Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyodagi g‘aroyib sport majmualari haqida bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Boshqa stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Koronavirus pandemiyasi tufayli turli mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovi vaqtincha cheklangan, shuning uchun ko‘p sayohatchilar va futbol ishqibozlari chet elga chiqa olmaydilar.

Garchi cheklovlar bo‘lsa-da, lekin sayohat qilishning iloji bor, yani virtual olam orqali. Hozir esa biz sizlar bilan dunyodagi g‘aroyib sport majmualari haqida suhbat qilamiz. Uydan chiqmasdan, sportdan bahra oling. 

 

Gaosyun milliy stadioni


Sig‘imi: 55 ming kishi.

 

Gaosyun shahridagi Milliy stadion 2009 yilda Tayvanda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon o‘yinlari ochilish uchrashuvlari uchun qurilgan edi. Arena ajdahoga o‘xshagan  shaklda bo‘lib, uning butun tom maydoni quyosh batareyalari bilan qoplangan. Ular kompleksning ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ochilish vaqtida "Milliy" ushbu texnologiyadan foydalangan dunyodagi birinchi maydon edi. Ushbu arena Tayvan milliy futbol jamoasi uy uchrashuvlarini qabul qilishda ham foydalaniladi.


Pekin milliy stadioni

Sig‘imi: 91 ming kishi.

 


2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun maxsus qurilgan Pekin milliy stadioni o‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishi tufayli, "Qushlarning uyasi" nomi bilan mashhur bo‘lgan. 330 metr uzunlikdagi, kengligi 220 metr va balandligi 69,2 metr bo‘lgan "Qushlarning uyi" stadioni dizayni 24 tonnalik ustunlarga asoslangan, har biri 1000 tonna. Stadionning po‘lat tashqi qobig‘i qurilishi 2005 yilda boshlangan paytda ustunlarini ko‘tarish uchun hech qanday kran yetarli darajada kuchga ega emas edi.
Eyfel minorasi singari, "Qushlarning uyasi" ham, ayniqsa an’anaviy bo‘lmagan uslub va ko‘rinishga ega. Mazkur arena zamonaviy Xitoyning muhandislik qobiliyatining beqiyos belgisiga aylangan.


"Tottenxem" stadioni

Sig‘imi: 64 ming kishi.

 


"Tottenxem" o‘z uyida yangi rasmiy stadionda birinchi rasmiy o‘yinini 2019 yilning aprelida o‘tkazdi. 
Dunyodagi texnologik jihatdan eng ilg‘or majmualardan biri o‘ziga xos sport xususiyatlariga ega: londonliklarning yangi arenasi futbol va amerika futboli uchrashuvlari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Inshoot 61461 muxlisga mo‘ljallangan."Tottenxem" uy arenasining o‘ziga xos jihatlari orasida yana biri, stadionda dunyodagi eng uzun bar bor - 87 metr! 

Aytgancha, sig‘im jihatidan arena Angliyadagi "Uembli" va "Old Trafford"dan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Erikson-Globe

Sig‘imi: 16 ming kishi.

 


Erikson Globe - Stokgolmda joylashgan yopiq arena. U xokkey bo‘yicha jahon chempionatlari, UFC  dan tortib konsertlarga qadar turli tadbirlarda foydaliniladi. Stadion 1989 yilda ochilgan dunyodagi eng katta sferich inshootdir. Diametri 110 metr, balandligi 85 metrni tashkil etadi. Globe Arena - bu Quyoshni ramziylashtiradigan Shvesiya Quyosh tizimi loyihasining bir qismi. Loyihaning mohiyati quyidagicha: sharsimon ob'ektlar Quyosh tizimi sayyoralarini ramziy qilib, Shvesiya bo‘ylab joylashgan. Ularning kattaligi va ular orasidagi masofa 1: 20,000,000 masshtabida amalga oshiriladi. Sport majmuasida konsertlar paytida 16 ming kishini va xokkey o‘yinlarida 14 mingga yaqin tomoshabinni qabul qila oladi.

Cingapur milliy stadioni

Sig‘imi: 55 ming kishi.

 


Cingapur milliy stadioni 2014 yilda ochilgan bo‘lib, dunyodagi eng katta usti  ochilib-yopiladigan sport majmuasi hisoblanadi. Qolaversa, stadionning pastki qavatidagi o‘rindiqlar ham avtomatlashtirilgan. Konfigurasiyaga qarab, arena futbol va regbi o‘yinlarida 55000 kishini, kriket o‘yinlarida 52000 kishini va ko‘ngilochar tadbirlarda 50 000 kishini qabul qilishi mumkin. Stadion futbol bo‘yicha Cingapur terma jamoasining uy arenasi ham hisoblanadi.

Pekin suzish majmuasi

Sig‘imi: 17 ming kishi.

 


Sport majmuasi "Suv ​​kubi" deb ham nomlanadi. U xuddi Milliy stadion cingari, 2008 yilgi Pekin Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun qurilgan. Arena qurilishi paytida shaffof polimerning 4 ming hujayrasi ishlatilgan bo‘lib, ular tashqi tomondan suv pufakchalari panjarasiga o‘xshaydi. Ushbu material shishadan ko‘ra ko‘proq yorug‘lik o‘tkazishga qodir va shu bilan birga u kamroq massaga ega.

Mersedes-Benz stadioni

Sig‘imi: 71 ming kishi.

 


Stadion Amerikaning Atlanta shahrida joylashgan. Arena 2017 yil avgust oyida ochilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati sakkizta yarim shaffof uchburchak panellardan tashkil topgan aylanuvchi tomdir.
Mersedes-Benz stadioni birdaniga ikkita jamoaning uy arenasidir: NFLning "Atlanta Falkons" va MLSning "Atlanta Yunayted" jamoalari uy stadioni. Majmuaning futbol o‘yinlari uchun sig‘imi atigi 42,5 ming kishini tashkil qiladi, ammo NFL o‘yinlarida u 71 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.

 

Kiritildi: 15:34, 07.05.2021. O'qildi: 7647 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.