Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

9 yil soyada. Yoxud nega endi Benzemani Madridda qadrlashmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020/21 yilgi mavsum Madridning "Real" jamoasi uchun biroz qiyin kechdi. Xususan, jarohatlar, kuchsiz jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ochko yo‘qotilishi kabi muammolar bilan o‘ralashib qolishdi. Lekin, keyinchalik o‘yinini yo‘lga qo‘yib olgan "qaymoqranglilar", yana avvalgi kabi La Liganing asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanib turibdi. "Real"ning qutqaruvchisi esa yosh iste’dod egasi emas, balki ko‘p tanqidlarga qoladigan - Benzema. Fransiyalik futbolchi ketma-ket uchrashuvlarda gol urib, Qirollik klubini turnir jadvalida kuchli uchlikda turishiga yordam berib kelmoqda. Lekin yana bir narsani ta’kidlashimiz kerakki, ushbu mavsum avvalida, ko‘pchilik mutaxasislar va muxlislar Benzemani "Real"ning birinchi raqamli futbolchilari qatoriga qo‘shmagan edi.

"Real Madrid" murabbiyi Zinedin Zidandan "keyingi yil "qaymoqranglilar" hujumida kim o‘ynaydi", degan savolga, "Bu Benzema bo‘ladi" - deya qisqa javob berdi. Fransuz mutaxasisi na Holand, Na Mbappe, Na Ronalduning ismini tilga oldi.

Bu ajablanadigan tomoni yo‘q. Portugaliyalik 7-raqam egasi, Madrid klubidan ketgandan so‘ng, aynan Karim jamoani oldinga tortib yurdi. Yaqinda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Ronaldu "Yuventus"dan ketishi va yana "Santyago Bernabeu" qahramoniga aylanishga tayyor, ammo ... nega? Benzema allaqachon bu vazifani uddaladi-ku.

Siz ham juda ko‘p pul evaziga, omadsiz futbolchilar bilan shartnoma imzolagan "Barselona"ning holati haqida bilsangiz kerak. Ammo "Real" ham Ronalduni sotishdan tushgan 87 milliondan shu kabi foydalanganmi?! Unda Ronaldu ketgandan so‘ng, "qaymoqranglilar" 400 million yevroni qanday sarfladi? Eden Azar nega shifoxonadan kasalxonadan kelmay qoldi. Birgalikda fransuz futbolchisicha gol urgan Beyl, Asensio, Vaskes, Dias, Rodrigo, Yovich, Edegor va Iskolarni ham eslaysiz. Faqatgina uelslik futbolchi Ronaldusiz yillarda, hujumchilar orasida bir mavsum ichida oltidan ko‘p gol urgan futbolchi.

Ammo bu davrlarda Benzema 78 ta gol urdi va hech qanday qiyinchiliksiz 2019 va 2020 yillarda "Real"ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Agar Serxio Ramos penaltini tepmaganida edi, bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lar edi!

Klubni Ronalduni tark etganidan so‘ng, fransuz futbolchisining statistikasi yanada yaxshilandi.  Qolaversa  Karim ham tez-tez sheriklariga muhim paslarni berib turdi. Ronaldu va Benzema birgalikda o‘tgan so‘nggi mavsumda, 56 gol urishgan edi. Shularni, 12tasini uchun Karimga 49 uchrashuv kerak bo‘lgan bo‘lsa, Roanldu 44 uchrashuvda 44 gol urishga erishga edi.

Benzema to‘qqiz yilni "Real" safida ikkinchi raqamli futbolchi sifatida o‘tkazgan edi. Ammo, bu holat uni La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 13-o‘rinni egallab olishiga to‘sqinlik qilmadi. Shuningdek, fransuz 70 gol bilan Chempionlar Ligasida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Agar Karim shu yillar davomida chetda o‘ynamaganida, uning gollari soni qancha bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Benzema o‘tgan mavsumda "Real"ga pandemiya sabab bo‘lgan tanaffusdan so‘ng, 11 o‘yinda 7 ta gol urib, chempionlik unvonini nishonlashda yordam berdi. Ramos ikkinchi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

2020/21 yilgi mavsumda 33 yoshli hujumchi shu yo‘nalishda davom etib, 24 o‘yinda 17 ta gol urishni uddaladi. Bu har qanday jamoadoshinikidan ko‘p.
Agar, ikki haftalar oldin "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda, hamshaharlarini ham mag‘lub etganda, chempionlikning 1-raqamli da’vogariga aylangan bo‘lardi. Ushbu uchrashuvda, "Real"ning asosiy tarkibining deyarli hammasida jarohat bor edi. Ammo, 10-aprel kuni bo‘ladigan "El-klassiko"da madridliklar g‘alaba qozonishni uddalashsa, ikkinchi o‘ringa chiqib olishni uddalashadi. Ammo, hozir Benzema nima bo‘lishidan qat’iy nazar oldinga intilmoqda. U mas’uliyatdan qo‘rqmaydi, ikkinchi qavatda har doim xavfli bo‘lib, kamdan-kam daqiqalarni behuda o‘tkazadi. Yaqinda u "Vanda Metropolitano"da kechgan derbida qilgan harakatlarini eslang! Tashqi ko‘rinishidan hech qanday tajavuzkorga o‘xshamagan hujumchi, qandaydir tarzda "Atletiko"ning 10 futbolchisidan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi! Tassavur qildingiz-a. Gap Yevropaning himoya jihatdan eng kuchli jamoasiga qarshi uchrashuvda, shunday harakat qilmoqda.

Bir hafta o‘tgach, Karim Elchega qarshi uchrashuvda ikki marta gol urishga erishdi. Birinchisini - bosh bilan, keyin esa - haqiqiy snayperlar kabi. Ta’riflashga til ojiz.

Har doimgidek (xuddi shu narsa Ronaldu bilan bo‘lgani kabi), Benzema mavsumning eng muhim pallasida o‘zini ko‘rsatishni boshladi. U "Real Madrid" ning so‘nggi beshta o‘yinining har birida gol urgan va uch haftalik jarohatdan so‘ng yana uchta gol urishga erishganini ham aytib o‘tishimiz zarur.

"Real Madrid"da qanday qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlar bo‘lishiga qaramay, Karim Benzema hamon Madridda qolmoqda. Garchi, oldin jamoaning haqiqiy lideri bo‘lmagan bo‘lsa-da, hozir unga nisbatan bu so‘zni ishlata olmaymiz.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:32, 31.03.2021. O'qildi: 5484 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик