Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • OChL-2
      • 17.09.2025 15:00
      • Gamba Osaka
      • 3:1
      • Istern
      • 17.09.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 3:1
      • Ratchaburi
      • 17.09.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 0:0
      • Andijon
      • 17.09.2025 18:45
      • Goa
      • 0:2
      • Az-Zavra
      • 17.09.2025 21:00
      • Al-Ahli Doha
      • 0:0
      • Xolidiya
      • 17.09.2025 21:00
      • Al-Vasl
      • 7:1
      • Istiqlol
      • 17.09.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 5:0
      • Istiqlol Dushanbe
      • 17.09.2025 23:15
      • Al-Muharraq
      • 4:0
      • Al-Vihdat
      • 18.09.2025 15:00
      • Tay Po
      • 2:1
      • Makartur
      • 18.09.2025 15:00
      • Selangor
      • 2:4
      • Bangkok Yunayted
      • 18.09.2025 15:00
      • Kaya–Iloilo
      • 0:3
      • Tampines Rovers
      • 18.09.2025 17:15
      • Beyjing Guoan
      • 2:2
      • Kongan Hanoi
      • 18.09.2025 17:15
      • Persib
      • 1:1
      • Lion Siti Seylors
      • 18.09.2025 17:15
      • Pathum Yunayted
      • 0:1
      • Poxang Stilers
  • Elit OCHL
      • 17.09.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 2:1
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.09.2025 17:15
      • Shangxay Port
      • 0:3
      • Vissel Kobe
  • ECHL
      • 17.09.2025 21:45
      • Slaviya
      • 2:2
      • Bude-Glimt
      • 17.09.2025 21:45
      • Olimpiakos
      • 0:0
      • Pafos
      • 17.09.2025 23:59
      • Bavariya
      • 3:1
      • Chelsi
      • 17.09.2025 23:59
      • PSJ
      • 4:0
      • Atalanta
      • 17.09.2025 23:59
      • Ayaks
      • 0:2
      • Inter
      • 17.09.2025 23:59
      • Liverpul
      • 3:2
      • Atletiko
      • 18.09.2025 21:45
      •   Bryugge
      • 0:0
      • Monako
      • 18.09.2025 21:45
      •   Kopengagen
      • 1:0
      • Bayer
      • 18.09.2025 23:59
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Napoli
      • 18.09.2025 23:59
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 18.09.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Qayrat
      • 18.09.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Galatasaroy
  • Superliga
      • 18.09.2025 18:30
      • Surxon
      • 0:0
      • Mash’al
      • 19.09.2025 18:30
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 19.09.2025 19:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Paxtakor
  • «A» Seriya
      • 19.09.2025 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 20.09.2025 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 21 42
3 Paxtakor 21 39
4 Bunyodkor 21 38
5 Dinamo 20 38
6 OKMK 21 37
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 21 26
9 Surxon 22 25
10 So‘g‘diyona 21 24
11 Mash’al 22 22
12 Andijon 20 21
13 Qo‘qon-1912 21 21
14 Xorazm 21 19
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

22-тур Surxon 0-0 Mash’al

Navbatdagi o'yinlar.

19/09/25 OKMK - Bunyodkor
19/09/25 Sho‘rtan - Paxtakor
20/09/25 Xorazm - Qo‘qon-1912
20/09/25 Buxoro - Navbahor
20/09/25 Neftchi - Dinamo
21/09/25 Andijon - So‘g‘diyona
21/09/25 Qizilqum - Nasaf

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4462 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1929 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sehrini yo‘qotgan "sehrgar" Koutinyoning keyingi faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2018 yil yanvar oyida "Barselona" o‘z tarixidagi ikkinchi rekord darajadagi transferini amalga oshirdi. Kataloniyaliklar mavsum o‘rtalarida "Liverpul"dan yarim himoyachi Filippe Koutinyoni 120 million yevro evaziga sotib olishdi. Bonuslar va boshqa pullar bilan qo‘shib hisoblaganda umumiy transfer miqdori 135 milliongacha oshdi. Xuddi shu miqdorni "ko‘k-anorranglilar" 2017 yilda mos ravishda "Borussiya Dortmund" jamoasiga vinger Usmon Dembele uchun ham to‘lagan edi. Odatda yanvar oyida yuz million yevroga teng kelishuvlar mavjud emas, ammo "Barselona" tavakkal qildi, ehtimol bu summa "Liverpul"ni ham hayratga solgan bo‘lsa ajab emas.

Kataloniya klubining o‘sha paytdagi murabbiyi Ernesto Valverde deyarli har bir uchrashuvda Koutinyodan foydalanishga majbur bo‘lgan. Murabbiyni bunga futbolchining transfer narxi majbur qildi. Ammo ba’zida mutaxassis klub tarixidagi eng qimmat o‘yinchilardan birini maydonda yo‘qotib qo‘ygandek tuyulardi. Vaziyat barcha tomonlama yomonlasha boshladi va futbolchi yiliga oladigan 13,5 million yevro maoshiga yarasha o‘yin ko‘rsata olmadi. Natijada, "Barselona" pulni tejash uchun qimmatbaho xaridini ijaraga berib yuborishga majbur bo‘ldi. 2019 yilning avgustida "Bavariya" braziliyalik futbolchini bir yilga ijaraga oldi.
Koutinyoning Germaniyadagi faoliyati ham juda omadli o‘tgan deya olmaymiz. Ha, futbolchi "nemis mashinasi" tarkibida o‘ynab yurgan paytda g‘olib bo‘lmagan musobaqasi qolmadi. Futbolchi "Bavariya" bilan 5ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Qiziq tomoni o‘tgan mavsumda Koutinyo Chempionlar Ligasida 3 marta raqiblar posbonini ranjitgan va shulardan ikkitasini "Barselona" jamoasi darvozasiga kiritgan. Aynan shu o‘yinda kataloniyaliklar Germaniya chempioniga 2:8 hisobida yutqazishdi. Keyinchalik ham futbolchi nemis klubida qolishni istagandi, ammo "Bavariya" "ko‘k-anorranglilar"ning moliyaviy talablaridan qoniqmadi. Natijada, futbolchi o‘zi bilan bir nechta medallarni olib, "nemis mashinasi"ni tark etdi.


Koutinyoning "Barselona"ga qaytishi ma’lum bo‘lgan paytda Kataloniya jamoasini Kike Setyen boshqarayotgan edi. Mutaxassis bir necha bor rahbariyatdan "sehrgar" Koutinyo bilan ishlash istagini borligini bildirgan va uning ajoyib o‘yiniga qoyil qolganligini aytgan edi. Valverdedan farqli o‘laroq, braziliyalik futbolchini qayerda, qanday o‘ynatishni bilishini ham aytib o‘tdi. Nihoyat, futbolchi o‘zining sevimli jamoasiga qaytdi. Ammo, Felippe qaytib kelganda Setyen "Barselona"dan ketgan edi. Braziliyalik futbolchi o‘z qarashlariga ega bo‘lgan murabbiy Ronald Kumanning qo‘l ostida shug‘ullanishga majbur bo‘ldi.

Avvaliga futbolchi La Ligada yaxshi harakat qilayotgan edi. Koutinyo Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi dastlabki uchta uchrashuvda samarali harakatlari bilan ajralib turdi. Ammo, shundan so‘ng Filippening o‘yini biroz pasayib ketdi va maydondagi harakatlarining vaqti ham kamayib boraverdi. "Osasuna" va "Ferensvarosh"ga urgan gollar ham braziliyalikning natijalarini yaxshi tomonga o‘zgartirmadi. Biroz vaqt o‘tgach, vaziyat butunlay ayanchli bo‘lib qoldi: Koutinyo tizzasidan jiddiy jarohat oldi, shu tufayli u 2021 yil boshidan beri maydonga tushmayapti. Haqiqatan ham, Koutinyo "Barselona" tarkibida yo‘qligi unchalik sezilmayapti. Chunki, uning maydondagi o‘rnini Pedri egallab oldi va yo‘qligini umuman sezdirmayapti. Kataloniyaliklar allaqachon 18 yoshli yarim himoyachiga asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun bor imkoniyatni yaratib bermoqda.

"Barselona" uchun Pedri o‘yin ko‘rsatgani yaxshi, ammo Koutinyo uchun unchalik yoqmasligi aniq. Yarim mavsumda 3 ta operasiyani boshdan kechirgan braziliyalik futbolchi Kuman o‘zini asosiy tarkib o‘yinchi deb hisoblamasligini tushunadi , qolaversa Pedri o‘zining o‘rnini egallashni kuzatib turishi juda achinarli holat. "Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laporta braziliyalikni sotishni afzal ko‘rmoqda. Yozda Koutinyoni transferga qo‘yish orqali, kataloniyaliklar pul ishlab olishmoqchi va boshqa bir futbolchini sotib olishni maqsad qilishgan.

Koutinyo qayerga borishi mumkin?


"Arsenal"

London klubi Koutinyoning "Barselona"dan ketgandan keyin, sotib olish uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. "Kanonirlar" avvalroq Filippeni olishga urinishgan, ammo turli sabablarga ko‘ra bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagan edi. Keyin ular Martin Edegorni "Real"dan ijaraga olishdi va hozirda Martin "Arsenal"da ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda. "To‘pchilar"ning yaqin kelajakdagi asosiy vazifa norvegiyalikni sotib olishdir. Garchi buni amalga oshirish qiyin bo‘lsa ham. "Qaymoqranglilar" aslida yosh yarim himoyachini sotib yuborishmoqchi emas, shunchaki tajribasini oshirish uchun imkoniyat yaratib berishgan. Shuning uchun "Arsenal" hozirgi kunda ham braziliyalikka qiziqish bildirishda davom etmoqda. Agarda, Edegor yozda "Real"ga qaytib ketsa, unda londonliklar Koutinyoni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi.

"Tottenxem"

Oldinroq "shporlar" Koutinyoni sotib olishga juda yaqin kelgan edi. "Tottenxem" futbolchini ijaraga olmoqchi edi, ammo u Londonga ko‘chib o‘tishni rad etdi. O‘sha paytda Filippe "Liverpul"dagi faoliyatidan keyin, endi boshqa APL klubida o‘ynay olmasligini aytgan edi. Ammo, hozir vaziyat boshqa, shuning uchun ham "shporlar" braziliyalik iqtidorga hali ham qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda "Tottenxem"da faqat bitta hujumkor yarim himoyachi bor - Dele Alli. Ammo, ushbu futbolchini Joze Mourinyo unchalik yoqtirmaydi. Alli qanchalik iqtidorli bo‘lmasin, portugaliyalik maydonga juda kam tushiradi. Koutinyo kabi ijodkor futbolchi esa Jozening sevimli 4-2-3-1 taktik sxemasiga juda tez moslashib ketishi mumkin. Boshqa tomondan, hozirgi "Tottenxem"ning qarshi hujumdagi o‘yin uslubi Filippega mos kelishi haqiqatga yaqinroq.

"Everton"

Karlo Anchelotti kelishi bilan "Everton" yulduz futbolchilarni jamoaga jalb qilishni boshlab yuborishgan. "Irislar" joriy mavsum boshida Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib oldi, ammo klub shu bilan to‘xtab qolish niyatida emas. O‘tgan yildan beri "Everton" braziliyalikka katta qiziqish bildirmoqda. Hozirgi kunda liverpulliklar safida Rodriges va islandiyalik futbolchi Gilfi Sigurdsson kabi iqtidor egalari to‘p tepmoqda. Shuning uchun ham Koutinyo mazkur jamoa safida qiyinchilikka uchramasa kerak. Qolaversa, hozirda "Everton"da Filippe o‘ynaydigan chiziq bo‘sh. Chunki, Xames deyarli hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynamaydi. "Everton" hali APLning eng yuqori pog‘onalariga da’vogar jamoalardan emas, ammo ular o‘z oldilariga katta maqsadlarni qo‘yishgan. Kolumbiyalik "Real"dan oddiyroq klubga o‘tishdan tortinmadi. Balki Koutinyo ham shunday qilishi kerakmikan. Ba’zan o‘z saviyasidan pastroq jamoalarda to‘p surish, futbolchilarga karerasini qayta boshlashga va o‘zlarini baxtli his qilishga yordam beradi. Nimalar bo‘lishini kuzatamiz.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:47, 15.04.2021. O'qildi: 3992 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 13
2 Насаф Husayn Norchayev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.