Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • 1:1
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 0:0
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir jamoada ikkita birinchi raqamli bo‘lishi kerak emas. Yoxud Xenderson va De Xea: Sulsher kimni tanlaydi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher va klub o‘rtasidagi shartnoma 2022 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Ammo, Britaniya OAV tomonlar o‘rtasidagi kelishuvni uzaytirish deyarli hal qilingan masala ekanligini haqida bir necha bor yozgan edi. Demak, norvegiyalik o‘z o‘rnida qoladi va raqobatbardosh jamoani yaratish ustida ishlashni davom ettiradi. Yaqin kelajakda Sulsherni hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy savollardan biri jamoaning birinchi raqamli darvozaboni kim bo‘lishi haqida. Bu joy uchun Devid De Xea va Din Xenderson o‘rtasida kurash ketmoqda. Keling, hozir biz sizlar bilan murabbiy va klub rahbariyati ushbu o‘ringa kim loyiqligini aniqlashda, qanday jihatlarga e’tibor berishi haqida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Moliyaviy holat

Koronavirus pandemiyasi sharoitida barcha klublar ba’zi masalalarni hal qilishda moliyaviy jihatlarga ko‘proq e’tibor berishlari kerak edi. "Manchester Yunayted" ham bundan mustasno emaslar. "Mankunianlar" rahbariyati pandemiya paytida kattaroq summada qarz olishdi. Ba’zi manbalarning takidlashicha, klub hali pulni yaqin orada to‘lay olmaydilar. Bundan tashqari, bugungi kunga kelib, klubning qarzi yana 16 foizga o‘sdi va hozirda 455 million funt sterlingni tashkil qilmoqda. Bu "Manchester Yunayted" transfer bozorida xaridlarini davom ettirishni rejalashtirayotganini inobatga olgan holda, shuni aytishimiz mumkinki, bu ko‘rsatgich yanada o‘sishi ehtimoldan yiroq emas. Bu shuni anglatadiki, rahbariyat ba’zi o‘yinchilar bilan xayrlashishi, yoki vaqtincha yangi transferlarni amalga oshirmay turishlari kerak. Shu bilan birga yana bir muammo klub darvozaboni - De Xea. Ispaniyalik kiper jamoadagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Yana 2 yilga mo‘ljallangan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, darvozabon haftasiga 350 ming funt oladi. Hozirgi sharoitda bitta o‘yinchi uchun bunday maosh klub uchun katta qiyinchilik tug‘diradi.

2020 yil avgust oyida "Sheffild Yunayted" jamoasi safidan ijarada o‘ynayotgan Xenderson qaytib, "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi. Ko‘pchilik bu qarorni g‘alati deb hisoblashdi, chunki De Xea Sulsherning so‘zsiz ishongan darvozaboni hisoblanar edi. Ammo, ehtimol, Din o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishini bilgan. Prinsipial jihatdan bu noto‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin. Ammo, boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, ushbu shartnoma ko‘p narsaga aniqlik kiritib beradi. "Manchester Yunayted" o‘z tarbiyalanuvchisiga qancha pul to‘lashi noma’lum, ammo ispaniyalikdan bir necha baravar kamligi aniq. Negaki, De Xea dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan darvozabonlardan biri hisoblanadi. Din bilan imzolangan shartnoma, Sulsher uchun ham, "qizil iblislar" rahbariyati uchun ham to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi. Birinchidan, angliyalik darvozabon o‘zi tushgan uchrashuvlarda ishonchli harakat qilib, klubiga yordam beraayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan moliyaviy jihatdan yaxshi holat.

De Xea Garet Beyldan keyin eng ko‘p maosh oladigan APL futbolchisi. Barcha bonuslari bilan futbolchi yiliga 20 million funtdan ko‘proq maosh oladi. Shuncha pulga arziydimi yoki yo‘qmi, bu "Manchester Yunayted" a’zolari bilishadi. Britaniya OAV tobora ko‘proq klub rahbarlari ispaniyalikni sotishga moyilligini yozishmoqda. Ular nafaqat futbolchining maoshidan tejashni, balki uning transferidan 40-50 million funt ishlab olishni ham xohlashadi. Lekin, bu juda katta mablag‘ va kimdir ushbu summaga ispaniyalik darvozabonni sotib olishi qiyin.
Ba’zi manbalarda keltirilishicha, "mankunianlar" posbonni boshqa klubga ijaraga berishmoqchi. De Xeaning o‘zi ham vaqtincha jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas, lekin hozirda ushbu holatga ham jiddiy taklif bilan chiqqan klub nomi e’lon qilinmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati David bilan o‘rtadagi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga ham tayyor. Hatto bandlarda ko‘rsatib qo‘yilganidek, kelishuvni muddatidan oldin buzganligi uchun tovon ham to‘lashga tayyor. Ammo, yakuniy qarorni Sulsher qabul qiladi. Hozircha, norvegiyalik mutaxasis bu haqida chuqur o‘ylamoqda.

Tajriba

Tajriba borasida, De Xea raqibiga qaraganda ancha kuchliroq. Ispaniyalik deyarli 10 yildan buyon "Manchester Yunayted" darvozasini himoya qilmoqda va hatto bir marta Premer ligada g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Davidning yoshi hozirda, 30 da va bu darvozabonlar uchun normal ko‘rsatgich hisoblanadi. Ko‘plab mutaxassislar De Xea va Xendersonni taqqoslab, angliyalik posbonni tajribasi kamligini ta’kidlaydilar. Ammo bunga boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, ushbu holat unchalik to‘g‘ri emas. Chunki, o‘tgan mavsumda Din Chempionshipdan Premer ligaga o‘tgan "Sheffild"ning asosiy darvozaboni edi.

So‘nggi Premer liga mavsumida Xenderson har bir o‘yinda o‘rtacha 0,83 gol o‘tkazib yubordi. Bu ispaniyalik so‘nggi 3 mavsumda o‘tkazib yuborganidan kamroq. Masalan, "Sheffild" tarkibida o‘ynab yurgan paytda, "Arsenal", "Vulverxemton" va "Chelsi"ga qarshi o‘yinlarda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.
Xenderson ushbu mavsumda barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 12 marta o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi. De Xea hisobiga 29 ta uchrashuv, shundan 10 tasi quruq bahs bo‘lgan. Shuningdek, boshqa tomondan ham taqqoslab ko‘radigan dalillar mavjud. Xenderson ushbu mavsumda 90 daqiqada o‘rtacha 86,36% seyv qilgan bo‘lsa, De Xea bu ko‘rsatkich 65,48% ga teng. Ispaniyalik futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 1,23 ta gol o‘tkazmoqda, ingliz esa 0,55 ta. Xendersonning 90 da gol o‘tqazmaslik ehtimoli 0,13, De Xea esa bu ko‘rsatkich minus 0,13. O‘tgan mavsumda Din ushbu natija bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi beshta darvozabonidan biri bo‘lgan.

Natijalar

Agar De Xea eski dunyodagi eng tajribali darvozabonlardan biri bo‘lsa, Xenderson eng istiqbolli kishilardan biri. "Sheffild" safidan qaytgandan keyin, Dinda kuchli jamoalardan yetarlicha takliflar bor edi, ularning har birida angliyalik birinchi raqamliga aylanishiga shubha yo‘q edi. Biroq, "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi o‘z klubiga sodiq qoldi va taniqli darvozabon raqobatidan qo‘rqmadi. "Mankunianlar", ehtimol, yigitning jasorati va sadoqatini qadrlashdi. Xenderson hozirda 24 yoshda, De Xea allaqachon 30ga kirib qo‘ygan. Ehtimol, Din Davidga "Manchester Yunayted" darvozabonligi o‘rnini 8 yilga, balki undan ham uzoqroq muddatga tortib olgan bo‘lishi mumkin.
"Manchester Yunayted" ushbu mavsumda Xenderson darvozasini himoya qilgan uchrashuvlarda 80% g‘alabaga erishdi. De Xea asosiy tarkibda bo‘lganida, bu ko‘rsatkich 50% ni tashkil qiladi. Ispaniyalik futbolchi bilan "Yunayted" ichki chempionatda har o‘yinda o‘rtacha 1,8 ochko, ingliz bilan esa 2,60 ochko to‘plagan. Umumiy bu mavsumda De Xea 2565 daqiqa, Xenderson esa 1784 ta o‘ynadi. Shu bilan birga, Din o‘rtacha 130 daqiqada 1 ta gol, David esa 69 daqiqada gol o‘tkazib yubordi. Angliyalik darvozabon, raqibidan bitta narsa bo‘yicha orqada qolmoqda. Ya’ni bu gollarga olib boradigan xatolar soni. David 90 daqiqada 0,04, Din esa 0,18.

Albatta Xenderson ko‘p hollarda adashadi, lekin bunga e’tibor qaratish kerakmi? Din o‘zining top klublar safidagi birinchi mavsumini o‘tkazadi va juda yaxshi taasurot qoldirmoqda. Masalan, Din Yevropa Ligasidagi "Real Sosyedad"ga qarshi ikkita o‘yinda, "Milan" bilan javob uchrashuvida va "Manchester Siti"ga qarshi derbi uchrashuvida toza o‘yin namoyish etdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ushbu o‘yinlarning barchasi "mankunianlar" uchun muhim bahslar edi. Xenderson zaxira o‘rindig‘ida uzoq o‘tiradigan odam emas. U shartnomani uzaytirib, o‘z klubiga sodiqligini ko‘rsatdi va murabbiydan ham o‘ziga nisbatan shuni kutmoqda.

Sulsher tobora muhim uchrashuvlar uchun darvozadan joyni yosh inglizga ishonib topshirmoqda. Bu kabi omillar fonida De Xeaning mavsum oxirida ketishi tobora yaqqol ko‘rinib turibdi. Rio Ferdinand aytganidek, bitta jamoada ikkita biinchi raqam bo‘lishi mumkin emas va "Manchester Yunayted" istiqbolli tarbiyalanuvchisini yo‘qotishi juda ahmoqlik bo‘ladi.

 

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:27, 12.04.2021. O'qildi: 3534 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.