Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba.

  • CAFA Nation's Cup
      • 05.09.2025 17:00
      • Turkmaniston
      • 1:2
      • O'mon
      • 05.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • 4:0
      • Qirg‘iziston
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 O'mon 3 7
2 O‘zbekiston 3 7
3 Turkmaniston 3 1
4 Qirg‘iziston 3 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 3 7
2 Hindiston 3 4
3 Tojikiston 3 4
4 Afg‘oniston 3 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Afg‘oniston 0-0 Hindiston
3-тур Tojikiston 2-2 Eron
3-тур Turkmaniston 1-2 O'mon
3-тур O‘zbekiston 4-0 Qirg‘iziston

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3458 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1401 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 06.09.2025

      05:30 "Всё о главном". Дмитрий Вязьмикин.
      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Колумбия - Боливия.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Уругвай - Перу.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Бразилия - Чили.
      13:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Аргентина - Венесуэла.
      17:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор.
      19:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Колумбия - Боливия.
      21:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Уругвай - Перу.
      23:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Бразилия - Чили.
      01:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      02:05 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор.
      04:05 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Колумбия - Боливия.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 06.09.2025

      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 Московские экстремальные игры 2025.
      10:20 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
      12:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      12:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета. Прямая трансляция.
      14:15 "Небесная грация".
      14:35 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Одиночная эстафета. Прямая трансляция.
      16:15 "Культовые".
      16:45 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
      19:40 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      21:15 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      22:00 "Тайны звёзд спорта".
      22:30 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
      00:15 "Культовые".
      00:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
      02:35 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Одиночная эстафета.
      04:20 "Сюрпляс".
      04:45 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
  • MATCH-TV
    • Sana: 06.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 35" в Бангкоке, Таиланд. Ибрагим Дауев против Акбара Абдуллаева, Дмитрий Ковтун против Рамболека. Прямая трансляция.
      09:30 Новости.
      09:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Век нашего спорта". "Лидия Скобликова. Уральская молния".
      12:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета. Прямая трансляция.
      14:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Одиночная эстафета. Прямая трансляция.
      16:15 Новости.
      16:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:30 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. ЦСКА (Москва) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      20:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Футбол. Winline Суперсерия. "Зенит" (Россия) - "Сьон" (Швейцария). Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Париже, Франция. Нассурдин Имавов против Кайо Борральо. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      04:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 06.09.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 13. Кабесон-де-ла-Саль - вершина Англиру.
      08:30 Теннис. US Open. Мужчины. 1/2 финала.
      10:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 13. Кабесон-де-ла-Саль - вершина Англиру.
      12:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 8 эп.
      12:30 Теннис. US Open. Мужчины. 1/2 финала.
      13:15 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 14. Авилес - вершина Ла-Фаррапона. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Теннис. US Open. Мужчины. Пары. Финал. Прямая трансляция.
      20:30 Теннис. US Open. Женщины. 1/2 финала.
      21:30 LIVE Теннис. US Open. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      00:45 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 14. Авилес - вершина Ла-Фаррапона.
      03:00 Теннис. US Open. Мужчины. Пары. Финал.
      04:30 Теннис. US Open. Женщины. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

20 yoshgacha transferlar bozorini "portlatgan" futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Deyarli dunyodagi barcha katta klublar istiqbolli va yosh futbolchilarni transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rishadi. Xuddi, ayni paytda norvegiyalik Erling Holandga "Real", "Barsa", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" kabi jamoalar kurash olib borayotganidek. Hozir hammaga ma’lum bo‘lganidek, bu faqat bitta misol. Skautlar doimiy ravishda yulduzga aylanishi mumkin bo‘lgan yosh iste’dodlarni izlaydi va biror kuchliroq klublarga pullashga harakat qilishadi. Chunki, o‘sha futbolchilar vaqti kelsa, o‘z o‘yini tufayli nafaqat jamoasiga, balki o‘sha futbol agentiga ham katta foyda olib kelishi mumkin. Hozir esa biz sizlar bilan yoshligida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, keyinchalik 20 yoshigacha top klublarga, katta pul evaziga ko‘chib o‘tgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Demak, 20 yoshigacha boshqa jamoa safiga ko‘chib o‘tgan eng qimmat 7ta transfer.

Fabio Silva - Portugaliya (18 yoshida 40 million yevro evaziga)

Silva atigi bir necha yil oldin "Portu"dan "Vulverxemton"ga 40 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Ko‘rinishidan, Nunu Espirito Santush hamyurtiga haddan tashqari ishongan. Fabio "ajdarlar" asosiy tarkibida atigi 1 mavsumni o‘tkazdi. Yosh portugaliyalik "Portu" tarkibida 12ta o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi. Shu bilan birga, "bo‘rilar" ga o‘tishdan oldin hujumchi allaqachon Portugaliya U-19 terma jamoasi safida 5 ta jang o‘tkazgan va 3 ta gol urgan edi.

Ochig‘ini aytganda, Silva "Vulverxemton" bilan shartnoma imzolamaguncha, uni ko‘plab futbol muxlislari tanimas edi. "Bo‘rilar" o‘zlarining tarixidagi transfer rekordini o‘rnatib, 18 yoshli hujumchi bilan imzoladilar. Chunki, o‘zining APLdagi birinchi mavsumda 17 ta gol urgan Raul Ximenes uchun vulverxemtonliklar atigi 2 million yevro atrofida pul to‘lashgan edi. Albatta, hech kim Silvadan bunday ishlashni darhol kutmaydi, ammo yigitcha haligacha Premer ligada o‘zini ko‘rsatganicha yo‘q. Fabio hozirgacha Angliya chempionatida 25 bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga bor yo‘g‘i 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Lekin, portugaliyalikning hali endigina 19 yosh ekanligini hisobga olsak, Silvaning yulduzli onlari oldindaligini taxmin qilishimiz mumkin.

Vinisius Junior - Braziliya (18 yoshida 45 million yevro evaziga)


Bundan uch yillar muqaddam "Real Madrid" 18 yoshli umidli vinger uchun Braziliyaning "Flamengo" klubiga 45 million yevro to‘lagan. Shundan so‘ng, 2018/19 yilgi mavsumdan Vinisius "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibiga jalb qilina boshladi. Umuman olganda, braziliyalik iqtidor La ligada ancha yaxshi harakat qildi. Madriddagi birinchi mavsumida Junior "Qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 31ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol va 12ta golli pas berdi. Yangilar, ayniqsa yosh futbolchi uchun bu juda yaxshi ko‘rsatkich.
21 yoshida Vinisius "Real" asosiy tarkibida La liga doirasida hozirgacha 77 ta o‘yin o‘tkazgan va 8 ta gol yozdirib qo‘ygan. Qolaversa, Ispaniya kubogi, shuningdek, Chempionlar Ligasida ham o‘yinlar o‘tkazib ketma-ket gollar urishga erishgan. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchi hali ham asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqda. Sababi, Zinedin Zidan har doim ham yosh qanot hujumchisiga ishonavermaydi. O‘tgan yilida futbolchi o‘rtacha mavsumning yarmidan biroz ko‘proqrog‘ini maydonda o‘tkazdi, bu albatta uni juda xursand qilmadi. Vinisiusning maydonga tushish uchun jiddiy raqibi bor - Marko Asensio, ammo hozir Zidan ikki futbolchini ham maydonga bir vaqtda tushurmoqda, ya’ni pozisiyalarni o‘zgartirgan holda.

Rodrigo - Braziliya (19 yoshida 45 million yevro evaziga)

Madridliklar o‘z transfer siyosatiga amal qilgan holda, 2019 yilda yana bir umidli braziliyalikka e’tibor qaratdi. Bu "Santos" vingeri Rodrigo edi. Natijada, "qaymoqranglilar" 18 yoshli futbolchining transferini o‘sha yilning iyul oyida 45 million yevroga rasmiylashtirdi. O‘sha vaqtga kelib, futbolchida Braziliya klubi safidagi 49 ta uchrashuvda, 10 ta gol va 5 ta golli pas bor edi. "Qirollik klubi" yosh hujumning ikkala qanotida ham, markaziy hujumchi pozisiyasida ham o‘ynashi mumkinligiga qiziqishgan edi.

Rodrigo "Real"dagi birinchi mavsumi yaxshi o‘tdi. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol va 3ta golli pas oshirgan. Hozirda futbolchi uchun eng yaxshi ko‘rsatkich - Chempionlar Ligasida "Galatasaroy"ga qarshi o‘yin bo‘lib qolmoqda. Futbolchi mazkur bahsda xet-trik qayd etgan va golli pas bergan edi. Hozircha Rodrigo maydonda unchalik ko‘p o‘ynamagan, ammo Lukas Vaskes jamoadan ketishi bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin. Chunki, ispaniyalik futbolchi braziliyalik iqtidor egasining asosiy raqibi hisoblanadi. Agar klub Vaskes bilan hech qanday shartnomasini uzaytirmasa, Rodrigoda ko‘proq imkoniyatlar bo‘lishi aniq.

Antoni Marsyal - Fransiya (19 yoshida 60 million yevro evaziga)

2014/15 yilgi mavsumda Marsyal "Monako"da samarali harakatlar qildi. O‘sha yili 19 yoshli hujumchi fransuz klubi safida 48ta o‘yinda 12ta gol urgan va 5ta golli pas bergan ed. Ushbu holat "Manchester Yunayted" rahbariyati e’tiboridan chetda qolmadi va futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakatni boshlab yuborishdi. Natijada "mankunianlar" o‘sha mavsum oxirida futbolchining transferini rasmiylashtirdilar. "Monako" Marsyal transferida katta pul ishlab oldi. Chunki, klub hujumchini "Lion"dan 2 yil avval 5 million yevroga sotib olgan edi va keyin uni inglizlarga 60 millionga sotib yuborishdi.
Tumanli Albiondagi birinchi mavsumidayoq Marsyal 11 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi. Ammo bundan keyin fransuz futbolchisining ko‘rsatkichi pasayib ketdi va shu bilan birga uning o‘ynash vaqti ham nisbatan kamaydi. Faqat 2019/20 yilgi mavsumda futbolchi jonlana boshladi. Forvard APLning 32 o‘yinida 17 gol urdi va 7 golga uzatma berdi. Joriy yilda ham Marsyaldan barqaror o‘yin kutishgan edi, lekin jarohatlar bilan bog‘liq muammoga o‘ralashib qolgan futbolchi 22 o‘yinda,4 gol urishga erishdi.

Mattias de Ligt (19 yoshida 85 million yevro evaziga)

2019 yil iyul oyida "Yuventus" 19 yoshli himoyachi uchun "Ayaks"ga 85 million yevro to‘lagan. Bir oy o‘tgach, de Ligt 20 yoshga to‘lganida esa,  allaqachon A Seriyada o‘ynashni boshlagan edi. Klublar odatda bunday katta pulni to‘laydilar. Faqatgina istisno futbolchilar uchun, shuning uchun de Ligtning Turin klubiga o‘tishi ko‘plab rezonanslarni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, "keksa sinyora"ning noto‘g‘ri qarori deb atash mumkin emas edi. Chunki, 19 yoshli futbolchi "Ayaks" tarkibida 117 uchrashuv o‘tkazgan va jamoa sardori bo‘lgan. Futbolchining "Yuventus" klubiga olib kelinishidan maqsad, u Jorjiyo Kyellinining o‘rnini egallashi kerak edi.

De Ligt darhol "Yuventus"ning asosiy o‘yinchisiga aylandi, chunki Kyellini jiddiy jarohat oldi va uzoq vaqt davomida maydonga tusha olmadi. Dastlabki, bir necha oy gollandiyalikka qiyin bo‘ldi. Yosh himoyachi muntazam ravishda xato qilar, muxlislar va OAV tomonidan tanqid qilinar edi. "Keksa sinyora"ning o‘sha paytdagi murabbiyi Maurisio Sarri ochiqchasiga aytgan edi, agar Kyellini safda bo‘lsa, de Ligt har bir o‘yinda maydonga tushmasdi. Ammo yigit o‘tish davriga qat’iy qarshilik ko‘rsatdi. Chunki, mavsum oxiriga kelib, Mattias yelkasidan jarohat olganida, uning yo‘qligi allaqachon jamoa uchun katta yo‘qotish deb nomlangan edi. Shundan ko‘rinib turibdiki, futbolchi hozir ham jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.


Joau Feliks (19 yoshida 126 million yevro evaziga)

Feliksning "Atletiko"ga o‘tishi hatto Antuan Grizmanning o‘sha klubdan ketishi haqida xabarlar chiqishiga ham olib kelgan edi. "Matraschilar" "Benfika"ning asosiy tarkibida atigi 1 mavsumni o‘tkazgan 19 yoshli hujumchi uchun 126 million yevro to‘lashdi. Yosh futbolchi "burgutlar" tarkibida chindan ham ajoyib o‘ynadi. Masalan, 2018/19 yilgi mavsumda hujumchi Lissabon klubi tarkibida 43 o‘yinda 20 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi. Aynan, shu holat uni "Atletiko"ning diqqatini o‘ziga tortdishiga sabab bo‘ldi.
Ammo Feliks uchun Madriddagi birinchi mavsumni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Birinchidan, portugaliyalikka "matraschilar" o‘yiniga qo‘shilib ketishi qiyin kechdi. Ikkinchidan, uni doimo jarohatlar ta’qib qilib kelgan. Natijada Feliks butun mavsum davomida 36 o‘yinda atigi 9 ta gol urdi, bu markaziy hujumchi uchun yaxshi ko‘rsatkich emas. Yosh hujumchi 2020/21 yilgi mavsumda yaxshiroq ishlashi kerak edi. Ammo, joriy yilda ham ishonchli harakat qilmayapti. Shuningdek, ushbu mavsum boshida portugaliyalikka Luis Suaresni sherik qilib olishadi va bu Joau uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki, tajribali Suaresdan Feliks ko‘p narsani o‘rganishi mumkin.


Kilian Mbappe (18 yoshligida; 145 million yevro evaziga)

"PSJ" yuqori darajadagi kelishuvlarni tuzishni yaxshi ko‘radi. Neymar uchun rekord darajadagi 222 million yevro sarflaganidan bir yil o‘tib, parijliklar 18 yoshli hujumchi Mbappe uchun "Monako"ga 145 million yevro to‘lashdi. "PSJ"ning yosh fransuzga qiziqishi tushunarli edi. Mbappe o‘zini Liga 1 da ham, Yevropa musobaqalarida ham ajoyib tarzda namoyish etgan edi. Yosh hujumchi muntazam ravishda Fransiya chempionatida gol urib keldi. Qolaversa, "Monako"ga Chempionlar Ligasida "Bavariya" va "Manchester Siti"ni mag‘lub etishiga yordam berdi.

Mbappeni sotib olish to‘liq samara berdi. Birinchi mavsumdayoq Kilian barcha musobaqalarda "PSJ" tarkibida 39 ta gol urdi. Forvard Franchiya ichki chempionatining deyarli barcha o‘yinlarida gol urgan va Chempionlar Ligasida o‘z jamoasiga muntazam ravishda jamoasiga yordam berib kelmoqda. O‘tgan mavsum oxirigacha, hujumchi parijliklar safida 91 ta gol urdi va 51 ta golli pas berdi. Joriy yilda ham ushbu samaradorlikni davom ettirmoqda. Hozirgacha, Liga 1 musobaqasida 27 uchrashuvda, 21 gol urishga erishgan. Chempionlar Ligasida ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotgan Mbappe 8 o‘yinda maydonga tushib, 8 marta raqiblar posbonini ranjitishga erishgan. Hozircha "PSJ" futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqda. Ammo Kilian ertami-kechmi Parij jamoasidan ketishini hamma tushunadi.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:06, 12.04.2021. O'qildi: 4230 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Эрон Amirhussayn Hussaynzoda 3
2 Ўзбекистон Igor Sergeev 3
3 Ўмон Issam al-Sabhiy 2
4 Тожикистон Shahrom Samiyev 2
5 Эрон Muhammadmehdiy Muhibiy 1
6 Тожикистон Zoir Jo‘raboyev 1
7 Ўзбекистон Hojimat Erkinov 1
8 Ўмон Nosir ar-Rovahiy 1
9 Туркманистон Arzuvguli Saparguliyev 1
10 Ўмон Muhsin al-G‘assoniy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.