"Bunyodkor"ning yangi mavsumga tayyorgarligi davom etadi.
Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bugun akademiyamizning yopiq zalida jismoniy tayyorgarlikka asoslangan mashg‘ulotni o‘tkazdi. Aytish kerak, mashg‘ulotlarda 37 nafar futbolchi ishtirok etdi. Futbolchilardan faqatgina Suhrob Izzatov jarohati sababli yakka tartibda shug‘ullandi. Jamoaga «Bunyodkor»ga begona bo‘lmagan Javlon Ibrohimov va «Oq-tepa»dan Ibrohim Tomiva kelib qo‘shildi. Shuningdek, Janubiy Koreya va Xitoy klublarida to‘p suradigan Islom To‘xtaxo‘jayev va Oleg Zoteev jamoalariga qo‘shilishdan avval jismoniy holatini bir maromda ushlab turish uchun «qaldirg‘ochlar» safida shug‘ullanmoqda. Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ertaga Pro liga vakili «Oq-tepa»ga qarshi maydonga chiqadi.
Bugungi mashg‘ulotlarda quyidagi futbolchilar ishtirok etdi: Lutfulla To‘rayev, Shahboz Erkinov, Anvar G‘ofurov, Rasul Yo‘ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Nurillo To‘xtasinov, Xurshid G‘iyosov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Saidmahmudxon G‘ulomov, Boburbek Farhodov, Aram Markaryan, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Abdulaziz Abdusalomov, Nozimxon Rustamov, Diyorbek Rahimqulov, Xurshid Ubaydullayev, Sarvar Karimov, Akobir Qayumov, Sunnatilla Abdullajonov («Qizilqum»), Odiljon Abdurahmonov («Alay», Qirg‘iziston), Javlon Ibrohimov («Navbahor»), Bahodir Abduvaliyev («Paxtakor»), Muhammadali G‘iyosov («Buxoro»), Muhammadqodir Hamraliyev («Dinamo»), Humoyun Sherbo‘tayev («Paxtakor»), Bahodir Daminov («Yashnobod»), Shamsiddin Sa’dullayev («Sho‘rtan»), Ibrohim Tomiva («Oq-tepa»), Ravshan Yagudin («Oq-tepa»).