Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dahshat! «Barselona»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilari (Ramziy jamoa)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz Kataloniya super klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon. Viktor Valdez

21 asrda «Barselona» jamoasining deyarli barcha g‘alabalarida Viktorning tutgan o‘rni katta. U Messi, Xavi, Buskets singari «La Masiya»da tarbiyalandi va juda erta asosiy darvozabonga aylandi. Katta bosim bo‘lishiga qaramay, 10 yil davomida klub darvozasini munosib himoya qildi. Bugungi kunda u «Barselona» jamoasi yoshlar murabbiyi sanaladi.

Himoyachilar: Ronald Kuman

Ayni damda, jamoa postini boshqarayotgan himoyachi yangi asr boshida jamoa sharafini futbolchi sifatida himoya qilganidan xabaringiz bor. O‘zining kuchli zarbalari bilan omma e’tiboriga tushgan himoyachi futbol tarixidagi eng ko‘p gol kiritgan futbolchi sanaladi.

Karles Puyol

Karles butun faoliyatini Kataloniya jamoasiga bag‘ishladi. Ushbu klub safida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni o‘ziniki qildi. «Tarzan» laqabli himoyachi yakka kurashlarda dunyoning eng kuchli futbolchilariga ham imkoniyat bermas, ammo hech qachon qo‘pol himoyachi sanalmas edi. Uni hatto «Real» muxlislari ham yaxshi ko‘rar edi. Shu bois, uni klub tarixidagi eng kuchli sardorlardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.

Jerar Pike

Pike ham Puyol singari Kataloniyada tavallud topgan bo‘lib, u ham «La Masiya» bitiruvchisi sanaladi. «Manchester Yunayted»da bir muncha to‘p surgach, uni «Barselona» arzimagan summa evaziga ortga qaytarib oldi. 2008 yilda klub safini to‘ldirgan himoyachi bugungi kunga qadar sayyoramizning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri sanaladi.

Dani Alves

Futbol olamidagi eng sovrindor futbolchi sifatida Messi va Ronalduni dog‘da qoldirgan Alvesni «Barsa» muxlislari yaxshi eslab qolishgani aniq. U o‘zining eng kuchli sport formasiga chiqqan paytlari, to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan edi. Afsuski, klub uning imkoniyatlarini yaxshi baholay olmadi va erkin agent sifatida qo‘yib yuboradi. Qahramonimiz ayni damda ham yuqori darajada Braziliyada o‘yin namoyish etmoqda.

Yarim himoyachilar: Andres Inyesta

Andres nafaqat «Barselona», balki butun futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri sanaladi. JCH g‘olibi, ikki karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Inyesta «Barselona» bilan qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib olganlardan. U ayni damda, Yaponiyaning «Vissal Kobe» sharafini himoya qilmoqda.

Xavi

Qatar futbolida inqilobni amalga oshirgan yarim himoyachi ayni damda murabbiylik faoliyatini boshlab yuborgan. Uni kelajakda «Barselona» bosh murabbiyi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Xavi futbolchilik chog‘ida o‘zining mayda pastlari va maydonni ko‘ra olishi bilan boshqalardan ajralib turar edi. Endilikda u kuchli murabbiy sifatida shakllanib bormoqda.

Yohan Kroyf

Kroyf bugungi kundagi «Barselona» targ‘ib erayotgan o‘yin uslubining asoschisi sanaladi. Uning «Barselona» uchun maydonda va uning ortida amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovor. 3 karra «oltin to‘p» egasi bugungi ramziy jamoamizning sardori bo‘lishga to‘liq haqli!

Hujumchilar:Messi

Leo klub safida to‘p surgan eng kuchli futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar va assistent sanalgan Leo yuzga yaqin rekordlarni o‘rnatdi. U yaqindagina bir jamoa safida to‘p kirish borasida afsonaviy Peleni ham ortda qoldirgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Afsuski, futbolchi 13 yillik faoliyatiga qaramay tez orada boshqa jamoa libosini kiyishi mumkin. Bu uning va «Barselona»ning muxlislari uchun juda og‘ir zarba bo‘lishi mumkin.

Ronaldinyo

Braziliyalik charm to‘p afsungari juda qisqa muddat yuqori darajada futbol namoyish etdi. O‘sha qisqagina vaqtni esa, «Barselona»ga bag‘ishladi. Shu bois, uni Kataloniyadagi barcha «o‘ziniki» deb hisoblaydi. Ronaldinyo o‘z imkoniyatlarining o‘ndan birini namoyish etmagan bo‘lsada, uni butun dunyo yaxshi ko‘rib qoldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Maradona

Maradona «Barselona» safida atigi 3 yil to‘p surdi. U ro‘yxatimizdagi boshqa futbolchilar singari «Barselona» tarixida iz qoldirgani yo‘q, biroq u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri sanaladi. Uni Kataloniya klubi libosini kiyganini inobatga olsak, Diyego ro‘yxatda bo‘lishga haqli. Shunday ekan, u bugungi «dahshatli» tarkibimizning markaziy hujumida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

 

Ushbu tarkibdan tashqari shuningdek: 

Rivaldo, Stoichkov, Neymar, Klyuvert, Kubala, Romario, Buskets, Subisareta, Bakero, Gvardiola, Buskets,  Laudrop, Shuster va boshqalar ham ko‘rinish berishga to‘liq haqli edi. Sizningcha yana qaysi futbolchilar tarkibdan tushib qolgan? Fikrlaringizni izohlar orqali bayon qiling!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:06, 25.12.2020. O'qildi: 12748 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.