Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Bugun "Chelsi" Londonda "Atletiko"ni qabul qiladi. (Prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun aniqog‘i, chorshanbadan, payshanbaga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da UYEFA Chempionlar Ligasining pley-off uchrashuvlari doirasidagi navbatdagi o‘yinlari o‘tkaziladi. Bugunning eng markaziy qarama-qarshiliklari sifatida qaralayotgan Londonning "Chelsi" va Madridning "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga bag‘ishlangan qisqacha prevyuni taqdim etamiz.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 24-fevral kuni o‘tkazilgan bo‘lib, unda "Chelsi" minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozonishni uddalashgan. 68 daqiqada Olivye Jiru tomonidan kiritilgan gol "aristokratlar"ga Londondagi javob uchrashuvi oldidan muhim g‘alabani taqdim etdi. Umuman olganda ushbu bahsda Tuxel shogirdlari madridlik raqiblaridan kuchiroq o‘yin namoyish etishgan. "Chelsi" raqiblari darvozasi tomon 12 marta zarba yo‘llagan bo‘lsa, shularning 5tasi manziliga aniq yetib borgan. "Atletiko"da esa bu ko‘rsatkich juda past. "Matraschilar" londonliklar darvozasiga 6 marta zarba yo‘llagan bo‘lsa, hech qaysisi aniq bo‘lmagan. Qolaversa, to‘pni nazorat qilish ko‘rsatkichi ham Tuxel shogirdlari tomonda 60/40. Londonda kechadigan javob bahsi Diyego Simeone shogirdlari uchun so‘ngi imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Agar keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqishni xohlashsa, "Chelsi" ustidan g‘olib kelish talab etiladi. Hozir esa, biz sizlarga mazkur jamoalar haqidagi yangiliklar va ehtimoliy tarkiblar haqida ma’lumot beramiz.

"Chelsi"

Birinchi uchrashuvda "ko‘klar" o‘zlari uchun juda yaxshi imkoniyat yaratdilar, ushbu g‘alabani bugungi bahsda ham munosib himoya qilish talab etiladi.
"Chelsi" boshqaruviga Tomas Tuxel kelgandan keyin, jamoaning o‘yini haqiqatdan yaxshi tomonga o‘zgardi. London jamoasi germaniyalik mutaxasis boshchiligida barcha musobaqalar doirasida 12 uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, ularning hech birida maydondan ochkosiz tark etmagan. Qolaversa "Chelsi"ning barcha chiziqlaridagi o‘yinlari nisbatan yaxshilandi.Taqqoslash uchun, Frenk Lempard qo‘l ostidagi "arstokratlar" jamoasi deyarli barcha uchrashuvlarda o‘z darvozasidan gol olib chiqishga majbur bo‘lgan edi, bu esa jamoada himoya chizig‘i biroz yomon o‘ynagandan dalolat beradi. Tuxel jamoaga kelgandan so‘ng, "Chelsi" bor-yo‘g‘i 2 marta gol o‘tkazib yuborishdi. Bu kabi holatlar London jamoasining har bir chizig‘ida bor deyish mumkin.
"Atletiko"ga qarshi uchrashuv oldidan "Chelsi"da bir qancha jiddiy yo‘qotishlar mavjud. Xususan, Abraxam, Jorjinyo, Mason Maunt va Tiago Silva kabi o‘yinchilar bugungi uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Abraxam va Silvada jarohat bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, Maunt va Jorjinyo hisobidagi sariq kartochkalar soni oshib ketganligi sababli bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Masonning yo‘qligi "Chelsi" uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Sababi angliyalik futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay "aristokratlar" orasida o‘zining yetakchiligi bilan ajralib turadi.
Oddiy misol: Maunt ushbu mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlarda eng ko‘p daqiqa o‘ynagan futbolchisiga aylangan.

Tomas Tuxel, "Chelsi" bosh murabbiyi:

"Bugun bizni juda qiyin uchrashuv kutmoqda. "Atletiko"ga qarshi birinchi uchrashuvimiz ajoyib bo‘lgandi. Bugun ham o‘sha natijani takrorlashga harakat qilib ko‘ramiz. Bu qanchalik qiyinligini bilamiz, chunki qarshimizda Ispaniyaning nomdor jamoalaridan bir turibdi, lekin biz keyingi bosqichga chiqishni xohlaymiz."

"Atletiko"

"Atletiko"da ikki haftalar oldin kichik inqiroz bo‘lgandek bo‘ldi. Sababi La Ligada ham bir nechta uchrashuvlarda ochko yo‘qotishdi. "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyat ham, aynan shu paytga to‘g‘ri kelib qoldi. Lekin hozirda "matraschilar" yana avvalgi kabi o‘yin namoyish etishmoqda. Yana shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, Buxarestdagi o‘yinda "Atletiko"ning birinchi navbatdagi ojiz tomoni, hujumdagi o‘yinlari bo‘ldi. Boya aytganimizdek "Chelsi" darvozasiga 6 marta zarba yo‘llab, shulardan hech qaysi aniq manziliga yetib bormagan. London jamoasidan uchralagan mag‘lubiyatdan so‘ng, 4 marta o‘yin o‘tkazdi va ikki g‘alaba, ikki durang qayd etishdi. Oxirgi turdagi "Xetafe" bilan o‘yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Bu esa "Atletiko"ning hujumda hali ham muammolari borligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, Simeone shogirdlarining himoyasida ham muammolar kuzatilmoqda. "Atletiko"ning barcha musobaqalar doirasidagi so‘ng 10 uchrashuvini tahlil qiladigan bo‘lsak, Madrid jamoasi 2 uchrashuvdagina o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan. Bu esa Trippyer, Savich, Ximenes va Ermoso kabi himoyachilarga Simeonening gaplari ko‘pdek tuyulmoqda.
Bu kabi muammolar allaqachon La Ligada "Barselona" va "Real" kabi jamolari bilan oradagi ochkolar kamayib ketishiga olib keldi. Buning ustidan bu xatolar "Atletiko"ning  La Liga chempionligi haqidagi  orzusini yo‘qqa chiqarishi mumkin.


Diyego Simeone, "Atletiko" murabbiyi:

"Bizning oldimizda faqat bitta maqsad bor. "Chelsi" ustidan g‘alaba qozonish.G‘olib bo‘lish uchun o‘yinni xohlagan joyimizda olib borishimiz kerak. Biz uchrashuvning taqdirini 10 -daqiqadan, 85 - daqiqagacha hal qilishimiz kerak. Maqsad - ularning o‘yin uslubini, o‘zlariga qarshi ishlatish. Ular bizga qanday o‘yin taklif qilishi haqida bilmaymiz, ammo "Atletiko" uchrashuvdan nimani xohlayotganini bilaman. Biz g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz."

Ehtimoliy tarkiblar


"Chelsi" (3-4-2-1): Mendi, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, , Kante, Xodson-Odoi, Xavers, Ziyesh, Jiru.


Mayson Mount va Jorjinyo sariq kartochkalari tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi. Ularning o‘rnini katta ehtimol bilan Hakim Ziyesh va N'Golo Kante tushishi ehtimoli bor. Taxminlarga ko‘ra, Tomas Tuxel Kay Xaversni dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushirishi mumkin. Garchi, tarkibda kamchiliklar bo‘lsada, Tuxel oldingi kabi 3-4-2-1 taktik ko‘rinishida maydonga tushishi taxmin qilingan.


"Atletiko" (4-4-2): Oblak, Tripper, Savich, Ximenes, Lodi, Saul, Koke, Lyorente, Ferreyra, Suares, Feliks.


"Atletiko" bugun ham 4-4-2 taktik sxemadan foydalanishi haqida taxmin qilingan. Diyego Simeone jamoasi safida yo‘qotishlar yo‘q. Oldingi uchrashuvda ham argentinalik mutaxasisi xuddi shu sxemadan foydalangan edi, lekin maydon markazida harakat qilgan 4 yarim himoyachi ham, asosan himoyaga yordam berish bilan shug‘ullangan va juda kam hujum uyushtirishgan. Ammo bugun tayanch yarim himoyada ikki kishi, ya’ni Saul va Koke harakat qilsa, hujumchi ortida Lyorente va Ferreyra harakat qilishi aytib o‘tilgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:30, 17.03.2021. O'qildi: 4179 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик