Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu ushbu mavsumda qaysi jamoaga o‘tadi. Taxmin qilamiz

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ko‘pchilik jamoalar singari "Yuventus" ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va rahbariyat pulni qanday tejash haqida jiddiy bosh qotirishmoqda. Klubning asosiy yulduzi hisoblangan Krishtianu Ronalduning ham  36 yoshdaligini hisobga olsak, uning olayotgan maoshiga arzirli o‘yin namoyish eta olmoqdami?! Ko‘pchilik muxlislar hamda mutaxasislar tomonidan, portugaliyalik yulduz uchun to‘lanayotgan pulni boshqa biror yoshroq va iqtidorliroq futbolchiga ajratish kerakligi haqida aytilmoqda. Shuningdek mavsum so‘ngida Ronalduni boshqa jamoaga qo‘yib yuborish haqidagi gaplar ham tarqalmoqda. Bu kabi holatlarning hammasi "Yuve" Chempionlar Ligasidan sharmandali tarzda chiqib ketganidan so‘ng boshlandi. Musobaqani tark etishda, Ronalduning aybi qanchalik katta ekanligi haqidagi taxminlar hali ancha davom etishi mumkin. Lekin kelayotgan yozda Turin jamoasi Krishtianuni sotib yubormoqchi bo‘lsa, portugaliyalik futbolchi qaysi jamoalar tarkibiga qo‘shilishi mumkin?! Hozir biz sizlar bilan shu haqida biroz fikr yuritib ko‘ramiz.

"Manchester Yunayted"

Ronalduga hozirda ko‘plab grand jamoalar qiziqish bildirmoqda, lekin ular orasidagi eng yaxshi variant "Old Trafford"ga qaytish bo‘ladi. Garchi Ole-Gunnar Sulsher yosh futbolchilarni jamoada o‘ynatishni afzal ko‘rsa-da, ammo so‘nggi 15 yillikdagi eng yaxshi o‘yinchidan bosh tortmasa kerak.
Ushbu qarorni ko‘pchilik qo‘llab quvvatlasa kerak. Negaki, bunga bir nechta sabablar topiladi. Birinchidan, Ronaldu 2003 yildan, to 2009 yilga qadar "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilganligi, hamda klub bilan bir nechta sovrinlarga ega chiqqanligi bo‘lsa, ikkinchidan, Sulsher tanlagan taktikaning juda sodda ekanligidir. "Qizil iblislar" har qanday musobaqada deyarli bir xil 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanib keladi. Qolaversa hech qanday pozision almashishlar va ayyor g‘oyalar yo‘q. Sulsher jamoasi tarkibida individual harakat qiladigan futbolchilar ham talaygina topiladi va o‘yinchilar hujumda to‘liq erkinlikka ega. Krishtianuda ham bu kabi xislatlar borligini hisobga olsak, jamoaga tezda kirishib ketishini taxmin qilish mumkin. Shuningdek, yaqinda chiqqan xabarlarga ko‘ra, MYU murabbiyi Sulsher Ronaldu bilan shaxsan o‘zi gaplashgan. Agar, vaziyat shunday davom etsa, Krishtianu sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. 

"Real Madrid"

Hozirgi "Real Madrid" jamoasi yetakchi futbolchiga juda muhtoj. 2019 yilda "Chelsi"dan ne umidlar bilan xarid qilingan Eden Azar jarohatlar bilan bog‘liq muammodan boshi chiqmayapti. Ammo Portugal futbolchisi "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilsada, avvalgi kabi liderligini qanchalar ko‘rsata olishi mumkin?! Zinedin Zidan qiyin taktikalarni muxlisi emasligini hisobga olsak, Ronalduni o‘zi yaxshi biladigan tarkibga ideal tarzda joylashtirishiga shubha qilmaymiz. Ammo bu maqbul variantmi? "Real" rahbariyati 36 yoshli futbolchi uchun juda katta summani berib yuborishiga ishonish qiyin. Chunki ularda hozir pandemiya sabab, mablag‘ borasida biroz cheklovlar mavjud. Qolaversa, Qirollik klubi safida 30 yoshdan oshgan "qariyalar" yetarlicha topiladi. Zidanga esa yosh va iqtidorli futbolchi kerak, Ronaldu esa bunga mos kelmasligi aniq. Ammo "qaymoqranglilar"ga Krishtianuning ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynashi, hamda individual mahorati evaziga bir necha yillar yordam bera olsa kerak.
Joriy mavsumda "Real Madrid" jamoasida jarohatlar bilan bog‘liq muammolar chiqib, Ispaniya chempionligini hamshahari "Atletiko"ga boy berib qo‘ydi. 

"PSJ"

"PSJ"da hozirda ikkita yetakchi futbolchi mavjud. Bular Neymar va Mbappe. Lekin yozda Kilian jamoadan ketishni xohlayotganini hisobga olsak, Parij jamoasiga yana bitta yetakchi o‘yinchi zarar qilmaydi. Fransuz klubi "Yuventus"dan Ronalduni osonlikcha sotib olishi mumkin. Bunga ularda mablag‘ yetarlicha topiladi. Ammo "PSJ" murabbiyi Maurisio Pochchettino ko‘proq yosh futbolchilar bilan ishlashini hisobga olsak, parijliklar bu kabi tavakkalga unchalik shoshilmasa kerak. Joriy mavsum boshlanishidan avval "PSJ" Krishtianuning transferini amalga oshirish uchun harakat qilib ko‘rgandi, biroq Turin klubi yana bir mavsum futbolchini jamoada olib qolmoqchi bo‘lishdi. Ushbu mavsumda PSJ Liga 1 ni "Lill"ga boy berib qo‘ydi. Ushbu holat parijliklar prezidentini jahlini chiqarishi aniq. Shuning uchun ham klub xo‘jayini jamoani kuchaytirishi aniq. Agar, Ronaldu mazkur chempionatga qo‘shiladigan bo‘lsa, Fransiya chempionatining nufuzi yanada oshishi tayin.

"Inter" Mayami

Ronaldu uchun eng ehtimoliy variant - David Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter" Mayami jamoasi hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz MLSga o‘tadimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum, ammo Bekxemning o‘zi jamoasida Messi yoki Ronalduni ko‘rishidan xursand bo‘lishini ta’kidlagan.

Mayamida taktika unchalik katta ahamiyatga ega emas: Ular shunchaki, katta nomlar evaziga klubni kuchaytirishni maqsad qilishgan. "Inter" o‘tgan yili Sharqiy konferensiyada o‘ninchi o‘rinni egallagan edi. Yangi murabbiy Fil Nevill esa, ayniqsa, novatorlik taktikasi bilan deyarli tanilgani yo‘q. U "Inter"da ham, Angliya termasidagi (ayollar) kabi to‘pni egallab turish orqali o‘yinni tashkil qilmoqda.
Ronaldu AQSHga borishni xohlaydimi? Aniq emas. Chunki, u hali ham futbolda yuqori darajada o‘yin ko‘rsata oladi, nazarimizda. Lekin, ehtimol qulay iqlim va Gollivudning jozibasi bir paytlar Bekxemni o‘ziga tortganidek, Ronalduni ham o‘ziga jalb qilishi mumkin. Kuzatamiz.

Kiritildi: 18:29, 24.05.2021. O'qildi: 9500 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик