Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

A Seriyada YECHL uchun kurash avjida. Gasperini bolalari Ronaldusiz «Yuventus»ga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i 18:00da Italiya A Seriyasi 31 turidan o‘rin olgan «Atalanta» hamda «Yuventus» jamoalari ishtirokidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama qarshilik atrofida birlashadigan muhim omillar talaygina.

Avvalo, o‘yinga aloqador voqealar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o‘rinlariga alohida e’tibor qaratish lozim. 31 turga «Yuventus» 62 ochko bilan 3 o‘rinda yetib kelmoqda. «Atalanta» esa ulardan bir ochkogina kam to‘plagan holda «keksa sinyora»ni ta’qib etishda davom etadi.

Ha, A Seriyada anchayin qiziq va chalkash holat yuzaga kelgan. Ko‘rib turganingizdek, ketma-ket 9 yil «skudetto»ni hech kimga bermagan «Yuventus» bu mavsum endi Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi zonalar uchun kurashib yuribdi. Ushbu turda ularning aynan eng prinsipial raqiblariga to‘qnash kelishi esa o‘yinga bo‘lgan intrigani keskin oshirishi shubhasiz. Demak, bugun har ikkala jamoa muxlislari ham keskin va kurashlarga boy, mantiqiy jihatdan ko‘p narsalarni hal etib beruvchi uchrashuvni ko‘rishga shay bo‘lib turishgan bo‘lsa ajab emas.

«Atalanta»

Bergamo jamoasining ayni damdagi holati va so‘nggi o‘tkazgan o‘yinlar statistikasi bugungi raqibinikiga qaraganda birmuncha yaxshiroq. «Atalanta» A Seriya doirasida ortda qolgan 6 uchrashuvning 5 tasida g‘alaba qozonishga erishdi. O‘sha qayd etilgan birgina mag‘lubiyat esa mamlakat chempionligi uchun dadil qadam tashlayotgan «Inter»dan qabul qilib olindi. Umuman olganda «Atalanta»ning joriy mavsumdagi o‘yinlarida o‘sish borligi sezilib turibdi. Gasperini endi sekin-asta shogirdlariga ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmasini singdiryapti.

Har qalay endi biz o‘tgan yilgidagidek qancha gol ursa raqiblariga ham shuncha gol urish imkonini taqdim etadigan «Atalanta»ni ko‘rmayapmiz. Qimmatli ochkolar va muhim natijalar ishonch bilan qayd etib borilyapti. Darhaqiqat Gasperinining imzosi ayniqsa mavsumning ikkinchi qismida yaqqol ko‘zga tashlanyapti. Jamoa ortda qolgan ikkinchi davra bahslarida har bir o‘yin hisobiga o‘rtacha 2,27 ochko yig‘ib borgan. Gollar borasidagi sermahsullik ham chakki emas (to‘plar nisbati 33, bu borada «Inter»dan keyingi pog‘ona). To‘purarlar poygasida ham biz kuchli uchlikda «Atalanta» a’zosini ko‘rishimiz mumkin. Hozircha Luis Muriel hisobida 17 ta gol mavjud.

Bundan tashqari bergamoliklarda qolgan zonalardagi bog‘lamlar ham ancha yaxshi shakllangan. Xususan, Ruslan Malinovskiy boshliq chap qanot Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida gol+pass bo‘yicha yuqori o‘rinlarda ketmoqda. Jumladan, ukrainalik futbolchi o‘zi maydonga tushgan so‘nggi 3 o‘yinda sheriklarini 5 ta golli uzatma bilan ta’minladi. Albatta, bu o‘rtamiyona darajadagi klub a’zosi uchun ancha yaxshi ko‘rsatkich. Bugungi bahsda «Atalanta»ning asosiy quroli ham aynan kuchli pressing va xavfli hujumlar bo‘lsa ajab emas. Zero, bunga «Yuventus»dagi ba’zi bir yo‘qotishlar ham yordam berib yuborishi mumkin.

«Yuventus»

«Yuventus» ushbu turgacha anvoyi holatda yetib keldi. Jamoa so‘nggi 5 ta o‘yinning atigi 3 tasida g‘alaba qozona oldi. To‘g‘ri, bu «Yuventus»ning hozirgi formasidan kelib chiqsak, umuman ajablanarli holat emas. Autsayder klublarga boy berilgan ochkolar («Krotone»ga mag‘lubiyat!) so‘nggi kunlarda bosh murabbiy Pirloning kursisini ancha qimirlatib qo‘ygan edi. Tan olish kerak, «keksa sinyora» bu yil eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Biroq shunga qaramay rahbariyat yosh va tajribasiz Pirloga yana bir bor imkoniyat berishga qaror qildi.

Kutilganidek, «Napoli» bilan o‘tilajak qoldirilgan bahs natijasi italiyalik mutaxassisning kelajagini uzil-kesil hal etib berishi ko‘zda tutildi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. Biroq uchrashuvda «Yuventus» g‘alaba qozondi va Pirlo loyihasi yana davom etadi. Lekin shunga qaramay bu jamoaning ko‘pchilik muxlislariga unchalik manzur bo‘lmadi chog‘i «Pirlo out» bannerlarini haliyam ko‘rmoqdamiz. Darhaqiqat, shonli tarixga ega klubni avvalgi shohsupasiga qaytarish uchun kattaroq ambisiyalarga ega murabbiy kerak hozir. Keyinchalik nima bo‘lishi hozircha hech kimga ma’lum emas. Ammo bir narsa ayonki, «Yuventus» mavsumdan mavsumga turli antirekordlar qayd etib borishdan charchamayapti.

Mana, ketma-ket ikkinchi yildirki, Chempionlar ligasi nimchorak finalidan uzoqqa borilgani yo‘q. Ushbu mavsum uchun «yangilik» sifatida endi jamoa deyarli chempionlik uchun kurashdan chiqib ketib bo‘ldi. Mamlakat chempionligi haddan ziyod ba’diga urib ketgan muxlislar uchun bu albatta kutilmagan va qo‘rqinchli voqelik. Rahbariyat va Ronaldu o‘rtasida sodir bo‘layotgan kelishmovchiliklar ham o‘z o‘rnida natijalarga qaysidir ma’noda ta’sirini o‘tkazyapti. Xullas, barcha muammolar jam bo‘lib turgan pallada muxlislar o‘sha qobiqning qachondir ham yorilishini diqqat bilan kuzatishmoqda.

«Atalanta» bilan o‘tadigan bahslar odatda «Yuventus»ning foydasiga xizmat qilgan. Bergamoliklar oxirgi marta turinlik raqiblarini A Seriyada 2001 yilda yengishgan. Biroq bergamoliklar himobida 2019 yilgi kubok bahsidagi g‘alaba ham mavjud. Ushbu klublar ishtirokidagi so‘nggi 20 uchrashuvning 13 tasi «Yuventus» foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, 6 marta durang qayd etilgan. Biroq «Alatalanta» ushbu raqibiga qarshi natijalarini yildan yilga biroz bo‘lsada yaxshilashga erishdi. «Yuventus»ning o‘yin uslubi tahlil qilinganda statistik ma’lumotlar ba’zida chalg‘ituvchi rolni o‘ynab qolishi ham mumkin.

Chunki bu yerda bir-biriga zid paradokslar mavjud. «Zebralar» yanvardan buyon o‘tkazgan 12 ta o‘yinlarida atigi 5 ta gol o‘tkazib yubordi. Biroq bu jamoaning himoyasi ancha tartibli o‘ynamoqda degani emas. Xususan, «Yuventus» so‘nggi 7 ta uchrashuvdan beri darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti. Hujumdagi gollarning asosiy qismi esa Krishtianu hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu turgan gapki, himoyachi va hujumchilar o‘rtasidagi balansning borgan sari yo‘qolib borayotganini bildiradi. Endi nimalarnidir o‘zgartirish payti keldi. Tashkil etilayotgan hujumlarning 90 foizi Ronalduga yo‘naltirilayotganligini hatto «Krotone» ham anglab ulgurdi. Bugun «Yuventus» faqat «Atalanta» bilan emas, balki «Napoli» bilan ham kurashga chiqsa ajab emas. Nimagaligini yaxshi bilasiz...

Jarohatdagilar: Xatebur - Ronaldu

Diskvalifikasiya: Romero

Karantinda: Bernardeski

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 16:15, 18.04.2021. O'qildi: 3412 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик