdi!

Italiya: «Milan» va Ibrahimovich tarix yaratmoqchi!

«A seriya»ning 13 ta turi ortda qoldi. Turnir jadvalida «Milan» (31), «Inter (30) va «Yuventus« (27) klublari boshqarib bormoqda. Pioli shogirdlari Mart oyidan beri mag‘lubiyat nimalagini bilamay kelishmoqda.

"Inter" esa, Konte boshchiligidagi kutilgan natijani qayd etishga juda yaqin, ammo ularni chempionlik uchun asosiy da’vogar deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Konte faqat skudettoni qo‘lga kiritsagina postida qolishi mumkin. Boshqachasiga, uni «Inter»ga keragi yo‘q. Buni murabbiy sezmoqda. Shu bois, «Yuventus»ning «bo‘shashganidan» unumli foydalanmoqchi. «Yuventus« esa, qatorasiga 10-skudettoni ham o‘ziniki qilib olmoqchi. Buning uchun Ronaldu hamma narsaga tayyor ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Shunday bo‘lsada, chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida »Yuventus«ni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Tajribasiz Pirloni ayyor Pioli va agressiv Konte poygada ortda qoldirishi hech gap emas. Umuman olganda, Italiya chempionati bu mavsum fantastik yakun topishi kutilmoqda.

Germaniya: »Bavariya« bilan hech kim mushuk-sichqon o‘ynamoqchi emas

Flik boshchiligidagi klub yaqindagina "Bayer"ni mag‘lub etdi va turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilab oldi. «Borussiya Dormund» esa, kechuvda otlarni almashtirishga qaro qildi. Klubga kelgan yangi murabbiy Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa ham katta gap. Boshqa jamoalar esa, «Bavariya»dan chempionlikni yulqib olishiga ishonish juda va juda mushkul.

Fransiya: PSJ ancha ter to‘kishi lozim

Fransuz nashrlarining ma’lum qilishicha, so‘nggi 10 yil ichida ilk bor chempionatda intriga paydo bo‘lgan emish. Darhaqiqat, ayni damda «Lill» va «Lion» 33 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Parij super klubi aktivida esa, 32 ochko mavjud. Tuxel shogirdlari «Lion»ga bu mavsumda mag‘lub bo‘lishdi. «Lill» esa, amaldagi chempion bilan durang o‘ynadi. Shunga qaramay, hech kim PSJni chempionlik uchun asosiy da’vogar emas deya olmaydi. O‘tgan mavsum YECHLning finalida to‘p surgan yigitlar hal qiluvchi turlarda peshqadamlikni qo‘lga olishi aniq. Faqat buning uchun ko‘proq ter to‘kish talab etiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:53, 22.12.2020. O'qildi: 10280 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик