Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Tottenxem" Londonda "Dinamo Zagreb"ni mag‘lub eta oladimi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugundan Yevropa Ligasining 1/8 final uchrashuvlari boshlanadi. Mazkur bosqichdagi markaziy o‘yinlarlardan biri "Tottenxem" va Zagrebning "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik ham shular shumlasidandir. Londonliklar mazkur bosqichga Avstriyaniing "Volfsberg" jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 8:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lishsa, Xorvatiya klubi "Krosnadar"ni har ikki o‘yinda ham mag‘lub etib(3:2 - 1:0), nimchorak final yo‘llanmasiga ega chiqishgan. Umuman olganda, Yevropa Ligasidagi va APLdagi "Tottenxem" ikki xil o‘yin ko‘rsatmoqda. Mourinyo shogirdlari ushbu musobaqaning guruh bosqichidan 13 ochko bilan birinchi o‘rinda chiqib, 1/16 final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Shuningdek, guruhda Belgiyaning "Antverpen" jamoasiga yutqazish (1:0) yoki Avstriyaning LASK bilan dramatik durang (3:3) kabi yoqimsiz syurprizlar ham bo‘lgan.
Zagrebning "Dinamo"si Yevropa Ligasidaning joriy yilgi mavsumida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Guruh bosqichida Moskvaning SSKA va Gollandiyaning "Feynoord" jamoalari bilan durang qayd etishganini hisobga olmasa, qolgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishgan va guruhda birinchi o‘rin bilan 1/16 final masalasini hal qilgan. Xorvatlar ushbu bosqichda Rossiyaning "Krosnadar" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. "Krosnadar arena"da kechgan birinchi uchrashuvda zagrebliklar iroda ko‘rsatib, 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytishdi. Javob uchrashuvida esa minimal hisobdagi g‘alaba "Dinamo"ga keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqishgan.
Hozir esa biz sizlarga ushbu uchrashuv atrofidagi yangiliklar, yo‘qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

"Tottenxem"


Odatda Joze Mourinyo ishlagan jamoalari bilan qandaydir sovringa ega chiqishiga o‘rganib qolganmiz. Faoliyati davomida har qaysi klub bilan ikkinchi mavsumida biror kubokka ega chiqishga o‘rgangan murabbiy uchun bu musobaqa ayni muddao hisoblanadi. Sababi APL chempionligidan umid yo‘q, chunki "Manchester Siti" ancha ilgarilab ketgan. Shuning uchun ham Mour va u boshchiligidagi jamoa bor e’tiborini Yevropa Ligasiga qaratishi tayin. Buning uchun "shporlar" "Dinamo" to‘sig‘idan o‘tishi talab etiladi. Hattoki Xorvatiya jamoasining ajoyib statistikasi ham Mourinyoni qo‘rquvga solmasa kerak. Chunki hozirda "Tottenxem" eng optimal tarkibda harakat qilmoqda. Jamoada jarohat bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi, qolaversa klubning butun a’zolari super formada ekanligi sabab bo‘lishi mumkin. "Tottenxem" Premer Liganing so‘ngi 3 uchrashuvida umumiy 9 gol urib, o‘z darvozasida 1 marta to‘p olib chiqdi. Mazkur uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi mavqeini biroz yaxshilab olishga erishdi. "Shporlar" xuddi shu kayfiyatda bugungi bahsga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

"Tottenxem" va Xorvatiya klublari haqida gapirganda, uning ushbu mamlakat jamoalari bilan yetti marta uchrashganlarini aytib o‘tishimiz mumkin. "Dinamo" bilan esa "shporlar" bilan faqat bir marta, 2008/09 yilda to‘qnash kelishgan va o‘sha uchrashuvda londonliklar 4:0 hisobida g‘alabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. Mazkur bahsda "Tottenxem" futbolchisi Darren Bent xet-trik qayd etganini ham aytib o‘tish lozim. London jamoasi Xorvat jamoalariga qarshi uchrashuvning atigi ikkitasida yutqazgan. 1984 va 1991 yillarda bo‘lgan. Xorvatiya chempionatida "Dinamo" Zagrebning azaliy raqibi hisoblangan "Xayduk" jamoasi ikki marta "Tottenxem" ustidan zafar qozonishga erishgan.

"Dinamo Zagreb"

"Dinamo" uchun Yevropa Ligasining 1/8 finaliga chiqish ham katta yutuq, aslida. Zagrebliklar odatda Yevropa Chempionlar Ligasida qatashar va guruhda autsayder maqomida harakat qilardi. Ko‘pincha musobaqani ham aynan shu bosqichda yakunlar edi. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, xorvatiyaliklar Chempionlar Ligasining 2015/16 yilgi mavsumda Londonning "Arsenal" jamoasini o‘z maydonida 2:1 hisobida mag‘lub etishgan. Garchi javob bahsida "konorirlar" 3ta gol urishga erishgan, lekin ushbu natija bugungi qarama-qarshilikdan oldin yaxshi kayfiyat berishi mumkin.

Bugungi uchrashuvda "Tottenxem"ga oson bo‘lmasligi tayin, sababi "Dinamo" tarkibida o‘yinni taqdirini hal qilib qo‘yadigan futbolchilar yetarlicha topiladi. Zagrebliklar safidagi Bruno Petkovich Yevropa Ligasida 4 gol urishga erishgan, qolaversa Mislav Orshich ham "shporlar"ning himoyachilariga yetarlicha qarshilik ko‘rsatishi mumkin. "Dinamo" hozirda ichki chempionat jadvalida 23 o‘yindan keyin 54 ochko to‘plashga erishgan. Asosiy ta’qibchisi bo‘lgan "Osiyek" jamoasidan 2 ochko ko‘proq jamg‘argan. Zagreb jamoasining qandaydir uchrashuvda qoqilishi, jamoaning musobaqa yetakchiligini boshqa jamoaga berib qo‘yishi mumkin. "Tottenxem" dominant o‘yin namoyish etishini anglagan holda, Zagreb jamoasi bugungi o‘yinida tayanch nuqtasiga uchta kuchli yarim himoyachi - Ademi, Yakich va Mayer kabi futbolchilarni qo‘yishi mumkin. Sababi Son, Keyn, Beyl uchligidan tashkil topgan hujum juftligiga, faqatgina himoyachilarning o‘zlari bas kelishi qiyin. Qolaversa, Yoshko Gvardiol degan o‘yinchining jarohati ham xorvatlar o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Lekin, shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, zagrebliklar bugungi uchrashuvda, garchi ikkinchi jamoa maqomida tashrif buyurayotgan bo‘lsada, ushbu bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilib ko‘rishadi. Chunki tarkibda katta yo‘qotishlar yo‘q, shuningdek anchadan beri biz Xorvatiya klublarini ushbu bosqichda anchadan beri ko‘rganimiz yoq.

Ehtimoliy tarkib

"Tottenxem" (4-2-3-1): Lioris, Doyerti, Sanches, Dayer, Devis, Ndombele, Uinks, Lamela, Alli, Moura, Keyn.


"Tottenxem"ning yakshanba kuni "Shimoliy London derbisi"da "Arsenal"ga qarshi maydonga tushishini hisobga olsak, bugungi bahsda katta ehtimol bilan "Mourino zaxira futbolchilaridan ko‘proq foydalanishi mumkin. Sshuning uchun ham, jamoa 4-2-3-1 taktik ko‘rinishidan foydalanishi mumkin. Qolaversa, Lo Chelso va Serj Oreni jarohati ham bunga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

 

"Dinamo Zagreb" (4-3-2-1): Livakovich, Ristovski, Laurisen, Teofil, Gvardiol, Mayer, Ademi, Jakich, Orshich, Ivanushech, Petkovich.


Yuqorida aytib aytganimizdek, "Dinamo" 4-2-3-1 sxemadan foydalanishi mumkin. Xorvatiya jamoasida ko‘zga ko‘ringan yo‘qotishlar unchalik ko‘p emas. Lekin "Tottenxem"da bir nechta iqtidorli o‘yoinchilar sabab, ushbu ko‘rinishda harakat qilishini taxmin qilish mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Tottenxem" va "Dinamo Z" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Sababi, har ikki jamoa ham keyingi bosqichga chiqishni, ushbu bahsning o‘zida hal qilishga harakat qilib ko‘rishadi. Mazkur qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan tungi 01:00da boshlanadi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:16, 11.03.2021. O'qildi: 2742 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик