Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10020 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3102 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birinchi davradagi yirik mag‘lubiyat alamini olish uchun imkoniyat keldimi? Yoxud Angliyada futbol kuni. "Tottenxem" o‘z uyida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Odatda Yevropa maydonlarida Shanba va Yakshanba futbol kuni hisoblanadi. O‘sha kunlarda yashil qit’ada ichki chempionatlar doirasidagi qiziqarli uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bugun ham shu kabi bahslardan biri Angliya Premer ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Mavsumni ancha yaxshi boshlab, keyinchalik omadsizliklar girdobiga tushib qolgan "Tottenxem" o‘z maydonida azaliy raqibi "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Hozir esa biz sizlar bilan mazkur bahs haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.

Ushbu mavsumda Manchester shahrining ikki jamoasiga ham, APLda ancha omad kulib boqmoqda. Hozirgi kungacha 32 marta o‘yin o‘tkazgan "Sit" jadvalda 74 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, hamshahari "Yunayted" ikki uchrashuv kam o‘tkazib, 60 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. Ancha payt jadvalda 3-pog‘onada yurgan "Manchester Yunayted" ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi va asosiy raqibi "Lester"ning omadsiz uchrashuvlaridan foydalanib qolib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda "qizil iblislar"ning deyarli har bir chizig‘i optimal holatda. Ayniqsa, "mankunianlar"ning himoya chizig‘ini ta’kidlab o‘tish zarur. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari oxirgi 5 uchrashuvda atigi 1ta gol o‘tkazib yuborishdi. Shuningdek, "Manchester Yunayted" jamoasi ikki frontda kurash olib bormoqda. Garchi, Angliya Premer ligasidagi chempionlik kurashidan biroz uzoqroq bo‘lsa-da, Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lishi uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Mazkur hafta o‘rtalarida "qizil iblislar" Yevropa klublari o‘rtasidagi ikkinchi darajali musobaqa chorak final uchrashuvlari doirasidagi o‘yinda, safarda Ispaniyaning "Granada" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Sulsher va uning jamoasi oldiga Yevropa Ligasi chempionligini asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Shuningdek, APLdagi ikkinchi o‘rnini saqlab qolish uchun, hamda birinchi davradagi yirik 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olish uchub ham "makunianlar" bugungi bahsda "Tottenxem" ustidan g‘alaba qozonishi talab etiladi.


Avval aytganimizdek, ushbu mavsumning ikkinchi davrasi "Tottenxem" uchun biroz omadsiz kechmoqda. Jamoa yangi yildan keyin, saviya jihatdan pastroq bo‘lgan jamoalardan ham mag‘lubiyatga uchradi. Garchi "shporlar" so‘nggi beshta uchrashuvda uchta g‘alabaga erishishgan bo‘lsa ham, hozircha Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlardan birini qo‘lga kiritishi so‘roq ostida. Ayni paytda APL jadvalida kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun, birdaniga Joze shogirdlaridan tashqari 3ta jamoa kurashmoqda. Umuman olganda, agar, "Manchetser Siti" 74 ochko bilan birinchi o‘rindaligini hisobga olmasak, 2- o‘rin uchun 6-pog‘onadagi "Vest Xem"da ham imkoniyat bor. Shu kungacha bo‘lgan natijalardan keyin, "shporlar" 30 uchrashuvdan keyin, 49 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan. Mourinyo jamoasini Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan 5 ochko ajratib turibdi. Agarda, bugun ham birinchi davradagi o‘yinini takrorlab, "qizil iblislar" ustidan muvaffaqiyat qozonsa, ushbu o‘rinlardan uzoqlashib ketmaydi. Lekin, mag‘lub bo‘lishsa, keyingi yil ham Yevropa Ligasida harakat qilishi mumkin.

"Tottenxem"

Bir jamoani qabul qilib, uni umuman boshqacha ko‘rinishda tuzib chiqish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Joze Mourinyo ham ayni paytda shu ishni bajarmoqda. Ko‘pincha, tanqid va omadsizlik bosimi ostida o‘z prinsiplarini o‘zgartirmaslik uchun murabbiylarga chidamlilik kerak. Ammo, hamma ham bunga dosh berolmaydi. Hatto eng tanqidiy vaziyatda ham tajribali va dono mutaxassis o‘z qo‘l ostidagi xodimlarini jamoat oldida ayblamaydi. Mourinyo tajribali, aqlli va mukofotga sazovor bo‘lgan murabbiylardan biridir. Ammo uni dono deb atash mumkin emas. Chunki, portugaliyalik mutaxasis "shporlar" muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, aybni o‘zidan emas, balki qo‘l ostidagilardan qidirmoqda. Bu esa ichki ziddiyatni keltirib chiqarishi va jamoani tez orada ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
"Nyukasl" bilan o‘yindan so‘ng, Joze o‘z jamoasining himoyachilarini tanqid qilishdi. Mourinyo futbolchilar o‘z vazifalarini uddalay olmadilar, bu esa "Tottenxem"ni uch ochkodan mosuvo qildi degan fikrlarni aytib o‘tdi. Garchi, portugaliyalikning ushbu gapi OAV nashrlarida rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘pgina ingliz saytlari ushbu fikrlar Jozega tegishliligi haqida aytib o‘tdi. The Telegraph nashrining yozishicha, "shporlar" yechinish xonasida ko‘pchilik futbolchilar mutaxasisning ushbu gaplaridan norozi bo‘lishgan. Futbol atrodida yurgan shaxslar bilishadiki, o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlashsiz biror natijaga erishish qiyin. Ammo, murabbiy ushbu holatni tushunmayapti, yoki tushunishni xohlamayapti.
So‘ngi uchrashuvlarda "Tottenxem" uchun uchrashuvning ikkinchi taymi biroz omadsiz kechmoqda. O‘tgan turda ham, "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda "shporlar" tanaffusga chiqib ketishdan oldin, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishgan edi. Ammo, ikkinchi bo‘limda ustunlikni saqlab qola olmadi. Uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganda, o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Bu holat londonliklar bilan birinchi marta sodiir bo‘lgani yo‘q. APLning oldingi uchrashuvlarida ham, shu kabi natijalar bo‘lgan edi. Opta nashri statistikasiga ko‘ra, "Tottenxem" tanaffusgacha yetakchilik qilgan oltita uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. Agarda, ushbu bahslarning ikkinchi taymida ham g‘alaba qozonganda edi, jamoa hozirda kamida ikkinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lishi mumkin edi. Bundan tashqari, Joze Mourinyo jamoasi o‘yin davomida hisobda oldinda yurib, keyinchalik ochko yo‘qotish bo‘yicha, antirekord qayd etgan (15 ochko).
"Tottenxem"ning himoyasi haqiqatan ham tanqidga loyiq o‘yin namoyish etmoqda. Agarda, bugun ham Joze va "Tottenxem" omadsizlikka uchrasa, murabbiy kursisi qimirlab qolishi tayin. Chunki, ular na APLda, na Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishdi. Garchi, Angliya Liga kubogida finalga chiqqan bo‘lsa-da, kubokni qo‘lga kiritishi so‘roq ostida. Negaki, "shporlar"ning finaldagi raqibi - qudratli "Manchester Siti". Bugungi bahsni "Tottenxem" tarkibidan Ben Devis va Mett Doerti o‘tkazib yuboradi. Mazkur ikki futbolchi ham londonliklarning ajralmas futbolchisi emasligini hisobga olsak, Mourinyo uchun katta muammo tug‘dirmasa kerak.

"Manchester Yunayted"

"Manchester Yunayted" jamoasi "Tottenxem"ning to‘liq teskarisi. Yuqorida biz Joze Mourinyo jamoasining o‘yinlar davomida ustunlikni saqlab qolish qobiliyati haqida gaplashdik. "Manchester Yunayted" uchun bundanda yaxshi ssenariy yo‘q. Statistikalar shuni ko‘rsatadiki, "qizil iblislar" biror bir taymni ustunlik bilan yakunlasa, ushbu hisobni ushlab qolishga harakat qilishadi va buni ko‘p marta uddalashgan ham.
"Mankunianlar" uchrashuvlar davomida hisobda yutqazib borayotib, qolgan daqiqalarda muvozanatni o‘zi tomonga og‘dirib olgan o‘yinlarda, 25 ochko to‘plashdi. Bu Premer-liganing joriy liga mavsumidagi boshqa barcha klublariga qaraganda ko‘proq. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaqin - "Lester" (16 ochko). Bu holat so‘nggi turda ham ro‘y berdi. "Manchester Yunayted" "Brayton" ustidan irodali g‘alabaga erishganida sodir bo‘lgan (2:1). Statistikalar shuni ko‘rsatadiki, "Tottenxem" birinchi bo‘lib gol urmaslik o‘zi uchun yaxshiroqdir.

Sulsher Reshford va Shouning tiklanishini kutmoqda. Norvegiyalik mutaxassis natijalarga erishish zarurligini haqida oxirgi uchrashuvlarda juda ko‘p ta’kidlamoqda. Shuning uchun, murabbiy futbolchilarining sog‘lig‘ini saqlashga ham undamoqda. Yaqinda ushbu mavzu Markus Reshfordga nisbatan ayniqsa dolzarb bo‘lib qoldi. Hujumchi "Lester"ga qarshi Angliya kubogi doirasidagi uchrashuvni jiddiy jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Bu esa jamoasining o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazdi va ushbu uchrashuvda "qizil iblislar" mag‘lubiyatga uchrashdi.
Ammo jarohatini tiklagandan keyin esa futbolchi yana avvalgi kabi o‘yin namoyish etishni boshladi. Markus oldingi ikki uchrashuvda samarali harakatlari bilan qolganlardan ajralib turdi. Hujumchi 72 daqiqada "Brayton"ni, 66 daqiqada "Granada" darvozasini ishg‘ol qildi. Umuman, "Manchester Yunayted" hujumchisi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 20 ta gol urishga erishdi. Ueyn Rundan keyin "qizil iblislar" tarkibida hech kim bu ko‘rsatkichga erisha olmagan edi.
Sulsher, shuningdek, "Granada" bilan o‘yinda, birinchi bo‘limda o‘ynagan Lyuk Shouni juda qadrlaydi. Norvegiyalik mutaxasis boshlang‘ich tarkib va ​​almashtirishlar to‘g‘risida qaror qabul qilishda nafaqat taktik holatlarni, balki qolgan futbolchilarini mavsum oxirigacha jangovar holatda saqlashni ham hisobga olmoqda. Qolaversa, Shou va Reshford "Tottenxem" bilan uchrashuvgacha optimal holatda saqlash ham talab etilar edi. Shuningdek, bugungi bahsni "Manchester Yunayted" tarkibidan Erik Bayi, Fil Jones va Antoni Marsyal o‘tkazib yuboradi.

Ehtimoliy tarkiblar.

"Tottenxem" (4-2-3-1): Lyoris, Regilon, Rodon, Sanches, Tangana, Xeybyerg, Lo Chelso, Son, Ndombele, Beyl, Keyn.

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): Xenderson, Van Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Shou, Pogba, Fred, Grinvud, Fernandesh, Reshford, Kavani.

 

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi uchrashuv har doim qiziqarli o‘tadi. Bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Chunki, Mourinyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan bo‘lsa, "mankunianlar" ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashib olish uchun harakat qilishmoqda. Qolaversa, Sulsher shogirdlarida birinchi davradagi mag‘lubiyat alami hali ham ketganicha yo‘q. Shu sabab ushbu uchrashuvni ko‘tarinki ruhda o‘tishiga shubha yo‘q. Mazkur bahs, Toshkent vaqti bilan bugun 20:30da boshlanadi.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:52, 11.04.2021. O'qildi: 2820 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.