Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropaning top klublariga o‘tishi kerak bo‘lgan 5 iqtidor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transferlar haqida suhbatlashish doimo qiziqarli. Yangi klublar va chempionatlarda katta nomlarni kashf qilish esa futbol muxlislariga o‘zgacha holatni baxsh etadi. Istalgan OAVga o‘ting, mana bu eski gap: Holand, Sancho, Pogba, Keyn, Donnarumma qayerga boradi ...

Bularning barchasi haqiqatan ham qiziq, ammo bu safar biz kamdan-kam muhokama qilinadiganlar haqida gapirishga qaror qildik. Bular o‘zlarini butun dunyoga e’lon qilishga tayyor bo‘lgan 22 yoshgacha bo‘lgan beshta iste’dod egalari haqida suhbatlashamiz.

Dushan Vlaxovich, 2000 - yil ("Fiorentina")

"Fiorentina" 2018 yilda "Partizan" jamoasidan sotib olgan Dushan Vlaxovich transferini e’lon qildi. Serbiyalik forvard florensiyaliklar hujum markazini kuchaytirish maqsadida xarid qilingan edi. Bir necha mavsum davomida "Fiorentina" yoshlar jamoasi safida to‘p surgan futbolchi, keyinchalik asosiy jamoaga ham jalb qilindi. Iqtidorli serb futbolchisi o‘tgan mavsumda A Seriya chempionati doirasida 30 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 gol yozdirib qo‘ydi. Qolaversa, maydonga tushgan har bir bahsda o‘zini yaxshi tomonlama namoyish etdi. Shundan keyin Dushanning "sovchilari" ancha ko‘payib qoldi. Xususan, "Milan", "Roma", shuningdek, Yevropani grand jamoalari hisoblangan "Arsenal", "Atletiko" va "Leypsig" futbolchining xizmatlaridan foydalanishga qiziqib qoldi.
Ammo, klub o‘tgan mavsum oxirida Vlaxovichni tarkibda saqlab qolishga erishdi. Joriy yilgi mavsumda ham serbiyalik futbolchi ajoyib mavsumini o‘tkazmoqda. Garchi, Florensiya klubi Italiya chempionatida kutilgan natijani ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa-da, bu Dushanning o‘yiniga ta’sirini o‘tkazmayapti. Hujumchi, hozirgacha A Seriyada 29 uchrashuv o‘tkazib, 15 marta raqib posbonini ranjitishga erishgan. Serbiyalikning ushbu o‘yinlaridan keyin, "Milan" jamoasi murabbiyi Stefano Piolining shaxsan o‘zi mazkur futbolchiga qiziqish bildirgan. Kelayotgan transferlar mavsumida katta ehtimol bilan Dushan Milan jamoasiga o‘tishi mumkin.

Maykl Olise, 2001 - yil ("Reding")

19 yoshli "Reding" yarim himoyachisi Olise o‘tgan yilgi Chempionshipda shu qadar yaxshi ishtirok etganki, unga Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiyaning bir qator klublari xaridor bo‘lishdi. Fransuz futbolchisi "Chelsi" va "Manchester Siti" klublari akademiyasining tarbiyachisi hisoblanadi. Keyinchalik, yosh iqtidor egasi Angliyaning ikkinchi darajali chempionati vakili "Reding" safiga borib qo‘shilgan edi. Bir necha yil davomida mazkur klubning turli yosh doirasidagi jamoalar safida to‘p tepgan futbolchi, o‘tgan mavsumdan e’tiboran asosiy jamoaga taklif etildi.
Olise kuchli o‘ntalikda o‘ynashni yaxshi ko‘radi va shunga mos ravishda hozirda futbolchi Chempionshipda 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu natija ligadagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Qolaversaa, Maykl hisobida 39 uchrashuvda kiritgan 6 goli ham mavjud. Olise va "Reding" o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilda tugaydi. Lekin, kelayotgan yozda biz futbolchini "Borussiya D", "Leypsig", "Liverpul", "Manchester Siti", "Chelsi", "Napoli" va "Monako" kabi jamoalar tarkibida ko‘rishimiz mumkin. Chunki, mazkur jamoalar angliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgan.

Pedro Gonsalvesh, 1998 - yil ("Sporting")

Bruno Fernandesning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi APLning eng yaxshi kelishuvlaridan biri bo‘ldi va endi ko‘pchilik agentlar Portugaliya Premera - ligasiga ham katta e’tibor bilan qaramoqda. Hozirda ham, mazkur chempionatda top ligalar darajasida o‘ynay oladigan futbolchi to‘p tepmoqda. Bu "Sporting" a’zosi - Pedro Gonsalvesh.
22 yoshli yarim himoyachi markazda yoki qanotda ham o‘ynay olishi mumkinligi ko‘pchilik mutaxasislar e’tiboriga tushgan. Futbolchining Portugaliya chempionatidagi natijasi ham ko‘zga ko‘rinarli. 24 uchrashuv va 16 gol. Ushbu natijaga ba’zi hujumchilar ham erisha olmasligini hisobga olsak, bu yarim himoyachi uchun ajoyib natija. Brunoga ayni paytda Yevropani ko‘pgina yetakchi jamoalar taklif tayyorlash uchun harakat qilmoqda. Xususan, "Manchester Yunayed" va "Arsenal" futbolchi uchun millionlardan voz kechishi haqida yashirmayapti.

Nunu Mendesh, 2002 - yil ("Sporting")

"Sporting" Portugaliya chempionati turnir jadvalining eng yuqori qismida joylashgan. Klub ichki chempionatda bir marta ham mag‘lubiyatga uchramay, o‘ziga xos natija qayd etmoqda. Bunday seriyani qo‘lga kiritishda, ligadagi 26 o‘yinning 22 tasida qatnashgan 18 yoshli Nuno Mendeshning yordamisiz tasavvur qilish qiyin. Mazkur himoyachi allaqachon Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv olgani, uning qobiliyatini ko‘rsatib beradi.
Nunu Mendesh - har qanday jamoa uchun zamonaviy chap qanot himoyachisi. Shu bilan birga, futbolchining o‘yini kundan-kunga o‘sib bormoqda. Portugaliyalik iqtidorga hozirda Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi qiziqish bildirmoqda. "Shahrliklar" futbolchi uchun "Sporting"ga naqd 70 million yevro to‘lamoqchiliga haqida aytib o‘tdi. Albatta, bu mablag‘ yosh va tajribasiz himoyachi uchun ko‘pdek tuyular, ammo uning o‘yinidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, bu normal summa hisoblanadi. Qolaversa, "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Real" kabi yetakchi jamoalar ham futbolchining xizmatidan foydalanmoqchiligini aytib o‘tgan. Kuzatamiz. Kelayotgan yozda mazkur jamoalarning qaysi biri ildamliroq harakat qilar ekan.

Abdalla Sima, 2001 - yil ("Slaviya Praga")

"Slaviya Praga"ning Yevropa Ligasidagi har bir uchrashuvida, o‘zining tezligi va yuqori darajada o‘ynay olishi bilan ajralib turdi. Futbolchi yashil qit’a klublari orasidagi ikkinchi darajali musobaqada 11 uchrashuvda 4 gol urib, o‘zini har tomonlama namoyish etdi va jamoasini chorak finalgacha chiqishiga katta yordam berdi. 
Futbolchi Chexiya ichki chempionatida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. Hozirdan mazkur chempionatda to‘p suradigan himoyachilar aytishadiki, Sima kabi texnik tomondan yetuk va tezkor futbolchiga qarshi o‘ynash - bosh og‘rig‘i.
Hozirda, futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor bo‘lgan klublar yetarlicha topiladi. Mazkur jamolar orasida, "Yuventus"ning ham borligi e’tiborga molik. Shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Vest Xem" kabi jamoalari ham senegallik iqtidor uchun qiziqish bildirgan. Qiziq tomoni, "Slaviya" Yevropa Ligasining chorak finalida aynan "konorirlar"ga qarshi tushgan va dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobdagi duranga erishishgan. Mazkur jamolar o‘rtasidagi javob bahsi 16 - aprelda o‘tkaziladi. Agarda, futbolchi ushbu bahsda gol urishni uddalasa, unda yanada qiziq holat yuz beradi. Kuzatamiz.

 


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:04, 12.04.2021. O'qildi: 5618 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик