Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Viktor Jalilov: “Ijobiy natijalarga erishishimizga ishonaman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A

Coca Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Surxon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Viktor Jalilov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.  

— Birinchi navbatda, barcha muxlislarni, shu yerga yig‘ilganlarni Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bugun futbolchilar namanganlik muxlislarga yaxshi sovg‘a hozirlashdi. Birinchi bo‘limda yigitlarning o‘yinlari unchalik qovushmadi. Boisi, o‘zingizga ma’lum, Superliga doirasidagi o‘yinlarda hali Namanganda g‘alaba qozonolmagandik. Albatta, ushbu omil ham futbolchilarda ruhiy kamchiliklarni yuzaga keltirgandi. Ammo O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi doirasidagi barcha o‘yinlarda zafar quchdik, o‘tgan turda “Qizilqum” bilan bo‘lgan bahsda yigitlar juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi va durangga erishdik. Ikkinchi bo‘limda, nihoyat,  jamoa uzoq kutilgan o‘yinni namoyish etib, zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

— “Navbahor” bugungi o‘yinda futbolchilar, aniqrog‘i, Ivan Solovyov va Slavisha Stoyanovichning individual harakatlari evaziga g‘alaba qozondi. Jamoaviy o‘yin namoyish etishga nima yetishmayapti? Keyingi turda “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o‘yinda jamoa o‘yin uslubida o‘zgarishlar yuz beradimi?

— Hozir biz tarkibni shakllantiryapmiz. O‘tgan yili “Navbahor”da o‘ynagan ko‘plab futbolchilar jamoani tark etishdi. Ularning o‘rinlariga esa yangi o‘yinchilar kelishdi. Baribir, futbolchilarning bir-birlarini tushunib o‘ynashlari uchun vaqt kerak. Ularning jamoa o‘yiniga moslashishlari ma’lum muddatni talab etadi. Shuningdek, ayrim futbolchilarga jarohatlar pand beryapti. Shuningdek, moslashish jarayoni biz xohlagandek kechmayapti. Asosiysi, shogirdlarim berilgan ko‘rsatmalarga asta-sekin moslashib borishmoqda. Individual o‘yin bobida muammo yo‘q, jamoaviy o‘yinni tashkil etish borasida esa hali qiladigan ishlar bor.

“Bunyodkor” bilan bo‘ladigan uchrashuv borasida hali gapirishga erta. Oldin bu o‘yinni muhokama qilib olaylikchi, u yog‘i bir gap bo‘lar.

— “Navbahor” joriy mavsumda medallar uchun kurash olib borishga qodirmi? Bu boradagi imkoniyatni qanday baholaysiz?

— O‘ylashimcha, tarkibimizda mahoratli futbolchilar bor. Ularning yordamida esa jiddiy maqsadlarni ko‘zlashimiz mumkin. Asosiysi, tarkib o‘zagi shakllangan. Sizga APL va La-Liga misolida keltiradigan bo‘lsam, “Manchester Siti” 8 ta turdan so‘ng, peshqadamdan 8 ochko ortda edi. Hozir esa 2-o‘rindagi jamoadan 10 ochko oldinda. “Atletiko” ham mavsumning ilk turlarida peshqadamdan 11 ochko ortda edi. Ayni paytda esa turnir jadvalini boshqarib turibdi. Bunga ushbu jamoalar barqaror o‘yin namoyish etish evaziga erishishdi.

Hozir hamma jamoalar ham barqaror o‘yin namoyish eta olishmayapti. Bunga esa pandemiya ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. “Navbahor” ham sekin-asta o‘z o‘yinini shakllantirib boryapti. Oxirgi marta o‘z maydonimizdagi o‘yinda “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergandik. O‘zbekiston kubogi guruh bosqich doirasidagi barcha bahslarda g‘alaba qozondik, Superliganing “Turon” (0:0) va “Qizilqum” (1:1) jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarida durangga erishdik. Qisqasini aytganda, o‘yinimizning yanada yaxshilanishi va ijobiy natijalarga erishishimizga ishonaman.

— O‘tgan mavsumda “Andijon”da o‘ynagan Farhod Mirahmatov va Xushnud Avilov bu yil “Navbahor” tarkibiga qo‘shilishdi. Mirahmatov ayrim o‘yinlarda zaxiradan bo‘lsa-da, maydonga tushdi. Ammo Avilov negadir joriy mavsumda hali tarkibda ko‘rinish bermadi. Buni qanday izohlaysiz?

— Xushnud Avilovning jarohati bor, u davolanyapti. Avilov  o‘z shifokori bilan davolanmoqchiligini bildirdi. Shuning uchun tarkibda ko‘rinish bermayapti.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:31, 13.05.2021. O'qildi: 1776 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик