Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • Elit OCHL
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • 0:2
      • Traktor
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      •   Galatasaroy
      • 4:2
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 13 8 9 30
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 9 5 20
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Avstriya 5 8 3 16
6 Fransiya 5 7 4 16
7 Shvesiya 5 5 2 12
8 Shveysariya 5 2 3 10
9 Germaniya 4 7 6 17
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shohruh Roziqov: «Futzal ham yomon emas»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shohruh Roziqov shu kunga qadar Rossiya havaskorlar va professional futbolida o‘ynadi, Ozarbayjonda ham faoliyat yuritdi. Joriy yil esa O‘zbekistonga qaytib, «Lokomotiv» futzal klubi safiga qo‘shildi. Sports.ru sayti «Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi Yevdokim Raimovning navbatdagi mehmoni - aynan Shohruh Roziqov. Biz o‘z navbatida, bu yigitni muxlislarimizga biroz tanishtirish maqsadida katta intervyuning eng qiziqarli qismlarini hukmingizga havola etishni lozim topdik.

- Ancha qiziqarli futbol tarixiga ega ekansan. Bir boshdan gapirib bersang...

- Aslida futbolga juda kech kirdim - 12 yoshdan shug‘ullana boshladim. Bolalikda shunchaki, akam o‘yinlarini tomosha qilardim. Bora-bora qiziqish kuchaydi. Keyinchalik maktab jamoasida o‘ynash asnosida nazarga tushdim va meni futbol muassasasiga taklif qilishdi

- Rossiyaga borganingda, o‘z oldingga futbol bo‘yicha qandaydir vazifa qo‘yganmisan yoki u yerga shunchaki, ishlagani yo‘l olgansan?

- Otamning biznesi inqirozga yuz tutgach, 2003 yili oilamiz bilan Rossiyaga ko‘chib ketishimizga to‘g‘ri keldi. Bolaligim aynan Rossiyada o‘tdi.

- Rossiya havaskorlar futboli haqida qisqacha ma’lumot bersang...

- Rossiyada havaskorlar turnirlari ko‘p. Odamlar o‘ynashdan shunchaki, zavq olishadi. O‘zbekistonda futbol maydonlari uchun pul to‘lash kerak bo‘lsa, u yerda hammasi tekin. Havaskorlar musobaqalari tashkilotchilik nuqtai nazaridan hattoki, O‘zbekistondagi professional turnirlardan ham qolishmaydi.

- Havaskorlar ligasida pul uchun o‘ynarmiding?

- Bolalar maktabida tabiiyki, pul olmasdim. Kattalar jamoalarida esa mukofot bor - 2000-3000 rubl. Hammasi jamoaning vazifasi va maqsadiga bog‘liq. Rossiya­da havaskorlar futbolini turli kompaniyalar qo‘llab-quvvatlaydi. Deyarli har bir jamoada homiyi bor.

- Boshqa yo‘llar bilan ham non topishingga to‘g‘ri kelmaganmi?

- Oilam bor, menga ish haqida o‘ylamasdan o‘qish va futbol bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratgan ota-onam bor. Xullas, ba’zida kafeda ofisiantlik qilganman. Menimcha, bunda uyat joyi yo‘q.

- Havaskorlar futboli bilan taqqoslaganda, kafeda ish haqi qanchalik baland edi?

- Maosh haqida gapirsak, oyiga taxminan 12-15 ming rubl tushardi. Ammo bundan ko‘pi kerak emasdi. Chunki futbol bilan xastalangan edik.

- Vaqtida FNL (Rossiya birinchi divizioni)da o‘ynagansan. Bu turnirni 3ta so‘z bilan tavsiflab bera olasanmi?

- Faxriylar. Fizika. Qat’iylik. FNLda taktika yo‘q. Turnirda asosan pul uchun o‘ynashadi. Har holda, oilali faxriylar ko‘p. To‘g‘ri, o‘z oldiga muayyan vazifalarni qo‘ygan 5ta klub safida saviyali futbolchi bor. Aynan ular kombinasion futbolga moyil.

- Sen tarkibida o‘ynagan Ozarbayjonning «Ravan» klubi ke­yinchalik tarqalib ketdi. Taassurotlaring qanday?

- Boku - men borgan eng go‘zal shaharlardan biri. Sankt-Peterburg 1-o‘rinda bo‘lsa, Boku 2-o‘rinda. U yerda hammasi juda chiroyli. Ayniqsa, Kaspiy dengizi bo‘yidagi minora. Ozarbayjonda futbolga katta sarmoya kiritishadi, ammo bundan saviyaga putur yetmoqda.

- U yerda Bahodir Nasimov bilan uchrashdingmi?

- U o‘sha vaqt Bokuning «Neft­chi»sida o‘ynardi. Buni bilardim, albatta va o‘yinlariga ham borganman. Ammo afsuski, shaxsan tanish emasmiz.

- Yosh futbolchi uchun RPL klubi tarkibiga kirish qanchalik qiyin?

- Shunchaki, mega-iste’dod bo‘lishingiz kerak. Klub tarbiyalanuvchisi hisoblansangiz, yana yaxshi. Ko‘plab jamoalarda rivojlanish tizimi mavjud, unda mahalliy yigitlarga ishonch bildirish ham nazarda tutilgan. Ammo RPLning kuchli 5ta klubidan joy olish o‘ta qiyin. Ular asosan xorijdan futbolchi sotib olishadi. Axir har birining muayyan vazifasi bor - sovrin yutish, yevrokuboklarga chiqish. Bunday jamoalar byudjeti kosmik darajada.

- Rossiyalik futbolchilar ko‘pincha yoshlikdan hashamatga ega bo‘lishadi. Senda ham qimmatbaho mashinalar va yirik brendlar libosida yuradigan do‘stlaring bormidi?

- Shundaylar bor, ammo bu ularning yomon futbolchi va odam ekanliklarini anglatmaydi. Umuman, futbolchilar juda ko‘p maosh olishlari uchun aybdor emaslar. Menimcha, barchasi tizimga bog‘liq. Nega Angliya va Germaniya sharoitida bu qadar ko‘p to‘lamaydilar? To‘g‘ri, bu mamlakatlarda tiyinga o‘ynashmaydi, albatta, lekin ular xarajatni qoplashadi.

- Rossiyada tashqi ko‘rinishing bilan ajralib turganing aniq. Osiyolik qiyofa tufayli qandaydir hazillarga ham duch kelganmisan?

- Ha, hazillar yo‘q emasdi, lekin bu tabiiy hol. Nafaqat men, balki hamma uchun.

- «Sheffild». «Kartaviy Nik» safida dunyoning eng qadimiy klubiga qarshi o‘ynagan ekansan...

- Bunday uchrashuv xotirada muhr­lanishi tayin. Esimda, o‘yinni chamasi 5000 muxlis kuzatgandi. Agar o‘sha kuni Moskvada kuchli jala bo‘lmaganida, stadionga bundanda ko‘p odam kelardi ehtimol. Jamoa ichida nimalar ro‘y bergani, o‘yin muhitini so‘z bilan ta’riflash mushkul. Qisqasi, futbol yo‘limdagi eng yaxshi lahzalar.

- O‘zbekiston termasi vakillari biror marta aloqaga chiqishganmi?

- Ha, 2015 yili. O‘sha payt «Tosno» ixtiyorida edim. Meni U-19 termasi yig‘iniga chaqirishgandi. Hali 18 yoshga ham to‘lgan emasdim. Keyin Toshkentga kelib, «Jar» stadionida olib borilgan 2 haftalik mashg‘ulotlarda qatnashdim.

- Keyinchalik terma jamoadan boshqa murojaat qilishmadimi?

- Tushunishimcha, mos kelmadim, shekilli. Chetda maqtashdi: «Balli, yaxshi! Seni hali yana chaqiramiz». Ammo chaquruv tushgani yo‘q.

- O‘tgan yili O‘zbekistonda ko‘rikdan o‘tibsan. Qaysi klubda?

- «Bunyodkor»da. Ammo shunday bo‘ldiki, kelishim bilan darhol o‘yinga tashlashdi. Bahona emas, ammo oxirgi 3 oyda mashg‘ulot o‘tkazmagandim. 20 daqiqa davomida shunchaki, oldinga va orqaga yugurdim, hech kimni tanimayman, meni ham birov bilmaydi. Tabiiyki, bunday sharoitda o‘zimni ko‘rsatolmadim. O‘yindan keyin jamoaga mos emasligimni aytishdi.

- «Lokomotiv»ga qanday kelib qolding?

- Yil davomida biror professional jamoadan qo‘nim topishga harakat qildim. Ammo bo‘lmadi. Bu orada «Lokomotiv»ning xalqaro bo‘limi xodimi Sardor Akramov bilan havaskorlar jamoa­sida o‘ynadim. Bir kuni u qo‘ng‘iroq qilib, «Lokomotiv» futzal jamoasida o‘ynash imkoniyati borligini aytdi.

- Futzalga chaqirishgani og‘ir botmadimi?

- O‘zi mini-futbolga mos kelishimni tez-tez aytishardi. Qolaversa, oldimda boshqa variant ham yo‘q edi. O‘zbekiston futzal chempionati oliy ligasi esa - saviya. Yo‘qotadigan narsa yo‘qligi uchun mashg‘ulotlarda qatnashdim, keyin murabbiylar shartnoma tuzish uchun hujjatlarimni olib kelishimni aytishdi.

- «Lokomotiv»da nima yoqdi?

- Murabbiylar shtabi, jamoaning o‘zi ham. «Lokomotiv»da tushunarli strategiya bor, shuningdek, yoshlarga e’tibor katta. Yana ularga yordam beradigan tajribali futbolchilar ham bor.

- «Qo‘qon-1912»ga qarshi deb­yut o‘yiningda O‘zbekiston chempionatida ilk golni nishonlading. O‘z oldingga qanday maqsadlar qo‘yyapsan?

- Yanada ko‘proq ishlashim kerak. Albatta, hamisha g‘alabaga intilaman.

- Hozirda o‘zbek futbolining eng kuchli 3 nafar vakili?

- Birinchisi - Shomurodov. Ikkinchisi - Masharipov. Uchinchi o‘rinda ikki futbolchi bor: Jasur Yaxshiboyev va Aziz G‘aniyev.

- Onang aytgan eng unutilmas gap...

- Odobli va halol inson bo‘l. Keksalar, ota-onalar, oila va dinni hurmat qil.

- «Uzbekskaya kuxnya»ning an’a­naviy savoli: agar biror taniqli shaxs bilan bir piyola qahva ustida 5 daqiqa suhbatlashish uchun imkoniyat berilsa, kim bilan gaplashishni xohlarding?

- Futbolchilardan bo‘lsa, Ronaldinyoni tanlayman. Umumiy holda aytsak, bolaligimdan din men uchun birinchi o‘rinda turadi. Demak, agar shunday imkoniyat tug‘ilsa, birinchi navbatda, janobi payg‘ambarimiz bilan ozgina suhbatlashishni istardim, albatta.

Yevdokim Raimov suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:17, 15.05.2021. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.