Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aslida Benzmaning qo‘liga nima bo‘lgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2019 yilning 13 yanvar kuni «Betis»ga qarshi bahsda Benzema yerga noqulay yiqilib, jimjilog‘ini sindirib olgandi. Shifokorlar operasiya qilish kerakligini aytishlariga qaramay, Karim buni xohlamadi - aks holda, ikki haftadan ko‘proq muddatni maydon tashqarisida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelardi. «Real» shifokorlari bilan maslahatlashgach, Benzema 4 kun dam oldi, bir o‘yinda maydonga tushmadi, keyin esa bamaylixotir mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

O‘sha jarohat haqida hujumchi shunday degandi: «Hayotimdagi eng yoqimsiz holatlardan biri. Avvaliga kimdir qo‘limga tosh bilan urgandek tuyuldi. Keyin esa uni kesib olishgandek his paydo bo‘ldi. Barmog‘imni klub shifokoriga ko‘rsatganimda, u xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi. Menda esa bunga shubha bor edi».

Benzemaning ushbu jarohati bilan bog‘liq ma’lumotlar:

*** Singan joyda katta shish bor. Shu bois, Benzema operasiya stoliga yotishdan qo‘rqdi - tibbiyot xodimlari bunday holatda natijani oldindan aytish qiyinligini ta’kidlashgan (ya’ni, tiklanishi uchun bir oyga yaqin vaqt talab etilardi).

*** «Real» shifokorlari unga o‘ng qo‘lini keskin harakatlantirmaslikni tavsiya qilishdi. Mashg‘ulotlar payti qo‘liga maxsus taxtakach qo‘yilishi kerak (ko‘pincha futbolchi bu tartibga amal qilmasdi). Odatiy hayotda esa - taxtakach shart emas, ammo barmog‘iga befarq bo‘lmasligi lozim. Oradan ikki yil o‘tibdiki, Benzemaning o‘ng jimjilog‘idagi shish saqlanib turibdi. Buni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan fotosuratlarida ham sezish qiyin emas.

*** Benzema o‘sha barmog‘ini yana bir marta sindirib olgan, biroq bu safar ham avvalgi sabab tufayli operasiyani rad etgan.

*** Ispaniyada Karim qayta jarohat sabab barmoqlarini erkin qimirlata olmayotgani haqida gap-so‘zlar urchigandi. Ammo bu haqiqatga zid - jimjiloq harakatlanyapti. Shunchaki, yumshoq to‘qimalar oxirigacha tiklanib ulgurmagan.

Zidanga ham bu jarohat bo‘yi­cha savol berilganda, murabbiy xotirjam javob qaytardi: «Yaxshisi, tafsilotlarni Karimning o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. U ahvoli yaxshiligini aytmoqda. Barmog‘ining shikastlangani ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga xalal bermayotganini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Benzema yosh bola emas. Nima qilsa yaxshi bo‘lishini o‘zi yaxshi biladi. Shifokorlarimiz ko‘rsatma berishgan va Karim unga amal qilmoqda».

Umuman olganda, Benzema «Real»da qo‘lida bog‘ich bilan maydonga tushadigan yagona futbolchi emas. Ayollar jamoasidagi Kosovare Aslani ham 2019 yilning avgustida chap qo‘l barmog‘ini sindirib olgandi. Shundan buyon u har bir o‘yinni bog‘ich bilan o‘tkazmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:30, 11.05.2021. O'qildi: 9376 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик