Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
  • APL
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 3:2
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Arsenal" tarixidagi eng qimmat transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Arsenal" har doim ham transfer bozorida faol bo‘lavermaydi. Odatda "to‘pchilar" jamoasi ancha vaqt o‘z o‘yini bilan muxlislar qalbidan joy olgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashni yaxshi ko‘rishadi. "Kanonirlar" ko‘plab futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakaat qilishadi, lekin ularning barchasini ham Londonga olib kelish nasib etmagan. Ammo, agar inglizlarga haqiqatan ham u yoki bu futbolchi kerak bo‘lsa, ular pul yoki kuchlarini ayamaydilar. Keling, ushbu futbolchilar haqida endi batafsilroq gaplashamiz. "Arsenal"ning tarixdagi eng qimmat 10 ta transferini sizlarga taqdim etamiz.

Vilyam Saliba (27 million yevro)

"Sent-Etyen" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Vilyam 2019 yilning yozida "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi. Ertasi kuni futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagandan so‘ng, to‘pchilar uni ijaraga yan "Sent-Etyen"ga qaytarib yubordi. Nihoyat, Fransiyadan qaytib kelgan 20 yoshli markaziy himoyachi hali o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Shu kungacha Saliba "Arsenal"ning asosiy jamoasi tarkibida bironta ham o‘yin o‘tkazmagan. Bundan tashqari, futbolchi hatto Yevropa Ligasi arizasiga kiritilmagan edi. Shunga qaramay, "kanonirlar" hali fransuzni sotish haqida o‘ylamayapti. Mikel Arteta yosh himoyachining tarkibda joy olish uchun hali ham kurash olib borishiga umid qilmoqda. Qishki transferlar paytida "Arsenal" futbolchini yana ijaraga berib yuborishga qaror qildi. Hozirgi kunda Vilyam Fransiyaning "Nissa" jamoasida to‘p surmoqda.

Genrix Mxitaryan (30,6 million yevro)

"Manchester Yunayted"dagi faoliyati davri Mxitaran uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Shu sababli, 2018 yilning yanvarida futbolchi "Arsenal"ga o‘tdi. Ammo Londonda Genrix uzoq vaqt davomida o‘z o‘rnini topa olmadi. "Kanonirlar" safida o‘tkazgan 1,5 mavsumning hammasi arman faqat rotasion futbolchi bo‘lgan. 2019/20 yilgi mavsumda yarim himoyachi juda yomon harakat qilgan, shuning uchun to‘pchilar uni "Roma"ga ijaraga berishdi. U yerda futbolchida yaxshi mavsumni o‘tkazdi va 22 uchrashuvda 9 gol urishni uddaladi. Keyingi mavsumda klublar vakillari Mxitarian transferi bo‘yicha uzoq va og‘ir muzokaralarni olib borishdi. Natijada, "Arsenal" yarim himoyachisini Rim klubiga qo‘yib yubordi.


Shkodran Mustafi (36,9 million yevro)

Mustafi 2016 yilning yozida "Valensiya"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Jahon chempioni uchun Londonga ko‘chib o‘tish istiqbolli tuyuldi. Nemis haqiqatan ham Angliyada faoliyatining yaxshi segmentini o‘tkazdi. Mustafi har doim Premer-liganing deyarli barcha o‘yinlarida maydonga tushar va har bir mavsumda o‘rtacha 25dan ortiq o‘yinlar o‘tkazga. Ammo Mikel Artetaning kelishi bilan himoyachi tobora kam maydonga tusha boshladi. Ushbu yil Mustafining "Arsenal"dagi so‘nggi mavsumi edi. Sababi qishki transferlar mavsumida London jamoasi futbolchini vatani jamoasi "Shalke" klubiga sotib yubordi. Shkodran hozirda Germaniya jamoasi safida ham ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda.

Aleksis Sanches ( 38,2 million)

2015 yil iyul oyida Aleksis bilan shartnoma imzolanishi "Arsenal" uchun katta muvaffaqiyat bo‘ldi. Sanches "Barselona"ni eng yuqori cho‘qqisida turgan payt tark etdi. Chililik futbolchi "Arsenal" safida darhol ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishni boshladi. Birinchi mavsumning o‘zidan Sanches Premer-ligada 30dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. 2018 yilgacha "kononirlar" sharafini himoya qilgan. Shu mavsumlar davomida, 122 uchrashuvda maydonga tushib, 60 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2018 yilda chililik kuboklar uchun mavsum o‘rtalarida Manchester shahriga bordi. Hujumchi "Manchester Yunayted"da yaxshi davrlarni o‘tkazmagan, shuning uchun 2020 yil Italiyaning "Inter" jamoasi safiga qo‘shilgan.

Jaka Granit (40,5 million)

Jaka "Arsenal"ga 2016 yilning yozida Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasidan ko‘chib o‘tdi va u yerda 4 mavsumni o‘tkazdi. "Arsenal"da yarim himoyachi deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushar va shularning barchasida ajoyib o‘yin namoyish etardi. Shveysariyalik futbolchi hattoki London klubida sardorlik bog‘ichi bilan ham harakat qilgan, ammo biroz vaqt muxlislar bilan bo‘lgan mojaro tufayli futbolchining o‘yinida ozroq pasayish kuzatilgan. Jaka Arsen Venger va Unai Emeri qo‘l ostida yetarlicha vaqt o‘ynadi. Arteta ham uni asosiy tarkibda maydonga tushuradi. 2018 yilda yarim himoyachi London klubi bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi. Shveysariyalik Londonda xuddi o‘z vatanida yurgandek tasavvur qiladi. Ehtimol, bir-ikki yil ichida tomonlar yana kelishuvni yangilaydilar. Hozir Jaka 29 yoshda. Demak, hali yana kamida 5 mavsum ajoyib formada o‘ynab bera oladi.

Mesut O‘zil (42,3 million yevro)

O‘zil, ehtimol, "Arsenal"ning Sanchesdan keyingi ikkinchi nomdorroq futbolchisi bo‘lgandir. Nemis London klubiga chililik futbolchidan 2 yil oldin kelgan. Bungacha Mesut "Real" safida 3 ta ajoyib mavsumni o‘tkazgan. "Qaymoqranglilar" bunday pas berishni yoqqtiradigan futbolchini "Arsenal"ga sotib yuborganidan, Krishtianu Ronaldu yutqazgan. "To‘pchilar" safida O‘zil ham yaxshi mavsumlarni o‘tkazdi. Nemis uchun eng yaxshisi 2015/16 yilgi yillarda bo‘lib, u Premer-liganing 35 o‘yinida 19 golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab yarim himoyachining o‘yini yomonlasha boshladi. Shundan keyin "kononirlar" futbolchini sotib yuborishga qaror qilishdi. Joriy yilning qishki transferlar paytida, Mesut Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi safiga borib qo‘shildi.

Tomas Partey (45 million yevro)

Partey "Arsenal"ning eng yangi transferi. "Kanonirlar" yarim himoyachining xaridini yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida amalga oshirdi. Shu sababli ularning "Atletiko" bilan munosabatlari yomonlashdi. "Matraschilar" Diyego Simeoneni g‘azablantirgan futbolchiga o‘rinbosar topolmadi. Ammo Arteta bundan mamnun edi. Mutaxassis uzoq vaqtdan beri o‘z jamoasiga Ganalik futbolchini jalb qilishni xohlagan. Murabbiy xato qilganmi yoki yo‘qmi, buni aytishga hali erta. Chunki dastlabki mavsumni o‘zidan fikr bildirish qiyin. Ammo, hozirgacha APL doirasida o‘tkazgan o‘yinlaridan kelib chiqsak, futbolchi yaxshi harakat qilmoqda. Nazariy jihatdan ushbu transfer muvaffaqiyatli bo‘lishi kerak, chunki Arteta yarim himoyachini deyarli "Arsenal"da yangi ish boshlagan davridanoq sotib olmoqchi edi.

Aleksandr Lyakazett (47,7 million yevro)

Lyakazett va "Arsenal" o‘rtasidagi shartnoma 2017 yilning iyulida imzolangan edi. "Lion" tarbiyalanuvchisi vatandoshi Venger qo‘l ostida o‘ynash maqsadida ushbu taklifni qabul qilgan. Ammo keyinchalik, Arsen Venger jamoadan ketdi, lekin Aleksander ketmadi. Fransuz futbolchisi "to‘pchilar"da Unai Emeri, yoki hozirda ham ishlayotgan Arteta davrida ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda, shuningdek deyarli har uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Oldingi uch mavsumning har birida hujumchi faqat Premer-ligada 10 va undan ortiq gol urgan. Lyakazett o‘z ishini iloji boricha ortig‘i bilan bajarishga harakat qiladi. Mavsum davomida "Arsenal" fransuzni sotishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bunga sabab esa, murabbiy va futbolchi o‘rtasida yuz bergan kelishmovchilik edi. Aftidan, tomonlar tushunmovchiliklarni bartaraf etishdi va birgalikda ishlashda davom etishmoqda. Lyakazett APLning ushbu mavsumida 25 uchrashuvda, 11 gol urishni uddalagan va o‘zi haqidagi mish-mishlarga yakun yasagan.

Pyer-Emerik Obameyang (57,4 million yevro)

Obameyang "Arsenal"ga 2018 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan. Gabonlik futbolchi "Borussiya Dortmund" safida besh yil o‘ynagandan so‘ng "kanonirlar" safiga o‘tishga qaror qildi. Futbolchi tezda yangi chempionatga moslashib ketdi. Deyarli har mavsumda hujumchi APLda gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylanadi. Joriy mavsum boshida Obameyang "kanonirlar" bilan shartnomasini 2023 yil iyungacha uzaytirdi. Gabonlik uzoq vaqt davomida yangi shartnoma haqida o‘yladi, Lekin hech qaysi jamoa taklifi, Londonnikidan yaxshiroq sharoit qilib bera olmasdi. "Arsenal" da futbolchiga hamma narsa berildi: universal e’tirof, sardorlik bog‘ichi va eng ko‘p maosh oladigan futbolchi maqomi. Bunday sharoitga ega bo‘lgan holda, 31 yoshda biron bir joyga ketishning ma’nosi yo‘q edi.


Nikolas Pepe (72 million yevro)

Venger ketganidan keyin "Arsenal" fransuz klublaridan futbolchi sotib olishni to‘xtatmadi. Shunday qilib, 2019 yil avgust oyida "kanonirlar" "Lill" vinger transferini rasmiylashtirdi va bu klub tarixida hali ham rekord bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ushbu transfer "to‘pchilar" uchun ham omadsizlardan biriga aylanishi mumkin. "Lill"dagi so‘nggi mavsumida Pepe g‘ayrioddiy edi: u Liga 1-ning 38 o‘yinida 22 ta gol urgan va 14 ta golli pas bergan.O‘tgan mavsumda Kot-dIvuarlik futbolchi APLning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirgan. Amaldagi mavsumda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti. 21 uchrashuv, 5 gol. Hozircha "Arsenal" tarixidagi eng qimmat futbolchi umidlarni oqlamadi. Ammo da unga bekorga ishonmaganliklarini isbotlashga hali vaqt bor.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 12:26, 30.04.2021. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.