Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dangasadan chiqqan “Ronaldo” yoki Luis Murielni taniysizmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«A» seriyaning eng sermahsul to‘purari kim? Balki to‘purarlar poygasining peshqadami Krishtianu Ronaldudir? Joriy mavsumdagi 26 uchrashuvda u 25ta gol urdi. Portugaliyalik supermergan har 88 daqiqada navbatdagi golini o‘z hisobiga yozib qo‘ymoqda. Belgiyalik Romelu Lukaku Krishtianudan ozgina ortda bormoqda: 28ta o‘yinda 21ta gol. Ya’ni, bitta gol uchun 106 daqiqa sarflaydi.

Ammo Italiya chempionatida bu ikki yorqin yulduzdan ko‘ra mohirroq snayper ham yo‘q emas. Bu - hozir 18ta gol bilan «A» seriya to‘purarlari bahsida 3-o‘rinda borayotgan Luis Muriel. Uning har bitta goli uchun atigi 57 daqiqa to‘p surishi yetarli. Eng ajablanarli jihati shundaki, Muriel - «Atalanta»ning asosiy o‘yinchisi emas. Kolumbiyalik hujumchi bergamoliklar jamoasida Gasperinining sevimli «jokeri» vazifasini ado etmoqda. Murabbiy uni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirishga odatlangan.

Vaholanki, Luis kelajagi porloq iqtidor sohibi unvoni bilan anchadan beri to‘p suradi. 2010 yilda uni futbolchilarning top-klublarga parvozida muhim tramplin vazifasini bajarishi bilan dong taratgan «Udineze» o‘z tarkibiga jalb etgandi. Avvaliga friuliyaliklar Murielni «Granada» va «Lechche»ga ijaraga berib, mahoratiga sayqal berishdi. Keyin 2012|2013 yillar mavsumida unga «A» seriyada to‘p surish imkoniyatini berishdi.

Kolumbiyalik hujumchining debyuti porloq kelajakka umid qilsa bo‘ladigan darajada samarali kechdi: mahalliy afsona - Antonio Di Natale bilan sermahsul juftlikni hosil qilgan Muriel 22 uchrashuvda raqiblari darvozalarini 11 marta ishg‘ol etdi. Luisdagi kutilmaganda orqa chiziqdan hujumga otlanib, raqiblarini dog‘da qoldiradigan yuqori tezlik va texnika o‘sha paytdayoq ko‘pchilikni lol qoldirgandi. Udineliklar safida yangi yulduz kamolga yetayotgani aniqdek tuyulgandi.

Uning sha’niga maqtovlar yog‘ila boshladi. Shaxsan Di Natale uni sal avvalroq, 2011 yilda «Udineze»ni tark etgan Aleksis Sanchesga qiyoslagandi. Kolumbiyalik hujumchining chililik kasbdoshi uchun eng munosib o‘rinbosar bo‘lishi kutilgandi.

Kolumbiyada esa Muriel 90-yillardagi mahalliy afsona - Ivan Valensyano yonidan joy oldi. Kolumbiya chempionati tarixidagi sermahsul to‘purarlarning biri bo‘lgan bu hujumchi Murielning qadrdon klubi bo‘lmish «Atletiko Xunior»ning o‘zida 150ta gol urgandi. Shu o‘rinda o‘ta qiziq bir faktni tilga olmaslik adolatsizlik bo‘lardi: Valensyano 1993 yilda o‘z imkoniyatlarini aynan... «Atalanta»da, ya’ni, yosh vatandoshining hozirgi klubida sinab ko‘rgandi. Biroq taajjubki, 5 marta maydonga tushganiga qaramasdan, birorta gol ura olmagandi. Shundan keyin afsonaviy to‘purar «ko‘hna qit’a»ni butunlay tark etgandi.

Luis esa Yevropada faqat o‘z o‘rnini topish bilan kifoyalanib qolmadi, balki faoliyatidagi eng yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Aniqrog‘i, uni afsonaviy «so‘yloq» - Ronaldoga tenglay boshladilar. «Fenomen» - nafaqat Luis, balki barcha janubiy amerikalik yosh futbolchilarning «kumiri» ekanligiga shubha yo‘q. Ammo Ronaldo va Murielning o‘yin uslublari juda o‘xshash. Kolumbiyalik hujumchining driblingi braziliyalik afsonani eslatadi. Chaqqonligi, oyoq harakatlari va raqiblarni laqillatib ketuvchi gavda harakatlari umuman bir xil. Raqib himoyachilarini ortda qoldirishga mo‘ljallangan klassik hujumdagi tezkor reydlari ham. Hatto bu ikki hujumchi juda yoqtiradigan, keyingi paytlarda deyarli uchramay qolgan «fishka» - darvozabonni aldab o‘tish odatlari ham.

Eng ajablanarlisi, Murielning tashqi ko‘rinishi ham braziliyalik afsonani eslatadi. Afsuski, bu - hikoyamizdagi yagona salbiy e’tirof. Axir shu tufayli Luis ortiqcha vaznga ega. Kolumbiyalik hujumchining do‘mboqqina qorni futbolka ostida ham yaqqol sezilib turadi. O‘z vaqtida «Udineze»ni boshqargan Franchesko Gvidolin kolumbiyalik shogirdidan hech bo‘lmaganda bir necha kilogrammdan voz kechish talabini qo‘ygan, Luis esa gavdasi azaldan shunaqa ekanligini ta’kidlash bilan o‘zini oqlagandi.

Hujumchining asosiy muammosi - bir qator qissalarga sabab bo‘lgan dangasalik illati. «Granada»da to‘p surgan davrida juma kuni to‘shakka yotganicha dushanba kuni tonggacha uxlaganini futbolchining o‘zi hikoya qilgandi. «Lekin uyqusizlik meni hech qachon, hatto «A» seriyadagi debyutim arafasida ham bezovta qilgan emas», - deya hujumchi o‘z turmush tarziga bahona topgandi.

Murielning «Udineze»dagi ikki mavsumi o‘ta omadsiz kechdi: dribling shaydosiga aylangan hujumchi o‘zining asosiy vazifasi - raqiblari darvozalarini ishg‘ol etish majburiyatini butunlay unutib qo‘ydi. 2013|2014 yillar mavsumidagi 4ta gol va kuzgi «qurg‘oqchilik»dan keyin unda «yangi Aleksis» siyratidan asorat ham qolmagach, mutasaddilar Luisni «Sampdoriya»ga berib yuborishdi.

Yangi jamoada Muriel o‘zini biroz bo‘lsada, o‘nglab oldi. Ayniqsa, 2016|2017 yillar mavsumini risoladagidek o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi: Marko Jampaolo rahbarligidagi jamoa eng yorqin o‘yinlarini namoyish etgan pallada Muriel-Kvalyarella-Bruno Fernandesh uchligi yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan, Luis o‘z hisobiga 11ta gol yozib qo‘ygandi. To‘g‘ri, qahramonimiz mojaroda ham o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi: «Udineze»ga qarshi bellashuvda penaltini aynan o‘zi amalga oshirgani yetmagandek, golni o‘ta xursandchilik bilan nishonlagani sobiq jamoadoshlarining nafratiga sabab bo‘ldi. O‘zaro orani ochiq qilishga bag‘ishlangan tartibsizlik Luis hamda udineliklar sardori Daniloning maydondan chetlatilishi bilan nihoyasiga yetdi.

Shunga qaramasdan, Muriel yana top-klublar e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Uning ixtiyorida «Liverpul» varianti ham yo‘q emasdi. Biroq «Sevilya» manfaatliroq shartnomani taklif etib, raqobatda g‘olib chiqdi. Murielning Andalusiyadagi 1,5 mavsumi maqtaydigan darajada o‘tmadi. Shuningdek, «Fiorentina»dagi «surgun» ham omadli bo‘lmadi. Vaholanki, Luis florensiyaliklar safida «Atalanta» darvozasini ikki uchrashuvda uch marta zabt etgandi - jamoalar «A» seriya va Italiya kubogi yarim finalida o‘zaro kuch sinashgandilar. Ehtimol, aynan shu bahslarda bu to‘purar Gasperinining ishonchini o‘ziga qaratgandir. Qolaversa, 2019 yilning yozida YECHLda debyutini nishonlash tadorigini ko‘rayotgan «Atalanta» transferlarga odatdagidan ko‘proq xarajat qilish niyatida edi. Yangi xaridlardan biri Ruslan Malinovskiy, ikkinchisi esa 15 mln. yevroga baholangan Luis Muriel bo‘ldi. Shuncha mablag‘dan voz kechish bilan Gasperini qaltis qarorga kelgandi. Boisi, jamoaning hujum chizig‘i markazida Duvan Sapata ishonchli to‘p surayotgandi. Biroq debyutant ilk uchrashuvdayoq sarmoya zoye ketmaganligini isbotladi: SPALga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushib, «dubl»ga erishdi. Shu tariqa o‘yinga chanqoq Murielning zaxiradan tushishi va samara keltirishi bergamoliklarning yangi quroliga aylandi. Ammo Luis muayyan vaziyatlarda boshlang‘ich tarkib a’zosi sifatida ham sermahsul o‘yin ko‘rsata oladi. Bunaqa holatlarga uning uchun qo‘shimcha motivasiyaga ehtiyoj qoldirmaydigan «Udineze»ga qarshi bellashuvdagi «xet-triki» misol bo‘la oladi. Mavsumdagi 18ta goli esa chinakam parvoz sifatida «Abadiy istiqboli porloq» hujumchini barvaqt chiqitga chiqarishganini isbotladi.

Gasperini muvaffaqiyatining siri nimada? Birinchidan, o‘yin taktikasida. Muriel behuda driblingga berilib ketmaslik maqsadida raqib darvozasiga yaqinroq hududda o‘ynamoqda. Endi u ko‘proq hujumlarni yakuniga yetkazish haqida o‘ylaydi. Tahlil natijalari shundan dalolat bermoqda. Shuningdek, «Atalanta»ning jamoaviy aqidasi Luisga juda mos tushdi: markazdagi yuqori tezlik, vertikal uzatmalarning ko‘pligi va ijodiy yondashuv erkinligi. Bunday sharoitda bir zumga Ronaldoga aylanish va o‘yinga rang-baranglik bag‘ishlash mumkin.

Ikkinchidan, mentalitet. Gasperini o‘ta injiq, Ilichich kabi shaxslar ko‘ngliga yo‘l topishni biladi. Muriel borasida murabbiy uni qo‘shimcha javobgarlikdan ozod qilgan ko‘rinadi. Luisdan jasoratlar kutib, yetakchi bo‘lishni talab qilishganida, u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yardi. «Atalanta»da unga «birinchi zaxirachi» rolini topshirishdi, sermahsul o‘yindek murakkab yumushni bajarish talabini qo‘yishdi. U esa xuddi shuni kutgandek xotirjam to‘p surmoqda. Ya’ni, 8 yil avval kutilgan o‘yinni namoyish etmoqda.

Gomes jamoani tark etgan, Ilichichga barqarorlik yetishmayotgan pallada Murielda asosiy tarkibga o‘rnashib olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Gasperini oldingi chiziqda tez-tez kolumbiyalik duetdan foydalanmoqda. Lekin Luisga ko‘proq yuklama berishga shoshmayapti. Masalan, «Udineze»ga qarshi o‘yinda u Murielni tanaffusdan keyin maydonga tushirmadi. Vaholanki, shogirdi «dubl» qayd etgandi. Qizig‘i, maydonni tark etgan goleador bu qarordan xafa bo‘lmadi, aksincha, zaxira o‘rindig‘idan o‘yinni mamnun kuzatdi.

Aftidan, Murielda sportchiga xos izzattalablik yo‘q. U o‘zi va muxlislar uchun to‘p suradi. Lekin tobora aqlliroq o‘ynayotgani, bema’ni qiliqlarga yo‘l qo‘ymayotgani - bor gap. Nihoyat, u o‘zining noyob iqtidorini jamoa manfaatlari yo‘lida sarflashga o‘tdi, yoshi 29ga chiqqanida buyuk afsonalarga qiyoslaganliklari asossiz emasligini isbotlamoqda. Luisning tryuklari doimo mashhur bo‘lgan. Biroq avvallari u mo‘’jizani vaqti-vaqti bilan, kayfiyatiga qarab namoyish etardi. Endi u har bir uchrashuvni o‘z san’at asari bilan bezatmoqda.

O‘tgan yili «Oltin butsa» Chiro Immobilega topshirilganida, e’tirozlar yetarli bo‘lgandi. Chunki Levandovski ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘p uchrashuvlarda maydonga tusha olmagandi. Ayrimlar hatto tezkorlik koeffisiyenti joriy etilishi va g‘olibni shu ko‘rsatkichni inobatga olgan holda aniqlashni talab qilishgandi. Agar shu talab qachondir bajariladigan bo‘lsa, nufuzli sovrin Ronaldu yoki Lukakuga emas, balki «Atalanta»ning Ronaldoga tenglashtirilgan tezkor hujumchisiga nasib etadi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:58, 23.04.2021. O'qildi: 3647 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик