Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Bugun yaralangan "Yuventus" "Portu"ni mehmon qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugundan Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari boshlanadi. Unda Turinnning "Yuventus" jamosi o‘z maydonida "Portu"ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu qarama-qarshilikning birinchi Portugaliyada kechgan uchrashuvda "ajdarlar" Pirlo shogirdlari ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Italiya chempioni "Portu"dan har ikki bo‘lim boshidan portugaliyaliklardan bittadan gol o‘tkazib yuborishdi. 1-daqiqadan Mehdi Taremi mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi taymning boshida, aniqrog‘i 46-daqiqada gol Mussa Marega "Portu"ning ikkinchi golini kiritdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida  Keyza gol kiritib, "Yuventus"ga javob uchrashuvi avvalidan umid uchqunlarini qaytarib berdi. Qarama-qarshilikning qolgan vaqtida boshqa gol urilmadi. Yakuniy hisob 2:1. Bugun "Alyans" stadionida kechadigan bahsda "Yuventus" "Portu" darvozasini ishg‘ol qilish va portugaliyaliklardan gol o‘tkazib yubormaslik ta’lab etiladi. Kamida 1:0 hisobidagi muvvafaqiyat ham Turin klubiga yetarli bo‘ladi.

Hozir biz sizlarga mazkur uchrasshuv haqidagi yangiliklar, yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

"Yuventus"

 

Krishtianu Ronaldu "Yuventus"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Ammo, portugaliyalik yulduz jamoaga qo‘shilgandan keyin, turinliklar hatto yarim finalga ham chiqa olmayapti. Chempionlar Ligasida oxirgi yillarda, ikki marta final bosqichiga chiqqan "Yuventus"ga nimadir yetishmayotgan edi. Shuning uchun jamoaga Ronalduni olib kelishgan edi, lekin mazkur transfer amalga oshgandan keyin, "keksa sinyora"ning Chempionlar Ligasida "ketmoni uchmayapti" Joriy yilgi YECHLning ham pley-off bosqichini turinliklar mag‘lubiyat bilan boshlashdi. "Portu"dan qabul qilingan muvaffaqiyatizlik jamoaning kubok haqidagi orzusini so‘roq ostida qoldirmoqda.
"Yuventus"ning oxirgi yillardagi Yevropa maydonlaridagi yurishini tahlil qilib ko‘rsak, deyarli ko‘pchiligida gigant bo‘lmagan jamoalarga mag‘lub bo‘lishgan. 2018/19 - "Ayaks"ga qarshi ikki uchrashuvda, umumiy 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. O‘tgan yilgi mavsumda esa "Lion"ga birinchi uchrashuvda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, javob bahsida esa 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Umumiy hisob 2:2, ammo "Lion"nning mehmonda Memfis Depay tomonidan kiritgan goli Fransiya klubini keyingi bosqichga chiqishiga yordam bergan. Ushbu natijalardan ko‘rinib turindiki, bugungi bahsda ham "Yuve"ga oson bo‘lmaydi.
"Yuventus" muxlislari pley-offlar qiroli Krishtianu Ronaldudan ko‘p narsani umid qilishmoqda.  O‘tgan yillarada "Atletiko" darvozasiga uchta, "Ayaks"ga ikkita va o‘tgan mavsumda "Lion"ga qarshi kechgan o‘yinda ham ikkita gol urgan o‘yinchidan, muxlislar bugun ham gollar kutishi aniq.
"Yuventus" bilan birinchi mavsumda jamoa murabbiyi Andrea Pirloga unchalik oson bo‘lmayapti. Jamoaning ichki chempionatda ishlari unchalik yaxshi emas. 10 yildan beri davom etayotgan gigantligi yakuniga yetgandek ko‘rinmoqda. Ayni paytda A seriyada "Inter"dan 10 ochko ortda bormoqda. Shu kabi holatlar ham, "Portu"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoaga ruhiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Mazkur uchrashuv avvalidan "Yuventus" tarkibida bir qancha yo‘qotishlar mavjud. Bentankur, Danilo, De Ligt, Dibala kabi o‘yinchilar "Portu"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Danilo va De Ligtning yo‘qligi bugungi uchrashuvda o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Chunki, Yaqinda jarohatdan qutulgan Bonuchchi va Kyellinini "ajdarlar"ga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rgani noma’lum. Bu kabi detallar jamoaning himoyasida muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

"Portu"


Serxio Konseysao Italiya safariga, har xil kayfiyatda tashrif buyurmoqda. 4-mart kuni o‘z maydonida kechgan "Braga"ga qarshi kechgan Portugaliya kubogi yarim finalida 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikki kundan keyin Portugaliya chempionati doirasidagi"Jil Visente"ga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytdi. Qolaversa, o‘sha uchrashuvlarda jamoaning ikki futbolchisi Korona va Pepening jarohat olishi jamoa kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Ammo, mazkur har ikki futbolchining ham jarohati yengilligi sababli, "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonga tushishi haqida xabar bermoqda, Portugaliya matbuoti. Negaki, bugungi uchrashuv hal qiliuvchi ahamiyatga ega ekanligi sababli Konseysao tavakkal qilishni xohlamasligi tayin. Qolaversa, "Portu" ichki chempionatdagi ham kurashdan chiqib deyarli ketganligi uchun bor e’tiborini YECHL musobaqqasiga qaratishi tayin. Hozirda Portugaliya Premerasida "Sporting" 58 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, "Portu" 48 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. Oradagi farq 10taligini hisobga olsak, "ajdarlar"da imkoniyat juda past.

Bugun qanday bo‘lmasin, "Portu" turinliklar darvozasiga gol urishi talab etiladi. Sababi "Yuventus" mehmonda gol urishni uddalagan. Yoki Krishtianu boshchiligida jamoadan gol o‘tkazib yubormasligi shart.
Agar Turin klubining oldingi o‘yinlariga e’tibor bersak, "Lion" ham, "Ayaks" ham Italiyada gol urishni uddalagan. Shuning uchun ham bugun gollarga boy o‘yin bo‘lishi tayin.
Serxio Konseysaoning oldida hujum bo‘yicha, bir nechta variantlar bor. Mehdi Taremi va Musa Marega juftligi "Yuve"ga bir qancha muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki Pirlo jamoasining himoyasida kemtiklar mavjud. Faqatgina, Merich Demiralda jarohat yo‘q. Turinliklarning Kyellini, Bonuchchi va De Ligt kabi markaziy himoyachilarida jarohat bilan muammo bor. Bu esa, "Portu" jamoasi uchun yaxshi yangilik.

Ehtimoliy tarkib


"Yuventus" (4-4-2): Shyensny, Sandro, Kyellini, Bonuchchi, Kuadrado, Makkenni, Rabyo, Artur, Kyeza, Morata, Ronaldu.

"Yuventus" bugun 4-4-2 sxemadan foydalanishi mumkin. Bu himoyada 4 futbolchi harakat qilishi tayin. Chunki, De Ligtning yo‘qligi, bu sxemaga katta ta’sir o‘tkazadi. Demiralda garchi jarohat bo‘lmasada, Pirlo o‘zi ishongan himoyachilardan, ya’ni Kyellini va Bonuchchi juftligidan foydalanishi mumkin. Hujum borasida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ronaldu va Morata juftligi maydonda harakat qilishi mumkin.

 

"Portu" (4-4-2): Marchesen, Manafa, Pepe, Mbemba, Sanusi, Fernando, Oliveyra, Uribe, Otavino, Marega, Taremi

"Portu" Serxio Konseysao qo‘l ostida 4-4-2 sxemada anchadan beri o‘ynab kelmoqda. Ammo Pepening jarohati bu chiziqlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Himoyada hamma narsa Pepening sog‘lig‘iga bog‘liq, agar mazkur futbolchi maydonda boshlang‘ich tarkibda tushsa, taktik sxema har doimgi ko‘rinishga keladi.


Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi bahs qiziqarli o‘tishi tayin. Sababi, Ronalduning "Yuventus" safidagi so‘ngi uchrashuvi bo‘lishi mumkin. Chunki, turinliklar kelayotgan yozda portugaliyalik futbolchini sotish ehtimoli bor. Qolaversa, "Portu" ham keyingi bosqichga chiqish uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qiladi. Mazkur qiziqarli bahs, Toshkent vaqti bilan tungi 01:00da boshlanadi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:29, 09.03.2021. O'qildi: 4451 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик