Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va oila: Bir muhabbat tarixi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘z vaqtida APL hakamlari orasida afsonaga aylangan Govard Uebbni yaxshi eslasangiz kerak: ligadagi o‘n yildan ortiq davom etgan faoliyat, Chempionlar Ligasi va jahon chempionati finallari, «MYU» bilan do‘stona aloqalari haqidagi millionlab hazillar va avvallari polisiyada ishlagan taqirbosh amaki siymosi. Bibiana Shtaynxaus to‘g‘risida ham yetarlicha ma’lumotga egadirsiz, hoynahoy: Bundesligadagi ilk ayol hakam, erkaklar futbolida ayollarning hakamlik qilishi shov-shuvli tarzda qabul qilingan davrning muhim timsollaridan biri. Mana, shu ikkovlon turmush qurishdi!

Buni Bibiana Shtaynxaus Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida tasdiqladi: «Xalqaro tanaffus payti turmush qurdik, judayam baxtiyormiz. Afsuski, koronavirus sabab to‘y marosimi mehmonlarsiz, guvohlarsiz o‘tdi, shu bois, Govard bilan ushbu muhim qadamni birga qo‘ydik».

Hakamlar kursidagi tanishuv va ajrim

2014 yil. Rim. FIFA hakamlar malakasini oshirish bo‘yicha kurs tashkil etdi. U yerda Shtaynxaus ilk bor Uebb bilan uchrashdi. «U bilan mehmonxona zalida tanishgandik. «Salom, Bibi. Mening ismim Govard», dedi. Biroz uyaldim, bir amallab uni tanishimni bildirdim. O‘sha holatda o‘zimni yo‘qotib qo‘yganimdan, ortiqcha biror so‘z aytolmagandim».

Keyinchalik Uebb Angliya federasiyasidagi ish bo‘yicha Germaniyaga mehnat ta’tili uyushtirib, bir necha marta Shtaynxusning Gannoverdagi uyiga mehmonga bordi. Shunday uchrashuvlarning birida Govard ancha ushlanib qolgani sababli, sal qolsa, Saudiya Arabistoniga (yana ish bo‘yicha) uchadigan samolyotga kechikayozdi. O‘shanda mazkur voqea haqida gapirib bergandi: «Kechki ovqatdan keyin Bibiga nisbatan tuyg‘ularim ancha jiddiy ekanligini his qildim. Uni yoqtirib qolgandim. Bu oddiy yaxshi ko‘rish emasdi».

Uebb va Shtaynxaus xufyona uchrashib yurishdi. Bibiana atayin Angliyaga bormadi, Govardning rafiqasi Keyga to‘qnash kelishni, mahalliy matbuotchilar nazariga tushib qolishni istamadi. Ammo Germaniya gazetalari ham ushbu juftlikning shaxsiy hayotini zimdan kuzatishga odatlanishdi. 2016 yili Kicker jurnalistlari Uebbni Shtaynxausning Gannoverdagi uyi yaqinida uchratib qolishdi. Oradan taxminan ikki hafta o‘tib, angliyalik hakam rafiqasi bilan ajrashganini ma’lum qildi. Ular 21 yil birga yashashgan, uch nafar farzandlari bor edi.

Bibiana depressiyadan qutqardi

Govard va Key 1988 yili tanishishgandi. O‘shanda 17 yoshda bo‘lgan Uebb bankda ish boshlagandi. Qallig‘i esa qisqa muddatda katta menejer lavozimini egallagandi. Juftlik uch yildan keyin uchrashib yurishdi. Yana to‘rt yildan keyin esa turmush qurishdi.

Uebb bu paytga kelib bankdan ketgan, polisiyada ishlab, bo‘sh vaqtida hakamlik bilan shug‘ullanardi. Vaqt o‘tib, uni oliy liga o‘yinlariga taklif qilishdi - bu omil tez-tez oilasini tashlab, boshqa shaharga ketishni taqozo etardi. Dastavval Key vaziyatni to‘g‘ri tushundi. Ammo Uebb Chempionship va APL darajasigacha ko‘tarilgach, erining fao­liyatiga munosabati o‘zgardi.

Govard o‘z kitobida o‘sha davr haqida alohida to‘xtalgandi. Muallif Key haqida gapirarkan, uni sobiq rafiqasi sifatida ko‘rsatgan: «Munosabatlarimizga sovuqlik oralagandi. Ko‘pincha kelisholmasdik. Key har gapimdan ayb qidirardi. Mening yomon otaga aylanib qolganimni aytardi».

Mana, yana shunday qaydlardan biri: «JCH-2010dagi har bir o‘yindan keyin biz (hakamlar bilan) hamkasblarimizdan birining xonasiga kirib, vaqtichog‘lik qilardik. O‘sha onlar yoqimli xotiralar bilan eslayman, ammo JARdan uyga juda yomon kayfiyatda qaytardim».

2015 yilga yaqin Keyning munosabati tamomila ta’na-dashnom va mojarolarga ko‘mildi. Shunday pallada angliyalik hakam Shtaynxaus bilan tanishib qoldi. Ajralish haqida xabar berishi hamono, Bibiana bilan munosabatlari yaqinligini ham tan oldi: «Uni juda yaxshi ko‘raman. Germaniyaga ko‘chib o‘tyapman. Bu ayol so‘nggi yillar mobaynida oilaviy ko‘ngilsizliklar sabab yuzaga kelgan depressiyani yengishda menga yordam berdi. Key bilan o‘tkazgan umrim to‘liqligicha yomon o‘tgan demoqchi emasman. Unga hayotimdagi roli uchun minnatdorlik bildiraman. Ammo endilikda Bibi ikkimizning davrimiz boshlandi. Men baxtliman».

Uebb va Shtaynxaus bir-birlari haqida nimalar deyishgan?

* Shtaynxaus: «Ajoyib inson. Yorqin, pozitiv kayfiyatdagi va juda tartibli».

* Uebb: «Bibini sevaman. U hayotimni muhabbat shu’lalari bilan yoritdi».

* Shtaynxaus: «Qayerda bo‘lmaylik, nima bilan shug‘ullanmaylik, Govard har doim mening eng asosiy tanqidchim va buyuk tarafdorim hisoblanadi».

* Uebb: «Vaqtimni u bilan birga o‘tkazishdan mamnunman, ammo futbol tomosha qilishni yoqtirmayman. O‘yindagi epizodlar bo‘yicha tez-tez qarashlarimiz bir-biriga mos kelmaydi».

* Shtaynxaus: «Bundesligadagi debyutimdan buyon ko‘plab muxlislarga ega bo‘ldim. Ammo Govard - ular orasida eng asosiysidir».

Oila uchun ilk sinov

Bibiana ayni payt Gannoverda yashayapti, ammo ish yuzasidan Kyolndan ijaraga xonadon olgan. Uebb esa Nyu-Yorkda istiqomat qilmoqda, MLS hakamlariga maslahat berib kelyapti.

Juftlik yo‘llarning yana qachon tutashishini bilishmaydi. Shunga qaramay, Shtaynxausning ahdi qat’iy: «Bu qachondir ro‘y beradi. O‘ylashimcha, yaqin orada uchrashamiz. Aslida, ayni paytdagi munosabatlarimiz kuchli sog‘inchni taqozo etadi».

 

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:30, 30.04.2021. O'qildi: 1871 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик