Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qatarga vaqtliroq sayohat

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tayotgan har bir kuni bizni Qatar mamlakatiga ishonib topshirilgan JCH-2022 startiga tobora yaqinlashtirmoqda. Teskari sanoq bo‘yicha bo‘lajak mundialga 600 kundan kamroq vaqt qoldi. Xo‘sh, bu vaqtda mo‘’jaz Qatarda JCH uchun tayyorlanayotgan arenalar qanday ko‘rinishda? Chodir va arabcha bosh ki­yim shakli, konteynerlardan yig‘ilgan konstruksiya... Eslatma, orziqib kutilayotgan jahon chempionati ochilish o‘yini 2022 yilning 21 noyabr kuniga belgilangan. Keling, bugungi maxsus fotojamlanma vositasida Qatarga birrov sayohat uyushtiramiz. Ha, turnir startiga hali bir yarim yildan ko‘proq vaqt bor. Ma’lumotlarga qaraganda, Qatarda infratuzilma deyarli to‘liq tayyor: transport tarmog‘i allaqachon ishlamoqda, jumladan, Doxada ochilgan yangi metro ham. Hozirgacha 4ta stadion foydalanishga topshirildi va ularda o‘yinlar ham o‘tkazildi. Yana 3ta arena shu yil oxirigacha ochiladi. JCH-2022ning eng katta arenasi, final o‘yiniga tanlangan «Lusayl» stadionining ochilish marosimi esa kelasi yil boshiga rejalashtirilgan.

«Xalifa Interneyshnl»

Sig‘imi: 40000

Doxa markazigacha masofa:11 kilometr

Ochilish vaqti: 2017 yil

JCH-2022 uchun tanlangan va foydalanishga topshirilgan birinchi stadion. Arenada keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi. 2017 yilning 19 may kuni «Amir kubogi» turniri finali aynan «Xalifa Interneyshnl»da tashkillashtirildi.

«Xalifa Interneyshnl» JCH-2022ning 8ta uchrashuvi, jumladan, 3-o‘rin uchun o‘yinga o‘z bag‘rini ochadi.

«Al-Janub»

Sig‘imi: 40000

Doxa markazigacha masofa:23 kilometr

Ochilish vaqti: 2019 yil

Mundial uchun noldan qurilgan birinchi stadion. Bunisi 2019 yilning 16 may kuni, «Amir kubogi» finalidan oldin ochildi. Al-Vakra shaharchasida qad rostlagan «Al-Janub» nozik dizayni bilan ajralib turadi. Egri qiyalik va chiziqlar - shaharda rivojlangan dengiz sanoatiga hurmat ifodasi. Xullas, dizaynerlar Qatar an’anaviy qayiqlari yelkanlaridan ilhomlanib, shunday chizma tayyorlashgan. Innovasion sovutish tizimi va ochib-yopiladigan tom konstruksiyasi stadiondan butun yil davomida foydalanish imkonini beradi.

«Al-Janub» JCH-2022ning 7ta uchrashuviga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Edyukeyshn Siti»

Sig‘imi: 40000

Doxa markazigacha masofa:13 kilometr

Ochilish vaqti: 2020 yil

«Cho‘l olmosi» nomini olgan stadion 2020 yilning 15 iyun kuni onlayn ravishda ochildi. Marosim asosan COVID-19 pandemiyasi davrida tinim bilmagan sog‘liqni saqlash xodimlariga bag‘ishlandi. Bilim va innovasion g‘oyalarning jonli markazi sanalgan Qatar Foundation hududida joylashgan arenani turli ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari o‘rab olgan.

«Edyukeyshn Siti» JCH-2022ning 8ta uchrashuviga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Ahmad bin Ali»

Sig‘imi: 40000

Loyihachi: Ramboll

Doxa markazigacha masofa:22 kilometr

Ochilish vaqti: 2020 yil

Hozircha JCH-2022 uchun foydalanishga topshirilgan oxirgi stadion. Muxlislar arenaga ilk marta 2020 yilning 18 dekabr kuni «Amir kubogi» finalini ko‘rgani kirishdi. «Ahmad bin Ali» Al-Rayan shahridagi Mall of Qatar savdo markazi yonida joylashgan. Hashamatli «Al-Riffa» metro stansiya­si ham shu atrofda. Arena fasadi o‘zidan nur taratib turadi. Barchasi Qatarning turli jihatlari - oilaviy qadriyatlar, cho‘l go‘zalligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mahalliy|xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi naqshlardan tashkil topgan. Barchasini uyg‘unlashtirgan beshinchi shakl - qalqon esa kuch va birlikni anglatadi.

«Ahmad bin Ali» JCH-2022ning 7ta uchrashuviga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Al-Bayt»

Sig‘imi: 60000

Loyihachi: Dar Al-Handasah

Doxamarkazigachamasofa:46 kilometr

Hozirgiholati: qurilish ishlari yakunlangan, ochilish marosimi yaqin oylarga rejalashtirilgan

JCHning ochilish marosimiga mo‘ljallangan arena. «Al-Bayt» butun dunyodan tashrif buyuradigan muxlislarga mamlakatning an’anaviy madaniyatidan ma’lumot beradi. Arena dizayni mehmondo‘st arablar ramzi sanalgan mashhur an’anaviy chodir - «Al-SHar»ni eslatadi. Ushbu noyob stadion harakatlanuvchi zamonaviy tom konstruksiyasiga ega va 400 000 kvadrat|metr ko‘kalamzor bilan o‘ralgan. Bu maydon mahalliy aholi uchun JCHdan meros bo‘lib qoladi.

«Al-Bayt» JCH-2022ning 9ta uchrashuvi, jumladan, 1ta yarim finalga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Al-Tumama»

Sig‘imi: 40000

Loyihachi: Arab Engineering Bureau

Doxamarkazigachamasofa:12 kilometr

Hozirgiholati: tom yopish va fasad ishlari yakunlandi, shuningdek, tribunalar ham o‘rnatildi. Mexanika, elektr va pardozlash ishlari barobarida o‘rindiqlarni joylash jarayoni ketmoqda

Ushbu arena dizayni arab dunyosida erkaklar asrlar davomida kiyib kelgan milliy to‘qima bosh kiyimi - gahfiyahdan olingan bo‘lib, bu mintaqa madaniyati va an’analariga hurmat belgisidir. «Al-Tumama» qatarlik me’mor Ibrohim Jaydah tomonidan loyihashtirilgan birinchi stadiondir.

«Al-Tumama» JCH-2022ning 8ta uchrashuviga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Ras Abu Abud»

Sig‘imi: 40000

Loyihachi: FIA Fenwick Iribarren Architects

Doxa markazigacha masofa:7 kilometr

Hozirgi holati: 972ta yuk konteyneri yig‘masi hisoblangan stadionda allaqachon yaxlit konstruksiya vujudga kelgan

Arenaning to‘liq holatga kelishiga zarur qolgan yordamchi po‘lat qismlar, jumladan, qisish sterjenlari ham o‘rnatilmoqda. Stadion ichiga o‘rindiqlar qo‘yish ishlari yakunlanmoqda, ayni payt pardozlash jarayoni ketmoqda. Aytish o‘rinli, bu JCH tarixida birinchi to‘liq yig‘ma stadion hisoblanadi.

«Ras Abu Abud» JCH-2022ning 7ta uchrashuviga o‘z bag‘rini ochadi.

 

«Lusayl»

Sig‘imi: 80000

Loyihachi: Foster + Partners

Doxa markazigacha masofa:20 kilometr

Hozirgi holati: «Qozon» ichida beton ishlari va tom o‘rnatishning birinchi bosqichi yakunlandi, oxirgi jarayonga tayyorgarlik davom etmoqda. Xususan, oynavand elit o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda

JCH-2022ning eng katta va bosh stadioni. «Lusayl» - Qatarning arab madaniyatini dunyo bilan baham ko‘rish loyihasi. Stadion dizayni barchasini mujassamlashtirgan. Jumladan, yorug‘lik va soya­ning o‘zaro uyg‘unligi aks ettirilgan. Inshootning ajoyib oltin tusidagi fasadi va ko‘lami uzoq-uzoqdan ham muxlislarni hayratga soladi. Arena yangi Lusayl tumani  markazida qad rostlagan bo‘lib, bunda mahalliy aholi manfaatlari ham hisobga olingan.

«Lusayl» JCH-2022ning 10ta uchrashuvi, jumladan, finalga o‘z bag‘rini ochadi.

***

 

 

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 22.04.2021. O'qildi: 4790 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.