Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xuan Sebastyan Veron: «Millionlar o‘yini, baribir biznes hisoblanadi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Argentinalik sobiq yarim himoyachi Xuan Sebastyan Veronning Italiyadagi faoliyati yorqin kechgan, ammo Angliyada omadsizlik yo‘liqqandi. U ayni payt Argentinaning «Estudiantes» (La-Plata) klubida prezident sifatida faoliyat olib bormoqda. Mazkur lavozimni 2014 yili egallagandi. Veron Four Four Two jurnaliga bergan intervyusida futbolchilik faoliyati va kelajakdagi rejalariga to‘xtalib o‘tdi. Quyida mazkur intervyuni qisqartirilgan holda e’tiboringizga havola etamiz.

- Sizni Yevropaga birinchi marta tajribali murabbiy Sven-Yoran Eriksson taklif qilgandi. Keyin esa u bilan «Lasio»da ishladingiz. Eriksson qo‘l ostida to‘p surish yoqqanmi?

- Albatta, u futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy. Eriksson menga imkoniyat taqdim etgan holda, men uchun oson bo‘lmagan davr, ya’ni italyan futboliga moslashishimda qo‘llab-quvvatladi. «Sampdoriya» bilan shartnoma imzolaganimda endigina 21 yoshga to‘lgandim. Unchalik tajribaga ega emasdim va italyanchani ham bilmasdim. Ammo Sven doimo menga ishonib, asosiy tarkibga qo‘shgan, xotirjam va qulay tarzda o‘yin namoyish etishim uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi.

- Roberto Manchini «Sampdoriya»da katta obro‘ga ega bo‘lgan. U futbolchilik faoliyatingizdagi eng talabchan jamoadoshingizmidi?

- Shubhasiz, Roberto shunday bo‘lgan va barchadan yuqorida turgan. U nafaqat sardor, balki boshqa futbolchilarning o‘yin saviyalari oshishi uchun namuna ham bo‘lgan. Manchini nafaqat, jamoadoshlari, balki o‘ziga nisbatan ham talabchan edi. Menimcha, bunday o‘yinchilar hozirgi futbolda juda kam. Vaqt o‘tishi bilan keyinchalik Manchini bilan «Inter»da birga faoliyat yuritdik, u murabbiy, men esa futbolchi sifatida. Robertoga u bilan yana bir marta faoliyat yuritishdan mamnun ekanligimni aytgandim.

- 1999|2000 yillar mavsumining so‘nggi kunida boshqa o‘yin natijasini kutish sizga qanchalik bosim yuklagandi? O‘shanda «Yuventus» mag‘lubiyatga uchrab, Rimdagi dastlabki mavsumingizdayoq sizga chempionlik unvonini taqdim etgandi...

- Bu mo‘’jizakor kun bo‘lgandi. O‘shanda asablarimizni tiyishga majbur bo‘lgandik. O‘sha kun bosim ostida o‘tib, muxlislar stadionda radio orqali raqiblarimizning o‘yinlari natijasini eshitib, kutib o‘tirishgandi. «Redjina»ga qarshi kechgan bahsni yakunlagandik («Lasio» 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi), ammo chempion bo‘ldikmi-yo‘qmi, bilish uchun yana 45 daqiqa kutishga majbur bo‘lgandik, boisi, «Yuventus»ning «Perudja» bilan bo‘layotgan o‘yini hali yakunlanmagandi. O‘sha bahs natijasini 10 daqiqadan ortiq vaqt davomida kutdik. O‘shanda barchamiz asabiy, jim edik, o‘zimiz uchun duo qilardik. Stadionga yig‘ilgan tomoshabinlar ham «keksa sinyora»ning o‘yini natijasini kutishardi, ovozkuchaytirgichlar o‘sha bahs sharhini translyasiya qilardi. Perudjada final hushtagi chalinganida, Rimda qanday muhit yuzaga kelganligini endi tasavvur qilavering («Perudja» «Yuventus»ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, yakunda «Lasio» 72 ochko to‘plagan holda, turinliklardan bir ochko ko‘p to‘plab, skudettoni qo‘lga kiritgandi)! Bu ajoyib, aqlbovar hodisa edi. Boisi, 99 foiz holatda turinliklar «Perudja»ni muammosiz mag‘lubiyatga uchratishlari kutilgandi. Menimcha, 1999|2000 yillar mavsumida «Lasio» chempionlik unvonini haqli tarzda qo‘lga kiritdi. Chunki o‘sha mavsumni biz Monakoda «MYU»ni mag‘lubiyatga uchratib, UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan holda boshladik va butun mavsum davomida chiroyli o‘yin namoyish etdik. O‘sha yutuq tufayli «Lasio» muxlislari tomonidan hanuzgacha katta e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lmoqdaman. Bundan ko‘proq narsaga erisholmasdim ham.

- Keyinchalik faoliyatingizni «Manchester Yunayted»da davom ettirdingiz. Bundan afsuslanasizmi?

- Yo‘q, hech qachon afsuslanmayman. «MYU» bilan shartnoma imzolashimga Italiyada pasportga bog‘liq janjalli vaziyat sabab bo‘ldi. O‘sha hodisadan so‘ng muhitni o‘zgartirish foydali bo‘ladi, deb o‘yladim. Ayblov mutloq hech qanday asosga ega bo‘lmasada, o‘zimni oqlashimga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda hattoki, futbol o‘ynashni davom ettira olishim yoki yo‘qligi borasida ham hech narsa bilmasdim. Garchi aybsiz bo‘lsangda, qo‘lingdan hech narsa kelmay, kimdir ushbu holatdan olib chiqib ketishini kutish judayam noqulay holat. Baxtimga, yonimda oilam bor edi va bu menga juda yordam berdi. O‘sha hodisa tufayli bosim ostida o‘ynash, uni yengishni o‘rgandim. 1998 yili meni doping sababli dis-kvalifikasiya qilishlari borasida mish-mishlar tarqaldi, 2002 yilda esa Angliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda meni atayin juda yomon o‘yin namoyish etganlikda ayblashdi. Qisqasi, futbolchilik faoliyatimdagi uchta shunday dahshatli holatlardan sharaf bilan chiqib ketishga erishdim. To‘g‘risini aytsam, boshlanishida Angliyada o‘ynash imkoniyatiga unchalik ham qiziqmadim, boisi, u yerdagi hayot tarzi men ko‘nikkan Lotin Amerikasinikidan ancha farq qilishini tasavvur qilgandim. Lekin faoliyatimni tumanli albionda davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldim. Yaxshi shakllangan, menga yordam berishga tayyor ko‘plab insonlar mavjud bo‘lgan bunday klubni topish oson emas. U yerda yuz bergan voqeliklar mening Angliya borasidagi fikrlarimni o‘zgartirib yubordi. Manchesterda ajoyib ikki yilni o‘tkazdim, Premyer-ligada chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldim. Haligacha «MYU»ning o‘sha tarkibida o‘ynagan ko‘plab yigitlar bilan do‘stona aloqalar saqlanib qolgan.

- «Qizil iblislar» tarkibidagi qaysi jamoadoshingiz sizda yaxshi taassurot qoldirgan?

- «MYU»dagi barcha sheriklarim bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish va ajoyib lahzalarni boshdan kechirish juda yoqimli edi. Lekin ulardan faqatgina bir nafarini tanlash kerak bo‘lsa, bu - so‘zsiz Pol Skoulz. Pol mohirligi bilan ajralib turardi. U to‘pni raqibdan juda chiroyli tarzda olib qo‘yish, hujum uyushtirishni juda yaxshi o‘zlashtirish bilan birga kuchli zarbaga ham ega edi. Bundan tashqari, aqlli bo‘lib, o‘yinni ajoyib tarzda o‘qiy olardi. Qisqasi, Polda futbolchiga kerakli bo‘lgan barcha xislatlar mujassam edi.

- «U haddan tashqari buyuk futbolchi, sizlar esa ahmoqsizlar». Mankuanliklar ustozi ser Aleks Fergyuson 2002 yili shunday so‘zlarni aytib, sizni himoya qilgandi. O‘shanda o‘zingizni qanday his qilgandingiz va u bilan munosabatlaringiz qanday bo‘lgandi?

- Fergyuson barchaga juda talabchan bo‘lgan. Uning aytganlarini bajara olmasangiz, o‘zingizga boshqa klubdan joy izlashingizga to‘g‘ri kelgan. Ser Aleks men bilan doimo ochiq-oydin gaplashardi. Shu bilan birga, «MYU»dagi ilk kunimdanoq meni qo‘llab-quvvatlagan, uni shuning uchun juda qadrlayman. U kutgan natijani qayd etolmagan paytlarim ham bo‘lgan, albatta. Mahoratimni ko‘plab uchrashuvlarda ko‘rsatolmaganman. Yuqori darajadagi futbolchi bo‘lishni istasangiz, barqaror o‘ynashingiz lozim. Lekin buni «Old Trafford»da namoyish etolmaganman.

- To‘g‘risini ayting, Fransiyada bo‘lib o‘tgan JCH-98 doirasidagi Argentina - Angliya o‘yinida Sol Kempbell terma jamoangiz darvozasiga gol urganida yuragingiz to‘xtab qolganmidi?

- O‘sha mundial futbolchilik faoliyatimdagi dastlabkisi edi. Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushganimda (1:0), 23 yoshda edim, mamlakatimiz madhiyasini tinglash menga o‘zgacha hissiyotlar taqdim etgandi. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Kempbell gol urgan vaziyatmi? O‘shanda bu dunyoni tark etishni xohlagandim! Atrofimda hech nimani - maydon chetida o‘yindan tashqari holatni qayd etib, bayroqchasini ko‘targan laynsmenni ham, golni inobatga olmagan referini ham ko‘rmasdim. Miyamda bir necha soniya ichida bir fikr aylanardi: biz mundialni tark etamiz. O‘sha payt shunchaki hushimni yo‘qotib qo‘ygandim va o‘zimga kelishni istardim. Argentina - Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin JCHlar tarixidagi eng yaxshi uchrashuvlardan biri bo‘lgandi. O‘shanda Bekxemning maydondan chetlatilishi terma jamoamizga katta ustunlik taqdim etgandi, deyolmayman. Boisi, uchrashuvning asosiy vaqtida biz g‘alaba qozona olmadik.

- Keyinchalik JCH-2010da Argentina terma jamoasiga buyuk Diyego Maradona ustozlik qilgandi. Uning tajribasini o‘zlashtirganmidingiz?

- 2010 yilgi mundial boshlanguniga qadar Maradona bilan munosabatlarimiz juda yaxshi edi va JCHdan keyin ham, u hattoki, meni zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazib qo‘yganida ham do‘stona aloqalarimiz saqlanib qoldi. O‘sha mundialda maydonga kam tushdim va imkoniyatim darajasida o‘ynay olmadim. Diyego Maradona haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u bizning avlod uchun buyuk o‘yinchi bo‘lgan. Diyegoning murabbiylik faoliyati esa boshqa masala. U 20 nafardan ortiq futbolchiga ustozlik qilgan, bu esa futbolchilikdan keskin farq qiladi. Bu jihatga e’tibor qaratmay, JCH-2010da munosib ishtirok etishga intildik (o‘sha mundialda Maradona boshchiligidagi argentinaliklar chorak finalda nemislarga 0:4 hisobida yutqazishgandi).

- «Estudiantes» prezidenti lavozimidagi siz uchun eng qiyin ish nima?

- Jamoani yaxshi ishlashga undash, natijaning ijobiy ko‘rinish olishini ta’minlash. Bu esa jiddiy o‘zgarishlar qilishni talab etadi. Boisi, ko‘plab iqtidorli futbolchilar faoliyatlari boshidayoq Yevropa klublariga transfer qilinishadi. Bizning holatimizda esa asosiy e’tibor futbol xaridlariga qaratiladi. Shu bois, barqaror jamoa shakllantirish oson emas. Garchi futbolga romantik jihatdan yondashsakda, millionlar o‘yini baribir biznes hisoblanadi.

- «Estudiantes» so‘nggi yillarda nima uchun qiyinchiliklarga duch keldi? Jamoa yana sov­rinlarni qo‘lga kiritishi uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?

- 2019 yili nihoyat, maydon maysasini ta’mirlashni yakunladik. Bu bir muncha vaqt davomida ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va «Estudiantes» prezidenti sifatida ushbu vazifani uddalaganimdan mamnunman. Argentina singari barqaror bo‘lmagan mamlakatda bunday ishlarni bajarish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladi. Jamoamiz infratuzilmasi uchun katta mablag‘ sarflagan bo‘lsakda, qarzimiz yo‘q. Ayni paytda esa jamoaning avvalgi mavqeini tiklab, turnir jadvalida yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qilyapmiz. Garchi buni amalga oshirish qiyin bo‘lsada, yaqin yillar ichida peshqadamlar orasidan o‘rin olamiz, degan umiddaman.

U.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 06.04.2021. O'qildi: 4992 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.