Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe — «Kamp Nou»ning yangi qiroli!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha UEFA Chempionlar Ligasi pley-off uchrashuvlari doirasida "Barselona" o‘z maydonida «PSJ» jamoasini qabul qildi va yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bahsda parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe Shevchenkodan keyin "Kamp Nou"da xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Garchi, uchrashuvda "Barselona" hisobni ochgan bo‘lsa-da, bir necha daqiqalardan so‘ng, Parij jamoasi hisobni tenglashtirdi. Umuman olganda, o‘yin ikkkinchi bo‘lim o‘rtalarigacha tengma-teng kurashlar ostida kechdi, ammo keyin kataloniyaliklar o‘yinida pasayish bo‘ldi. Shu holatdan foydalanib ketgan «PSJ» jamoasi "Barsa"ni "Kamp Nou"da 4:1 hisobida tiz cho‘ktirib ketishdi. Natijada esa, Kuman jamoasi uchun, "Stad de Frans" o‘yingohidagi javob uchrashuvida umidsiz holatda maydonga tushishiga olib keladi.

Birinchi bo‘lim haqida biroz ma’lumot beramiz: Kurzavaning qo‘polligidan keyin Messi penaltini aniq amalga oshirdi va Mbappe bir necha daqiqadan so‘ng, "Barsa" jarima maydonchasida qarshisidagi Lengleni bir fint orqali orta qoldirib hisobni tenglashtirdi.

65-daqiqagacha jamoalar qarama-qarshi darvozalar tomoniga hujum qilishda davom ettirishdi: Kurzavaning zarbasini Ter Shtegen qaytargan bo‘lsa, Grizmanning tepgan to‘pi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Bir nechta vaziyatlar yaratgan «PSJ» futbolchilari ham, "Barselona" futbolchilari ham o‘zlari yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadi.

«PSJ»ning ikkinchi goli: qarshi hujumga o‘tib ketgan parijliklar, qatot bo‘ylab hujum uyushtiradi. Florensi jarima maydonchasiga oshirib bergan to‘pni Pike orqaga qaytarib yuboradi. To‘p esa Mbappega kelib tushadi va u kuchli zarba bilan Ter Shtegen darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritadi.

Uchinchi gol: Bu golda haqiqatdan ham, "Barsa" himoyachilari o‘ta passiv harakat qilishdi. Parades tomonidan uzatib berilgan jarimasini, Moyze Kin bamaylixotir bosh bilan zarba berdi va hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

To‘rtinchi gol: «PSJ» ushbu bahsda 2ta to‘pni qarshi hujum asosida kiritdi. Aynan 3-golni ham shular qatoriga qo‘shish mumkin. "Barsa"ning 3 himoyachisiga qarshi, «PSJ»ning 3 futbolchisi hujumga o‘tadi. "Ko‘k-anorranglilar" jarima maydonchasi yaqinida Draksler to‘pni ochiq turgan Mbappega uzatadi, u esa to‘pni darvozabon ustidan oshirib darvozaga 4-golni kiritdi.

Bu shunchaki taqqoslash uchun: kecha "Barsa" forvardi Leo uchrashuvdagi hisobni penalti orqali ochgan bo‘lsa ham, Messi darvozaga o‘yinda bitta ham zarba yo‘llamagan.

Biz "Barsa"ning himoyasini tanqid qilishdan yiroqmiz, chunki Pike noyabrdan beri ilk marta maydonga tushgan bo‘lsa, Lengle esa butun mavsumni omadsiz tarzda o‘tkazmoqda. Keling, ushbu o‘yinda kataloniyaliklar himoyasi yomon o‘yin ko‘rsatdi emas, balki Mbappe aql bovar o‘yin ko‘rsatgan deb hisoblaylik va bu unga loyiqdir.

Kilian bergan 6 ta zarbadan, 4 martasi aniq nishonga borib tekkan bo‘lsa, 4 bora o‘ziga-o‘zi imkoniyat yaratgan va haqli ravishda uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Ammo biz yuqoridagi holatlarni barchasini jonli ravishda ko‘rdik, endi esa bir nechta raqamlar haqida to‘xtalsak.

Mbappe Andriy Shevchenkodan keyin "Barsa" darvozasiga "Kamp Nou"da uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Shevaning 1997-yil Kiyevning "Dinamo" jamoasida to‘p tepib yurgan paytida afsonaviy xet-trikni amalga oshirgan, u paytda hali Mbappe tug‘ilmagan ham edi. Aytgancha, oktyabr oyida Mbappe va Shevchenko Fransiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, uchrashishgan edi. Mbappe o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga birga tushgan rasmni yuklab, "Afsonaga katta ehtirom" degan mazmundagi postni joylashtirgan edi.



Mbappe Chempionlar Ligasi yoki Yevropa kubogining pley-off bosqichlari doirasidagi uchrashuvlarda "Kamp Nou"da "Barselona" darvozasiga 2 va undan ko‘p gol urgan ikkinchi futbolchi. Buni birinchi bo‘lib "Real Madrid"ning afsonaviy hujumchisi Ferens Pushkash bundan 60 yil oldin, yarim final bosqichida amalga oshirgan. Ukrainalik Shevchenko esa hujumchi uchta golni guruh bosqichida "Barselona" darvozasiga kiritgan.

Mbappe YECHLda hozirgacha 41 marta maydonga tushib, 40 ta golda qatnashgan, 24 bora raqiblar posponini xafa qilgan, 16 ta golli pas berishga erishgan. Eslatib o‘tamiz: U hali 22 yoshda.

Mbappe «PSJ» to‘purarlari ro‘yxatida Pedro Pauletadan (109) o‘tib ketdi. U kechagi xet-trikdan so‘ng, parijliklar libosidagi 111-golini kiritdi. Undan oldinda Zlatan (156) va Kavani (200) bor. Agar Kilian Parijda yana ikki-uch yil o‘ynasa, albatta, u birinchi o‘ringa chiqadi.

Kilianning Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida kiritgan gollari 10taga yetdi. Fransiyalik futbolchilar orasida, bu bosqichda gol kiritish bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Kechagi gollaridan so‘ng, afsonaviy Zidanni (8) ortda qoldirdi. Yaqin kunlarda Anridan (12) ham o‘tib ketishi tayin. Birinchi o‘rindan esa "Real" hujumchisi Karim Benzema joy olgan. Uning hisobidagi pley-off bosqichida urgan gollari soni 18ta.



«Biz g‘alaba qozonish uchun keldik va buni uddaladik. Unutilmas oqshom, ammo biz hali hech narsani yutmadik, - dedi Mbappe o‘yindan keyin. - Xuddi shu ruhda davom etishimiz lozim. Murabbiyimiz juda ajoyib inson. U o‘tgan mavsum bizni finalga boshlagan Tuxelning ishini davom ettirmoqda. Biz hali eng yuqori cho‘qqida emasmiz, garchi bugun juda yaxshi o‘yin o‘tkazgan bo‘lsak-da".

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:11, 17.02.2021. O'qildi: 6027 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик