Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rimdagi jang. “Milan“ safardagi o‘yinlarda tengsiz, “Roma“ esa eng yaxshi uy jamoasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Qish, fevral oyining oxiri boshlangan haftaning esa yakunida kuchli 5 lik chempionatlaridagi navbatdagi tur bahslari ancha qizg‘in, shiddatli va murosasiz o‘tmoqda. Mana shunday shavqli qarama-qarshiliklardan biri bugun Rimdagi, Olimpiko o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Unda Chempionlik uchun jiddiy da’vogar “Milan“ hamda so‘ng 6 mavsumdan buyon A seriyada sovrinli o‘rinlardan joy olib kelayotgan “Roma“ jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

“Roma“

Har doim Italiyaning grand jamoalari qatorida e’tirof etiladigan jamoa, mavsumlar oralig‘idagi, daraja va saviya jihatidan barqarorlikni saqlab turish bobida ancha yaxshi tajribaga ega. Rimliklar ketma-ket 7 mavsumdan buyon chempionati eng kamida xalqaro maydon yo‘llanmasi bilan, ko‘pida vise chempionlik bilan yakunlashmoqda. Bu umumiy natijalarning yaxlit va bir tekis ekanligidan darak beradi.

“Roma“ ushbu mavsum 44 ochko bilan beshinchi o‘rinda bo‘lsa ham, hali imkoniyatlar yetarli. Boisiki, hatto ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan bilan o‘rtadagi farq uncha ko‘p bo‘lmagan 5 ochkoni tashkil etadi. Shu sababli, aytish mumkinki muxlislar Italiy chempionatdagi o‘ziga xos kurashlardan eng so‘nggi turlarga qadar bahramand bo‘lishadi. Boshqa tarafdan “Bo‘rilar“ hozirda Yevropa Ligasida ham ishonchli o‘yin namoyish etishmoqda. Ular 1/16 bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga muammosiz o‘tishgan, raqib esa Shaxtyor.

 

Demakki, rimliklar uchun UYEFA sovriniga yetaklovchi eshiklar hozircha ochiq. O‘z navbatida bugungi o‘yin “Roma“ning turnir jadvalidagi o‘rniga sezirarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni, Paulo Foneska shogirdlari milanliklarni taslim etishadigan bo‘lsa, ochkolari sonini 47 taga oshirib uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib olishlari mumkin.

Uchrashuvdan avval jamoa bir muncha yo‘qotishlarga uchraganligini ham qayd etish joiz. Hisobidagi 7 gol bilan jamoaning uchinchi to‘purari bo‘lib turgan Edin Jeko kutilmaganda orttirib olgan jarohati sabab bugungi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek himoyachi Ibianes ham Braga bilan o‘yinda olgan jarohati tufayli bahsni o‘tkazib yuboradi. Yana bir himoyachi Kris Smolling esa, oyning boshida olgan jarohatidan tiklanib olgunicha yo‘q.

“Milan“

Mavsumni ancha yuqori tempda boshlagan “Milan“ mavsum yakuniga kelib, jilovni biroz bosh qo‘yib yubormoqda. Jamoa eng muhim o‘yinlarda ochko yo‘qotmoqda hatto, “Inter“ga qarshi dastlabki derbida imkoniyatni boy berib Italiya kubogini tark etdi, chempionat doirasidagi ko‘p ehtimol chempionlik o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab peshqadamlikni boy berdi. O‘z navbatida “qizil-qoralar“ ham bugungi raqiblari singari ikki frontda jang olib borishmoqda. Faqat ularning “missiya“si “Roma“nomidan biroz mushkulroq. Sababiki, klub Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish yo‘lida “Manchester Yunayted“ni dog‘da qoldirishi darkor.

A seriyada esa uzoq yillik tanaffus va mavsum boshidan beri to‘kilgan ter uchun ham “skuddetto“ni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Bordiyu, Stefano Pioli jamoasi bugun ham mag‘lubiyatga uchrasa, chempionlik nashidasidan mosuvo bo‘lishi, katta ehtimol. Nega deganda, na ta’qibchilar va na birinchi o‘rindagi peshqadam qoniqarsiz natija ko‘rsatayotgani yo‘q, hozircha. Yo‘qotishlar borasida Piolida vaziyat ancha yumshoq. desa ham bo‘ladi. Ushbu qarama-qarshilikda milanliklarga faqat ikki futbolchi, Ismail Bennasir hamda Mario Mandjukichlar mushaklardagi jarohat tufayli yordam bera olishmaydi.

Tahminiy tarkiblar

“Roma“: 13 Pau Lopes, 4 Brayan Kristante, 20 Federiko Fasio, 23 Djanluka Manchini, 2 Rik Karsdorp,
7 Lorenso Pellegrini, 14 Gonsalo Vilyar,
17 Jordan Veretu, 37 Leonardo Spinassola,
77 Genrix Mxitaryan, 21 Borxa Moyoral,

Bosh murabbiy: Paulu Fonseka

“Milan“: 99 Janluidji Donnarumma,
2 Davide Kalabriya, 13 Alessio Romanyoli, 19 Teo Ernandes, 24 Simon Kyer,
8 Sandro Tonali, 10 Xakan Chalxanoglu, 12 Ante Rebich
56 Aleksis Salemakers,
79 Frank KessYE, 11 Zlatan Ibragimovich.

Bosh murabbiy: Stefano Pioli

Raqamlar

“Roma“ so‘nggi 5 o‘yinning uchtasida g‘alaba, bittasida durang va bittasida mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, “Milan“ o‘tkazilgan oxirgi 5 uchrashuvning bor yo‘g‘i bittasida g‘alaba qozongan xolos. Qolgan to‘rtta bahsning ikkitasi durang yana ikkitasi esa mag‘lubiyat bilan yakunlangan.
Tomonlar barcha musobaqalarda o‘zaro 50 marotaba ro‘baru kelishgan bo‘lib, shundan 16 o‘yinda “Milan“ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 17 ta bahsda “Roma“ zafar quchgan. Yana 17 uchrashuv esa durang bilan nihoyasiga yetgan.

Ko‘rinib turganidek o‘rtada katta tafovut mavjud emas. Bu ikkilala jamoaning har qachon bir-biriga munosib qarshilik ko‘rsata olganidan dalolat beradi. Yana bir e’tiborli jihati “Roma“ ushbu mavsum A seriyada o‘z maydonida eng ko‘p ochko(30) jamg‘argan jamoa bo‘lib turgan bo‘lsa, “Milan“ mehmonda eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa maqomida. Ajabmaski, ushbu faktor ham o‘yin uchun yaxshigina introgani ta’minlab bersa. Shunday ekan bugun tunda “Olimpiko“ “Kolizey“ maydoniga aylanadi deb mubolag‘a qilsak ham o‘rinli bo‘lar?

Dadajon Foziljonov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:48, 28.02.2021. O'qildi: 2191 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.