Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • 1:0
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • 1:0
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • 3:6
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • 0:1
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • 0:0
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • 5:0
      • Buxoro
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Dinamo
      • -:-
      • Andijon
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • -:-
      • Surxon
  • La-liga
      • 13.09.2025 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3889 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1629 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      08:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      16:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      20:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      22:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Венесуэла - Колумбия.
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      02:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай.
      04:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 11.09.2025

      05:45 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Гонка преследования.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 "Культовые".
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия.
      18:40 "Страна спортивная".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 "Что за спорт?".
      21:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:15 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
      00:30 "Культовые".
      01:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка.
      03:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка.
  • MATCH-TV
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 6 на автодроме "Игора Драйв".
      07:00 Д/ф "Защита Валерия Васильева".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук. Прямая трансляция.
      12:00 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Индивидуальная гонка. Прямая трансляция.
      16:25 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Амкал" (Москва) - "Салют" (Белгород). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Леон Сатурн" (Раменское) - "Broke Boys" (Одинцово). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:30 Смешанные единоборства. UFC 318 в Новом Орлеане, США. Макс Холлоуэй против Дастина Порье. Реванш 2.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Женщины. Классический лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 11.09.2025

      06:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Финальный этап на трассе Монца, Италия. Гонка.
      07:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 3 в Праге, Чехия. Обзор.
      08:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      11:30 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 4 в Манчестере, Великобритания. Обзор.
      12:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      13:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      14:00 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      15:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 17. Эль-Барко-де-Вальдеоррас - перевал Эль-Морредеро.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      23:00 Киберспорт. Кубок мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Обзор, 4 эп.
      23:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 18. Вальядолид. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mino Rayola: «Futbol o‘ynash uchun FIFA kerak emas»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol olamining old agentlaridan biri - Mino Rayola hamisha diqqat markazida. Binobarin, italiyalik|niderlandiyalik vositachi eng sara yulduzlarning keyingi taqdiriga o‘z xizmat doirasida ta’sir ko‘rsatadi. Xullas, ispaniyalik jurnalistlar yaqinda Rayolaning Monakodagi ofisiga tashrif buyurishdi. Maqsad - uning istiqboli porloq mijozi - Erling Xoland transferi bo‘yicha aniq ma’lumot olish. Aytish o‘rinli, Rayola ispaniyalik mehmonlar bilan aynan ularning tilida muloqotga kirishdi. Zero, u naq 6ta tilda erkin gaplasha oladi.

— Birinchi savol - qiziq, Xolandni qanday topgansiz?

— Uni ilk marta televizorda ko‘rgandim, «Molde» o‘yinida. Keyin darhol uning ortidan bordim. Odatda futbolchilarni bir ko‘rishda yoqtirib qolishim qiyin. Xullas, bunaqasi kam uchraydi. Xolandni ko‘rganim zahoti o‘zimga pichirlagandim - «Bu o‘sha».

— Xo‘sh, Xoland qanday futbolchi?

— Barcha buyuklar kabi oddiy yigit. Futbol uning uchun shubhasiz, birinchi o‘rinda. Ronaldu va Ibragimovichdek yigitlar futbolni allaqachon yuqori maqomga ko‘tarishdi. Sizga aytsam, Xoland hattoki, Dortmunddagi eng yaxshi restoranlar qayerda ekanligini ham bilmaydi. Ya’ni yanada yaxshi o‘ynash uchun faqat va faqat o‘rganadi, tinimsiz shug‘ullanadi. Menimcha, buyuk chempionlar - eng oddiy insonlar.

— Xolandning otasi bilan Madrid va Barselonaga borib, ko‘pchilikni hayron qoldirdingiz...

— Buning asl sababini aytsam, ishonmaysiz. Xolandning otasi Marbelyaga borishni istadi - sayohat uchun. O‘zim ham safarga chiqishni xohlab qoldim. Har holda, Laportani prezidentlik lavozimiga qaytgani bilan tabriklashim, Madridda ba’zi ishlarni hal qilishim kerak edi. Xullas, barchasini bitta safarda amalga oshirdim. Umuman olganda, 99 foiz holatda qayerga borishimni hech kim bilmaydi.

— Bu xuddi marketing yurishiga o‘xshadi.

— Barselonada paparassi tunu kun qorovulchilik qiladi. Menimcha, o‘sha kuni Kataloniyada qaysidir aktrisani kutishgan ekan. Chunki sportga aloqasi yo‘q paparassilarni ko‘rdim. Lekin yashirinishimga hojat yo‘q. «Barsa» direktorlari va Xose Anxel Sanches («Real» bosh direktori) bilan ko‘p muloqotda bo‘laman.

— Umuman, Xoland sizga qayerda o‘ynashni istashini aytdimi?

— Yo‘q. Chunki ayni payt uning nima deyishi uncha qiziq emas. U barchasini kallam joyiga tushgan pallada aytishi kerak. Shunda stoli ustiga menyu tashlab, istagan «taom»ini muhayyo qilishim mumkin... Hozir esa bunday qilolmaymiz. Chunki «Borussiya» qat’iy qarorini bildirdi: «Erlingni sotmaymiz».

— Dortmundliklar chindan ham, Erlingni yozda sotmoqchi emasmilar?

— Xuddi shunday deyishdi. Endi ko‘ramiz, 1 sentyabrgacha o‘z so‘zlarida turisharmikan...

— Nima, Xoland transferi  klubning CHLga chiqish-chiqmasligiga bog‘liq emasmi?

— Hozir turli taxminlarga borishimiz mumkin. Bugun «Borussiya»ning rasmiy pozisiyasi - Erlingni sotmaslik. Lekin bu borada shaxsiy fikrim boshqacharoq. Agar barchani qoniqtiradigan taklif tushsa, uni muhokama qilish kerak.

— O‘zi ketish uchun eng ma’qul vaqt qanday tanlanadi?

— Buni hech kim bilmaydi. Qolish - bir tavakkal, ketish ham shunday.

— Lekin Xolandning ketishi tarafdorisiz.

— Bunisi mening fikrim, «Borussiya»niki emas.

— Mijozingizning 2022 yili ketishini yengillashtiradigan biror hujjat bormi?

— Futbolchi menga ishondimi, uning sirlarini qabrgacha olib ketaman. Bordiyu, o‘zi bu haqda gapirishni istasa, bemalol. Umuman olganda, bu muhim emas.

— Qanaqasiga?

— Futbolchining ketish-qolish xohishi shartnomada ko‘rsatilgan har qanday banddan muhim. Deylik, Ibra shartnomasida hech qanday band yo‘q, Pogbanikida ham. Ispaniyada esa qiymati 400 million yevroga yetadigan bandlar bor...

— Sizningcha, Xolandga qaysi chempionat ma’qul - APLmi yoki La Liga?

— Erlingni ikki narsa qiziqtirmoqda - gollar urish va sov­rinlar yutish. Shubhasiz, u tanlovda shu ikki jihatga e’tibor qaratadi. Yashirmayman, «Barselona» yoki «Real» kabi shonli tarixga ega va ayni payt yuqori saviyada o‘ynayotgan klubdan taklif tushsa, rad etish mushkul. «PSJ» ham o‘ziga xos top-klub, «Siti» harakat qilyapti, «Yuventus» hamisha elit guruhda. Ligalar ham muhim, albatta. «PSJ» katta klublar uchun eng past ligada o‘ynaydi, «Bavariya» qiziqarli turnirda, ammo hamisha g‘olib bo‘ladi. Ispaniyada esa g‘oliblik uchun 3ta klub kurashadi...

— «Real» balki Xolandni xarid qilishga qodirdir...

— Buni aniq bilmayman. Chunki klub balansini o‘rganib chiqmadim. Lekin fikrimcha, madridliklar transferni bemalol amalga oshirishlari mumkin. Gap boshqa tarafda: «Real» chindan ham, Xolandni sotib olishni istaydimi? «Barsa»chi?

— «Barselona» bu borada biroz qiynalsa kerak.

— Qiyin, lekin iloji bor.

— Ko‘rinishidan, «Real» yozda asosiy e’tiborini Mbappega qaratadi.

— Kilianning bir yillik shart­nomasi bor. «PSJ» ikki yo‘ldan birini tanlashi mumkin. Ya’ni bir necha yil oldin Dortmund «Borussiya»si Levandovski masalasida tanlagan yo‘lni. Birinchi variant - sotmaslik va futbolchining bepul ketishiga yo‘l qo‘yib berish. Ikkinchi variant - hozir sotish.

— Xolandning «Real»ga o‘tish-o‘tmasligi qaysidir ma’noda Mbappega ham bog‘liq.

— Bir futbolchining kelajagi hech qachon boshqasiniga bog‘liq bo‘lmaydi. Hammasi o‘z qo‘lida. Katta klublarda buyuk futbolchilar birga o‘ynashlari mumkin. Masalan, Neymar va Messi kabi. Ronaldinyo ham buyuk futbolchilar bilan birga to‘p surgan. Shunday ekan, Xoland va Mbappeni 1ta jamoada ko‘rishimiz ham mumkin.

— Erlingning o‘zi buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shilish haqida o‘ylayaptimi?

— Nafaqat o‘zi o‘ylayapti, balki butun jahon. Zero, yigitcha barchasini amalda ko‘rsatib qo‘ydi.

— Unga qaysi jamoalardan jiddiy qiziqish bor?

— Sizlar bilgan barcha katta klublardan.

— Xoland eng ko‘p maosh beradigan klubni tanlaydimi yoki...?

— Yo‘q, yo‘q... Futbolchining iqtisodiy holatini yaxshilash - mening ishim. Kelajak uchun katta reja yoki loyiha bo‘lmasa, istiqbolli futbolchini xarid qilishdan ma’no yo‘q. «Real» va «Barselona» bu borada ancha o‘zgargan. Ushbu klublar hayotida shunday davr kuzatildiki, kelajagini o‘ylamay, futbolchilarni sotib olaverishdi. Natijada ayrim istiqbolli yigitlar hech qanday naf keltirishmadi.

— Xoland xuddi Pogba singari iqtisodiy tomondan katta foyda keltirishi mumkinmi?

— Menimcha, farq bor. Vaqtida «Oltin to‘p» yutgan, ammo marketing jihatidan foyda keltirmaydigan mijozim bor edi - Nedved. Messining boshi o‘rnatilgan Balotelli gavdasini tasavvur qiling. Qanday sifat!

— Pogba nega haligacha «Real»ga o‘tmadi?

— Bu savolni Madrid klubiga berish kerak. Yashirmayman, Polning o‘zi hamisha «Real»da o‘ynashni istagan, xususan, bolalikdagi qahramoni Zidan tufayli.

— Bu transfer amalga oshishi mumkinmi?

— Aniq aytolmayman. Ilojsiz ishning o‘zi yo‘q, ayniqsa, futbolda. Deylik, «Real» ertaga Azarni Pogba bilan almashtirishni istab qolsa, nima bo‘lishini bilish qiyin.

— «Real» haqida qanday fikrdasiz?

— Florentino «Galaktikos» brendini tuzdi - ajoyib g‘oya. Futbolchilar uchun ushbu jamoada o‘ynash - fantastika. Lekin «Barselona» bilan solishtirsak, «Real» buyuk futbolchilar atrofida qurilgan. «Barselona» esa o‘ziga xos falsafaga ega.

— Bu futbolchilarning tanloviga ta’sir qiladimi?

— Menimcha, ha. Agar Ibragimovich «Real»ga o‘tganida, hozir ham uning safida o‘ynayotgan bo‘lardi. Chunki Zlatan falsafa uchun yaralmagan. U xuddi Benzema, Krishtianu, di Stefano yoki Pushkash kabi buyuklikka moyil. «Barselona» Messini nega qo‘yib yubormaydi? Chunki u klubning asosiy falsafasi hisoblanadi.

— Agentlik ishi 30 yil ichida nechog‘li o‘zgardi?

— Bugungi futbolchilar noodatiy iqtisodiy salohiyatga egalar. Ular ko‘p jihatlarda himoyaga muhtojlar. Bugungi futbol - butun bir sanoat.

— Agenti yo‘q Mbappe kabi futbolchilar ham bor...

— Yaxshimi yoki yomon? Bilmayman. Shu narsa aniq - mening mijozlarim baxtlilar.

— Agentlar haqida asosiy fikr - «Ular hech nima qilmay, cho‘ntaklarini to‘ldirishadi»...

— Nima derdim, noto‘g‘ri fikr. Minglab futbolchilar orasida ayrimlarigina professional darajasiga chiqishadi va murakkab sanoatning bir bo‘lagiga aylanishadi. Ibragimovich «Barselona»ga o‘tgan davrni eslang.

— O‘shanda Gvardiola bilan janjallashib qolganmisiz?

— Yo‘q. Gvardiola men bilan janjallashib qolgan.

— O‘zi nima bo‘lgandi?

— Gvardiola - fantastik murabbiy. Uni hech qachon yomon ko‘rmaganman. Chunki Pepni yaqindan bilmayman. Shunchaki, Zlatanga munosabati og‘ir botgandi.

— Yevropa Superligasi g‘oyasiga munosabatingiz...

— FIFAga qarshi urushni hamisha qo‘llab-quvvatlayman. Futbol uchun FIFAning keragi yo‘q. Lekin Superliganing bitta jihati ma’qul kelmadi - CHLni yo‘q qilish g‘oyasi. Bu xato.

— Nimani nazarda tutyapsiz?

— «Ferrari» jamoasi «Formula-1»da 1ta mashina bilan ishtirok etishi mumkin. Ikkinchisi «Le-Man»da qatnashadi. Nima uchun «Real» CHL va Superligada teng o‘ynamasligi kerak? Bu futbol o‘ynash uchun eng chiroyli ekspriment bo‘lardi. Qolganini muxlislarga qo‘yib berish kerak. Ular o‘zlari istagan turnirni tomosha qilaveradilar.

JA’FARALI tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:42, 18.05.2021. O'qildi: 2401 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.