Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘tgan mavsum, Kapadze-Miklyayev tandemi, dastlabki o‘yindagi gol – G‘ulom-Haydar G‘ulomov bilan intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Lokomotiv»ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan G‘ulom-Haydar Gulyamov 2020 yilgi mavsum, undagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

– G‘ulom, siz muxlislar tomonidan o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildingiz. Bu haqida gapirsangiz, chunki, muxlislarning e’tiborida bo‘lish oson emas.

– Meni tanlashganidan xursandman. Menga ovoz bermaganlarga ham rahmat aytaman. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘laman deb o‘ylamagandim. Biroq ushbu ro‘yxatga kirmagan ko‘plab futbolchilarni sanab o‘tishim ham mumkin. Ushbu mavsumda jamoada barcha frontda ajoyib kurash bo‘ldi. Muxlislarga rahmat deb qolamiz. Ular bizni karantin pandemiyasi vaqtida ham, sovuq ob-havoda ham qo‘llab-quvvatlab turishdi. Doimo ularni jamoaning 12-a’zosi deb hisoblayman.

Shuningdek, barchani Yangi yil bayrami bilan ham tabriklab qolaman. O‘zingiz va yaqinlaringizning salomat bo‘lsin, yangi mavsum omadli kelsin. Barchamiz birgalikda harakat qilamiz. 2021 yilda medallar uchun kurashamiz.

– «Lokomotiv»ga mavsum yarmida kelgan bo‘lsangizda, tezda moslashib ketdingiz. Klubdagilar sizni qanday kutib olishdi?

– «Lokomotiv»ga o‘tishga birdaniga rozilik berdim. Bu yerda boshqa jamoada birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlarim bor. Shu sababli jamoaga moslashish qiyin kechmadi.

– «Lokomotiv» turnir jadvalida o‘zining darajasida bo‘lmagan o‘rnida turgani sizni tashvishga solmadimi?

– Yo‘q. Futbolda bo‘lib turadi. Qachondir jamoaning ishlari ortga qarab ketadi, g‘alabalar ham ko‘payadi. professional futbolchi sifatida bunga doim tayyor turishim kerak. Ikkinchi davrada o‘ynagan futbolchilar esa jamoani oldingi holatiga qaytarishga harakat qilishdi. Ikkinchi davrada atigi 2 o‘yinda yutqazdik. Unda yo‘l qo‘yilgan xatolarni esa biz o‘zimiz uchun dars sifatida qabul qildik. O‘tgan o‘yinlardan yetarlicha xulosa chiqarib, yangi mavsum oldidan xatolar borasida ishlaymiz.

– «Lokomotiv» tarkibida ilk o‘yindayoq gol urdingiz. Ushbu gol haqida gapirsangiz.

– Shunday debyut bo‘lganidan juda xursandman. Bu holat mening keyingi o‘yinlarimga ham kuch berdi. «Lokomotiv» tarkibidagi ilk rasmiy o‘yinim edi – zaxiradan maydonga tushdim va gol urdim. O‘yin juda og‘ir kechayotgandi, 10 kishi bo‘lib qolgandik.

– Jarima zarbasini tepishni oldindan bilganmidingiz?

– Yo‘q, bilmagandim. Biroq maydonga tushishdan oldin standartlar tepishni istagandim. Jamoaning g‘alabasiga o‘zimning munosib hissamni qo‘shmoqchi bo‘ldim. Kaxi Maxaradze yonimda turgandi. Undan jarima zarbasini tepishni so‘radim. U o‘shanda menga: «Hech qisi yo‘q, o‘zingga ishonsang, tepaver», dedi. Unga javob tariqasida shunday gol urdim.

– Jamoaning ichki atmosferasi haqida nima deya olasiz? Futbolchilardan kimlar xazilkash? Kimlar esa juda jiddiy?

– Barchamizning umumiy tilimiz bor, kollektiv bilan juda tez do‘stlashib ketasiz. Klubdagilarni esa bir oila deya olaman. Bu borada hech qanday muammolarga duch kelmadim. Jamoaning eng xazilkash futbolchilari sifatida Marat Bikmayev hamda Kaxi Maxaradzeni aytgan bo‘lardim. Ular odatda juda ko‘p xazil gaplar ishlatadi. Hech kim bundan xafa bo‘lmaydi, aksincha, ko‘pchilikning kayfiyati ko‘tariladi. Jiddiylar esa Sherzod Fayziyev hamda Shuhrat Muhammadiyev. Ular juda bosiq, hatto, hayotda ham shunday.

– Kapadze-Miklyayev tandemi haqida nima deya olasiz? Ularning kuchi nimada?

– Ularning ishini so‘z bilan tariflash qiyin. Masalan, Kapadze juda extirosli murabbiy. U mashg‘ulotlarda o‘zini yondirishga ham tayyor. Uning o‘z maqsadi yo‘lida ko‘zlab qo‘ygan rejalari bor – ya’ni, istagan narsasiga erishishga intiladi. O‘z talablarini futbolchilarga tushunarli

– Keling, jamoamizda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganingizga qaytamiz. Siz ko‘plab o‘yinlarda MVP bo‘ldingiz. Qaysi o‘yinlar ko‘proq yodingizda qoldi?

– To‘g‘risini aytsam, o‘zimning harakatlarim unchalik yodda yo‘q. Chunki har bir uchrashuvda bor kuchim bilan harakat qilaman. Gol urgan «Andijon»ga qarshi o‘yinda ham bor kuchimni maydonga tashlaganman.

Shuningdek, «Buxoro»ga qarshi o‘yin. Yodda qolarli tomoni shundaki, men jamoa bilan birga o‘yinga bormaganman. Chunki menda koronavirusning shubxali testi aniqlandi. Yakunda jamoadagilar meni kutishmadi, men esa javoblarni kutdim. Virus aniqlanmaganidan keyin esa men kechasi taksiga o‘tirib, Buxoroga ketdim. Dam olishga va mashg‘ulot qilishga ulgurmadim. O‘yinda Shuhrat Muhammadiyev qizil kartochka oldi, men esa o‘zim uchun noodatiy bo‘lgan o‘ng qanot himoyasida harakat qildim. Bir pozisiyadan ikkinchi pozisiyaga o‘tish oson emas. O‘shanda safarda 3:1 hisobida g‘alabaga erishgandik.

Va albatta, «Bunyodkor» bilan derbi ham yoddan chiqmaydi. O‘shanda ham himoyada o‘ynagandim. G‘alabadan ko‘plab ajoyib hissiyotlar qolgandi. Mavsum yakunlanish arafasida esa Marat Bikmayev g‘alaba golini urgan AGMKga qarshi o‘yin ham yoddan chiqmaydi. Qor va sovuq havo bo‘lishiga qaramasdan o‘yin dramatik va hujumkor tarzda o‘tgandi.

– Yaqin vaqtlar ichida jamoa mashg‘ulotlarga qaytadi. Klub rahbariyati bilan 2021 yil rejalari borasida gaplashib oldingizmi?

– Yig‘ilish bo‘ldi va bosh murabbiy tanishtirildi. Unda yevropacha mentalitet borligi ko‘rinib turibdi. Shunday ajoyib mutaxassis bilan birga ishlash qiziqarli bo‘ladi. Rahbariyat ham oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilganini ma’lum qildi.

– «Lokomotiv»ni uch so‘z bilan tavsiflab bering.

– Shunday deya olaman: Tartib. Birdamlik. Ijobiylik.

– Kirib kelgan 2021 yil bilan muxlislarni tabriklashingiz mumkin.

– Muxlislarimizga omad, sog‘liq tilayman, chunki ayni paytda holat unchalik yaxshi emas. Yaqinlaringiz sog‘ bo‘lsin. Ijobiy kayfiyatlar, hujumchilarga ko‘proq gollar, darvozabonlarga «quruq o‘yinlar» va 2021 yilgi mavsumda ko‘proq ijobiy xotiralar qolishini tilab qolaman. Biz ham bor kuchimiz bilan harakat qilamiz va yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz. Sizlarni uyaltirib qo‘ymaymiz.

Manba: “Локомотив” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 21:06, 13.01.2021. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.