Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Kroyf», 4 muhim vazifa va hujumdagi yo‘qotishlar. «Paxtakor» yangi bosh murabbiyi Piter Hyuistra ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Paxtakor
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Paxtakor» futbol klubining yangi bosh murabbiy Piter Hyuistra ishtirokida 4 mart kuni mavsumoldi matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda niderlandiyalik mutaxassis jurnalistlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob qaytardi.

«Mavsum boshlanishidan avval OAV vakillari bilan uchrashish va muloqot qilish yoqimli. Oxirgi to‘rt yilda «Paxtakor»da ishlayapman, klub va o‘zbek futbolini yaxshi bilaman. Ish men uchun yangi emas, lekin chaqiruvni yangi deb aytishim mumkin. Shota Arveladze bilan ishlagan davrimizda biz «Paxtakor» bilan yangi darajaga chiqa oldik deb o‘ylayman. Ikki yil ichida barcha ichki sovrinlarga ega chiqdik. Chempionlar Ligasida eng kuchli sakkiz jamoa qatoridan o‘rin oldik. Hozir esa Arveladze jamoani tark etgach, biz o‘yin falsafasini saqlab qolib, yana-da o‘sishga intilishimiz zarur. Osiyoda eng yaxshi darajaga chiqishga harakat qilamiz. Xorijlik mutaxassislar o‘zbek futbolchilari haqida juda iliq fikrlar bildiradi. Chempion sifatida bizda mas’uliyat bor, ortimizdan barchani yuqori marra sari yetaklashimiz kerak. O‘zbek futboli katta imkoniyatga ega. «Paxtakor» va boshqa jamoalarda o‘sish uchun potensial mavjud. «Olimpik» jamoasida 60 foizga yaqin o‘yinchi «Paxtakor» tarbiyalanuvchilari va futbolchilari sanaladi.

Yangi mavsum va tarkibdagi o‘zgarishlar haqida

Milliy terma jamoani muhim o‘yinlar kutmoqda va u yerda ko‘plab futbolchilarimiz o‘ynaydi. «Paxtakor» doim bosim ostida bo‘ladi, bizdan ko‘p narsa kutishadi. Bosh murabbiy sifatida vazifam o‘yinchilarni yuqori darajada ushlab turish. Shanba kuni mavsumni boshlaymiz. Ikki marta «Nasaf» bilan o‘ynaymiz. O‘tgan mavsum eng yuqori pog‘ona egalari mavsumni ochib beradi. Bu o‘ziga xos qiziq sinov.

Har mavsumda jamoalar safida o‘zgarish ro‘y beradi. «Paxtakor» ham ba’zi futbolchilarga ketishga ruxsat berdi, chunki ularga manfaatliroq takliflar bo‘ldi. Yangi o‘yinchilar safimizga kelib qo‘shildi va me’yorni saqlashga urinamiz.

Tarkibimizga bir necha o‘yinchilarni qo‘shib oldik. Iminov va Yo‘ldoshev esa ijaradan qaytdi. Ular yaxshi potensialga ega futbolchilar, bu raqobat kuchayishiga xizmat qiladi. Himoya va yarim himoyada saviyamiz pastga tushmagan, biz darajani saqlab qoldik deb o‘ylayman. Faqat hujumda yo‘qotish mavjud. Tezroq jamoani jipslashtirib, yaxshiroq saviyaga chiqib olishimiz kerak. Chobanov, Azmiddinov, Xoldorxonov va Xolmatov kabi yoshlar esa asosiy jamoa bilan to‘liq shug‘ullanib, tajriba oshirib bormoqda. Erkinov esa bemalol asosiy tarkibdan o‘rin olishga da’vogarlardan biri.

«Paxtakor 2»ning Pro-Ligada ishtirok etmasligi haqida

U-21 va birinchi liga jamoalari o‘tgan yili faoliyat olib borgandi. Birinchi liga jamoasi Pro-Ligaga yo‘llanma olgandi, biroq ko‘plab futbolchilar «Olimpik» klubiga jalb etilgani sababli birinchi liga jamoasi faoliyati to‘xtatildi. Asosiy tarkib va U-21 tarkibi birgalikda shug‘ullanadi.

Jamoa oldidagi to‘rt muhim vazifa

To‘rt muhim jihat mavjud: Superkubokni qo‘lga kiritish, Superligada chempionlikni himoya qilish, Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish, o‘yinchilarni milliy terma jamoaga yaxshi holatda tayyorlab berish. «Paxtakor» bosh murabbiyi katta mas’uliyatga ega ekanini tushunaman, nafaqat o‘zim, balki o‘yinchilar uchun ham javobgarman. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri terma jamoaga ta’sir qiladi. O‘zbek futboli rivojiga kichik hissamni qo‘shishga tayyorman.

Niderlandiyalik mutaxassis o‘zbek futboli uchun «yangi Kroyf»ni tarbiyalab bera oladimi?

O‘yinchilarni, tizim, falsafani yaxshi bilaman. Men uchun ko‘p o‘zgarish yo‘q. Chunki ushbu falsafa men sevgan uslub. Ishda katta o‘zgarishlar yo‘q deb aytishim mumkin. Faqat endi klub vakili sifatida ko‘proq OAV bilan muloqotda bo‘laman. Umid qilamanki, Kroyfdek futbolchi paydo bo‘ladi. Har bir klub o‘zining yoshlar jamoalari, akademiyalariga e’tibor berishi kerak. Doim yoshlar bilan ishlab kelganman. Bu klub uchun kelajakka qo‘yiladigan eng yaxshi qadamdir. «Paxtakor»da hamisha ko‘plab iqtidorlar bo‘lgan. Akademiya bilan ishlashda davom etamiz, yoshlarning mehnat qilayotganini ko‘rish doim yoqimli.

Mavsumga tayyorgarlik haqida

Bu jarayon hamisha qiziqarli. Biz xorijda yig‘in o‘tkazdik, futbolchilar bosh murabbiy bilan yaqinlashishi, jamoaning bir-biriga moslashishida bu katta ahamiyatga ega. Yangi o‘yinchilar moslashib boradi. Jamoa va tarkib bilan ba’zi sinovlarni amalga oshirib ko‘rish mumkin. Yoshlar asosiy jamoa muhitini his qiliadi. Ba’zi futbolchilar «Spartak» va «Zenit»ga qarshi bahslarda boshqa daraja, tezlik, jismoniy imkoniyatlarni ko‘rdi. Bu ular uchun yaxshi tajribaga aylanadi. O‘z ustida ishlash kerakligini his qiladi.

Jamoa hujumchilarni qo‘yib yuborayotgani haqida

Hamisha tanlov imkoniyatiga egamiz. Ba’zan futbolchi ko‘proq o‘ynashi yoki o‘sishi uchun boshqa klublarga berib yuborishga to‘g‘ri keladi. Bu ularning kelajagi uchun muhim. Biz turli xil variantlarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Eren maydonga tusha olmaydigan taqdirda boshqa o‘yinchilardan foydalanishga intilamiz. Transfer oynasi hali yopilmadi. Hujumchi qidirish ishlari davom etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda, hujumda muammo bor, to‘g‘ri. Boshqa tarafdan bu men uchun yengib o‘tishim kerak bo‘lgan chaqiruv.

Chempionlar Ligasining markazlash holda o‘tishiga munosabati haqida

Bunday musobaqa o‘zgacha o‘tadi, jamoalar bir mehmonxonada yashaydi, bir-birini ko‘radi va o‘yinlarda ishtirok etadi. Musobaqaning o‘ziga bor e’tiborni qaratasiz. Raqiblarni to‘liq o‘rganib chiqasiz. Jamoani darhol navbatdagi uchrashuvga tayyorlash talab etiladi. Safar bilan bog‘liq muammolar yo‘q bo‘ladi. Yoqimsiz tarafi esa shunday katta o‘yinlarni uyda o‘ynay olmasligimiz. «As-Sadd» va «Shabob al-Ahli»ga qarshi bellashuvlarni yaxshi eslayman. Stadion deyarli to‘lgandi va bunday muhitda o‘ynash jamoaga qo‘shimcha ishtiyoq beradi. Bunday muhitni sog‘indik.

Superligadagi raqobatchilar haqida

Boshqa jamoalarda ham o‘zgarish bo‘lgan, mavsum boshlanmasdan oldin biror raqibni yaxshi bilmaysiz. Kim qanday tayyor ekanini bilib bo‘lmaydi. Hamisha har bir chempionatda yettita jamoa chempion bo‘lish haqida o‘ylaydi. 5-6-turdan keyin qandaydir xulosaga kelish mumkin. «Nasaf» deyarli o‘tgan yilgidek kuchli deb o‘ylayman. «Lokomotiv», OKMK, «Bunyodkor», «Navbahor» ham kuchli. «Qizilqum» bilan nazorat o‘yinida to‘qnash keldik. Ularda ham juda yaxshi jamoa mavjud.

Bosh murabbiy sifatida o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadi

Har bir keyingi o‘yinni yutish. Futbolda hamisha keyingi bahsni o‘ylaysiz. Ko‘plab o‘yinlarni yutish orqali chempionat va boshqa musobaqalarda zafar quchasiz.» — dedi Piter Hyuistra.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:10, 04.03.2021. O'qildi: 4522 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик