Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” va “Real Madrid” Jahon chempionati finali uchun kurashadi

Baho:
+2 | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniyaning “Barselona” klubi rasmiy ravishda yangilangan “Kamp Nou” stadionida 2029 yilgi UYEFA Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish uchun nomzodlik berayotganini e’lon qildi.

Oradan ko‘p o‘tmay, “Barselona” rahbariyati 2030 yilgi FIFA Jahon chempionati finalini ham aynan “Kamp Nou”da o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun yashirin tarzda ish olib borayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Biroq bu borada “Real Madrid” ham kurashdan chetda emas. Madrid klubi turnirning eng muhim uchrashuvi — final o‘yinini “Santiago Bernabeu” stadionida o‘tkazish uchun harakat qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Barselona” 2030 yilgi Jahon chempionati finalini “Kamp Nou”da o‘tkazish borasida “Real Madrid”ga qaraganda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, 2030 yilgi Jahon chempionati Portugaliya, Ispaniya va Marokash davlatlari tomonidan birgalikda o‘tkaziladi. FIFA hozirda final uchun uchta asosiy variantni ko‘rib chiqmoqda: “Santiago Bernabeu”, “Kamp Nou” va Kasablankadagi “Hassan II” stadioni. Yakunda aynan shu stadionlardan biri tanlanadi.

Shu munosabat bilan Barselona shahri meri Jaume Collboni Kataloniya poytaxti 2030-yilgi Jahon chempionati finalini o‘tkazish uchun kurashni davom ettirishini yana bir bor tasdiqladi.

Barselona shahri FIFA uchun ko‘plab afzalliklarga ega. Garchi hozircha favorit sifatida “Santiago Bernabeu” ko‘rilayotgan bo‘lsa ham, shahar o‘zining kuchli dalillariga tayanmoqda.

Asosiy ustunliklardan biri — iqtisodiy omil. Ta’mirlash ishlari tugagach, “Kamp Nou” sig‘imi 105 ming tomoshabinga yetadi. Bu “Santiago Bernabeu”dagi 84 ming o‘ringa nisbatan 21 mingta ko‘proq demakdir.

So‘nggi yillarda yirik futbol tadbirlari uchun chipta narxlari keskin oshdi. Masalan, AQSHda 19 iyul kuni “Metlayf” stadionida o‘tkaziladigan final uchrashuvi uchun chiptalar narxi 3000 yevrodan yuqori bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar final “Kamp Nou”da o‘tkazilsa, FIFA Madridga nisbatan 20 million yevro ko‘proq qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Bu esa qaror qabul qilishda muhim omil bo‘lishi mumkin.

Kasablankadagi “Hassan II” stadioni ham nomzodlardan biri bo‘lsa-da, u “Kamp Nou” yoki “Santiago Bernabeu” kabi tarixiy futbol nufuziga ega emas.

Bundan tashqari, Barselona va Madrid infratuzilma hamda stadionlarning shahar ichida joylashgani jihatidan ham ustunlikka ega. “Hassan II” stadioni juda ulkan loyiha bo‘lishi kutilmoqda, ammo u shahar markazidan ancha uzoqda joylashadi.

Ispaniya shaharlari esa yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishda katta tajribaga ega va logistika masalalari ham ancha qulay hisoblanadi.

Shuningdek, kuchli futbol an’analari ham FIFA uchun muhim omil hisoblanadi. Tashkilot so‘nggi yillarda Qatar va AQSH kabi yangi futbol bozorlari mundialga mezbonlik qilganidan so‘ng, yana an’anaviy futbol markazlarini ham e’tiborga olishni istamoqda.

Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, biroq Barselona shahri bu kurashdan voz kechmoqchi emas. Hozircha e’tibor ko‘proq “Santiago Bernabeu”ga qaratilgan bo‘lsa-da, “Barselona” o‘z imkoniyatlarini saqlab qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:09, 07.03.2026. O'qildi: 6855 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик